April 6

This love


– 13 yil oldin –

"Yah!! Ehtiyot bo‘l!!" – kimdir baqirganini eshitdim. Chapimga qaradim va kumush rangdagi mashina menga qarab katta tezlikda kelayotganini ko‘rdim.

To‘satdan kimdir meni yo‘ldan tortib chiqardi. Qaraganimda, yoshimdagiga o‘xshagan bir bola menga xavotir bilan qarab turardi. "Yaxshimisan?" – deb so‘radi u.

Men bosh irg‘adim, hozirgina bo‘lgan voqeadan yuragim titragandi. "Keyingi safar ehtiyot bo‘l," – dedi bola va ketdi. Sochi ko‘zlarini yopib turgani uchun uni yaxshilab ko‘ra olmadim.

Yodimda qolgan yagona narsa — uning bo‘ynida turgan oltin medal edi. Unda "basketbol" degan so‘z yozilgan edi.

– Hozirgi vaqtga –

"Janob Min, yana kechikdingiz." Janob Kangning ovozi meni o‘z holatimga qaytardi. E’tiborimni Sugaga qaratdim – uning sochlari taralmagan, ko‘ylagi esa ichkariga kiritilmagan, tartibsiz edi.

Suga ko‘zlarini uvalab, joyiga o‘tirib oldi. Janob Kang esa boshini qimirlatib, darsni davom ettirdi. Aytgancha, bu maktab egasi — Suganing otasi edi