This love
Hey!! Ehtiyot bo‘l!!" – kimdir baqirganini eshitdim. Chapimga qaradim va kumush rangdagi mashina menga qarab katta tezlikda kelayotganini ko‘rdim.
To‘satdan kimdir meni yo‘ldan tortib chiqardi. Qaraganimda, yoshimdagiga o‘xshagan bir bola menga xavotir bilan qarab turardi. "Yaxshimisan?" – deb so‘radi u.
Men bosh irg‘adim, hozirgina bo‘lgan voqeadan yuragim titragandi. "Keyingi safar ehtiyot bo‘l," – dedi bola va ketdi. Sochi ko‘zlarini yopib turgani uchun uni yaxshilab ko‘ra olmadim.
Yodimda qolgan yagona narsa — uning bo‘ynida turgan oltin medal edi. Unda "basketbol" degan so‘z yozilgan edi.
"Janob Min, yana kechikdingiz." Janob Kangning ovozi meni o‘z holatimga qaytardi. E’tiborimni Sugaga qaratdim – uning sochlari taralmagan, ko‘ylagi esa ichkariga kiritilmagan, tartibsiz edi.
Suga ko‘zlarini aylantirdi joyiga o‘tirib oldi. Janob Kang esa boshini qimirlatib, darsni davom ettirdi. Aytgancha, bu maktab egasi — Suganing otasi .
Shuning uchun ham bu maktabda hech kim Sugaga hurmatsizlik qilishga jur’at etmasdi. Xo‘sh, bunga men ham kiraman. Afsuski, bu maktabdagi barcha o‘quvchilar ota-onalarining kompaniyasi merosxo‘rlari hisoblanadi.
Menmi? Merosxor? Yo‘q yo‘q. Men bunchalik boy emasman. Ota-onam bir necha yil avval avtohalokatda vafot etgan. Men buvim bilan yashaganman, u kishi men 14 yoshimda vafot etdilar. Shundan so‘ng onamning eng yaqin dugonasi bilan yashash uchun ko‘chib o‘tdim.
Bu dunyoda millionlab odamlar orasida onamning eng yaqin dugonasi aynan Suganing onasi bo‘lishi kerakmi, a?
Lekin aslida yo‘q. Suganing onasi mehribon va iliq tabiatli inson, Suga va uning otasidan farqli o‘laroq. U meni o‘z qizidek ko‘rdi. Menga kiyim-kechak va juda juda qimmatbaho narsalarni sotib berardi.
Men 15 yoshda edim, u kishi menga ko‘proq pul sarflayotgani uchun o‘zimni noqulay his qildim. Shuning uchun bir kafeda yarim kunlik ish topdim, unga pulni qaytarish niyatida.
Lekin u buni muammo emas deb aytdi. Shunday qilib, men o‘sha pulni cho‘ntak puli sifatida o‘zlashtirib oldim. Ammo yaqinda ishdan chiqib ketdim, chunki ozgina dangasalik qilyapman… hehe…
Dars tugashiga 3..2..1 Ding!! Maktab qo‘ng‘irog‘i chalindi va men tezda hamma narsamni yig‘ishtirib, uyga qaytdim.
"Janob va xonim Min, men keldim," dedim. Xonim Min bosh irg‘ab qo‘ydi, janob Min esa menga e’tibor bermay, gazetani o‘qishda davom etdi.
Janob Minni doim kórganimda ósha meni yuragimga hanjarday tekgan gaplari esimga tushadi "Sakura faqatgina vaqti qadriga yetmaydigan bechora yetim qiz" bu gapni albatta tasodifan eshitganman. Ammo hech qachon unuta olmayman.
Xonamga kirib, sumkamni karavotim ustiga uloqtirdim. Yuzimni yostiqqa bosib yig‘ladim. 13 yil oldin meni kim qutqargan edi? Nega buni haligacha bilmayman.?
Bu savol yillar davomida ongimda javobsiz qolgan. Yig'lashdan zórg'a tóxtadim va hammomga dush qabul qilish uchun yo‘l oldim.
"Sakura Yoongi! Keyinroq chiroyliroq narsa kiyib olinglar! Uyga kimdir keladi!!" — degan ovozni pastdan eshitdim, bu xonim Minning ovozi Edi.
Bu ovozni eshitishim bilan órnimdan turib javonimga bordim, nima kiyishimni tanlay boshladim. "Ehh... kiyishga hech narsa yo‘q-ku," deb pichirladim
"Xonim Min, faqatgina oq futbolka va kalta yupka kiysam bóladimi? deb baqirdim. "Ehh, bu .. xo‘p-xo‘p," javob berdi xonim Min.
"Xo‘p," dedim-da, hamma kiyimlarimni chetga surdim va tanlangan kiyimlarimni kiydim. "Ona! Hozirgina kiyib turgan narsamni kiysam bóladimi?" — tashqaridan Suga baqirganini eshitdim.
"YO‘Q!" — dedi xonim Min va men shunchaki kulgudan o‘zimni tutolmay qoldim. "Nega Sakura xohlaganini kiyishi mumkin-u, men esa yo‘q?!" — dedi Suga.
"Shikoyat qilma, shunchaki chidagin," — dedi janob Min hafsalasi pir bo‘lgan ohangda. Men xonam eshigini ochdim va Suga menga qaradi.
U buni payqadi va shunchaki ko‘zlarini devorga o‘girib qo‘ydi. U jahlda. Bu aniq. U xonasiga qaytib, eshikni qattiq yopdi