MY DOLL
Tungi aloqadan kech uxlaganligim sababli bugun ancha kech uyg'ondim.Xonada faqat o'zim edim.Menimcha u ketgan.Sekinlik bilan o'rnimdan turib ustboshimni tartibga keltirib pastga tushdim.O'zim uchun nonushta tayorlar ekanman eshik qo'ng'irog'i chalindi.Balki u kelgandir.Mayda qadamlar bilan eshik yoniga kelib uni ochar ekanman,eshikning narigi tomonidagi insoni ko'rgach ko'zlarim maksimal darajada kattalashdi. " Jin ursun "
-Oyi?
Yuragim negadir doimgidan koʻproq tez va betartib ura boshladi.Men qoʻrqyapmanm?
-Kutmaganmiding qizalogʻim?
Oʻgay onam oʻzining mayin lekin men uchun jirkanch boʻlgan tabassumi bilan meni quchdi.Lekin men javoban quchmadim.
-Meni qayerdan topdingiz?
Bu savolni nega berdim bilmadim lekin hayolimga kelgan ilk savol shu boʻldi.
-Bu axamiyatsiz. Muximi seni topdik.
Yana hammasi chalkash.Ichim oʻt boʻlib yonyapti.Tushunmayapman...jin ursun endi hammasi yaxshi ketayotganida.. koʻzlarimga yosh qalqidi lekin ularni koʻrsatmasdan atrofga qaradim.
-Dadam qayerda?
Ikkilanish bilan soʻradim.
-U doimgidek oʻz ishlari bilan band.
-Otamni meni topganingizdan habari bormi?
-Hozircha yoʻq lekin seni uyda koʻrgach habardor boʻladi.Endi yuraqol uyga ketamiz.Oʻsha yerda hammasini gaplashamiz.
Endi butun vujudim muzladi.Ortimga qaradim.Shu kungacha eng ajoyib va takrorlanmas voqealar sodir boʻlgan shu uyni va egasini tark etishimni oʻylasam yuragim ogʻriyapti.Oʻylaymanki u meni izlaydi.Uyni eshigini yopgancha telefonida kimdir bilan asabiy gaplashayotgan oʻgay oyim tomon harakatlandim.Borishim bilan telefoni qoʻygan onam men tomon yuzlandi.
-Misora bilasanmi meni zarur ishim chiqib qoldi.Sen haydovchi bilan boraver men ortingizdan yetib olaman hop.
Men bosh irgʻadim.U esa boyagidek jilmayib mashina eshigini ochdi.Mashinaga oʻtirishimdan oldin yana bir bor ortga qarab yengil nafas chiqaridim soʻng hohlamasdan joyimga oʻtirdim.
-Mashina ichida atrofga nazar tashlab ketar ekanman huddi axvolmni tushungandek osmon ham qora tusga kirgandi.Hayolimda esa yana oʻsha javobsiz minglab savollar okeaning toʻlqinlaridek joʻsh uryapti.Lekin menda hech biriga javobim yoʻq.
Hayotimda ilk bora kimgadir ishondim,unga koʻngil berdim,oʻzimni topshirdim.Lekin endi men uni tark etib ketayapman.Uni boshqa koʻra olmasamchi? Afsuski men istamagan oʻsha film oxiriga yetib keldim chogʻi.Chuqur nafas olib chiqardim.Yomgʻir tomchilariga quloq solgancha koʻzlarimni yumdim.
Haydovchining baland ovozi meni choʻchitib yubordi.Tezlikda koʻzlarimni ochishim bilan boshim mashinaning eshigiga qattiq urildi.Bir zum nima boʻlganini tushuna olmay qoldim. Mashina oynalarining siniqlari har yoqgan sochildi.Men yuzimni yashirishga urindim.Lekin endi foydasi yoʻq edi.Qulogʻim ostida vaximali va yoqimsiz ovozlar jarangladi.Menimcha mashina agʻdarildi.Koʻzlarimni qayta kuch bilan ochganimda koʻzlarim uning siymosini ilgʻagandek boʻldi.
- Misora
Bu u edi...yuzimga tabassum yugurdi u keldi...Lekin endi meni kuchim qolmagandi.Xira shira uning men tomon kelayotganini koʻrdim,koʻzlarim yumildi.Balki bu oxirgisi?
Yoʻq oyi meni bunday tashlab ketolmaysiz!!
Koʻzlarimni qoʻrquv bilan ochdim yana oʻsha tush.Lekin anchadan beri bu tushlar meni bezovta qilmayotgandi.Chunki u mening yonimda edi.hozir esa u yoʻq.Oʻsha kun u kelganida oʻzimni oʻldim deb oʻylagandim.Lekin unday boʻlmadi.
Biroz vaqtdan soʻng dadam va oʻgay onam meni koʻrgani kirishdi.Dadamni koʻrganimdan baxtiyor edim.Ancha kunlardan soʻng uchrashgandik.Aytishlari boʻyicha yaqin orada Yeonaning toʻyi boʻlishi kerak ekan,lekin mening bu holga tushganim uchun buni kechiktirishibdi.Lekin men hali ham tushunolmayotgandim.Bularning barchasini qanday oson unutish mumkin?
Ular mendan hech nimani soʻrashmaganidan mamnun edim.Soʻrashganida ham nima der edim.Yeona meni clubda mast* holda tashlab ketgani oʻsha holatimdan bir erkak foydalanmoqchi boʻlganini lekin men undan qochib ketib boshqa biriga tutulganimni soʻng u meni zoʻrlab keyinchalik oʻziga oshiq qilganini aytamanmi? Achinarli shunday emasmi? Hayriyatki ular mendan buni soʻrashmadi va men ham hech nima boʻlmagandek yurdim.
***
Bugun kasalxonadan uyga keldim..Xonam hali hamon oʻsha oʻsha.Menimcha 1-2soatlardan soʻng Yeona bilan kelin koʻylak tanlash uchun ketamiz. Gardirobimni ochib undan bugungi kunga mos boʻlgan kiyim qidirdim.Undan oʻzimga mos boʻlgan menga yoqadigan rangdagi kiyimni olgancha oyda oldiga turdim.Oynadagi aksimga maʼnosiz tikilib qoldim.Deyarli jarohatlar bitib boʻlgan lekin yuragimdagi jarohat hali hamon turibdi.U kelmadi oʻsha kundan beri uni kutdim.Lekin kelmadi.
Yeonaning chaqiruvidan soʻng tezroq tayyorlanishim kerakligini tushundim.Ortiqcha pardoz qilmay xonamdan chiqdim.Zinsdan pastga qaraganimda bir erkak eshik oldida menga yuz tuban boʻlib turardi.Menimcha bu Yeonaning eri.Bir qarashda u juda kelishgan koʻrinyapti.Baland boy,keng yelkalar.Uning yuzini koʻrish uchun yaqinroq bordim.
-Salom janob
Uning oldiga borib salom berarkanman u men tomon burilishini kutdim.Erkak men tomonga qaradi.Uning yuzini koʻrishim bilan jilmaygan yuzimni bir zumda hayrat egalladi.Turgan yerimda qotib qoldim.
EPISODE - 7 oʻz nihoyasiga yetdi.
Oʻylaymanki sizga yoqadi.Yoqimli mutolaa. Fikr va reaksiya qoldirsangiz keyingi qismlari chiqadi.