Fhfhnkk
GhhcxvvvbbbghhGhhcxvvvbbbghhGhhcxvvvbbbghh
Ilk bahor kunlari ajoyib havo ochiq edi,sal patsimon bulutlar, yengil shabada, yam-yashil maysalar ustida ikki kichkina hali maktabga ham chiqmagan Entahi va Sewa yugurib maza qilib oʻynab yurishar edi...Ular shahardagi eng boy CEO larning birini yaʼni janob YANG ing qizlari edi,bir kuni janob YANG ashaddiy dushmani bilan qimor oʻynab unga yutqizib qoʻydi va janob KIM unga shart qoʻydi...
Janob KIM:Senda endi hech vaqo qolmadi,afsus *deya masxara qila boshladi*
Janob YANG shok ahvolga tushib qoldi,chunki u hamma mol-mulkini yutqazib qoʻygan edi.Shu sababli unda hach narsa qolmadi...
U uyga bir ahvolda qaytib keldi...Ular endi koʻchada qolgan edilar,keyinchalik kichikroq unchalik shinam ham boʻlmagan uyga koʻchib oʻtdilar.Keyinchalik janob YANG koʻp siqilgani sababli kasal boʻlib qoldi,va nogironlar aravachasiga mixlanib qoldi...Ammo uning ikki mehribon qizlari otasiga yordam berish uchun ishlay boshlashdi...Entahi yoshligidan otasidan soʻng hamma narsaga tayyoq,kuchli qiz edi.Bu qiz shunchalik qaysar va goʻzal ediki.U yana ajoyib edi.Sewa esa soft girl,muloyim,mehribon yaʼni qoʻy ogʻzidan choʻp olmagan qiz edi...Entahi kunduzi ishlab,tunda eltib berish xizmatida ishlar edi.Bu Entahi uchun qiyin boʻlsa-da,singlisi uchun ishlashi kerak edi.U Sewani hech kimdan kam qilmay oʻstirdi.Sewa ham eng mashhur universitetda oʻqir edi.U ham oʻziga yarasha goʻzal edi,shu sababli uning orqasidan yigitlar koʻp yurar edilar,ammo bu uning opasi Entahiga yoqmagani uchun ularni dodini berib qoʻyar edi😆Sewa opasini juda ham yaxshi koʻrar edi.Ikki opa-singillar juda ham odobli va tarbiyali,boshlarida shuncha qiyinchiliklar boʻlsa ham yomon yoʻlga kirib ketmagan,aqlli,shirinsoʻz edilar.Ammo Entahining feʼli sal qoʻpolroq,ammo oʻzini bemalol himoya qila oladigan ajoyib qiz edi.U yosh boʻlishiga qaramasdan ancha qiyinchiliklarni yengib oʻta olar edi.Bu vaqtda Entahi 22 yoshga, Sewa esa 19 yoshga toʻlib ulgurishgan edi.Bir kuni tunda Entahigbir manzil berildi,u oʻsha manzilga buyurtma yetkazib berishi kerak edi.Va tezda yoʻlga tushdi...U aytilgan manzilga yetib keldi,va eshikni sekin taqillatdi...Ichkaridan...
~Kiraver *degan ovoz keldi*
Entahi sekin ichkariga kirib bordi.U yerda bir guruh yigitlar oʻtirishar edi.Ularning orasida janob KIMning katta oʻgʻli S-coups ham bor edi.Entahi juda goʻzal qiz edi.Shu sababli S-coups oʻzini tuta olmay,unga tegachogʻlik qilmoqchi boʻlgandi ham Entahi uni boplab doʻpposladi... Soʻng U yerdan tezda ketib qoldi, uyga charchab qaytib keldi.U yerda Sewa dars tayyorlab oʻtirar edi.Opasini axvoli yaxshi emasligini koʻrgan Sewa sekin uning yoniga borib oʻtirdi...
Sewa:opajon,axvolingiz yaxshi emasga oʻxshayabdi? Yoki nimadir boʻldimi...?
Entahi sekin singlisiga qarab nima deyishni bilmay,biroz jim turdi va keyin hammasini ochiq-oydin aytib berdi...
Entahi: Singiljon,bugun bir manzilga borgan edim.U yerda faqat yigitlar bor ekan...*deya kayfiyati tushib ketdi*
Sewa:Xoʻsh,keyin-chi...ular sizga nimadir qilishdimi😳
Entahi bu gapdan jahli chiqdi...
Entahi: Yoʻgʻey,ahmoq qiz...menga bir yigit kelib taginmoqchi boʻldi,lekin uni kaltaklab soʻng ketib qoldim...Endi nima boʻlar ekan deb boshim qotib qoldi...
Sewa: Battar boʻlishsin,siz toʻgʻri ish qilgansiz.Nima boʻlsa ham men siz tomondaman opajon...
Entahi Sewani bagʻriga bosdi...
Entahi:Ehh,singiljonim-eyy,hali hayotni katta-kichigini bilmaysan-da...hammasi koʻzingga osondek tuyuladi...lekin aksincha bu hayot telba-teskaro va juda ham chalkashib ketgan...
Sewa opasi aytgan soʻzlarni magʻzini chaqa olmadi,ammo juda ham charchaganini bilar edi.Sewa xuddi yosh boladek opasiga erkalanib,uxlab qoldi...Entahi juda ham kech uxladi...Shu sababli ertalab oʻqishiga kech qoldi,va direktordan juda ham qattiq gap eshitdi.Tunda esa restoran egasidan dakki eshitdi...
Entahi:bugun omadsiz kunim boʻlsa kerak...*deya xoʻrsinib qoʻydi* U uyga qaytayotib oʻsha kungi yigitni yana yoʻlida uchratdi,yaʼni bu S-coups edi.Entahini ham S-coups birdaniga payqadi va...