Animals
Xira chiroq nuri yoritgan xonada sukunat hukmronlik qilmoqda. Allaqachon qonga singib ulgurgan alkagol yigitni uyquga chorlashni boshlab bo’lgan. Ko’zlarini pir piratgancha yummaslikka harakat qilayotgan yigit qiynalsada bu harakatlaridan to’xtatmasdi. Yumshoq o’rindiqdan keskin harakat bilan turgan yigit boshini ortga tashlab uhh tortdi. Mudhish xotiralar daftarini ochish qiyin ammo bu daftardagi sarg’aygan varoqlar orasidan yoqimlilari o’chib bormoqda, yigitning boshqa iloji yo’q qadrli yaqinlarini unutib qo’ymasligi uchun ularning baxtli yuzlari bilan birga mulzam kunlarini ham eslashga majbur.
Jungkook xonaning derazalariga urulib turgan yomg’ir tomchilarini eslab zaif tabassum qildi ammo bu uzoqqa cho’zilmadi yana o’sha sovuq aurasini qaytarib yomg’ir tomchilarining tartibsiz harakatlarini birma bir kuzatishmi maqul ko’rdi.
Yomg’irning kuchayishi sabab ko’chada avtomobil harakati to’xtagan. Atrof jim jit faqat yomg’ir va ora orada eshtilayotgan momaqaldiroq ovozlari bor. Seul ko’chalari yomg’irda zarrin chiroqlari bilan go’zal manzara hosil qilgan ammo Seulning ayni qoq markazida joylashgan ko’rinishidan kichik ammo o’z domiga ko’plarni tortib ketgan zulmat ko’chaning manzarasi Seul manzarasidan tubdan farq qiladi. Bu yerni kichik ko’cha deyish biroz erish tuyuladi insonga. Bu Seul shahri bag’ridagi kichik shaharchani zarrin chiroqlar emas balki yomg’ir bilan aralashayotgan chaqmoq nurlari yoritmoqda. Shaharchaning janubiy qismida qabriston joylashgan. Bu qabriston Seul qabristonidek emas bu yerga nomsiz nishonsizlar ko’miladi. Shu sabab ham qabriston anchagina yomon ahvolda qabrlarni ko’rganda insonning ko’ngli hijil bo’ladi va yuragiga qo’rquv oralaydi. Shu sababli qabriston zanjirlab kirishga taqiq qo’yilgan kirib bo’lmaydi. Qabriston qarshisidagi kichik avtobus bekatida soatlar mobaynida qimir etmasdan bir qiz qabristonni tomosha qilmoqda bazida tabassum qilar bazida butkul yuzi qorayib ketardi.
Jiwon qabristonning panjaralari orasidan biroz ko’rinib turgan nomsiz qabrga qarab unsiz yig’lamoqda. Ko’z yoshlarsiz jim boshqasi uning qo’lidan kelmaydi vaqtida u barcha ko’zyoshlarini yig’lab tugatib bo’lgan hozir esa shunchaki jim, yig’lay olmay qiynaladi xolos.
Qiz tomog’iga tiqilgan og’riqdan yutinib qo’ydida o’zi bilan olib kelgan bir qutti sigarani bekat yonidagi kichik gul yoniga qo’ydi. Ikki barmog’ini qabrga qarata to’pponcha o’qtalgan ko’rinishda o’qtalib o’q uzgan kabi pastdan tepaga qimirlatdi. Tabassum qilib o’zining ham chakkasiga ikki barmog’ini niqtab o’tgan bo’ldi. Ustidagi plashning bosh kiyimini boshiga kiyib sharros quyayotgan yomg’irda o’sha zulmat zah bosgan ko’chalarning biriga kirib ketdi.
Yangi kun. Kunning boshlanishi haqiqatda ajoyib. Tungi yomg’irdan so’ng Seul ko’chalari janatbaxsh ko’rinishda. Daraxtlarda esa biroz noodatiylik. Yomg’ir tasirida to’kilishi kerak bo’lgan barg yaproqlari tetiklikcha qimir etmasdan turibdi. Bog’dagi o’rindiqlar biroz nam ammo havo juda hayotbaxsh. O’rindiqlardan biriga joylashgan yigit ko’zlarini hiyol yumib yoqimli muhitdan bahra olardi. Qulog’i ostida eshtilayotgan qushlarning sayrog’iyu daraxtlarning shitirlashi haqiqatda unga taskin bermoqda.
Jimin kimanosining bir ipini barmoqlari orasida aylantirgancha kechagi sho’xliklarini eslamoqda. Biroz kulib qo’ygan yigit atrofga nazar tashlay boshladi. Bog’da deyarli inson zoti yo’q jim jit ayni Jimin istayotgani. Jimin ko’zlarini qayta yumib kechagi tunini eslay boshladi…
Oradan noma’lum daqiqalar balki soatlardir anglash mushkul o’tgach.
Jimjitlik biroz buzildi. Jiminning bu biroz g’ashiga tegishni boshladi. Noma’lum muddatdan beri keskin shitirlayotgan daraxt shoxlari. Bu nima bo’lishi mumkin biron qush yoki mushuk. Yoki yana bir taxmin mavjud. Jimin dimog’iga sekin urulayotgan yoqimli qiz bola iforidan jirkanch tabassum qildi. Ko’zlarini sekinlik bilan ochgan yigit undan bir necha masofa uzoqda bo’lgan yosh qizni ko’rib yanada keng jilmaydi. Yosh qiz sakragancha daraxtning shoxidagi patni olishga harakat qilmoqda befoyda. Qiz qanchalik urinmasin uddalay olmayabdi. Sakrashlari befoyda ketmoqda.
Uhh tortgancha yosh qiz qanday yo’l tutishni o’ylarkan. Jimin uni kuzatishni boshladi.
Qizdagi ziyraklik uning ortida kimdir borligini sezdi shekilli ortga birdan birildi ammo jim jit hech kim yo’q. Qiz tushunqiramay o’z ishini davom etdi.
Qimmatbaxo rusumli Lexus Lx modeli.
Jungkook orqa o’rindiqqa joylashgancha kompaniyasi hujjatlarini ko’zdan kechirar. Bazida nigohlarini old o’rindiqdagi yosh yigitga qaratib qo’yardi. Jungkookning yangi haydovchisi ancha epchil ko’rinadi odatdagilardan farqli, u ancha dadil mashinani erkin haydamoqda. Jungkookning sovuq nigohlariga chidashga kuch topa olayotgani uning oddiy emasligidan dalolat beradi. Demak…..
Hujjatlarning barini tekshirgan Jungkook kastyumining ichki cho’ntagidagi buklangan qog’ozni oldi. Ma’lumotga ko’z yugurtirdi. Ma’lumotlarni ichida qaytargancha jiddiy nigohlarini buzmasdan nim qoraygan derazalar ko’chadagi tasvirlarga boqdi. Odamlar ertalabgi shoshilinch sabab tez tez qadam bosgancha o’qish va ishlariga ketishmoqda. Ammo bir qiz isatar-istamay qadam bosyabdi. Jungkook qizda biroz tanishlik sezgach unga bor e’tiborini qaratdi. Nahotki bu aynan o’sha qiz u qo’lida ma’lumotini ushlab turgan qiz.
Jiwon sekin sekin yurar, yerdan nigohlarini uzmasdan chuqur nimalarnidir o’ylardi. Ertalabgi harakatga qaraganda hozir qiz o’qishiga ketishi kerak ammo uning harakati Seul universitetining qarama qarshi yo’nalishi tomon. Qadam bosishi esa istamagandek. Qizni har bir harakatini kuzatishga kirishgan Jungkook biroz o’yga toldi. Haqiqatda ham qiz unchalik ham oddiyga o’xshamaydi. Nimadir bor ammo mavhum. Qizdagi aura aldamchi ro’yo kabidir. Ko’rinishidan beg’uborlikka botgan farishtadek ammo unda baribir qandaydir anglab bo’lmas ammo his qilinadigan devillik ham bor. Qizning atrofga mag’rur ammo begunohlik bilan qarashi Jungkookni o’ziga magnit kabi tortmoqda. Jungkook shunchaki qiz bilan uchrashishni istamagandi biroq bu yaramas qiz uning yo’lidan yana chiqdi.
- “Naughty” chet tilida aytilgan tarif Jungkook o’zi qizni atagan so’zidan mag’rurlana boshladi.
Qizdagi bu yaramaslik yigitga yoqimli his tuydirmoqda. Yoqimli va xatarli tuyg’u Jungkook o’zi bilan bu ish bo’lmasligi o’yladi. Qizning oddiy hayotini barbod qiliashga negadir ko’ngli bo’lmayabdi. Ko’ngilchanlik qilish vaqti shekilli yigit shunchaki bugungi tongi tasvirlarni unutishni tanladi. Nigohini qizdan uzib uni ko’rmaslikka olishni boshladi. Ammo bular qachongacha bu ham aniq emas mavhum, qizni, Jungkook ko’rmaslikka olishi. U qizni qarshisidan chiqmasligini juda xoxlagandi ammo qiz unga yaqin juda yaqin.
Manzilini yo’qotgandek ko’rinish; qadamlarning sekinligi atrofda shunday tasvir uyg’otadi ammo ko’rgan har bir tasvirga ham haqiqat deya qaramaslik kerak. Huddi Jungkook oyog’i yaralangan qizni yurishni istamay yuryabdi deb o’ylagandek. Doim shunday bo’lib kelgan Jiwonni har bir harakati atrofdagilarga boshqacha tasvirni namoyish etadi asliyat esa faqat qizga ma’lumligicha qolaveradi.
Aytmoqchimanki qizda aniq manzil bor ammo u manzilga uni yo’latisharmikan. O’zi uchun mumkin bo’lmagan joyga borish qizga odat tusiga aylanib ulgurgan va uyerdan shunchaki quruq qo’l bilan qaytish kabi. Jiwon atrofdagi insonlarga nafrat bilan qaramoqda.
Ajoyiba inson bolasi boshqa bir inson bolasini… aytishga ham uyaladi odam. Sudjini shifoxonaga olib borganidan keyin Jiwonning kayfiyati battar yomonlashib ketdi. Yana o’xshash voqea takrorlandi. Qonli uzuq yuluq tasvirlar qichqiriq ovozi bilan Jiwonning ongidan tez tez otmoqda. Tasvirlar natija berishni boshlab ulgurdi. Qizning tanasini bosgan titroq va qo’rquv to’la nigohlar. Zaiflikni bildiruvchi o’tinch so’zlari. “Iltimos, iltimos qilmang iltimos bunday qilmang”. Jiwon ko’zlarini chirt yumib oldi befoyda lekin u o’zini qo’lga olishi kerak ayni hozir buni vaqti emas bugun qila olmaydi bugun tushkunlikka tusha olmaydi. Jiwon o’zini qo’lga olish uchun yo’llar qidira boshladi. Qo’llarini chimchilashni tirnashni boshladi samarasiz. Terisini tishlamoqda samarasiz. Yo’q faqat u emas Jiwon bu yo’lni tanlay olmaydi. Istamaydi yana o’sha ahvoliga qaytishni lekin lekin….
Noiloj. Jiwon qo’llarini qattiq musht qilib tugdi. Ko’zlarini yumib sekin sekin tanish musiqa so’zlarini ayta boshladi.
Osmondagi momiq bulutlarga nazar sol va
O’zingga kuch top qizaloq.
Bari qiyinchilikni go’yo bo’lmagandek hisobla.
Qara hattoki farishtalar ham senga havas qilmoqda.
Moviy osmon bag’ridan joy olishga ulgurdim.
Mening yakunim yomon ammo keyingisi yoqimli.
Yakunlanganidan qo’rqma yakunlanmay qolganidan qo’rq.
So’ngi nafasimgacha seni eslab o’taman.
Selen barglaridek nafis yoqimli dudoqlarning tamini unutishni xoxlamayman.
Sevgi og’riqmi yoki rohat buni bilolmay ketdim.
Ammo sen barini men uchun ham his et.
Sevgini muhabbatni. Ular hammaga ham berilmaydi. Sen ammo ol barini his et.
Moviy osmonga qara meni esla seni doim kuzataman.
Yakun uchun qasos olma. Yakun yakunlanib tugadi.
Yakunni tugatmay uzoq vaqtga cho’zma.
Barida og’riqlar senga keladi unda.
Yomonmi yaxshimi barini unut bo’lmadi de.
O’z hayotingda yasha. Mening yakunimni hayotinga aylantirma.
Barini unut so’ngi nafasimni emas. Sening yoningda baxtli olgan nafasimni esla. Bag’ringni sovuq qora tuproqqa berma. Yoqimli sevgiling quchog’iga ber o’zingni oz bo’lsada o’yla.
Sevgini tanla. Sevgini sotib ola olmaysan. Unga erishasan erishganda ham shundayiga erishginki toki yakungacha seni yoningda bo’ladiganiga.
Nima bo’lsada yakunimni o’ylama o’z hayotingni yasha meni yakunim hayoting bo’lmasin.
Atrofi ulkan panjaralar bilan o’ralangan qamoqdek insonda tassavur uyg’otayotgan o’rta maktab. Maktab eshigida 10 lab qo’riqchilar bor. G’alatiya oddiy maktabni shunchalik qattiq qo’riqlanishi. Biton g’ishtli devor va panjaralarning balandligi tufayli ular ortidagi manzarani ko’rib bo’lmaydi. Jiwon maktabni ko’rish uchun maktab yonidagi kichik tepalikka chiqdi. U yerdan maktab ko’rinadi ammo masofa yaqin emas unchalik ham uzoq emaskuya lekin baribir orada temir panjaralar va gi’shtli devor bor.
Jiwon maktabdan o’ziga kerakli insonni qidirarkan qizning joni halak edi. Maktab qo’ng’irog’i chalindi. Birin ketin bolalar sinfxonalaridan chiqishni boshlashdi. Jiwon o’zi uchun kerakli bolani biroz joni halak bo’lgancha qidirmoqda. Hamma o’quvchilar deyarli bir xil farqlash qiyin. Bolalar o’zlari uchun kerakli tarafga ketisharkan qora sochli qiz, o’g’illar orasidan biroz o’zgacha yorqin sarg’ish rangli uzun sochlar ko’rina boshladi. Jiwon bolaga qarab siniq kula boshladi.
Ha bu Jiwonni ukasi Felix u go’yo ataylab opasi kelganda uni oson topishi uchundek sochlarini boshqa bolalarnikidan ajralib turadigan qilib bo’yatgan. Ukasining qilgan ishidan unga yaqinlasha olmayotganidan kuyunib Jiwon o’zidan nafratlanardi yig’lagisi kelmoqda ammo yig’lay olmaydi.
Jiwon Felixni jim kuzatarkan Felix ham meni ko’rgani kimdir keldimikan deya atrofga alanglardi. Jiwon nima bo’layotganini tushunib qo’llarini silkita boshladi. Felix ham opasini ko’rdi shekilli ko’zlari porlay boshladi. Ikkisi ham bir biriga kulib qarab turishardi. Jiwon sekin cho’ntagidan aytaylab Felix uchun yasattirgan o’yinchoq ammo anchagina masofaga ucha oladigan qushchani oldi. Kichik qushni ichiga xat joylab uning muruvatini burab uchurib Felix tomon yubordi. Felix qo’llari bilan ishora qilgancha opasiga so’zlarkan Jiwon ham ukasini ko’rgani sabab baxtliligidan quvnab u bilan gaplashardi. Qushcha maktab yaqinidagi panjaraga tegib yerga quladi. Buni ko’rgan Jiwon Felixga “aslo aslo uni olaman dema” deb ishora qildi. Lekin befoyda Felix ho’p deb bosh silkidi ammo baribir u qushni olishga harakat qilib ko’radi. Felix opasi bilan gaplashib turarkan yana qayta qo’ng’iroq chalindi. Felix ortga istamay qararkan Jiwon bari yaxshi deya bolani borishiga majburladi. Felix istamay istamay sinfxonalaridan biriga kirib ketdi. Jiwon esa uning yo’liga termulgancha mulzam qoldi.
Qizning bu holatini ortda kimdir kuzatmoqda. Ortida kimdir borligini sezgan Jiwon uh tortib qo’ydida hattoki bir daqiqa ham o’z holicha yashay olmasligidan nolib o’girildi
- o’g’ri mushuklikni yig’ishtir Carlino Este.
Yigitni fosh etgan qizdan so’ng. Carlino Este ham lab uchida jilmayib qo’yib Jiwonga yaqinlasha boshladi. Cho’ntagidan qimmatbaxo sigarasini olib uni tutatishni boshladi qizning yonida chekish bu juda yoqimli Carlino Jiwonni shunday asablarini yemirishni juda yoqtiradi. Qizning yonida uni inobatga olmay turadigan bu dunyodagi yagona odam edi axir yana biri paydo bo’ldiku…
Carlino Jiwonni qilgan ishlaridan norozi.
- bu qiliqlaring bilan bari battar chalkashtiryabsan. Bu faqat ikkingizga zarar sifatida ishlaydi Jiwon. Senga kut dedim lekin yo’q sen bu yerga yashirincha kelib olib qushlar uchuryabsan. Bu xato.
Yigitning uqtirishlari Jiwonni tobora qoni qaynatmoqda. Jiwon asabiy ko’zlarini yumdida biroz bosiq lekin zaharxanda ohang bilan.
- agar o’rnimda bo’lganingda sen ham shunday qilarding ) dedi.
Carlino Jiwonga jim qarab turdida.
- o’rningda bo’lgan paytim ham hech narsa qilmaganman buni mendan yaxshi bilan Go Jiwon.
Carlino to’g’ri aytmoqda u bilan ham huddi Jiwonniki kabi ishlar sodir bo’lgan faqat u Jiwondan farqli o’laroq o’zboshimchalik qilmay al Caponega bosh egib qo’ya qolgan. Carlino Jiwon uchun ham Felix uchun ham tinchlikni xoxlaydi ammo Capone bu umuman boshqa masala ular ayni kichik bir xato uchun ham katta tovon to’latishlari mumkin.
Jiwon Carlinoning gaplaridan battar asabiylasha boshladi yigitga bor zahrini sochib.
- xo’sh nima qilishim kerak a sendek Coponeni iti bo’laymi aa nima qilay.
Qizning baqir chaqirlaridan Carlino ta’sirlanmaydi ham chunki unda Jiwonning gaplariga o’rganish hosil bo’lib bo’lgan. Jiwonga biroz kulimsirab qaradida sigarasidan tutatgancha hotirjam yana javob qaytardi.
- faqat o’zingni qiynalgan azoblangan bechora deb ko’rsatishni bas qil. Agar bilsang sendanda yomonroq ahvolda bo’lgan odamlar bor. Bir biringizni ko’rolmasangiz ham ukangning yashashi shahzodalarniki kabi. Seni uni qanday boqsam degan o’y qiynamaydi. Bilsang Koreyada 52 mlndan ko’proq aholi yashaydi ularning esa 17% i kambag’allar xo’sh Go Jiwon xonim endiyam o’zingizni yagona qiynalgan inson deya aytay olsangiz shunchaki oddiygina hudbin bo’lasiz qolasiz.
Carlino to’g’ri yurakka teguvchi gaplarni gapirdi. Jiwonga doim Carlino haqiqatni ko’rsatib kelgan hozir ham shu jumladan. Jiwon boshqa unga qarshi chiqa olmaydi.
- o’zingni ham qo’shdingmi o’sha kambag’allar foiziga.
Qiz yigitni mazahlagan ko’yi unga gap qistirdi.
- hih agar o’zimni qo’shib aytsan 50% danda ko’payib ketadi. Kel shuncha mablag’ sarflab yaratgan ommaviy axborot vositalarining ma’lumotlarini buzmaylik. Axir ular doim qog’ozdagi haqiqatlarni bizga ko’rsatib kelishadi.
Carlino ham cho’g’ kayfiyatda qizga ayni mos javob qaytardi.
- to’g’ri axir biz Koreyada yashaymiz bu yerda esa faqat hamma narsaga ishonish kerak hattoki o’sha lottiboz ommaviy axborotga ham.
Ikkisi ham biroz kulishib olishgach oldinma ketin yurishgancha u yerni tark etishdi.
Carlino va Jiwonning munosabatlariga to’xtaladigan bo’lsak. Ular do’stlar faqat bir birini o’ta yoqtirmaydigan. Jiwon Carlinoni Caponeni iti deb hisoblaydi. Carlino esa o’z otasining do’stining qizini doim himoya qilishni istaydi. Al Caponega Jiwonni Carlino kirgazmagan ammo unda necha yillardan beri ishlab kelishiga Carlino Este sababchidir.