August 17

"My first and last love | Season – 2"

"My first and last love | Season – 2"

Episode - 5
—Author: Kim Yeon Mi

Jungkook eslashi bilan joyida qotib qoldi butun umri koʻz ochib yumushda oʻtib ketgandek edi va endi bildiki bu sogʻinch, nimadir yetishmasligi, nimadir notoʻgʻri ekanligini aslida nima ekanligini.

Sana qoʻrqib gina Jungkookni harakatsiz yelkasiga tikilib turdi, ammo chuqur nafas olgancha oʻzini tinchlantirib xona ichkarisiga qadam qoʻyib, sekin astalik bilan Jungkookga yaqinlashdi.

– Hammasini aytib berishim mumkin ! – Sana, qoʻlini mahkam musht qilib siqib koʻzlarini ham qattiq yumgancha yelkalari taranglashib ovozi boricha baqirdi.

– Hamma narsani eslaganimda endi sening gaplaringni nima keragi bor deb oʻylaysan? Yoki menga senlarni keyingi yolgʻonlaring qiziqdek tuyuladi deb oʻylaysanmi? Siz ahmoqlarda qoʻrquv hissi mutloq yoʻqolganmi? Xotiram yoʻqolsa ham, yoki xotiram qaytsa ham men osha osha Jeon Jungkook edim, ammo bu tushunchani unutdingiz ! Hanni tushunsa boʻladi, ammo senchi, Sana? Meni hammadan ham sen yaxshi bilarding ! – Jungkookni harakatsiz tanasi bir zumda qayta jon kirgandek harakatga kelib Sanani devorga mihladi, ovozi birinchi sokin chiqsa, keyingi gaplarida tajovuzkorana aytilgancha, Sanani qoʻrquvdan titrashga olib keldi.

– Men . . . . . . Men oʻylagandim, barchasi avvalgidek boʻladi deb, avvalgidek hayotimiz oʻsha Yeon Misiz boʻladi deb! Bu shunchalar qiyin emas ediku? Avval u yoʻq baxtli edik, ammo u kirib keldi bizni xohishimizga qaramay, keyin sen oʻzgarding, hatto yaxshi tarafga, ammo bir daqiqa ichi xotirangni yoʻqoting va bu menga yana qayta seni avvalgi Jungkookga qaytadi degan tushunchani berdi, ammo qarabsizki shu payt Yeon Mi ham xotirasini yoʻqotdi, bu imkoniyat edi, Han ikkimiz uchun, balki yetar aa? Yeon Miga qaytganing bilan u shuncha ishlarni unutib qabul qila olmaydi seni, ammo oldingda meni oʻldirishingni bilib turgan holda men turibman. – Sana qattiyat bilan oldinga bir qadam tashlab, alam bilan yutinib koʻziga yosh oldi.

– Sabrimni sinama Sana. Bir kun muhlat beraman, Ispaniyaga ket va qaytib kelma, sendan tortib olgan barcha narsamni qaytarib beraman, otangni ishini, merosini hammasini. – Jungkook eshik tomon oʻgirilib chiqib ketmoqchi boʻlganda Sana tezlik bilan uni yoʻlini toʻsdi.

– Ammo avvalgi Sanani qanday qilib qaytarib bermoqchisan? Sanani baxtli oilasini otasi Alderoni qanday qilib qaytarasan? Sanani sevgan Jungkookni qanday qaytarasan? Avvalgi baxtli hayotimni qanday qaytarib bermoqchisan?! – Sana gaplarini ohirida yigʻlab yuborib Jungkookni koʻksiga yengil mushtlab urar ekan keyinchalik, Jungkookni koʻksiga yuzini komdi.

– Meni quchoqla, mahkam ushla meni, qoʻyib yuborma, iltimos qilaman sendan, menda qolgan ohirgi narsa sensan, tubsizlikda tashlab ketma, menga boʻlgan avvalgi seving haqqi, oʻtinaman sendan. – Sanani endi ovozi xiralashib, siniq chiqdi. Jungkook yelkasiga tekkan qoʻllaridan koʻzlarini asabiy yumdi.

– Meni kechir, senga munosib emas edim, seni oʻz yoʻlimda qurbon qildim, ammo shuni bilamanki, endi haqiqiy oshiqlik qanday boʻlishini oʻrganib his qila oldim, bu uchun seni qurbon qilib oʻz yoʻlimda ishlatganim uchun uzur soʻrayman, sen ham keyinchalik his qilasan degan umiddaman huddi mendek. – Jungkook gaplarini tugatib Sanani yelkasidan ushlab oʻzidan uzoqlashtirib xonadan balki butunlay uydan chiqib ketdi.

– Balki men sendan ham avval bu oshiqlik tamini his qilgandirman, ammo shu bilginki buni qaytib his qila olmayman, sendan boshqasi his qildira olmaydi. – Sana Jungkookni orqasidan unga tikilib qolgancha yerga yiqildi.

HOZIRGI VAQT

– Shunday degin? Sana toʻgʻri aytibdi, ammo sen xatoni ustiga xato qilib ketayapsan, bugun Yeon Miga javob berishadi u men bilan ketadi. – Han Jungkookni chetlab oʻtib palata ichkarisiga kirib ketdi.

Palata ichida harakatsiz shiftga tikilib yotgan qizni koʻrgan Han nimadir notoʻgʻri ekanligini anglab tezlik bilan yotoq yoniga yaqinlashdi.

– Yeon Mi? Meni eshityapsanmi? – Han havotir ila gapirdi, ammo Yeon Midan hatto sado ham chiqmadi, lekin boshini biroz qimirlatib qoʻydi.

– Jungkook senga nimadir qildimi? – Hani keyingi savoliga ham Yeon Mi bosh chayqadi.

– Jin ursin* laʼnati ! – Han tezlik bilan qoʻllarni mushtlab eshikni zarb bilan ochdi, ammo Jungkook allaqachon qayergadir ketishga ulgurgandi.

Han hech kim yoʻqligini koʻrgach ichkariga qaytib Yeon Mi koʻtarib shifoxonadan olib chiqib mashinasiga soldi.

– Seni tashlab qoʻymayman, senga nima qilishganini aniqlayman. – Han qizni mashinaga solib oʻzi yana qaytda ichkariga kirib ketdi.

Yeon Mi bolsa harakatsiz boshini oynaga suyab tashqaridagi odamlarni kuzatar ekan boshi biroz aylanardi, xotiralari boʻlsa hanuzgacha tumanli va chalkash.

Koʻp vaqt oʻtmay Han qaytib mashinaga oʻtirib Yeon Mini sovib qolgan qoʻlini qoʻliga oldi.

– Seni xotirang qaytayotgan ekan, tinchlantirish dori berishibdi, vaqtinchalik harakat qila olmas ekansan, ammo bu tez orada oʻtib ketadi, seni uyga olib boraman. – Han qizni qoʻlini qoʻyib yubormay ikkinchi qoʻli bilan rulni mahkam ushlab hayday boshladi.

Biroz vaqt oʻtgach ikki qavatli uy oldida Han mashinani toʻxtib Yeon Mini koʻtarib ichkariga olib kirib yotqizdi, oʻzi boʻlsa oʻrindiqni oldiga tortib yotoq yoniga oʻtirdi.

– Bilaman xotiralaring barcha sekin astalik bilan qaytyapti. Buni tan olishni istamasam ham ammo qoʻlimdan kelgancha harakat qilgandim. Meni kechir, agar istasang hayotingdan chiqib ketaman. Va iltimos qilaman mendan nafratlanma, sen uchun avvalgi doʻsting Han boʻlib qolaman. – Han qizni undan yuzini burushini koʻrib nimadir unga sanchilgandek his qilib, qoʻlini koʻksiga qoʻydi.

Qanchalar koʻp Yeon Mi bilan qolsa undan voz kechish shunchalar qiyinlashishini bilgan Han xohlamasa ham oʻrnidan turib uydan chiqib ketdi.

Yeon Mi Han chiqib ketgandan keyin chuqur uyquga ketar ekan tuni oʻrtalariga yaqin uygʻondi. Tanasini endi his qilar ekan oʻrnidan turib oʻtirgancha qoʻllariga biroz tikilib qoldi.

– Hissizlanib ketyapsan, balki oʻtmishimni qoʻyib yuborishim kerakdir, xotiram yoʻqolgani eng yaxshisi edi, nega yana avvalgi holatimga qaytyapman? – Yeon Mi biroz holsiz yotoqdan oyoqlarini sovuq polga qoʻyishi bilan oʻzida ogʻirlikni his qildi.

Dori taʼsiri hali unchalik ketmagan, Yeon Mi arang dushga kirib chiqancha oʻzidagi ogʻirlikni sal kam yarimidan halos boʻlgancha, ustiga yengil kiyim kiyib balkonga chiqdi. Sovuq havo uni yengil kiyimidan oʻtib qizni teriga urilganda Yeon Mi balkon ayvoniga suyanib biroz jimlikda qoldi.

– Xonim sovuq emasmi? – Pastdan ovoz kelar ekan Yeon Mi tezlik bilan pastga qaradi.

Qora kepkali, mushakli tana ustida qora palto osilgan, tanish tabbasum va ovoz shakli, ammo qorongʻu boʻlgani uchun Yeon Mi bu insoni yuzini aniq koʻra olmadi.

– Siz kimsiz? Nima ishingiz bor? – Yeon Mi javob qaytarar ekan pastdagi insoni koʻrish uchun biroz pastroqqa egildi.

– Balkonda yiqilib tushishingiz mumkin, hozir oldingizga chiqaman. – Pastdagi odam turgan joyidan uyni eshigi tomon harakat qilganda Yeon Mini koʻzi kattalashib tezlik bilan uy ichkarisiga qaytdi.

Yeon Mi yugurgancha eshik oldiga kelib uni ochdi.

– Aqildan ozganmisiz? Begona odamni ichkariga kiritadi deb oʻylaysizmi? Ketting. – Yeon Mi ohirigi gapidan keyin qoʻlini koʻtarib, koʻrsatkich barmogʻi bilan tashqariga ishora qildi.

– Bir tomondan qarasam sizga begona emasman va shunchaki biroz isinib olish uchun kirdim, uyingizga kelgan mehmonlarga shunday munosabatda boʻlasizmi, xonim? – Erkak boshidagi kepkani biroz yuzini yopish uchun qoʻli bilan toʻgʻirlagancha gapirdi.

– Nima? Ustimdan kulyapsizmi? Qanday qilib begona boʻlmasligingiz mumkin? – Yeon Mi qoʻllarini beliga qoʻyib, qarshisidagi odamni yoʻlini toʻsdi.

– Keyinchalik bilib olasiz, oshxonangiz qayerda? – Erkak ustidagi paltosini yechish barobarida gapirdi.

Yeon Mi uni gapidan asabiy koʻzlarini yumib qoʻli bilan oshxona eshigiga ishora qildi.

Erkak oshxonaga kirgancha qizni yana qayta balkonga chiqib ketganini koʻrib lab chetida jilmayib qoʻydi. Yeon Mi chuqur xoʻrsinib, osmonga tikilib turar ekan yoniga kelib turgan insoni koʻz qiri bilan korgancha indamadi.

– Sovuq emasmi? – Erkak kepkasiga koʻp bora tegingancha yuzini koʻzlarini yashirishga urinardi buni Yeon Mi bittada sezdi.

– Sovuq? Bu menga kerakli narsa, sovuqlikni his qilish bilan oʻzimni tirik his qilaman, tanamdagi ruhimdagi ogʻirlik, batamom yoʻqoladi, oʻzimni yaxshi his qilaman, ammo shu bilan birga, eslashim kerak boʻlmagan oʻtmishimni eslayman. – Yeon Mi ohirigi gaplarini past ovozda oʻzi xohlamay aytar ekan, biroz kulib qoʻydi oʻzini gaplari qulogʻi tagida yangragan onda.

– U qanday oʻtmish? – Erkak biroz qiziqsinib soʻrab, boshini burgancha soʻradi.

Yeon Mi nimadan gap boshlashni bilmay turar ekan, koʻzi bir daqiqa erkakni yorugʻlikda koʻrinib turgan yuzini biroz pastki qismini koʻrib koʻzlari qisildi. Uning eʼtiborini pastki lab qismidagi pirsing edi. Yeon Mi pirsingni koʻrgach ogʻir yutindi.

– Nimadan boshlashni bilmayman, bu uzun hikoya edi, hayotimni eng goʻzal va daxshatli azobli onlari, ammo har bir goʻzallik ogʻriqlardan soʻng kelishini unutgan ekanman, mening goʻzal kunlarim koʻpga bormay, bir inson tomonidan daxshatli jahannamga aylandi, unda men yonardim, ishq azobida, holbuki yaqinlarimni yoʻqotish azobida ham, ohirigi umidimni qizil iplari uzilish onida, hayotimni yana goʻzal oni bolib bir inson kirib keldi ammo ruhim bilan yuragim uni qabul qila olmadi, chunki u allaqachon boshqa kimningdir ishqida yonib boʻlgandi, hikoyam ayanchli yakun topdi, ammo hayot menga barchasini unutirdi, endi esa nima qilishni bilmayapman. – Yeon Mi gaplarini, quvonch, qaygʻuli, va alami tabbasum bilan aytar ekan ohirida qaltiroq lablari orasidan soʻz chiqmay qoldi. Yeon Mi yengini uchi bilan koʻzidagi yoshni artib biroz burnini tortgancha yonidagi odamga qaradi.

– Qaygʻudan quvonch yaraladi agar bilsangiz, ammo hayot faqat baxt bilan emas ekanligini unutib qoʻymaganingiz yaxshi, eng yomon ayriliqlar bu oʻrtadagi sevgi va rishtani yana ham mahkamlaydi, ammo buni teskarisi ham boʻlishi mumkin, hoʻsh buni tanlash sizni qoʻlingizda, osha ishqida ado qilgan inson bilan qanday tanlov qilmoqchisiz. – Erkak biroz qizga yaqin kelgancha savol berdi.

– Bilasizmi, sevgi nafratni orqasidan keladi, haqiqiy sevgan insoningizdangina nafratlana olasiz, u qancha iflos boʻlmasin baribir uni shunday qabul qila olasiz, ammo men Handan nafratlana olmayman, haqqim yoʻq, hatto uning koʻziga ham qarashga uning qoʻlini tutishga haqqim yoʻq, oʻtmish meni batamom domiga oʻzini iflosligiga tortib ketyapti. – Yeon Mi yigʻlagancha boshini egdi.

– Jim. . . . . – Erkak ortiqcha gap gapirmadi.

Yeon Mi bir daqiqa ovozi ishtiyoq bilan yangragan erkakni ovozi qoʻpol va qaygʻuli chiqanidan boshini koʻtarib unga qaradi. Erkak bir daqiqa jim turgancha qoʻlidagi paltosini qizni yelkasiga tashladi, keyinchalik oʻzi qizni boyni tomon egilgancha qizni sochlaridagi ifordan hidladi. Erkakni koʻzidan bir tomchi yosh oʻqib tushar ekan u qanchalik bu ifor oʻziga qadrli ekanligini angladi, ammo ichidagi pushaymonlik va bir daqiqalik soʻzlar oʻzi haqida ekanligini oʻylab umid olgani uchun oʻzini lanatladi.

Erkak biroz boshini koʻtarib qizni koʻzlariga qaradi. Yeon Mi oʻziga tanish yuzni koʻrib hayron qolmadi aksincha huddi uning oʻzi kabi tushunarsiz nigoh ila tikilib turdi. Erkak qizni sochlaridan silab qoʻygancha orqasiga qaramasdan uydan chiqib ketdi, Yeon Mi bolsa yelkasidagi issiq tanish hid bilan oʻralgan holda katta palto ichida uy eshiklariga tikilgancha qolib ketdi.

Han bolsa uydan chiqib ketgan holi endi oʻzini eski uylariga qaytdi. Bu uyda divanda yotgan Kyodan boshqa hech kim yoʻq edi. Han biroz kayfiyati tushgan xolda chiroqlari ochiq uy ichkarisiga kirib xoʻrsindi.

– Men keldim. – Uyda hech kim yoʻqligini bilsa ham oʻzi kelgani haqida aytib divanda choʻzilib yotgan Kyoni silab qoʻydi.

– Bugun ikkimiz yolgʻizmiz, Yeon Mi yoʻq, uni boshqa uyga olib bordim, bu uyda esa endi ikkimiz yashaymiz. – Han ornidan turish mobaynida Kyoga gapirib javondan uch shisha viski oldi.

– Anchadan beri bu sovuq shishani qoʻlimga olmagandim, bilasanmi, nega? Chunki Jungkookga oʻxshab qolmaslik uchun, Yeon Miga uni eslatmaslik uchun edi, ammo endi barchasi teskari ketyapti. – Han gapini ohirida kulib yuborgancha boshini orqaga tashladi.

Kyo hech narsani tushunmay shunchaki oldidagi kichik idishdagi qizil viskidan jirkangancha tikilib turdi.

Han deyarli uch shishadan tashqari javondagi ichimliklarni ham olib tugatar ekan boshini stol ustiga tashlab qoʻlidagi idishni arang ushladi.

– Sen ham Yeon Mi yaxshi korasan toʻgʻrimi? Ammo mendek emas, hatto oʻsha laʼnati Jungkook ham mendek uni seva olmaydi, chunki Jungkook Yeon Mi bilan bir yil yashadi, shu bir yil unga doʻzaxdek oʻtdi, Jungkookni unga qilgan munosabatini ittga ham koʻrsatib boʻlmas edi, ammo menchi u men bilan ham deyarli bir yil yashadi, hayoti yorqin edi, men hatto unga qoʻlimni uchini ham tekkizmadim, hammasi uni xohishi bilan boʻlardi, koʻryapsan u ifloslik bilan meni oʻramdagi farqni. – Han koʻzlarini arang ochgancha boshini biroz koʻtarib gapirdi.

Kyo bolsa esnab qoʻygancha divandan tushib boshqa xona ichkarisiga kirib ketdi.

– Meni tashlab ketishga jurʼat etma. – Han oʻzida emas oʻrnidan turdi. Ammo boshi aylanishi bilan devorga suyanib qoldi, shu daqiqada koʻzi devorga suyanib turgan gitaraga koʻzi tushdi.

Beixtiyor lab chetida jilmaygancha biroz egilib gitarani qoʻliga oldi. Han boshini devorga suyab koʻzlarini yumgancha kulib gitarani cherta boshladi.

Tun hammasi uchun ogʻir keldi. Ammo eng ogʻiri Jungkook uchun. U Seoulga qaytmay Busandagi katta qoʻrgʻonli pentxausida tunab qolar ekan kun chiqishini oyna ortidan kuzatib turardi.

– Endi nima qilmoqchisiz janob? – Kai joyida tosh qotgancha egilgan boshi bilan savol berdi.

– Avvalgi ishimga qaytaman, eski Seouldagi uyga oʻt qoy, boshqa uyga qochib otaman. – Jungkook kostyumini ichki choʻntagidan sigarete olib uni tutatarkan koʻziga tushgan kun nuridan ortiga qaradi.

– Mi xonim haqida soʻragan edim, aslida. – Kai qoʻrqqancha past ovozda gapirdi.

– Kim senga ruxsat berdi uni ismi bilan atashga? Toki men tirik ekanman u Jeon nomi ostida yashaydi, tilinga shu sigaretni bosib iz qoldirgunimcha koʻzimdan yoʻqol. – Jungkook lablari orasidagi sigaretni olgancha kulib yubordi.

Kai bosh egib tezda xonadan chiqib ketdi. Jungkook yolgʻiz qolgani uchun chuqur nafas olib shkafdan kiyimlarini olib ustini almashtirdi.

Bu vaqtda esa Han koʻzlarini arang ochgancha yuzlari oqqarib ketgan holda koʻzini polni ustida ochdi. Qattiq yerda uxlagani uchun boʻyin va orqa yelka qismida ogʻriqni sezib oʻrnidan turgancha ochilgan oynalarga qarab oʻsha tarafga yaqinlashdi.

Tashqarida Kyo uydan chiqqancha qayergadir ketar ekan, Han unga bir nazar tashlab qoʻyib oshxonaga kirib oʻziga kofe tayyorladi, ammo endi ichmoqchi boʻlganda koʻngli aynib tezda yuvinish xonasi yugurib kirdi. Hatto eng qimmat viski yoki ichimliklar ham odamni zaiflashtirib qoʻyardi, Hani esa bu anchadan beri tashlagan ishi boʻlib shuncha yildan soʻng u yana qayta osha qizil rangli ichimlikni tatib korgandi.

Han/Pov:
Boshimni rakovinadan koʻtarib oynadagi aksimga qaradim. Sochlarim toʻzgʻigan, lablarimdan suv tomchilab turardi, koʻzlarim esa qisilgan. Eski holatimga astalik bilan qaytib kelayotgandek edim. Osha Yeon Mi yaratgan Handan uzoqlashayotganday his qilardim. Yuvinish xonasidan chiqib stol ustidagi tartibsizlikni koʻrib gʻashim keldi. Uning ustidagi shisha idishlar esa buni ikki baravar qildi. Sekin astalik bilan qoʻlimga paket olib, bularni bir ketinlik bilan paket ichiga sola boshladim va bir daqiqa ichida Yeon Mini birinchi uchratgan onimdagi oʻzimga aytgan gaplarim yodimga tushdi.

Hayotimda oʻzimdan boshqa hech kim yoʻq paytlarida faqat qora bulutlar bilan yomgʻir bor edi. Har kun barga kelardim, u yerdagi viski esa meni oʻziga bogʻlab qoʻygandi. Ammo endi bu viski menda Yeon Miga oʻzgardi, u huddi bu ichimlik kabi, nordonroq ammo shirin, odamni aqildan ozdiradi va oʻziga bogʻlab qoʻyadi.

Han stol ustini yigʻishtirib boʻlgancha oʻrnidan turib, uydan chiqib ketdi. Birinchi navbatda qoʻlidagi paketni chiqindiga solib keyinchalik dorixonaga kirib bir nechta oʻziga kerakli dorilarni olib uyiga qaytar ekan yoʻlini yarimida oʻziga tanish odam maʼyus yuzini koʻrdi.

– Sana? – Hani qoʻli boʻshashib tez qadamlar bilan Sanaga yaqinlashdi.

Sana oʻychan yelkasida osilib turgan sumkasini mahkam ushlagancha yerga tikilib turardi. Han qizga yaqinlashib uning yelkasiga qoʻlini qoʻyib uni eʼtiborini oʻziga qaratdi.

– Bu yerda nima qilayapsan? – Han havotir ila gapirdi.

– Jungkookni oldiga kelgandim. – Dedi Sana past ovozda.

– Nima? U Seoulga qaytmadimi? – Han endi rostakamiga havotirlanib dedi.

Sana bolsa tasdiq maʼnosida bosh irgʻadi. Han asabiy sochlari orasidan qoʻlini oʻtkazdi hayolidagi yagona narsa bu « Agar Jungkook Yeon Mini oldida boʻlsachi? Yoki unga nimadir qilgan boʻlsachi? » edi. Han ortiga oʻgirilib endi ketmoqchi boʻlganda Sana uning bilagidan ushlab toʻxtatib qoldi.

– Han . . . . – Sanani mayin pichirlash ovozidan Hani yuragi biroz erib ketdi sekin tinchlangancha ortiga qaradi.

– Jungkookni xotirasi qaytdi, Yeon Minikichi? – Sana hali ham Hani ushlab turgan qoʻliga qarab past ovozda gapirdi.

– Yeon Mini xotirasini bilmadim, menimcha hali qaytmagan, bu yaxshi, ammo Jungkook oldimdagi eng katta toʻsiq boʻlyapti, ammo Jungkookni xotirasi qaytgan ekan, ahvoling yaxshimi? – Han dedi, asabiy biroz koʻzlari qisilib.

– Hali ham harakat qilyapsanmi? Balki endi kerak emasdir. – Sana Hani qoʻlini qoʻyib yuborib gapirdi, ammo Han uning gaplaridan qoshlarini chimirdi.

– Han, bilasan, ikkimiz boshidan beri bilardik ortiqcha shaxs ekanligimizni, bunga butun oʻzligingni berib qoʻyishingni xohlamayman, chunki endi orqaga qayta olmaysan, sen ham menga oʻxshab qolishingni istamayman, Yeon Mi baribir eslamaydi, eslasa ham Jungkook uni xohishiga qarab oʻtirmaydi, sening qoʻlingdan esa bu borada hech narsa kelmaydi. – Sana koʻziga yosh olib Hani koʻksiga boshini qoʻydi. Han boʻlsa bir daqiqa nima boʻlganini tushunmay, Sanaga achingancha uni yupatish uchun bir qoʻlini koʻtarib qizni orqa yelka qismiga qoʻlini qoʻyib javoban qizni quchdi.

– Bu yerda nima boʻlyapti? – Yeon Mi ovozini balandlatib gapirar ekan Han tezlik bilan Sanani oʻzidan itarib yubordi, hatto Hani qoʻlidagi dorilar ham yerga tushib sochilib ketdi.

Yeon Mi qovogʻini solgancha qoʻllarini bir biridan oʻtkazib ularga yaqinlashib kelib, Han bilan Sana oʻrtasiga kirdi.

– Haligi, Yeon Mi . . . – Han biroz hijolat boʻlgancha unga orqa oʻgirib Sanani sochidan yulishga tayyor turgan qizni yelkasiga barmoq uchida tegindi.

– Nima? Yaxshisi yerdagi dorilaringni yigʻishtirib ol. – Yeon Mi ortiga qarab oʻtkir nigoh ila gapirdi.

Han bu kichik jussadan chiqayotgan daxshatli jahl-u gʻazabdan biroz choʻchigancha kuldi.

– Jungkook qayerda? Nega u bilan emassan? Yoki endi mendan va Jungkookdan alamingni olish uchun Hanga tomosha koʻrsatyapsanmi? – Yeon Mi Sanaga yaqinlashib kelish mobaynida dedi.

– Yeon Mi, sen notoʻgʻri tushunding, bu sen oʻylagan narsa emas, men Han bilan shunchaki doʻstlar kabi yaqinmiz va bunga ancha boʻlgan, uning hayotini bir marta saqlab qolganman. – Sana orqaga chekingancha tushuntirish qildi.

– Menga qiziq deb oʻylaysanmi qanchalik yaqin ekanligingiz? Bu yerda men uning boʻlajak xotini ekanligim muhim, uning yonida faqat bitta ayol turadi u ham bolsa men, sen doʻsti boʻlasanmi, yoki boshqa narsasi menga farqi yoʻq, shu uchun sochsiz va goʻzal yuzsiz qolishni istamasang ket. – Yeon Mi Sanani yana ham hijolat qilib qoʻyar ekan Sana shunchaki uzur soʻragancha tezda oʻgirilib taksi toʻxtatgancha ketdi.

Yeon Mi ortiga oʻgirilib Hanga duch kelar ekan koʻzlarini asabiy yumib xoʻrsinib qoʻydi.

– Odam ham shunchalik boʻladimi? Sen nega shunchaki jim turding?!!! Kimdir keb shunchaki ovinishni xohlasa ovitaverasanmi?! – Yeon Mi jahl qilib Hani mushak qismi tomonga yengil urar ekan Han biroz orqaga qadam tashlab kuldi.

– Hoʻp, endi sen aytganday boʻladi, yur uyga boramiz. – Han qizni qoʻlidan ushlar ekan Yeon Mi uni qoʻlini siltab tashladi.

– Yoʻq, yoʻq, yoʻq, Han janoblari, siz boring, sizni boshqalar yigʻlab kutib turibdi, qani keting. – Yeon Mi Hani yelkasidan uni oldinga qarab biroz turtib qoʻydi.

Han zavqlanib kulgancha oldinga qarab yurib ketar ekan, Yeon Mi yoʻtalgancha Hani shunchaki ketib qolishini kutmagandi.

– Nima? Ustimdan kulyapsanmi? Meni shunchaki tashlab ketasanmi? – Yeon Mi koʻzlarini katta katta ochib bor ovozida baqirdi.

Han qizni arazlab qolishidan qoʻrqib tezda ortiga oʻgirilib qizni tizzalaridan oʻzini qoʻlini oʻtkazib qizni koʻtarib oldi.

– Men bilan ketishni istamasang, oʻzim olib ketaman. – Han qizni koʻtargancha olib ketar ekan bir qoʻlda qizni bemalol kelin uslibda koʻtarib keta olardi, ikkinchi qoʻlida esa paket ichida dorilari bor edi.

Yeon Mi biroz jilmaygancha qoʻllarini Hani boʻyindan oʻtkazib ortga bir nazar tashlaganda, uzoqroqdagi uyni devori oldida osha ikki yil avvalgi nigohlarga duch keldi, uning lablaridagi sigaretni uchi yongancha uzoqdan yaqqol koʻrinib turgandi, sigaret egasi esa tushunarsiz nigoh bilan u ikkisidan koʻzini uzmasdan tikilib turardi, uni koʻrgan Yeon Mini jilmaygan lablari tekislanib, biroz yutinib qoʻydi, va yuzini Hani boyin qismiga qoyib oʻzini undan yashirdi.

– Sana xonim bilan nima qilmoqchisiz? – Kai mashina eshiklarini Jungkook uchun ochib berar ekan gapirdi.

– U meni payqamadi, yana qaytib keladi, ammo men hozircha Seoulga qaytmayman, yolgʻiz qaytmayman. – Jungkook oʻziga ishonchli gapirdi.

– Qayerga hayday? – Soʻradi Kai, rul tomon oʻtirib.

– Ularni ortidan hayda, qayerga borishini koʻrmoqchiman. – Jungkook shimini choʻntagidan telefonini chiqarish mobaynidan dedi.

Kai javob bermasdan bosh irgʻab mashinani ishga tushirib hayday boshladi.

Han qizni kotarib oʻzini osha eski uyni qoʻrgʻoni tomon kirganda toʻsatdan yomgʻir yogʻa boshladi. Han qizni qoʻlidan tushirgancha uni pana joyga oldi.

– Uy ichkariga kirmaysanmi? – Soʻradi Han uy ichkarisi tomon harakat qilayotganida.

– Yoʻq, men xotiramni yoʻqotsam ham yomgʻirga boʻlgan sevgimni yoʻqotmaganman. – Yeon Mi kulgancha javob qaytardi.

Han biroz tabbasum qilgancha uy ichkarisiga kirib ketdi, Yeon Mi bolsa osha yerdagi stolga oʻtirib yomgʻir tomon qoʻl choʻzdi. Han uydan tezlik bilan qaytib chiqqancha Yeon Mini yonidan joy oldi.

– Yeon Mi, menga qara. – Han qoʻlidagi kamerani koʻzlari tomon olib kelib qizni unga qarashi bilan rasmga oldi.

– Xotirangni yoʻqoting, ammo rasmlar senga eslatadi, bundan buyon har bir onimizni nafaqat xotiraga balki uni jonlantira oladigan rasmga aylantiraman. – Han fotoapparatagi rasmga qarab uni qizga berdi.

– Adolattan emas, xunuk olibsan, boshqatdan rasmga ol. – Yeon Mi kulib turgancha yomgʻir tomon ikki qoʻlini yon tomonlariga yoyib turdi.

Han ham qizni pozasidan kulgancha uni yana qayta rasmga oldi.

— THE END —