January 8

MY DOLL

MY DOLL EPISODE -10

"Seni sogʻinish kundalik hayotimning bir qismiga aylanib bormoqda.Qayerga borsam ham, nima qilsam ham faqat sening aksing va betakror iforing men bilan birga"

_

Pov Misora

Uxlashga qancha xarakat qilsamda foydasi boʻlmayotgandi.Bugungi boʻlgan barcha voqealarni boshimdan chiqarib yubora olmayapman.Hammasi juda chalkash.Oʻzim istamasamda koʻzlarimni yumdim.Huddi shunday qilsam barchasi unatiladigandek.Oʻzimni boʻsh qoʻydim.
Derazaning ochilib yopilgan ovozi eshitilmagunicha.Sekin ortimga oʻgirilayotgan paytimda belimdan oʻralgan qoʻllar bunga toʻsqinlik qildi..Jin ursin* bu aynan u edi. Taehyung* Gapirishga shaylangan chogʻim uning qoʻllari ogʻzimni yopti.U nima qilyapti oʻzi? Tipirchilashni boshladim.Qancha urinmayin qoʻlimdan kelmasdi.Bu harakatlarim uning mazaxomus kulgusiga sabab boʻlayotgani yanada meni gʻazablantirayotgandi.

- Yovvoyi
U qoʻlini boʻshatgan chogʻi tezlikda oʻrnimdan turdim.

- Laʼnati. Jin ursin* seni

- Jim.Biz hozir yolgʻiz emasmiz.

U yana oʻsha jirkanch tabassumi bilan menga yaqinlashmoqchi boʻldi lekin men bu safar bunga yoʻl qoʻymadim. Hona eshigi oldiga borgancha uni ochdim.

- Yoʻqol !

Gʻazabimni hech bir narsa bosa olmasdi. Butun tanam alam va gʻazabdan yonayotganini yaqqol sezyapman. Doʻkonda meni siquvga olib kamiga boʻsa olgani ham esimdan chiqmasdi. Yana singlim bilan unashtirilgan bu laʼnatini hoziroq shu yerda oʻldirib qoʻygim kelyapti. Lekin hozir vaziyat toʻgʻri kelmayotgandi.

- Nega?
Yana oʻsha nigoh yana oʻsha jilmayish yana oʻsha iliqlik. Lekin endi bularning hech biri meni avvalgidek hislarni qaytarib bera olmasdi. Barchasi men uchun jirkanchlikni aks ettirayotgan edi xolos.

- Sen oʻzi qanday insonsan oʻzi? Nima uchun hayotimga kirib kelding? Nima uchun oʻsha paytda meni qutqarding ? Nima uchun mendan keragini olganingdan soʻng qoʻyib yubormading? Nega menga sen laʼnatini sevishimga izn berding ? Nega ketganingdan soʻng yana qaytib kelib aynan meni singlimga uylanding? Nima hohlaysan oʻzi mendan? Nega shunchaki oʻldirib yubormaysan. Yoki tinch qoʻymaysan? Doim shunday azoblarga nega doim men chidashim shart? Nega javob ber !!

Bir nafasda aytilgan soʻzlar har birida cheksiz alam va azob qorishgan, koʻz yoshlar va boʻgʻiq ovoz. Barchasi yanada azobli. Erk berilgan qoʻllar yonidagi insondan hisob soʻragan koʻyi yigitning koʻksiga nimjon mushtlamoqda. Yigit esa jim. Shunchaki tinglamoqda. Xuddi u ham bunday boʻlishi kutgandek, bilgandek. Soʻngi soniyada qizning ikki bilagidan qattiq qisib oʻziga qarashiga majbur qildi.

- Chunki seni sevaman
Yoʻgʻon va boʻgʻiq ovoz. Bir lahza butun bir vaqt toʻxtagandek. Qizning ichidagi tushunib boʻlmas tuygʻular. Nigohlarning soʻzsiz soʻzlashuvi. Barchasi shunchaki yana bir sahifaning ochilishi yoki tugashidan darak bermoqda

9:25 | Qahvaxona

- Kuturib qoʻymadim degan umiddaman.
Qizning oldiga shosha- pisha kelgancha uni bagʻriga bosib - seni juda sogʻindim.

- Men ham - dugonasini quchgancha javob bergan boʻldi qiz.

- Meni koʻrganingda quvonchingdan otilib ketasan deb oʻylagandim. - dugonasing qarshisiga joylashish barobarida arazlagan koʻyi gapirdi.

- Biroz kayfiyatim yoʻq - maʼlum qildi qiz.

- Mayli..Mana endi yolgʻizmiz Misora endi menga barchasini aytishga majbursan!

- Aynan nimani ?

- Ahh dugonajon oʻzingni bilmagandek tutma. Anavilar sendan soʻrashmagan boʻlsa bu degani men ham soʻramayman degani emas! Shuning uchun bir boshidan 1 oy davomida qayerda boʻlganligingni ayt.

- Iren

- Yoʻq. Baxonalar oʻtmaydi. Axir bugungi kunimdagi barchasini sen uchun bekor qildim.

- Yaxshi

Pov Misora:

Aslida buning barchasini hech kimga aytmaslikka oʻzimga soʻz bergandim. Lekin na iloj undan hech bir narsani yashirib boʻlmaydi.

Barchasini bir boshidan aytib berar ekanman. Uning har bir voqeadan oʻzgarayotgan yuz ifodasi va koʻzlari bu voqealarning har birini jonli koʻrayotgan inson kabi edi. Men barchasini aytdim oʻgay onam va singlimning oʻxshamagan rejaridan tortib kechagi voqeagacha. Bularni eslash menga yana qayta ogʻriqlarni yangilagan boʻlsada lekin bir tarafdan unga ayta olganimdan va eshitadigan bitta boʻlsada insonim boʻlganligidan baxtiyor edim.

- Keyinchi? Sevgisini tan olgandan soʻng sen nima deding?

- Hech narsa - magʻzumlik va charchoq aralash ohangda chiqgan tovushimdan soʻng pir yutundim - U shunchaki ketdi.

- Endi nima qilmoqchisan? U ham sen ham bir biringizni sevasishingiz maʼlum. Lekin u singling bilan ...

- Ketaman.

- Nima? Yana qayerga?

- Bilmadim lekin ketishim shart! Ularning toʻyidan soʻng bu yerdan ketaman. Chunki oʻgay boʻlsada uning qalbi sinishini istamayman. Taehyung keladigan boʻlsak men boʻlmasam bizning sevgimiz ham sekin soʻnib boradi. Bu yerda faqat men ortiqchaman)

EPISODE - 10 THE END

Fikr va reaksiya qoldirsangiz keyingi qismlari chiqadi. Maroqli mutolaa.

EPISODE - 10 THE END

Fikr va reaksiya qoldirsangiz keyingi qismlari chiqadi. Maroqli mutolaa.

Author - Nire Ardent.
SHAMELESS FANFICS