February 3

MY DOLL

Episode - 12

...Sen bilan oʻtgan har bir vaqt taqdir sahifalarimdagi eng goʻzal satirlari edi. Butun bir hayotimni zulmat qoplagan boʻlsada. Sening yuragingdagi men uchun atalgan sevgi butun bir olamimni yorishtira olardi...


Ogʻir sukunat. Eski xotiralarning alamli izlari. Akasining oʻlimi Jungwon uchun katta zarba edi. Otasidan soʻng akasi u uchun barchasiga tayyor boʻlgan inson edi. Endi esa uni ham tortib olishdi. Barchasini... Qoʻlidagi surat akasining oʻlimiga va xozirgi axvolga solgan insoning rasmi. Uning butun vujudini bir xis "oʻch olish" xisi butunlay oʻrab olgan.

- Seni topdim ! - suratni yuziga yaqinroq olib kelgancha alamli tabassum bilan oʻtirgan oʻrnidan asta koʻtarildi. - Endi azoblanish navbati sizniki Janob Kim !

___

Atrofni xira yoritib turgan oy nuri ostida, yotoqda,yigitning bagʻrida xotirjam uxlayotgan qiz va uni har bir harakatini kuzatib turgan yigit biroz avvalgi ishlarni hayolidan oʻtkazarkan bexos yuziga ayyorona kulgu oldi.

Biroz vaqt oldin.

Qoʻpolik bilan tinimsiz chalinayotgan eshik qoʻngʻirogʻi dushdan endi chiqgan yigitni gʻashini keltirayotgandi. Doimiy xotirjamlik bilan ustiga faqatgina shortik kiygancha boyadan beri bezovtalik tugʻdirayotgan eshik oldiga borib,ochdi.

- Jin ursin seni qanchadan beri kutayotganimni va manabu laʼnati qoʻngʻiroqni necha marta chalganimni tasavvur qila olasanmi? Yo karmisan-a? - oyoqda zoʻrgʻa turgan boʻlsa-da yigitga hech sir boy bermay yoqasidan tutib hisob soʻragan boʻldi qiz.

Yigit esa bu jasoratidan hayratda. Uning ichimlikdan huddi qizil olmaga oʻxshab qolgan yanoqlari va bir oz choʻchaygan lablari uni yanada hayratlatirardi.

- Mm oʻylab qarasak balki men yarim tunda qandaydir ayol boʻkgunicha ichib kelib meni yarim soat davomida qóshimchasiga dushdaligimda tinmay bezovta qilishi hayolimga ham kelmapti! - har bir gapiga urgʻu bergancha unga qisiq koʻzlari bilan har bir gapini diqqat bilan eshittirgan qizga sezilarli jilmaydi.

- Q..Qandaydir ayol? - boshi aylanganidan muvozanatni yoʻqotib yiqilishiga bir bahya qolganida, kutilganidek yigitning qoʻllari uni ushlab qolgandi. Bundan ohista jilmaygancha gapida davom ettirdi. - Lekin biz bundan 3 hafta oldin sevishganlar edik.

Yigit bu safar javob bermadi. Hohlamadi. Xuddi nimadir desa u ketib qoladigandek. Oʻzi ham uni juda sogʻingan. Iforini, betakror yuzini, unga jilmayib boqishlarnini, barchasini. Hozir esa u uchun yana imkon tugʻulgandek. Qizni yaxshiroq bagʻriga olgach oʻz yotoqxonasi tomon yoʻl oldi. Misora esa qarshilik qilmasdi. U ham bugun barcha his tuygʻulariga yengilgan. Gʻururini bir chetga qoʻyib oʻzi bu yerga keldi. Uni sogʻindi. Ayriliq ikki qalb uchun katta zarba edi goʻyo...

Ohistalik bilan bagʻridagi qizni yotoqga qoʻygan yigit oʻzi boshqa tomonga ketmoqchi boʻlganda qoʻllarni tutgan kaftlar uni qaytardi. Ortga oʻgirilganda esa qaynoq va yoqimli lablar oʻziniki bilan birlashganidan shoshib qoldi. Yana butun tananing iliq hissiyotlarga berilishi. Endi ularni yashirish qiyindek. Ikki tomondan shijoatli boʻsalar va teginishlar. Jilovlab boʻlmaydigan nopok oʻylar. Issiq tananing birlashishi.

Pov Misora:
Taehyung telbalardek bo'salar bilan bo'ynimni so'rib tishladi. Talabkor va qatiyatli!Biz jaxl bilan tinimsiz tanalarimizni quchib,qiynadik.Tae belimdan ushlab yotoqga yotqizib ustimga chiqdi.Uning lablari lablarimga tekkanida titradim.
Tinimsiz va to'xtovsiz bo'salar...Uning yuzidan ushlab tartibsiz nafas chiqarib lablaridan so'rdim.Bu telbalikni umuman to'xtatishni hoxlamayman.Uning qo'llari ko'ylagim ostiga tushib,sonlarimni silab kerakli joyga yetib bordi.Bu safar barchasi yumshoq uni to'xtatishni hayolimning bir chekkasiga ham keltirmadim.Ammo men boshqa kuta olmasdim. Bu axmoqlildek tuyular lekin men chinakamiga taslim boʻlgandim oʻz xislarimga va oʻz hohishlarimga.
Bu kechaning qaynoq lahzalari bari men uchun yoqimli..)


Time Skip.

Boshimdagi ogʻriqdan gʻinshigancha asta koʻzlarimni ochdim. Aftidan soat allaqachon 8 dan oʻtgan. Oʻrnimdan turmoqchi boʻlganimda yolgʻiz emasligimni payqadim. Jin ursin kechagi barcha ishlar birma bir esimga kelarkan uyatdan qizarib ketdim. U uylgʻonmasidan bu yerdan ketishim kerak! Sekinlik bilan yotoqdan tushib kiyimlarimni Liya boshlarkanman har bir lahzada u bunday uyatli holatda koʻzlarini ochmasligi tilab duo qilardim.

Time Skip || 10:19

Ob-havo bugun negadir oʻzgacha. Qora bulutlar bugun juda quyuq yoyilgan xuddi tundek.Tashqarida qish endigina kirib kelayotgan, xuddi dekabrning ilk kunlaridek. Havo hali qattiq sovuq emas, lekin sovuqlik asta-sekin o‘zini sezdira boshlagandi.
Osmon xira yorishgan, quyosh esa bulutlar ortidan zo‘rg‘a ko‘rinardi.
Qish hali to‘liq hukmronlikni qo‘lga olmagan, ammo uning nafasi allaqachon sezilib turardi.

Qiz esa kecha tunda boʻlgan barchasini hayoliga keltirgancha uyatdan oʻzini noqulay his qilardi. Uyiga yetib borishiga hali bor lekin oʻzi piyoda ketishni maʼqul koʻrdi chogʻi haydovchiga yuzlandi.

- Shu yerda toʻxtay olasizmi? - Sukunatni buzgan boʻldi qiz.

- ... - javob kelmadi.

- Kechirasiz shu yerda tushib qolmoqchiman ! - yana aniq va ravshan aytilgan soʻzlar lekin javob yoʻq. Endi qizda chinakamiga qoʻrquv boshlangandi. Telefon. Hayoliga keltirib sumkasini titarkan qancha urinmasin uni topolmasdi.

- Jin ursin seni toʻxtat bu laʼnati mashinangni!

- Xonim jim ketsangiz oʻzingizga yaxshi boʻladi!

EPISODE -12 THE END.

Davomi bor. Fikr va reaksiya qoldirsangiz keyingi qismi chiqadi. Yoqimli mutolaa.

AUTHOR: Nire Ardent