January 6

RED LIGHT

2 - EPISODE

Sen mening quyoshimsan.
Zulmat va qorongʻulik egallagan qalbimning tubida joylashgan yorugʻlik...

__
Alaqachon tong otganini derazadan tushayotgan quyosh nuridan bilsa bo'ladi.Ham g'ashimga tegayotgan,ham sovuq honani istayotgan bu nurlar ko'zlarimni ochishga majbur qilardi.

Uyqudan oʻzimni majburlab uygʻotgancha tanamni pasteldan koʻtardim. Jin ursin* boshimdagi ogʻriq tufayli ingrab yubordim. Negadir bugun oʻzimni juda holsiz his qilyotgandim. Bir necha soniya shunday oʻtirishdan soʻng hayollarimda kechagi tun gavdalana boshlarkan oʻzim bilmagan xolda seskanib ketdim. Boshimni tezlikda koʻtargancha uyning barcha burchaklariga qaradim. Demak bu tush edi oʻzimni tinchlantirgan boʻldim. Shunchaki qoʻrqinchili tush..Lekin kecha tunda* men rostdan ham sezgandim. Uning tanamning har bir nuqtasiga oʻzining sovuq qoʻllari bilan teginganini. Barchasini xuddi oʻngimdagidek xis qildim.Aysh nimalar boʻlyapti oʻzi menga laʼnati.

Sekinlik bilan telefonimni qoʻlimga olgancha ekrani yoqdim. Jin ursin* allaqachon 7:43. Tezlikda maktab uchun tayyorlanishga kirshdim


{ Another Person}

Mashina ichidagi sokinlik uning ichidagi qizga ham taʼsir qilayotgandek.U oʻziga oʻxshamsdi doim kulib turuvchi bu yuzni xozirda magʻzumlik egallagan.Koʻzlar esa ogʻriqga toʻlgan. Tashqarida qish endigina kirib kelayotgan, xuddi dekabrning ilk kunlaridek. Havo hali qattiq sovuq emas, lekin sovuqlik asta-sekin o‘zini sezdira boshlagandi. Yo‘l chetidagi daraxtlar yaproqlaridan deyarli ayrilgan, faqat ayrim shoxlarda sarg‘aygan barglar osilib qolgan.
Osmon xira yorishgan, quyosh esa bulutlar ortidan zo‘rg‘a ko‘rinardi. Mashina oynasiga mayda sovuq tomchilar urilib, shahar sokin sukunatga cho‘mgandek tuyulardi. Mashina isitgichdan chiqqan iliq havo bilan tashqaridagi sovuqlik orasidagi farq qizga g‘alati xislarni berardi. Qish hali to‘liq hukmronlikni qo‘lga olmagan, ammo uning nafasi allaqachon sezilib turardi.
Qish hali to‘liq kelmaganidek, Liraning ichidagi tuyg‘ular ham aniq bir xis ifodalamas edi.

Pov Lira.
Unga yolgʻon gapirganligim uchun boʻlsa kerak koʻnglim hech yorishmayotgandi. Lekin shunday boʻlishi kerak edi. Onam uchun shunday qilishim kerak edi. Otamning qilmishlari uchun men va onam doimgidek javob berishimiz kerak. Onamning aytishlaricha otam yana qimorga berilgan.Vaholanki tikish uchun uydan boshqa hech narsalari yoʻq edi. Kutilganidek endi uyimizdan ham ayrildik. Onam deyarli yarim yildan beri kasalxonada. Men esa 2 xafta oldin dugonam Linda bilan Seulga oʻqish uchun ketgandik. Aslida qaytishni istamasdim lekin otamning qistovi va onamning iltimosi sababli qaytishga majbur boʻldim.
Mashina shinalari asfaltga qattiq ishqalangan tovushi va men yana shu laʼnati uyga qaytgandim. Sekinlik bilan mashinadan tushgach, yuklarimni olib uy ichi tomon xarakatlandim. Uyimiz qoldida qora mashinalara terilib turardi. Juda gʻalati ilgari bunday rusumli qora mashinalara bizning uy oldida turmasdi. Eshikning tutqichini qattiq qisgancha chuqur nafas olib buradim.

Ichkarida notanish qora kiyimdagi insonlar va otam. Uning yuzi va kiyimlari qonga belangan. Yuzi esa koʻkarib ishib ketgan axvolda polda anavi qora kiyimli insonlardan biriga yolvorgancha bosh egib turardi. Mening kirib kelishim barchaning eʼtiborini menga qaratishiga sabab boʻlgandi.

{Another Person}
Pov avtor

Uyidan otilib chiqgan qiz birinchi boʻlib uni ancha vaqtdan beri kutib turgan insoni koʻrgach yuziga hijolatamus tabassum olib sekin xarakat bilan u tomon oldimladi.

- Yana 2 soat kutaman deb oʻylagan edim.
Odatdagidek xazil bilan qizni qarshi olgan yigit u uchun mashina eshigini ochdi.

- Kechirasan. -Yanada uyalgancha yigit u uchun ochgan eshikdan astalik bilan chiqib joyiga oʻtirdi. Yigit ham kichik tabassum bilan eshikni yopgach oʻz oʻrniga joylashish uchun mashinani aylanib oʻtdi.

- Axvoling yaxshimi -Oʻrndigʻiga joylashgan koʻyi soʻradi yigit.

- ha albatta. Kecha aytganimdek shu kunlarda uxlay olmayapman.-Oʻz xolini maʼlum qilgan boʻldi qiz.

- Tushunaman.-Gapni koʻp choʻzmay mavzuga yakun yasashni xoxlagandek boshqa ogʻiz ochmadi.

Pov Linda

Hayotda men ishongan insonlar sanoqli va ulardan biri Suho. Baʼzida hatto Liraga aytishni istamagan sirlarimni unga ayta olaman va u doim menga toʻgʻri maslahat beradi.Har qanday vaziyatda u menga tirgak boʻla oladi.U bilan deyarli bolalik paytlarimdan beri tanishmiz..Esimda..bari esimda.. chuqur nafas olgancha mashina oynasidan tashqariga qaradim.

__
TIME SKIP

Maktabga kelganimda hammaning menga teshib yuborgudek nigohda qarashi meni noqulay ahvolga solayotgandi. Toʻgʻri men bu yerga kelganimga koʻp boʻlmadi lekin ularning xozirda menga bunchalik gʻalati qarashi bir ikki qizlarning meni qoʻli bilan koʻrsatib kulishi noqulaylik tugʻdirayotgandi. Vanixoyat sinf xonamga yetib keldim. Bu yerda deyarli dugonam yoʻq faqatgina Lira edi xolos. U ham endi yoʻq. Oʻz joyimga joylshgancha birinchi dars uchun darsliklarni oldim

- Kechirasiz
Ortimdan zaif ovoz yangradi. Oʻqiyotgan kitobimdan nigohlarimni uzgancha u tomon oʻgirildim.

- Shu yerga oʻtirsam qarshimasmisiz.
Nigohlarini zoʻrgʻa menga qaratgancha iltijo bilan soʻradi. Koʻrinishida juda koʻp bosim oʻtkazilgan insonga oʻxshgardi.

Sekin bosh chayqab " ha" dedim. Kichik tabassum bilan yonimga joylashdi.

- Bu yerda sen ham yangimisan
Qiziqsinab soʻradim nigohimni kitobdan koʻtarmay. U ham " ha " degancha kitoblarni oldi.

- Menimcha siz ham shundaymi.

- Shunday kelganimga koʻp boʻlmadi.
Negadir boyagi nigohlar koʻz oʻngimda gavdalanib chuqur yutunishimga sabab boʻldi.

- Haligi yana bir narsa. - tutilgancha boʻyin qismimni koʻrsatib - menimcha nimadir tegipti.

Qoʻlimga tezlikda telefonimni olib qiz koʻrsatgan yeriga olib bordim. Jin ursin* bu tish izi edi. Aysh bu....bu nimasi. Buni kim qilgan boʻlishi....men tutilib qoldim. Ha bu oʻsha edi...Naxotki..

Shu payt son qismida kimningdir sovuq qoʻlini xis qildim. Qulogʻim ostida esa yana oʻsha jirkanch kulgu. Bu haqiqat edi.*

EPISODE -2 oʻz nihoyasiga yetdi. Fikr va reaksiya kutib qolaman. Maroqli mutolaa.

Author - #Lucy_Valen