RED LIGHT
"Qorong'u va zulmatga choʻmgan hona. Honadagi yagona yorugʻlik manbai meni qurshovga olgan mushakli qoʻllar tomonidan bir necha soniyalar oldin oʻchirilgan. Uning koʻzlari esa menga qadalgan.Ótkir nigohlar juda qoʻrqinchli.Meni yutib yuborgudek góyo.Zulmatni aks ettiruvchi bu koʻzlar sohibi meni bu yerga ancha oldin "asira" sifatida olib kelgan.Qanchalik achinarli balki oʻsha paytda u yerga bormaganimda va ósha laʼnati kitobni ochmaganimda bu xolga tushmagan boʻlardim.."
Ko‘zlarimga tushgan xira yorug‘lik ta’sirida asta uyg‘ondim. Aslida uxladim, deb aytolmayman. So‘nggi bir necha kundan beri yuragim notinch.
Yotoqdan asta qózğalgancha turib deraza tomon harakatlandim. Yomg‘ir endigina to‘xtagan ko‘rinadi. Derazani ochganimda nam havoning o‘tkir isi yuzimga urildi. Shahar jimjit va sokin edi. Tomlardan sirg‘alayotgan suv tomchilari ohangdosh musiqadek eshitilardi. Yerdagi toshlar hamon ho‘l, osmon esa hali to‘liq ochilmagan, quyosh chiqqan bo‘lsa-da, nurlari juda zaif.
Men issiq qahva bilan deraza yoniga qaytdim. Har tong odatdagidek boshlanardi. Ammo bugun.. bugun nimadir boshqacha..har yomgʻir yogʻganda tashqariga chiqib piyoda yurishni yoqtiraman, lekin negadir bugun buni hohlamayman.
Sekinlik bilan derazadan boshimni chiqarib havodan yanada chuqurroq hidladim. Bu menga yetarlicha yengillik bergandek ortga oʻgirildim.Gardirobim tomon qoʻl choʻzib ichidan bu havoga mos boʻlgan kiyim qidirdim.
Topdim! Och havo rangdagi bir oz uzun boʻlgan, ortiqcha bezaklari boʻlmagan oddiy kiyimni kiyib, soyabonimni olgancha uydan chiqdim. Uyda oʻtirishni yoqtirmaganim va shu kunlarda tushunarsiz hayollar ogʻushida boʻlganim uchun ham kutubxonaga borib ózimni bir oz chalğitishni istadim.
Kutubxona bo‘m-bo‘sh va nihoyatda jim. Derazadan quyoshning nurlari kirib, xonani yoritar, kutubxonaning havosidan eski qog‘oz isi kelardi.Sekin harakat bilan to‘rtinchi qavatdagi burchak javonlarga yaqinlashdim. Koʻpincha men jumboqli, detektiv asarlar va sirli kitoblarni oʻqishga qiziqaman va bu yer huddi shunday kitoblar mavjud boʻlgan qavat edi. U yerda o‘quvchilar deyarli bo‘lmasdi va bu men uchun yetarlicha qulaylik berardi. Qiziqish bilan har bir eski kitoblarni ko‘zdan kechirar ekanman, birdan e’tiborim qora muqovali, eski, uncha katta bo‘lmagan kitobga tushdi. U sarlavhasiz edi. Faqat muqovasida chizilgan bir juft ko‘zdan boshqa..
Negadir Qo‘llarim biroz titrab, daftarning birinchi betini ochdim.Birinchi sahifada qora siyohda yozilgan matn qandaydir gʻalati edi. U boshqa tilda va qonga óxshash xarflarda yozilgandi.
Men beixtiyor atrofga qaradim. Yuragim negadir tez ura boshladi. Go‘yo bu qoʻrqinchli filmlardagi boshlanishga oʻxshardi.
Lekin bu faqat filmlarda boʻladi ! Sahifani ochishda davom etdim. Undan keyingi sahifalarda yana boshqa til, noma’lum belgilar, naqshlar, ko‘zlar, doiralar, va qonga o‘xshagan dog‘lar bor edi.
Kitobni varaqlayotgan onimda yelkamda sovuq shabadani his qildim, garchi derazalar yopiq edi.Negaligini bilmadim lekin tanamda sezilarli titroq egallagandi.
Telefonimga kelgan qoʻngʻiroqdan soʻng,hayolimni yigʻib olgancha, telefonga javob berdim
- Salom Lira.
Kitobni joyiga qoʻyish barobarida boʻgʻiq ovozda javob berdim.
- Senga ham salom Linda. Haligi..hozir qayerdasan?
- Kutubxonada edim.Bugun dam olish kunligi uchun seni uygʻotgim kelmadi..biror nima boʻldimi?
Kutubxonadan chiqish barobarida qiziqish bilan soʻradim.
- Bilasanmi...Kecha oyim telefon qilgan edi,lekin senga aytishga fursat boʻlmadi.Uyga qaytishim kerakligini aytdoshdi.Ovozi negadir juda tashvishli edi.Menimcha nimadir boʻlgan.Shuning uchun hozir uyga ketyapman.
-Tushunarli.Mayli....unda qachon qaytasan?
- Aniq ayta olmayman.Lelkin tez orada qaytishga harakat qilaman.Ungacha...sen uyda yolgʻiz..
Oxirgi gaplarini past ovozda shivirladi
-Havotir olma! Men kichkina qiz emasman.Oʻzimni himoya qila olaman!
Dadillik bilan javob berdim
- Sen ham
nim tabassum qilgancha goʻshakni qoʻydim.
Negadir endi kayfiyatim butunlay tushib ketdi.Yuragimdagi gʻashlik battar kuchaygandek..tushunarsiz.Bu yerga koʻchib kelganimizga koʻp boʻlmadi.Lekin yetarlicha bu yerdan zerikgandekman.Chuqur nafas olib koʻzlarimni yumdim.Tinchilanib olishim uchun bu menga yaxshi taʼsir koʻrsata olardi.Boshimda koʻplab javobsiz savollar bor edi.Ayniqsa kutubxonadagi tushunarsiz xolat ham.
Ortimdan tanish erkak ovozi yangramagunicha shunday hayollarga berilib turgandim.
- Iltimos faqatgina bir marta.
-Yoʻq Linda senga zarar yetishini hohlamayman.Uning ustiga haydovchilik guvohnomang ham yoʻq.
- Suho iltimos vaʼda beraman ehtiyot boʻlaman.
Moʻltirab turgan koʻzlarimni qarshimdagi yigitga qaratgancha, uning rozilik bildirishini intizorlik bilan kutardim
- Yaxshi faqat bir marta va havfsizlik kamarini yechmaysan!
Axiyri mening iltimosimga rozilik bildirgan kirib quvonchimdan keng jilmaydim.U ham mening tabassumimni koʻrib lan chetida jilmaydi.
- Raxmat.
quvonchimdan uni qattiq quchib oldim va mashina tomon harakatlanish.
Chuqur nafas olgancha mashinaga oʻtirdim.Mashina roʻlini kaftlarm bilan qatiq qisgancha uni chiqishini kutdim
- Iltimos hayollarga berilib ikkimizni ham oʻlimimizga sababchi boʻlma.
-Yana meni mazax qilgancha mashinaga oʻtirar ekan bu safar aniq meni mot qilgandi.U rostdan ham axmoq. Jilmaygancha yoʻlga qaradim. Rostdan ham endi gʻalati hayollarni miyamdan chiqarib tashlashim kerak edi.
Iloji boricha hayollarga berilmasdan eʼtiborimni yoʻlga qaratib haydar ekanman negadir boyagi kutubxonadagi sarlavxasiz kitob hayolimdan oʻtdi. Uning nimasidir rostdan ham gʻalati edi. Jin ursun* mashina oldidan qandaydir inson figurasidagi sharpa toʻsatdan yoʻlimdan chiqarkan tezlikda tormizni bosgancha yana yoʻlga nigohlarmni qaratdim. Nimasi bu? Yoʻlda hech nima yoʻq edi.Suho tezlikda menga qaragancha nima boʻlganini soʻradi.Men hozirgi paytda nima deyishni bilmasdim.
- Suho bilasanmi menimcha men charchadim.Tunda yaxshi uxlolmaganim uchundir balkim....Kel yaxshisi oʻrnimizni almashtiramiz. - U bir oz yuzimga nimadir qidirganda tikilib turgach, yana boshqa savollar berish befoyda ekanini sezib, rozilik bildirdi. Men oʻzimni rostdan ham yaxshi xis qilmayotgandim.Jin ursin* Men yana hayollar ogʻushiga gʻarq boʻldim.
Soat tungi 23:36 lekin hali hamon uxlay olmayotgandim. Balki qoʻrqayotgandirman..bilmadim bugungi boʻlgan barcha ishlar meni tinch qoʻymayotgandi. Boʻldi bas koʻzlarimni yumib yaxshi narsalar haqida oʻylab uyquga ketishga harakat qilar ekanman birdan oyoqlarimga teginga sovuq barmoqlarni his qildim.Tezlikda koʻzlarimni ochib, sapchib oʻrnimdan turdim. Hech kim yoʻq edi. Jin ursin* menga nima boʻlyapti. Ayni damda butun vujudimni qoʻrquv egallagandi. Men aniq sezdim. Mashina bilan boʻlgan hodisada ham oʻsha sharpani aniq koʻrgan edim. Qoʻrqayapman...hatto qimirlashga ham botina olmayotgan edim. Koʻzlarimni sekinlik bilan xona boʻylab aylantirib chiqdim. Hech kim yoʻq! Yotoqning pastki qismi. Yoʻq men qila olmayman.Lekin boshqa iloj yoʻq.Birinchi boʻlib chiroqga qoʻl choʻzdim.Yonmadi! Omad men bilan oʻynashayotgandek.Ichimda lugʻatimdagi barcha haqoratli soʻzlarni aytgancha chuqur nafas oldim.
- K...kim bor
telbalik bu savolni nega berdim? Kimdir men deb chiqishiga umid qilamanmi endi?
Yelkamda issiq nafasni his qilgan onim toshdek qotib qolgandim.Oʻzim istasam ham qimirlay olmasdim.Yuragim tartibsiz uryapti. Buni qiyinchiliksiz eshitsa bolardi. Lekin hozir u kim va bu yerda nima qilyapti? U tilini boʻynim boʻylab yurgʻuzgancha yumshoq terimni tishlari orasiga olgach, qattiq tishladi. Xona boʻylab ogʻriqdan chiqgan ingroq tovushim yangradi.
- Juda shirin
Uning maxluqlarga xos boʻlgan xirillashga oʻxshash yoʻgʻon tovushi quloqlarim oldida yangradi.Endilikda butun tanam qaltirashga oʻtgandi.
- Qoʻrqyapsanmi? -Yana bir aqilni ozdiruvchi soʻz va qattiq tishlash.Bu safar tovush chiqarmaslik uchun lablarimni tishlarim orasiga olib qattiq tishladim.
- K...kimsiz
Vanixoyat qayerdandir jurat topgancha meni qiynayotgan ayni damda bilishga haqqim bor boʻlgan savolni berdim.
-Eslolmayapsanmi?
Rostdan ham aqldan ozaman u bu gapi bilan nima demoqchi.Tobora oʻzimdagi nafas chiqishi qiyinlashmoqda.Ha hozirgi holda men xatto nafas olishga qoʻrqayotgandim.
- Axir oʻzing meni chaqirding.
Gapini tugatar ekan miyamga yashin misoli kutubxonadagi kitob keldi.Bu rostmidi? Yani men...la'natlangan maxluqni ozod qildimi? Yoʻq boʻlishi mumkun emas.Bunday boʻlmaydi.Bu shunchaki hazil..Bu bu tush.Yomon tush! Hozir yomon tush koʻryapman va hozir uygʻonaman. Linda boʻlaqol uygʻon.Iltimos..
- Axir bu boʻlishi mumkin emas!
Koʻzlarimni qattiq qisib olgancha ovoz toʻnimni balandlashtirdim.
- Afsuski boʻldi.
Yana oʻsha ovoz yoʻgʻon va aqildan ozdiruvchi tovush jin ursin*
-Yaxshi ket unda sening uying bu yer emas.Ozod boʻlgan boʻlsang ket! Nega bu yerdasan?
-Yana bir baland ovozda gapirishim,uning mazaxomus kulishiga sababchi boʻladi
- Axaxa bilasanmi men ozod boʻldim lekin toʻliq emas. Butunlayga ozod boʻlishim va sen aytgandek uyimga qaytishim uchun yana bir narsa kerak menga!
- Nima?
Uning sovuq qoʻllari belimdan oʻralganligini his qilib chuqur yutunib qoʻygancha iltijo bilan uning javobini kutar ekanman, uning soʻzlaridan butun tanam muzlab qolgandi.