Mening narkotikim
“Barchasi naqadar go’zal tus olmoqda atrofdagi soflik ayni Bolgariyaga xosdir menimcha faqat. Bu davlatning aholisi ham shahari ham juda chiroyli odatda ko’plab insonlar Parijni sevishganlar shahri deb atashadi ammo men uchun bir birini sevuchi ikki ko’ngil sohiblariga taskinlik beradigan shaharlar orasida Bolgariya eng yoqimlisidir. Albatta bu meni fikrim.🫠”
Dam olish kuni bo’lgani uchun bugun ko’cha biroz tinch kecha tundagi yomg’irdan so’ng ayni toza havoda sayrga chiqqan juftlik ikkisi ham bir biriga beg’ubor nigohlar bilan termulmoqda. Unchalik ko’rkam bo’lmasa ham eski biroz ko’rinishida buzilish bo’lsa ham, o’tlar bilan qoplangan bo’lsa ham hali hanuz o’z go’zalligini saqlab kelgan bino qarshisida to’xtagan juftlik so’zlarsiz hozir bir birlarini tushunmoqdalar. Nafislik ufurib turgan guliga qarab hali hanuz bular haqiqatligiga ishona olmayotgan Tae o’zini sekin chimchiladi. Terisida og’riq yuzaga keldi demak bu tushi emas. Qizning biroz tikilgan sochlarini tartiblash uchun Tae u tomon qo’l uzatdi ammo qo’llari havoda qoldi chunki qalbining tub tubida qizning otasi bo’lmish Go Byuk Moonning jonsiz tanasi yana qayta jonlanmoqda. O’zini aybdor deb hisoblagan Tae Annaga yaqin yo’lashga jur’at etolmaydi ammo….
Tae aybdorona yerga nigohlarini tikib turibdi. Nogohon qo’liga tekkan iliqlikdan seskanib ketdi boshini ko’tarib qarasaki Anna uni qo’lini tutib turibdi. Qizning issiq qo’llari unga tabassum bilan qarab turishi Taeni ifadasiz baxt bilan siylardi. Sevgi nigohlari beg’ubor gunohsiz faqatgina o’zida soflikni saqlagan. Avvallari Kim Taehyung bu qizni shunchaki bir ikki kechalik qondiruvchi deya bilardi ammo vaqt o’tgani sayin qiz unga shunchaki emas katta ahamiyat kasb etuvchiga aylangandi. Hozir Taehyung qarshisidagi qizga kerak bo’lsa butun umur termulib o’tishni istamoqda.
Men bugun ertalabdan bu dunyodagi eng katta baxtni his etdim u yonimda bari haqiqat ishongim kelmayabdi negadir balki qattiq ishonib qolsam bu ro’yo bo’lib chiqarmikin degan o’y hayolimda borligi uchunmi buni bilolmayabman ammo hozir men haqiqatdan ham uning mening gulim yonidaman. Unga shunchalik yaqinmanki uning issiq tafti sezilib turibdi. Dimog’imni qitiqlayotgan mindal va landish iforidan iborat yoqimli atir gulimni yanda yoqimli ko’rsatmoqda. Ahh bu qanday qiza axir nahotkiyaa oddiy eski binoga ham inson shuncha termulishi mumkinmi ammo u inson emas menimcha hih ha u pari mening pariyim. Meniki faqatgina meni yonimda bo’ladigan. Uning biroz tartibsizlangan sochlari ular unga juda yarashgan lekin ular uning yuziga tegib g’ashimni keltirmoqda men ham uning soch tolasiga aylanishni hohlayman shunda unga istaganimcha teginardim yonoqlarini silardim qirmizi dudoqlarda qolardim kerak bo’lsa bir umur buni qilishga tayyorman. Ularni biroz tartiblash uchun unga qo’limni uzatdim ammo qalbim tubidagi o’sha kungi voqea yo’q men qilaolmayman. Bu meni qattiq o’g’riqqa duchor etyabdi ruhimning og’rig’iga avval unchalik emasdi chunki men undan uzoqda edim hozir esa juda yaqinman ammo undan uzoq ham man. Bu o’ylar bilan mulzam boshimni egdim biroz barmoqlarimda sezgan qaynoqlikdan seskanib tepaga qaradim u mening qimattbaxo gulim menga keng tabassum qilib qo’llarimdan tutib turibdi. Unga termulish bu qanchalar baxt bag’ishlamoqda shunchaki bularni so’zlar bilan ifodalay olmayman buni faqat his etish mumkin nigohlar bilan qalb bilan. Sevgi deganida men uchun faqat hirsiy aloqalar va birga bo’lish edi ammo endi bilyabman sevgi nimaligini sen agar chindildan sevib qolsang bular haqida hattoki o’ylashni ham istamaysan faqatgina sevganingning ko’zlariga qaragancha undagi muhabbatning ummoniga cho’kasan xolos.
Nigohlarning yoqimliligini Annaning so’zlari buzdi.
- Tae meni boshqa joyga ham olib boring.
Qizning go’yo necha yillik tanishiga qilgandek qilayotgan muomalasidan Tae ham biroz esankirab qoldi u qizdan biroz ortga chekinishni kutgandi ammo.
- albatta qani yur yana ajoyib joylani senga ko’rsataman.
Tae ham keng jilmaygancha Annani qo’llarini qo’yib yubormasdan uni boshqa bir tomonga yetaklay ketdi.
Ikkisi go’yoki sevishganlardek bir biriga kulgancha ko’chalarni aylanisharkan bunday go’zal juftlikka ko’plar havas qilib qarardi. Haqiqatda ular bir biri uchun yaratilgan. Hozir Anna ham juda xursand sababi sevgan insoni yonida baxtli juda juda ham.
Taehyungning Bolgarya haqidagi hamma gaplarini e’tibor bilan eshtarkan Anna uning berilib gapirishini ko’rib haqiqatda Taehyungni sevib qolayotgandi. Yigitga jim termulib uning sochlari burni ustidagi kichik holiga lablariyu qalin qoshlariga telba bo’layozardi. Anna tabiatan yumshoq bo’lgani bilan ammo tavakkalchi biron ishni oxirini o’ylamay qiladigan qiz shu sabab ham yana Tae tomon yaqinlashdi kecha ilk qadamni Tae qo’ygan bo’lsa bugun Anna buni davom ettirmoqda Anna Taening lablariga labini bosdi. So’zlashdan to’xtagan Taehyung jim lablariga bosilgan lablardan hayratda qoldi. Annaning qilgan bu ishidan Taeham kuchli hayajonlanib ketdi kech qiz o’zini qanday his etgan bo’lsa hozir Tae ham shundan holatda. Anna lablarini qimirlatmasdan ko’zlarini chirt yumib olgancha Taening lablariga bosib turibdi Tae ham his etayotganlaridan sekin ko’zlarini yumdi. Qizning lablarini sekin o’parkan qiz ham unga javob qaytarishni boshladi…
Rangin chiroqlar bilan yoritilgan ko’chalar ko’chada sayr qilishni bu juftligimiz hali tugatishmagan shu bois ikkisi ham baxtdan sarmast ammo biroz uyalgancha yurishibdi. Tae Annaga shaharni ko’rsatarkan uylariga ham yaqinlashib qolishgandi. Ikkisini uyda uy hizmatchilari kutib olishdi. Ikkisi ham kechki ovqatni qilishganliklari sabab xonalariga kirib dam olishni maqul ko’rishdi hamda ularning har ikkisi ham munosabatlarini chuqur o’ylab olishlari kerak.
Xonadagi stol chirog’i yonib o’chmoqda. Qiz betartibsizlanib ketgan xonada chiroqni o’ynagancha eski xotiralarini o’ylab hayolga berilgan.
Musiqa sadolari ostida ritmik harakatlar bilan yangi asar ustida ishlayotgan qiz to’satdan uni ortidan quchgan inson sabab seskanib ketdi. Ammo tanish ifor va o’sha yoqimli taft. Ari ortida kim turganini anglagach quvonib ortga burildi. Sevgilisini quchgancha turgan Jimin go’zal mahbubasining yuzlariga qarab unga sira to’ymasdi. Naqadar baxtli ular. Ishdan keyingi charchoqlarni daf eta oluvchi tabassumni his etish. Jimin ko’p ishlaydi ammo har gal Arini ko’rganida barcha charchoqlarini unuta oladi. Qizning yonida bo’lish Jimin uchun eng yaxshisi qisqasi Ari Jimin uchun eng qulay zonadir.
Uzviy ravishda bajarilayotgan harakatlar sabab Ari toliqib ketgandi ammo to’xtash mumkin emas qiz charchoq sababli xatoga yo’l qo’ydi juda yomon bu xato qayrilish sabab u oyoqlaridan ayrilishi hech gap emas. Ari yuz beradigan og’riqqa tayyorlanib ko’zlarini yumdi… Ammo u qattiq yerni emas yoqimli bag’ri his qilmoqda Ari ko’zlarini ochsaki uni quchgancha yiqilishdan sevgilisi Jimin asrab qolgandi. Arining biroz qo’rquv oralagan nigohlarini tinchlantirgandek bo’lib tanasida og’riq sezayotgan bo’lsada Jimin jilmaydi. Ari sevgilisi uni tutib qolganidan quvongancha ko’zlarini yumib Jiminning ko’ksiga boshini qo’yib bir muddat tin oldi.
Allaqachon qonga aralashib bo’lgan alkagol qizni sarhusht qilib ulgurgan. Alkogol o’z ta’sirini ko’rsatgancha qizni bema’ni so’zlar so’zlashga majburlamoqda. Ari o’ziga o’zi telbanamo kulgancha gapirarkan. Qizning yoniga ikki yigit keldi. Qizning sarxusht ekanligidan chirkanch jilmayib qo’ygan yigitlar Arining ikki yonidan joylashib uni gapga sola boshlashdi.
- qizloq balki biz bilan davok etarsana mening uyimda senga sojudanda ko’proq rohat bera olaman.
Yigit mag’rur qizga gapirdi. Yigitning so’zlarining asl manosiga tushunmagan Ari kulgancha.
- nima berasan - deya javob qaytardi. Tabiiyki yigit ham Ariga yanada yaqinlashdi. Qo’lini qizning soniga joylashtirib uning quloqlariga pichirladi.
- senga seni telba qiluvchi hislarni beraman.
Yigit behayo so’zlarining davomi bo’lgandek barmoqlari qizning ishki son qismini biroz siqdi. Yuzaga kelgan noqulaylik sabab qiz g’inshib yigitning qo’lini olib tashlashga tushdi lekin endi befoyda. Yigit Ari battarroq tihirlik qilmoqda barmoqlari axloqsiz harakatlarni amalga oshirgancha qizning nozik qismiga teginishlar qilmoqda. Qiz qancha urinmasin yigitni o’zidan itara olmayabdi atrofdagilar esa ular ham huddi Ari singari sarhusht yuz berayotgan ochiqcha tajavvuzga etiborsizlik qilishmoqda. Yigitlar Arini ikki qo’lini ushlab tashqariga olib chiqa boshlashdi. Qizni qorong’i ko’chalarda sudrab ketisharkan orqadan bir sharpa paydo bo’lib ikki yigitni ham bir ikki kuchli zarba bilan yerga qulatdi. Yigitlarni og’zi burnini qonga to’ldirgan yigit to’lib toshgan g’azabi bilan Ariga yopishdi qizni yelkasiga ortib olgancha mashinaga majburlab tiqdi o’zi rulga joylashib rulni uyi tomon burdi. Uyga borishgancha qizning bu qilig’i shundayligicha qoldirilmadi ammo nima bo’lgan taqidirda ham qiz begonalar qo’lidan qutqarilgandi.
Ari Jimin uni doim qutqarganini eslab siniq jilmaydi ammo bu gal unday bo’lmadi Jimin ham opasi ham hech kim uning yonida bo’lmadi qiz yolg’iz maxluqlar qo’lidq qolib ketdi xolos…
Tongning otishi juda yoqimli manzara inson uchun deraza tokchasi ustida o’tirgancha tongning otishini kuzatayotgan qiz bu tunni bedor o’tkazdi. Chalkash nima deb atash mumkin bo’lgan hayollarini barini tartiblab aslida nima istashini tushungandek bo’ldi. Anna deraza oynasiga boshini qo’yib biroz zaif holatda ammo endi nima qilishini juda yaxshi biladi.
Quyosh ufqdan bosh ko’tarmoqda. Ko’zlarim biroz achishyabdi ammo men bugun nima qilishimni juda yaxshi bilan. Andisha qilib sevgimdan ayrilish niyatida emasman mayli meni rad etsin ammo unga ichimdagilarni aytmay yurib ruhan ezilish yo’q men bunga dosh bera olmayman. Agarda rad etgan taqdirda ham balki o’zimni sevib qolishiga majburlarman. Ohh bi yaxshi fikr keyin yana biz allaqachon ikki martta o’pishdik birinchisida u meni o’pdi demak rad etmaydi balki Tae ham meni sevara. Haa shunday rad etmaydi. Tezroq tezroq bo’lishim kerak. Unga barini aytaman unga sevgi ishori qilaman.
Anna o’z so’zlaridan quvonib sakragancha yugurib Taeni xonasi tomon yo’l oldi.
Quyoshning zarrin nurlari xonani sekin asta yoritmoqda. Xona o’rtasida ertalabki dushdan keyin sochlarini sochiq bilan quratayotgan yigit turibdi. Sochlarini qurutarkan hayollari o’z gulida. Endi Tae nima qiladi qizga qanday uni sevishini ayta oladi ahr bunga loyiq emasku. Tae bir kayfu safoga berilgan boyvachcha yigit tubanlikning ko’p turini qilib ko’rgan. Anna esa shunchaki farishta hali biron gunohni qilmagan. Bu qanday bo’lsin Tae Annani ham o’z botqog’iga botiradimi endi lekin qiz shunchaki botqoqda so’lib qolsa unda nima bo’ladi. Kallasiga kelgan sovuq hayollar Taehyungni g’azablantirdi. So’kinib yigit sochiqni yerga otdi beliga qo’lini qo’yib boshini ortga egdi tinchlanishga harakat qilmoqda. Tae ko’zlarini hiyol yumib sokinlikda turarkan baland qadam tovushlarini eshitdi bu nima ekan deya ortga burildi burilgan chog’i esa uning kichik guli eshikni keskin ochib xonaga kirdi Taeni yugurib borib quchoqlab oldi. Bundan hayratga tushgan Tae nima qilarini bilmasdi. Qizning sochlari yoqimli terisini ochiq badanida his etmoqda hislari jimirlarkan o’zidagi hotirjamlikni topgandek edi go’yo qizning qaynoqligi yigitning ichini yoqmoqda.
Anna hayajoni ketgach nima qilganini biroz faxmlab tezda Taedan uzoqlashdi. Unga bir yutinib kulgancha qaradida Tae undaga biron so’z deyishidan avval baland ovoz bilan tez
- MEN SENI SEVAMAN KIM TAEHYUNG ANCHA VAQTDAN BERI SENI UYIMIZDA KO’RIB QOLGANIMDAYOQ SEVIB QOLGANDIM MAYLI MENI RAD ETSANG AMMO BARIBIR MENI SEVIB QOLISHINGGA MAJBURLAYMAN
Qiz tiliga kelganlarini so’zladida yelkasidan tog’ ag’darilgan kabi o’zi sezib uhh tortib qo’ydi hursand Taega qararkan Tae hayratdan haykaldek qotib qolgandi.
Anna Taening holatidan biroz qo’rquvga tusha boshladi.
Nahotki unda menga nisbatan his tuyg’u bo’lmasayaa nima qilib qo’ydima hozir menga yomon so’zlar aytsachi qilgan ishim uni jahlini chiqargan bo’lsachi ahmoq nima qildingga.
Anna o’zini la’natlagancha yerga aybdor nigohlarini tikmoq uchun boshini egdi ammo o’zini qayta yana o’sha yoqimli bag’rda sezdi, lablarida esa yana o’sha yuraksimon lablar. Tae Annani quchog’iga olgancha qizdan bo’sa olishni boshlagandi. Bo’saning yoqimli yumshoqligi sabab qizning kipriklari pirpirab bir biriga birlashdi. Ikki sevishganlarning lablari bir biriga mos ravishda harakatlanar. Ikkisi ham muhabbat eyforiyasida eriyboshlashgandi. Lablarning biroz qo’pollashishi, keyingi harakat esa yerda turgan qizning bir harakat bilan sevgilisining bag’riga butkul kirishi bo’ldi. Tae Anna belidan ushlab ko’tarib oldi. Anna ham Taening harakatlariga javob qaytarishdan to’xtamas. Yigitining belidan oyoqlarini o’tkazib olib. Qo’llari bilan sevgilisining bo’ynidan ushlab olgancha uning biroz qo’pollashgan bo’salariga javob qaytarardi. Qizni ko’targani sabab Taening qo’llari band ammo qizdagi behayolashish buning kamini sezdirmayabdi. Anna Taening yuqori labini lablariga olgancha tishlab so’rar. Bir birini go’yo necha yillardan beri endi ko’rib turgan kabi o’pishar edi. Bo’saning uzoq muddat sodir bo’lishidan ikkisi ham biroz hansirab qolishgan. Qiz zaif tanasini sevgilisining bag’riga suyagancha uning peshonasiga peshonasini bosgan. Yigit ham unga erishganidan shodligi sabab uning yumilib qolgan ko’zlariga, qizarib ketgan yonoqlariga qaragancha yanada baxtdan osmonga uchmoqda. Bugungi tong eng unitilmasi bo’ldi ikki sevishgan qalb egalari bir birlarini topdilar.