September 13

"My first and last love | Season – 2"

"My first and last love | Season – 2"

Episode - 9 FINAL
—Author: Kim Yeon Mi

TONG

Tong hayrli kirib keldi. Daraxtlarda tungi yomgʻirni tomchilari asta tomchilagancha qalbga xotirjamlik solardi. Tashqarini sovuqligi uyni ichkarisidagi bir birini sevgisiga oʻranib uxlab yotgan juftliklarga oʻzini taʼsirini tekkiza olmasdi.

– Han sizni kutib turibdi tashqarida. Tayyorlaning. – Yeon Mi allaqachon oʻrnidan turib kunini boshlashga shay turgan holda oynadagi oppoq pardani yengil barmoqlari orasida ushlab turgancha Jungkookga gapirdi tashqarida mashinasiga suyanib turgan Hani tomosha qilayotgan holatda.

– Kerak boʻlsa kutadi. Men ham ikkingiz Busanda yashaganingizda kutganman, u uy ichida sen bilan shunday yotgan onida. – Jungkook gingshib qoʻygancha Yeon Mini bilagidan tortib uni toʻshakka oʻtirgizdi.

– Bir uyda yashadi degani bir toʻshakda yotdi degani emas. Han hatto meni xonamga kirmasdi toki oʻzim xonamdan chiqmagunimcha, hamma ham sizdek emas. – Yeon Mi oʻrnidan turish mobaynida gapirdi.

– Toʻgʻri hamma ham men emas. – Jungkook endi tola qonli uygʻongancha toʻshakda yonboshladi.

– Hani ichkariga taklif qilaman, nonushtaga. – Yeon Mi ketmoqchi boʻlib eshik tomon oʻgirilganda orqasidan tezda harakat qilib kelayotgan oyoq tovushlaridan ortiga oʻgirilib Jungkookni yalang koʻkrak mushaklariga duch keldi, va tezda ikkala qoʻli bilan yuzini yopdi.

– Ammo "sizdek emas" deb qanday maʼnoda ayting? – Jungkook bir qoʻlini choʻntagiga solib ikkinchisi bilan eshikka suyanib Yeon Mini qafasga tushirib soʻradi.

– Aytmoqchi boʻlganim, shunchaki taqqoslash edi. – Yeon Mi eshikdan uzoqlashib yana qayta xona ichiga qaytdi.

– Koʻzlaringni yopma. – Jungkook qoʻllari bilan Yeon Mi yuzidagi qoʻllarini oldi.

– Haligi. . . . – Yeon Mi kuch bilan oʻzini Jungkookdan orqaga olib qochganda, tungi javonga urilib ketgancha uni ustidagi rasm yerga tushib sinib ketdi.

Han bolsa allaqachon uy ichkarisiga kirib boʻlgan onda bu ovozdan qovogʻi osilib tezda tepa qavatga koʻtarilib ovoz kelgan xonaga zarb bilan eshikni ochib kirdi.

– Bu yerda nimalar boʻlayapti? – Han tezda, Yeon Miga turishiga yordam berayotgan Jungkookni itargancha oʻzi Yeon Mini qoʻlidan ushlab turgʻazib uni oʻzini ortiga oldi.

– Han, bu sen oʻylagan narsa emas. – Yeon Mi Hani ortidan turib unga gapirar ekan Han uni gapini eshitmasdi.

– Seni hali ham Yeon Mini oʻzinga yaqin bilasanmi? Qachon koʻnikasan endi, aa? Oʻzi senga uni ishonib topshirganim xato edi. – Jungkook Hani yelkasidan turtib otib ketgancha Hani ham uni orqasidan yurib kelayotgan oyoq tovushlarini eshitdi.

Yeon Mi joyida qotib qolar ekan yopilgan eshiklarga biroz tikilib soʻng yerdagi singan rasmni oldi.

Han bilan Jungkook pastga birinchi qavatga tushishganda Han past ovozda Yeon Mi eshitmaydigan ovozda gapira boshladi.

– Bu yerda koʻnikishi kerak boʻlgan odam sensan Jungkook. U sening oldingda hijolat boʻladi, hayajonlanadi va oʻzini olib qochadi, chunki u shuncha payt men bilan boʻlgan va menga oʻrganib qolgan. U men bilan ochiq edi, oʻzini olib qochish yoʻq, qanday boʻlsa shundayligicha edi, u seni sevishni tanladi degani unga xohlagan ishimni qila olaman degani emas, eslab qol hozir kuchimiz teng xohlagan paytim qoʻlingdan uni tortib olib keta olishim mumkin, ammo hozir bu tanangni boshqa narsaga asra. – Han koʻzi bilan Jungkookni tana qismiga ishora qilgancha uni chetlab otib yana osha qavatga chiqib ketdi.

Yeon Mi biroz kayfiyati tushgan holatda singan rasmni yana qayta osha javon ustiga qoʻydi.

– Jarohat olmadingmi? – Han, xonaga kirgancha Yeon Mini yuzini kaftlari orasiga olib, birinchi uni yuzini soʻngra tanasini va ohirida uni qoʻllarini qoʻliga olib jarohat izlarini tekshirdi.

– Yoʻq, jarohat olmadim, ammo ikkimzini Busanga birichi kelganimizda estalika tushgan rasmimiz sindi. – Yeon Mi lablarini burishtirib Hanga koʻrsatkich barmogʻi bilan rasmni koʻrsatdi.

– Uni boshqa rasm soladiganga solib qoʻysak boladi. Bu yerni oʻzim yigʻishtirib olaman, sen ketaver. – Han qizga kichik jilmayish qilib uni yelkasidan sezilmas itarish qildi.

Yeon Mi, biroz eshikka tikildi, chiqishni oʻyladi ammo xohlamadi. Va ortiga yana qayta oʻgirilib Hani yoniga kelib choʻkkalab oʻtirdi.

– Menga jarohat olishing mumkin deding ammo oʻzing allaqachon jarohat olibsan. – Yeon Mi Hani qoʻlidagi shishalarni oldi.

– Men-ku jismoniy har bir jarohatga chiday olaman, ammo sen tarafdan berilgan qalbga tegar jarohat meni oʻldiradi, shunday ekan oʻzinga qoʻshib meni jonimni ham ehtiyot qil. – Han qoʻlidagi qoni bilan Yeon Mini yuzini silab qoʻygancha xonadan chiqib ketdi.

Yeon Mi endi gapirmoqchi boʻlganda, xonada hech kim yoʻqligini va endi oʻzi bilan qoshib yana bir odamni tiriklay oʻldirishini angladi, shunga qoʻshib, Yeon Mi oʻzi oson oʻlishini ammo Han aʼzob ila tirik holda qalbi oʻlishini ham anglagandi.

Yeon Mi ogʻir holatda yuzini yuvib Han ketishidan avval unga gaplarini aytishni xohlab pastga qavatga tushar ekan chiqish eshiklari oldida faqat uzuklarni ushlab turgan Jungkookni koʻrdi.

– Han, ketdimi? – Yeon Mi Jungkookga moʻltirab qaragancha soʻradi.

– Haa, va bu uzuklarni toy sovgʻasiga olgan ekan. – Jungkook Yeon Mini ahvolini tushungancha uni asta bagʻriga oldi.

– Bu uzuklarni Han oʻzi bilan menga olishni istagandi . . . – Yeon Mi yuzini Jungkookni koʻksiga komgancha yigʻlab yubordi.

BIR YIL AVVAL BUSAN

Jungkook Yeon Mi bilan ajrashgandan soʻng Han Yeon Mini koʻnglini koʻtarish maqsadida uni birinchi boʻlib kiyimlar doʻkoniga olib borgandi.

– U yerda taqinchoqlar ham sotar ekan, koʻramizmi? – Yeon Mi uzoqdagi eshiklarga ishora qilib soʻradi.

Han bosh chayqab qoʻyar ekan Yeon Mi Handan ham avval oʻsha eshiklardan ichkariga kirdi.

– Tanlov koʻp ekan, menga tanlashga yordam berasan. – Yeon Mi ortiga oʻgirilib Hanga gapirdi va shishali oyna ortidagi taqinchoqlar, uzuk va ziraklarni birin ketinlik bilan qarab chiqa boshladi.

– Chiroyli shunday ema . . . . – Yeon Mi qoʻliga marjoni olib ortiga oʻgirilib Hanga koʻrsatmoqchi boʻlganda Hani toy uchun sotiladigan taqinchoqlar boʻlimida koʻrib gaplarini yakunlay olmay qoldi.

– Hoʻsh qaysini tanlading. – Yeon Mi Hani orqasidan toʻsatdan kelgancha Hani biroz choʻchitib yubordi.

– Bu yerda tanlashi kerak boʻlgan inson sensan. – Han uzuklarni joyiga qoʻyib gapirdi.

– Nega ekan? Ikkimiz ham tanlashimiz mumkin. Qolaversa bu uzuklar chiroyli ekan, menga mos tushdi. – Yeon Mi Han joyiga qoʻygan uzukni oʻzi uchun moʻljallanganini olib barmogʻiga taqqancha uni Hanga koʻrsatdi.

– Bu qanday uzuk ekanini bilasanmi? – Han, Yeon Mini qoʻlidagi uzukni korib koʻzlari qorayib ketdi.

– Bilaman. . . Ammo ular chiroyli, va hozir ularni sotib olmoqchi ekanligingni ham bilaman, ammo hozir mavridi emas. – Yeon Mi qoʻlidagi uzuklarni yechib doʻkondan chiqib ketdi.

– Bir kun kelib bu uzuklarni barmogʻinga taqish nasib qilarmikan? Yokida ularni senga boshqasi taqadi. – Han Yeon Mini ortidan tikilib qolgancha, u sotib olmoqchi boʻlgan marjoni harid qilib oʻzi ham doʻkondan chiqib ketdi.

HOZIRIG VAQT

– Sen notoʻgʻri tanlov qilmading, qoʻlimdagi eng qimmat narsam ila qasam ichaman, bu qaroringdan afsuslanmaysan. – Jungkook, Yeon Mini tinchlantirishga harakat qilar ekan, hayolida faqat "U meni tanlaganidan afsuslanmasin, uning hayotidagi xatosi boʻlmay. . . " Bu gaplar nafaqat aqilini balki yuragini ham qamrab olgandi.

Yeon Mi biroz tinchlanib olar ekan burnini tortgancha Jungkookdan uzoqlashdi. Ammo bunday paytda uyga Rei kirib kelgandi.

– Halaqit berdimi? – Rei biroz orqaga tirsaldi qarshisidagi manzaradan.

– Haa juda ham halaqit berding. – Jungkook Yeon Mini bagʻridan boʻshatmay, Reiga qarab gapirdi.

– Keta qolay unda men. – Rei endi oʻgirilib ketmoqchi boʻlganda Yeon Mini gapi uni toʻxtatdi.

– Shu yerda qol, men Eunnaga ishlarida yordamlashgani sizlarnikiga bormoqchi edim. – Yeon Mi qoʻllarini Jungkookni koʻksiga qoʻyib Jungkookni oʻzidan itarmiqchi boʻlib dedi.

– Mening xonamga chiqib tur ortingdan kiraman. – Jungkook, Reiga koʻzi bilan tepa qavatni ishora qildi.

Rei koʻtarilib chiqib ketishi bilan Jungkook Yeon Mini yuzini qoʻllari orasiga olib qizni yuzi tomon egildi.

– Notoʻgʻri hayolarni miyangdan chiqarib tashla, sen hech ham tanlovda adashmagansan, Han senga qilgan mehirbonchiligini hammasini unga men aytardim, har kuni Seouldan turib seni kuzatardim, har bir harakat va har bir aytilgan gaplar, seningcha Han yaxshimi? Yoʻq goʻzalim, u ham huddi mendek, lekin uni menga oʻxshatmasdan seni koʻzingni oldida uni shu qobigʻini men yaratdim, uni har bir harakatini uning oʻlimi ila ushlab turdim, shu sababdan u senga qoʻlini uchini ham tekkiza olmagan, va hatto seni oylab qilgan har bir ishi men tarafdan berilgan buyruq edi. Sen hech qachon adashmagansan, meni sevishda. – Jungkook Yeon Miga tushunishdirish qilar ekan Jungkookni har bir gapidan keyin Yeon Mini yuzi tubdan hayratga oʻzgardi.

– Bu gaplarni tezda hazm qil, va Eunnani oldiga bor, oʻzingni ehtiyot qil. – Jungkook egilib tezda Yeon Mini yuzidan oʻpib qoʻygancha oʻzi Reini ortidan kirib ketdi.

Yeon Mi shok holatida hatto miyasiga qanday javob berish ham kelmasdi, oyoqlarini ozi sezmagan holda, eshik romiga suyanib arang tashqariga chiqib oldi. Nafas yetishmasligi sabab chuqur chuqur nafas olib, qoʻlini koʻksiga qoʻydi.

– Han . . . Ishonmayman, uning sevgisi pok edi, u unday inson emas, ishonmayman laʼnati! – Yeon Mi soʻzini yakunlab qichqirib yuborar ekan, hamma bu qichqiriqni eshitgandi hatto Eunna oʻzini uyidan xomlador holida yugirib chiqdi.

– Undan havotir olmayapsanmi? Sevgan insonini yoʻqotadigan odamga oʻxshamayapsan. – Rei qisilgan koʻzlari ila Jungkookdan shubhalanib dedi.

– Seni ishing emas, sen Eunna gʻamxoʻrlik qilishing kerak, mening ishimga aralashma. – Jungkook deraza oldiga kelgancha shimini choʻntagidan sigareta chiqarib uni tutadi.

– Rejang bor chogʻi? Hoʻsh qanday? – Rei, Jungkook bilan koʻp ishlatganligi sabab uni xotirjamligi uni rejasi yoki boshqa narsani borligini anglatishini bilardi.

– Uni toydan song olib ketmoqchi, shifokorlar uni komada asraydi, saratoni esa muzlatishga harakat qilishar ekan, u bir yil yoki ikki balki on yil ham komada yotishi mumkin agar biz saratoni muzlata olsak, uni shunday yoʻl bilan qutqara olaman. – Jungkook oʻzini rejasini Reiga aytar chogʻi ogʻzidagi tutuni pufladi.

– Aqildan ozgansan, Jeon, Yeon Mi oʻzi bunga rozi boʻlarmikan? U biladimi bu haqida? – Rei lol qolgancha soʻradi.

– Yoʻq bilmaydi, undan yashirayapman, aks holda u komada yotish orniga oʻlimni tanlashini yaxshi bilaman. Shu sababdan churq eta koʻrma. – Jungkook tahdid ila Rei tomon yaqinlashib, uning ustki kiyimiga qoʻlidagi tutab turgan sigaretni bosib oʻchirdi va soʻngra Reiga chiq ishorasini qildi.

•

•

•

– Yeon Mi sen, bu haqida oylama, ahvoling ogʻirlashib ketishi mumkin, akamni notoʻgʻri deya olmayman, ammo Han. . . Uni bunday ekanligiga ishonib boʻlmaydi. – Eunna, Yeon Mini gaplaridan unga dalda berar ekan, qizni boshidan asta silab qoʻyardi.

– Balki Hani oʻzidan soʻrarsan? – Eunna biroz oʻylanib keyin gapirdi.

– Yaqinda toʻy, u ungacham u bilan korishishim qiyin boʻladi, yaxshisi toyda gaplashaman u bilan, hozir esa bu haqiqatmi yoʻqmi shuni aniqlashtirib olishim kerak. – Yeon Mi toʻsatdan oʻrnidan turgancha chiqib ketdi.

•

•

•

2 KUNDAN SONG

Oʻsha hamma kutgan toy kuni yetib kelar ekan, hamma narsa tayyor edi, kech tushib toy uchun moʻljallangan yerga hamma toʻplanar ekan, u yerdagi odamlarni koʻpi tansoqchidan iborat edi. Mehmonlar koʻp boʻlmagani uchun bazi stolar boʻshab qoldi.

Katta karnaylarda musiqa yangrar ekan yoʻlakdan Jungkook oʻzgacha tikilgan kostyum shimda yuzida tabbasum ila chiqib keldi. Va biroz vaqtdan soʻng uni ortidan Eunna Yeon Mini yetaklagancha bu yoʻlakdan olib oʻtdi. Sana didi oʻzgacha va eng yaxshisi, Yeon Miga u yuborgan toy libosi ixcham va Yeon Miga juda qulay tarzda boʻlib, uni yana ham gʻozlashtirib turardi.

Yeon Mi mexmonlar orasida xotirjam oʻtirgan Hanga bir qarab qoʻydi-da Jungkookni qarshisiga keldi.

– Sabrim chidamayapti, yana bir bor barmogʻinga uzuk taqishga. – Jungkook ichiga sigʻmay ketayotgan quvonch ila gapirdi. Buni uni ovozidan bilish qiyin emasdi.

Oʻrtada qasamyod qilinib roziliklar olingandan soʻng, Jungkook asta Yeon Mini qoʻlini oʻzinikiga olib unga uzuklar taqar ekan, bir odamlar orasidagi Hanga qarab kulib qoʻydi. Hani bolsa ortiq bu yerda qolgisi kelmay tansoqchilarni chetlab otgancha chiqib ketdi.

Toy kutilganidek otar ekan musiqa oʻrniga oʻrtaga Jungkook bilan Reini oʻshandagi suxbati yangray boshladi.

OSHA SUXBAT

– Uni toydan song olib kelmoqchiman, shifokorlar uni komada asraydi, saratoni esa muzlatishga harakat qilishar ekan, u bir yil yoki ikki balki on yil ham komada yotishi mumkin, agar biz saratoni muzlata olsakina, va uni shu yoʻl bilan saqlab qola olaman. – Jungkookni ovozi butun boshli toy xona ichida jaranglab, Yeon Mi unga nafrat ila boqdi.

Bu suxbat qayta qayta jaranglab turganda Yeon Mi, Jungkookni qoʻlini siltab tashlab oʻzi yugurgan holda chiqib ketdi.

– Yeon Mi, toʻxta eshir meni. – Jungkook qizni orqasidan quvib borar ekan, Yeon Mini ohirigi manzili panjarasi yoʻq balkon boʻldi.

– Toʻxta! U yerdan uzoqlash. – Jungkook Yeon Midan ancha olisda turgancha unga qarab baqirdi.

– Bu yerga kelmang! Yaqinlasha koʻrmang! Aks holda oʻsha rejangiz ish bermay qoladi. – Yeon Mi koʻzlariga yosh olib bor ovozi ila baqirib dedi.

– Seni tushunishing kerak, ahir men hammasini sen uchun qilmoqchiman, seni saqlab qolish uchun. – Jungkook oldinga bir qadam qoʻyganda, Yeon Mini ortga tashlagan qadamidan koʻzlari kattalashib.

– « Күздө келип салкын тартпа сенден суранам, Кышта тоңбой махабатыбыз далай жашасын » – Jungkookni gaplaridan Yeon Mi kichik tabbasum qilgancha endi oldinga bir qadam qoʻymoqchi boʻlganda koʻz qorachigʻi orqasiga ketgancha oyogʻi yerga tegmasdan, Yeon Mini burnidan qon kelib orqasiga, ikkinchi qavatdan, pastdagi mashinalarni birini ustiga quladi.

Jungkook esa Yeon Mini ushlab qolmoqchi boʻlib qoʻlidan kelgancha tez yugurgan holatda qoʻllarini oldinga choʻzib talpindi, ammo Yeon Mini ushlay olmadi.

Bu vaqtda sigaret chekayotgan Han esa nimadir qulab tushganini ovozidan ortiga oʻgirilib qarar ekan ne koʻz bilan koʻrsinki u yerda oppoq libosi qonga belangan Yeon Mi yotardi. Hani yuragi urushdan toʻxtagandek bolar ekan, vaqt ham toʻxtagandek edi. Han qanday qilib mashina tomon otilib yugurganini bilmay qolar ekan, koʻz oldida faqat mashina ustida yotgan qiz edi.

YEON MINI OʻLIMIDAN 6 YIL OTGANDAN SOʻNG

Jungkook hovlida solib qolgan atirgullarni terib ularni bir idishga solib, keyinchalik ularga ot qoʻygancha, gullarini olovda quyishini tomosha qilib turardi.

– Nega har yili bir hil kunda solib qolgan atirgullarga ot yoqasiz? Ularni ham joni bor. – 5 yoshli qiz Jungkookni yoniga kelgancha savol berdi.

– Ular allaqachon oʻlib boʻlgan, faqat uning shirin ifori va undan hali beri ketmagan goʻzalligi qolgan holos, bilasanmi Mia, bu gullar laʼnatlanga oʻxshaydi, chunki ular menga unuta olmay turgan insonimni azobini eslatadi. – Jungkook qiz tomon choʻkkalab oʻtirgancha, oʻzini boʻyini qiz bilan tenglashtirdi.

– Yeon Mi, bu isimni eslab qol, chunki u mening birinchi va ohirgi sevgim edi. – Jungkook hali solishga ulgurmagan atirgulni birini olib uni Miani sochlaridan oʻtkazdi.

– U hozir qayerda? – Jajji qizcha qiziquvchanlik ila soʻradi.

– Shu yerda, va har doim shu yerda yashaydi. – Jungkook, Miani kichik qoʻlini koʻksiga, yuragiga olib kelib qoʻydi.

– Unga ham shunday gul taqib qoʻyar edingizmi? – Mia yana bir savol berar ekan, uning onasi Eunna qizni chaqirdi. Mia bolsa savoliga javob olmay qoldi.

Mia. Eunna bilan Reini qizi

—THE END—