September 23

Animals

Ep 3 davomi….

**********
Seul sharida tor ko’chalar juda ko’p ayni shularni birida Jiwon biroz maqsadsiz sang’imoqda. Olgan gazli suvini ichgancha nima qilishini ham o’ylamasdan shunchaki hech nimaga ahamiyat bermasdan oddiy universitetda o’qiydigan kechki ovqatga nima yeyishidan boshqa o’ylovi yo’q dangasa o’quvchi qiz bo’lib olgancha yurishni maqul ko’rgan. Ammo…

Afsus axir bu Kim Jiwon uni ozroq erkin yashashiga qo’yishmaydi. Jiwon ko’chalarning birida bir guruh o’quvchilar bir bolani rosa kaltaklayotganini ko’rib qoldi. Uff tortgancha ketish uchun qadam bosdi ammo ichidagi bir yaramas tuyg’u sabab keta olmadi. Yelim idishning ichiga oyog’i ostida yotgan kichik toshchani soldida bezorilarning kattasini boshini nishonga olgan bo’lib uloqtirdi. Bu tasirdan boshini egib ushlab olgan yigit ortga o’g’irildi Jiwon ham keng tabassum qilgancha bolalarga yaqinlasha boshladi. Bezorilar so’kingancha.

- hey nima aqldan ozganmisanaa o’lishni xoxlaysanmi

Bezori yigitning do’g’ popisasidan kulgan qiz unga boshdan oyoq bir nazar tashladida

- nima sen meni o’ldirasanmi hahaha sen o’zingni eplashing uchun o’zinga yordam kerakku haha

Jiwon yigitni mazahlab kular yigit battar asabiylasha boshladi.

- hey b*tch nima deyabsan hozir shu yerda seni mendan kimdir qutqarib olarmikana.

Yigit Jiwonni haqoratlab uni yoqasidan oldi. Jiwon bundan battar kulgancha yigitni yonidagilarga ishora qilib

- ahh agar o’zingni eplay olganingda bu yigitchaga bir o’zing qarshi chiqarding orqangdagi shotirlaringni yetaklab kelmasding kuldirma meni qo’lidan qutqarolmasmish.

Tabiiyki qizning bu kamsituvchi gaplari yigitning g’ururiga tegdi. Yigit Jiwonni yoqasini kuch bilan ushlab qizni bo’g’ishga shaylanarkan Jiwon hali hanuz o’z toxic jilmayishini o’zgartirmasdi. Yigitning qo’li Jiwonni tobora bug’ib borarkan Jiwon boshini yo’q ishorasi bilan qimirlata boshladi. Keyingisi esa yigitning qorniga kelgan kuchli tepki zarbi bo’ldi. Jiwon yigitlarga bir sira ko’z yugurtirib o’tdi. Bari biroz hayratda qolgan. Yigitlar maktab o’quvchisi bo’lishgani sabab anchayin nonoqlar Jiwon esa ulardan yosh jihatdan ham bu bezoriliklar taraflama ham anchayin kattaroq tajriba sohibasidir. Yigitlar bir yerda bukchayib qornini ushlab ingrayotgan do’stlariga qarashar bir ularga jinnilardek tirjayib turgan qizga. Jiwon bor alamini ayni oladigan odamlar oyog’i ostidan chiqqanidan xursand. Ularga qarab bosh chayqab qo’ydi. Yigitlar ham hozir o’zlaridagi kuchni ko’rsatishni ayni vaqti deya qizga baravariga tashlanib ketishdi. Qiz tomon kelayotgan zarbalar samarasiz ketdi qiz ularning barini o’zlariga munosib qilib kaltaklay ketdi…

Bolalar

Timeskip/

Oradan 3 kun o’tdi.

Kun botish vaqti quyosh qizg’ish tusga kirgan osmonni tark etmoqda. Tom qismi oynavand qilib yasalgan mehmonxonada xodimlar o’z yumushlari bilan bandlar. Kechki bazm tayyorgarligi bilan mashg’ul ishchilar orasida bugungi bazmda keluvchilarga sitqi dildan xizmat ko’rsatuvchi xodimlardan tashqari o’z rejasini amalga oshirish uchun kelgan ikki qiz ham bor. Barcha xodimlar bir xil kiyimda qizil nimcha va qora yubka yoki shim. Mehmonxona besh yulduz sohibi shu sababli bari yuqori did bilan tayyorlangan. Barchasi estetik tarzda menegerlar tomonidan kichik detallarigacha xatosiz qilingan. Xodimlar tez ammo nafislik bilan o’z ishlarini bajarishmoqda. Xodimlar orasidagi ikki qiz esa ayni o’z rejalarini amalga oshirish maqsadi payida.

Qizlardan biri ko’rinishidan o’rta maktab o’quvchilariga o’xshaydi. Yoqimtoy balki haddan ziyoddir, go’yo mitti farishta misoli yorqin tabassumli qiz. Boshqasi esa uning butkul teskarisi beg’uborlik bilan teng nisbatda o’zida yovuzlik saqlagan aura sohibasi.

Lee Ari
Kim Jiwon

Qizlar o’z joylarida kelayotgan mehmonlarni qarshi olishni boshlashdi. Bari risoladagidek hammasi reja bo’yicha bir tekis ketmoqda. Jiwon ham Ari ham har doimgidek o’ta hotirjam. Ari mehmonlar orasidan o’ziga kerakli insonni qidirmoqda Jiwon esa shunchaki ishni amalga oshirish uchun jim kiborlar davrasida diqqi nafas bo’lgancha kutmoqda.

Mehmonlar soni tungi soat millari yaqinlashgani sayin ko’paymoqda. Kerakli inson ham keldi. Egnida qimmatbaxo kostyum shim bo’lgan, ko’rkam husn sohibi, yosh ammo bazmdagi barcha ayollarning aqlini qisqa daqiqalarda o’g’irlashga ulgurgan bosim bera oluvchi kuchli aura sohibi Jeon Jungkook.

Ikki qiz yuqori qavatda mehmonlarning ko’zidan pana joyda jim kuzatishmoqda. Ari qo’lidagi planshet orqali nishonni qidirish bilan band Jiwon esa devorga suyanib kutish bilan. Planshetdagi yozuvlardan nishon kelganini sezgan Ari Jiwonni turtdi.

- menimcha u shu yerda ana qara eshik yonidagi odam.

Jiwon Ari ishora qilgan tomon qaradi bu bu odam Jungkook edi. Jiwon nishon Jungkookligini ko’rib negadir biroz sarosimaga tushdi nahotki u bugun Jungkookning qotili bo’ladi. Jiwon barmoqlari orasida turgan ingichka ninani kuch bilan mushtida siqdi. Ingnaning yo’nilgan qirrasi qizning terisini teshib kirib yaralamoqda ammo Jiwon hayollarini bir tarafga joylay olmayabdi diqqati tarqoq nahotki u hattoki ismini bilishga ulgurmagan uni butkul hayajonlantira olgan odamni bugun shu kichik ingna bilan o’ldirsa. Sarosimaga tushgan Jiwon qaltiroq ovoz bilan so’zladi

- Ar..i sen ko’rsatayotgan odamingmi bugungi nishon.

Jiwonning savolidan so’ng Ari yana bir bor tekshirib ko’rdi va yana Jiwon tomon yuzlandi.

- ha o’sha odam vitsaprezident Ko Min Joo

Arining so’zlari biroz g’alati Jiwonning bu yigit hech ham Min Jooga o’xshamaydi. Jiwon ikkilanib qoldi ammo topshiriqni bajarish kerak. Yo’qsa buning badalini qiz og’ir to’laydi.

Ari ataylab nishon uchun tayyorlangan ichimlikni patnisga joylab pastga tushishga shaylandi. Ari zinaga qadam qo’yishidan avval qizning yo’li to’sildi. Ari Jiwonning bu keskin harakatiga tushunmay unga qarab turarkan Jiwon jilmayib qizning qo’lidan ichimlik solingan patnisni oldi.

- kel yaxshisi uni men olib bora qolaman.

Ariga berilgan taklif ayni qizga yoqib tushdi. Ari ham mayli deya bosh silkib o’zi chetga o’tdi.

- Jiwon quloqchin orqali seni xabardor qilib turaman. — dedi Ari hotirjam jilmayib.

Jiwon ham unga javoban bosh silkib qo’yib sekin qadamlar bilan pastga tusha boshladi.

- eshik yonidagi to’rt kishidan ayni qaysisi Min Joo ekanligini ko’ra oldingmi. — Ari Jiwonni kuzatib so’zladi.

- menimcha ha. — unga ishonqiramay javob qaytardi Jiwon.

- bu nima deganing agar nishonni adashtirsang ish chippaka chiqadi buni unutma.

Ari Jiwonga bu galgi ish qanchalar muhimligini uqtirgan bo’ldi. Jiwon ham jim rozilik bildirdi.

Pov.Jiwon.
Iltimos o’tinam sen Min Joo bo’lmagin negadir endigina o’zimdan boshqa bir insonni hayotimda qabul qilishni istashni boshlagandim nahotki seni o’z qo’lim bilan o’ldirsam endi. Ahh negaya meni baxtli bo’lishga haqqim yo’qmi iltimos hudo o’zing yordam ber to’g’ri sendan yordam so’rashga mening haqqim yo’q lekin hudo meni bir bor qo’lla u bo’lmasin iltimos.

Qizning ayni qalbidan chiqayotgan iltijolar sabab Jiwonning biroz yuzi ko’zlari atrofi qirmizi tusga kirdi haqiqatda Jiwon hozir Min Joo u istagan odam bo’lmasligini iltijo qilmoqda. Qadamlari tartibini buza boshlagan qiz ularga yaqinlashmaslikni haddan ortiq istamayabdi. Masofa qisqargan sari qizdagi o’tinch hisi ortib bormoqda. Jiwon Jungkook uning nishoni emasligini iltijo qilish bilan band Jungkook esa hozir uni e’tiborsiz qoldirgan.

Jungkook hamkorlari bilan berilib suhbatlashmoqda. Yonlariga kelgan afitsant qizga e’tiborini qaratmadi ammo negadir qiz tanish. Tabiatan ayollarga unchalik hushi yo’q bo’lgan bu yigit hozir qizga qarashni istayabdi ammo jentelmenlika va hayolidagi oddiy afitsant qiz degan o’y sabab o’zini bosmoqda. Qiz tomondan uzatilgan ichimlikni olgan yigit. Qimatbaxo ichimlikni tatib ko’rishdan avva qo’lida bir oz muddat ushlab turdi. Suhbat qizigabdan qizigan Jungkook yoqimli jilmayishdan avval qadahni sekin ko’tarib lablari tomon olib bordi ammo…

Qadah yigitning dahaniga yetmasdan yerga tushdi. Jungkook uning qadahini siljitib yuborgan qizga qararkan ko’zlari kattalashib ketdi. Bu ayni u kemada qutqargan kichik talaba qiz. Jungkook Jiwonga hayratli nigoh bilan termularkan qiz o’zing qo’pollogi sabab bosh ekkancha yerga jim qarab turibdi. Jungkook hozir hayratda bir necha kun avval qizni ko’rganiyu o’ziga bergan so’zi bari birma bir hayolidan o’tarkan Jungkook biroz o’z hislariga aldanishga yaqinlashmoqda. Jungkook Jiwonning aybdor qiyofasiga jim termularkan qiz ham unga yerga tikkan nigohlarini ko’tarib qaradi. Ikki nigoh bir biriga birlasharkan qizning ko’zlari atrofini qoplagan qizillik tezlik bilan yonoqlarga ham o’tdi. Yigitga eshtilib turgan notekis yurak urishi bular bari nedir. Ikkisi ham bilolmay aqllari halak. Orani qoplagan jimlik ikkisini ham qo’rquv va titroqqa solgan Jungkook kichik qizga nisbatan o’zida bo’layotgan kechinmalar nimaligi bilmaydi ammo aqlining bir burchagida “u oddiy qiz” degan o’y aylanmoqda. Jiwonda esa butkul nopoklikka botqoqqa botgan hayotiga bu yigitni aralashtirish mumkin emasligi haqidagi hayollar aylanmoqda ikkisi uchun ham taqiqlangan muhabbatdir bu…

O’rtadagi sukutni Jiwon yerga bosh ekkancha uzur so’rab buzdi.

- meni manzur tuting janob mening qo’polligim bu uzur so’rayman.

Ikki marotaba egilib kechirim so’ragan Jiwon ortga yerdagi singan qadahni olish uchun egildi. Qadah siniqlari i joylarkan uning har bir harakatidan Jungkook tasirlanardi.

Hissiyotlar o’z boshqaruvidan chiqmoqda. Jiwon tezda siniqlarni yig’ib olib u yerda ketdi. Ammo u Jungkookni hayollarini buzib ulgurgandi.

Jiwon tez qadam bosib Arini yoniga keldi.

-vaqtida aytding Min Joo boshqasi ekanligini zo’rg’a ulgurib qoldim.

Biroz titroq bilan gapirdi Jiwon. Jiwonning bu holatiga tushunmayotgan Ari unga yaqin kelib qizning yuziga termula boshladi.

-o’sha yigitni sen birinchi marta ko’rmayabsan shundaymi

Ari Jiwonning yuzidan uning ichidagilarini uqib olishga harakat qilarkan Jiwon uning qilig’idan biroz noqulay his eta boshladi.

- yaa nima deganing

Jiwon Ariga haqiqatni tan olishni istamay javob berdi.

- Meni aldama Jiwon boshqalarni laqillatsang ham meni laqillatolmaysan men Min Joo deganimda qanday ahvolga tushib qolganingni ko’rdim. Yana nega sen aynan o’sha yigitni Min Joo deb o’ylading men senga aniq qilib eshik yonidagi degandim demak seni bu yaramas ko’zlaring boshidan o’sha yigitda bo’lgan endi esa barini ayt yoki o’zim gapirtiraman.

Ari cho’ntagidagi kichik tig’ga ishora qilib bugal Jiwonni juda qattiq siquvga oldi. Arining bir odati bor u hamma narsani biloshi kerak bilolmasa boshqa yo’l bilan bilib oladi u bilishda ishlatadigan ikkinchi yo’l unchalik ham doim yaxshi bo’lavermaydi bularni juda yaxshi biladigan Jiwon oxri taslim bo’ldi.

-yaxshi esingdami Tailandda meni bir odam qutqardi degandim bu o’sha odam

Jiwonning so’zlaridan bo’lgan voqeani eslagan Ari hayrat bilan kuldi ko’zlari katta katta ochib bir Jungkookka bir Jiwonga qarab hayoloda bir necha shumliklarni o’ylarkan qiqirlab kulardi.

-oh Jiwoniii nahotki seni shunday odam qutqarib qolgan bo’lsaya ohh men aqldan ozardim uning ko’rkamliginichi eehh naqadar ajoyib bo’lmasaya bu.

Ari Jungkookka termulib gapirarkan Jiwon ham biroz tabassum qilgancha unga bosh silkidi.

- unda yaxshiyam vaqtida ulgurib qolibsan shunday yigit uvol ketardiya yo’qsa.

* 15 daqiqa avval

Jiwon nishon uchun tayyorlangan ichimlikni Jungkookka berdi ortiga burilib endi ketishga shaylanarkan Ari birdan qizga baqirdi.

- hoy nima qilyabsan nega ichimlikni boshqa odamga berding.

Arining gapidan Min Joo u o’ylagan odam emasligini tushungan Jiwon ortga tez burilib endi qadahni ichish maqsadida ko’tarayotgan Jungkookka qarab uning qadahini turtib yubordi qadah yerga tushib sindi *

- ohh bari ajoyib endi esa kallangdagilarni unut.

Ari juda havas va buyruq ohangida Jiwonga gapirdi. Jiwonning ham o’ylayotgan o’ylaridan sekin tabassum qila boshlagandi ammo Arining gaplaridan yuzidagi jilmayishi birdan so’ndi tushunqiramay Ariga qararkan Ari unga mumkin emas ishorasini qildi. Jiwon uhh tortib qo’yib yana devorga suyanib bazmdagi odamlarni kuzatar Ari esa nishon uchun boshqa ichimlik tayyorlay boshladi.

Ikki qiz o’z ishlari bilan band Jiwonni fikru hayoli negadir chalkashgancha Jungkookka qaratilgan.

- hey Ari Min Jooni topganingdek uni ham kimligini topolmaysanmi.

Jiwon Ariga go’yo Jungkook uni qiziqtirmayotgandek gapirib so’radi. Ari esa Jiwonga seni teringni shilaman degandek termulib.

- yo’q topolmayman. — deya javob qildi.

Arining gaplarini Jiwonga yoqmadi Jiwon qizga e’tibor bermaslikka harakat qilib boshqalarni kuzata boshladi ayni shu payt ikki honim kelib ularga yaqin joyda turgancha bir birlari bilan suhbatlasha boshlashdi Jiwon boshida suhbatni shunchaki eshitdi ammo ma’nosiga tushunmadi suhbat mavzusi chuqurlasharkan qizning e’tiborini torta boshladi gap ayni Jiwon kimligiga qiziqayotgan inson haqida ketmoqda. Jiwon ayollarning so’zlarini eshtar ekan suhbatdan biroz o’zini yerga urilgandek sezardi. Suhbat mazmuniga keladigan bo’lsak.

“ Jeon Jungkook yosh Ceo mashina qismlarini ishlab chiqarish kompaniyasining boshlig’i ko’plab ayollarni o’ziga rom eta olgan kelishgan ko’plarning orzusida bo’lgan yigit. Ispaniyadagi yirik mashina korxonalari egasi.”

Suhbatdagi bir jimla Jiwonning e’tiborini tortdi “Ispaniyadagi yirik korxonalar egasi” Ispaniya demak Jungkookning Ispaniya bilan aloqasi. Shu mamlakat Ispaniya ayni Jiwonning asosiy maqsadi. Aynu shu Ispaniya sabab u al Caponega qo’shilgandi. Ammo muammolar tufayli Ispaniyaga yetolmay yurgandi. Endi esa uning uchun imkon mavjud.

- hey Ari men odammana.

Jiwon qat’iyat bilan Ariga gapirdi.

Ari Jiwonning maqsadini tushundi hozir qizni bu yo’ldan qaytarish kerak.

- odamsan lekin oddiy emas Jiwon tushun bu bo’lmaydigan ish axir. Sen va u, imkonsiz Jiwon uning tinch oddiy hayotini buzasan.

Ari Jiwonga gaplarini uqtirgan bo’lib.

- demak men baxtli bo’lishga haqli emasman shundaymi meni haqqim yo’qmi nima Ari men ham insonman

Jiwon o’z qarorida qat’iy turib olgandi.

- men unday deyayitganim yo’q baxtli bo’lishga haqlisan lekin tushun Jiwon seni sevish o’zini tubsiz jarga otish misoli ho’sh seningcha u sen uchun o’zini tubsiz jarga ota oladimi. To’g’rirog’i otadimi.

- unda otmasligini bilgunimcha u bilan munosabatda bo’laman.

Jiwon bu gal o’ziga juda qattiq ishonib gapirdi. Sochini birlashtirib yig’ib turgan uzun to’g’nog’ichni yechib tashladida sochlarini biroz yoyib Jungkook tomon qadam tashlay boshladi.

Jiwon
Jungkook

Ep 3 tugadi.