December 16, 2025

MY DOLL

MY DOLL.

EPISODE-1

Shifoxona doimiy harakatda. Yo‘laklarda shoshilinch yurib ketayotgan oq xalatli shifokorlar, bemorlarning xonalaridan chiqayotgan hamshiralar, qabulxonada navbatini kutib o‘tirgan odamlar,hammasi o‘z ishi bilan band.
Bir xonada yurak urishini tekshirayotgan apparatning muntazam ovozi eshitilsa, boshqa burchakda telefon jiringlashi va shifokorlarning past ovozda maslahatlashayotgani eshitiladi. Havoda dezinfeksiya vositalarining o‘tkir hidi, shifokorlar yozayotgan qalamning qog‘ozga tegishi, kimningdir chuqur nafas olishi,hammasi umumiy shifoxona muhitini yaratadi.

Har bir palatada turli taqdirlar jamlangan. Kimdir tuzalish umidida derazadan tashqariga boqadi, kimdir esa shifokorlarning xulosasini hadiksirab kutadi. Yo‘laklarda oq xalatli shifokorlar va hamshiralar bemorlarning dardini yengillashtirishga urinadi.
Doimgidek hamma o‘z ishiga butun diqqatini qaratgan.

-Misora sekinroq
tashqaridan shoshilib kirib kelgan jajjigina qiz dadasining ogohlantirishlariga qaramay,o'zi uchun ancha tanish bo'lib qolgan xona tomon yugurdi.

-Oyi,oyijon

Tartibsiz nafas olgancha, eshik tutqichini ushlab ichkariga kirarkan o'ziga tanish bo'lgan chehrani ko'rib yuziga keng tabassum oldi.

-Kelaqol o'zimga jajji malikam.

Xona o'rtasidagi bemorlar uchun mo'ljanlangan maxsus yotoqda kitob o'qiyotgan ayol qizini ko'rishi bilan kitobini bir chetga qo'yib qizi kelishi uchun quchog'ini ochdi.
Qiz ham hech ikkilanishsiz oyisini qattiq quchdi.

Xona bo'ylab iliq nur taralib turardi. Oynadan tushayotgan quyosh nurlari xonaga yorug‘lik baxsh etar, ammo bu yorug‘lik Misoraning qalbini yoritmasdi. Onasining quchog‘ida turgancha, u bu lahzani abadiy saqlab qolishni istardi.

-Malikam, tug‘ilgan kuning muborak.
mayin ovozda shivirlagancha, sochlarini silab.
Misora mamnun jilmaydi. U onasini yanada qattiq quchdi..

-Qachon uyga qaytasiz oyi...

Onasining ko'ksidan boshini olgacha savol berarkan har bir so'zi qaltiroq va iltijo ohangda yangrardi.

Qizning gaplaridan bir zum o'ylanib turgach unga jiddiy tikildi. U Misoraning qo‘llarini kaftlari orasiga olib mayin silab boyagidanda mayinroq ohangda gap boshladi.

-Malikam, sen juda kuchli qizsan. Lekin ba’zan hayot biz kutmagan yo‘llarga olib borishi mumkin.
Misora onasining yuziga hayrat bilan qaradi. Bu so‘zlarda nimadir g‘alati narsa bor edi. Yuragi notinch ura boshladi.

-Oyi, nimaga bunday deyapsiz? Siz tez orada sog‘ayib, uyga qaytasiz, to‘g‘rimi?

Onasi chuqur nafas oldi. Misoraning ko‘zlariga mehr bilan tikilgancha, bor kuchini to‘plab, so‘zlarini davom ettirdi

-Men doim sen bilan bo‘laman, qizim. Faqat bu yerda emas...

Misoraning notinch ura boshlagandi.

-Yo‘q... Oyi, iltimos... Qandaydir begona hislar uni qamrab olarkan beixtiyor ko'zlariga yosh qalqdi.
Onasi uning yuzini iliq qo‘llari bilan silab, sekin kulimsiradi.

-Eslab qol, Misora, hayot har doim bizni sinaydi.Hattoki biz xohlamasak ham... Lekin qanday bo‘lmasin,sen buni uddasidan chiqasan,men senga butun vujudim bilan ishonaman. Bir kun kelib, sen o'z baxtingni topasan!O‘sha paytda yuragingda mening ovozimni eshitasan... "Misora, sen buning uddasidan chiqding!"
Shu onning o‘zida Misora yuragining tub-tubida onasining so‘nggi so‘zlari bo‘lishi mumkinligini his qilarkan,ortiq bardosh bera olmadi.
~

-Oyi...oyi nega axir men sizsiz yashay olmayman!OYI!!
Eski og'riqli xotiralarni eslatuvchi tush sababli o'rnidan sapchib turib ketgan qiz atrofga alanglagancha chuqur nafas olardi.Bu tush qizni yana o'z o'tmishi bilan azoblagandi.Bir zum bo'lib o'tgan ishlarni tahlil qilgach, yostig'i tagidagi suratni qo'liga oldi. Suratda 2insoning rasmi tushirilgandi.Misora va oyisi..Ha u bu suratga onasi vafotidan oldingi tug'ilgan kunida tushgandi.
-Oyi... ertaga jajji malikangiz 18 ga to‘ladi. Lekin buni faqat men va siz bilamiz. Qolganlarga buni ahamiyati yo‘q. Balki eslaridan ham chiqib ketgandir-a? Oyi, men sizni juda sog‘indim... o‘rningiz bilinyapti!

Misora qo‘llari bilan rasmni mahkam ushladi.Ko‘zlaridan oqarayotgan yosh allaqachon suratni namlashga ulgurgandi. U astalik bilan rasmni joyiga qo‘ydi, yoshlarini artib, xira ovozda davom etdi
Doim sizga shu savolni beraman. Nega meni bu dunyoda yolg‘iz qoldirdingiz? Nega? Axir aytgan edingiz-ku, albatta qaytib kelaman, deb. Lekin qaytmadingiz. Otam esa... otam uchun anavi ayol bo‘lsa bas. Xatto shu 13 yil ichida bir marta mening ahvolim bilan qiziqmadi..
Misora chuqur nafas olgancha yig‘idan tiyilib davom etdi
Siz aytgandek kuchli qiz bo‘lishga harakat qilyapman... Lek..lekin
Tomog‘iga nimadir tiqilgandek bo'lib keyingi so'zlarini davom etirishga izn bermadi. O‘zini karavotga tashlagancha,yoshlariga erk berdi.
~

Tong.

-Aysh, bu nimasi?..
Tuni bilan yig‘laganidan ko‘zlari shishib, qizarib ketganligi sabab buni qanday yashirishni o'ylab xunob bo'layotgan qiz Yuzini bir necha bor sovuq suvda yuvdi, lekin natija bo‘lmagach, pardoz qilishga majbur bo'ldi.
Yengil pardozdan so'ng garderobdan o'ziga mos bo'lgan kiyimini kiygancha Kravat yonidagi telefoni oldiga borib,qo'liga oldi.Telofoniga kelgan xabarga ko‘z yugurtirarkan beixtiyor yuziga kulgu yugurdi.
XABAR: -Misora Xayirli tong.Bugun doim ko'rishadigan joyimizga kel.
Xabarga javob qaytargach,sumkasini olgancha xonasidan chiqdi. Uy ichiga nazar tashlab, eshik tomon yurgan edixamki orqasidan kelgan ayol ovozidan so'ng ortga o'girildi.
-Qayerga ketyapsan? Egnida shoyi xalat, qo‘lida qahva bilan turgan ayol unga sinchikovlik bilan nazar solgancha so'roqqa tutdi.
-Dugonamning oldiga Misora unga mensimagan nigoh bilan qarab javob berdi.
-Mm.Yaxshi. Lekin kechki ovqatgacha yetib kel. Otangni senga aytadigan muhim gapi bor
Qahvasidan ho'plagancha ko'z qirida kinoyali gapirdi.
-Hop.
Ortiq suhbatni cho'zishi istamagan qiz quruqgina javob bergach uyni tark etdi.
Uning chiqib ketishini ko'z qirida kuzatiayotgan O‘gay onasi lablariga kulgu yugurtirdi
-Hh, sen yetimchadan qutilaman, nihoyat...
~
Pov Misora
Bugungi kunim boshlanishi unchalik yaxshi bo'lmagan bo'lsada Iren bilan o'tgan vaqtim buni sezdirmadi.Kuning yarmini u bilan o'tkazgach o'zim hohlamasamda uyga qaytdim.Uyga qaytib eshikdan ichkariga kirganimda, allaqachon hamma kechki ovqat stoliga o‘tirib bo‘lgandi. Odatiy holatda men kechki ovqatni ular bilan qilishni hohlamasdim.Iloji boricha ulardan uzoqlashardim lekin bugun buning iloji yo‘q edi.
- Hammaga xayrli kech, deya past ovozda salom berdim
-Senga ham qizim.
Otamning jiddiy ovozi yangradi.
-Ho‘sh, menga qanday muhim gapingiz bor edi? O'zimning o'rdig'imga joylashish barobarida odatdagidek beparvo ohangda savol berdim.
-Azizim, o‘zingiz ularga ayting
o'gay onam ovqat bilan band bo'lgan Otamga qaragancha aytishiga ishora qildi.
Otam ancha vaqt sukut saqladi. Keyin ovozini pastlatgancha gap boshladi
- Hullas, Yeona va sen ertangi tongda Seulga ketasiz!
Men bunday javob kutmaganimgami yoki boshqa narsagami bilmadim lekin ko'zlarim katta ochilib baland ovozda gapirib yubordim
- Nima?! Nega?!
Men va Yeona deyarli bir vaqtda hayrat bilan so‘radik.Rostan ham bu kutilmagan yangilik edi.
-Men va Xanna shuni xohladik. Bir oyga dam olishingiz uchun
deya qisqa javob qaytardi otam
-Nega buni endi aytyapsiz? Hatto bizdan rozilik ham so‘ramadingiz!

- Sizlarga yaxshi bo‘lishini istadik, xolos,
Xanna g‘amxo‘rlik ohangida gapirarkan Mendan nigohlarini uzmasdi .
-Sizlar bormaysizlarmi?
Qarshimda o'tirgan o'gay singlim qizqqonlik bilan savol berdi.
-Yo‘q, faqat ikkingiz.
Qat'iy aytilgan so'zdan so'ng o'rnimdan turdim.
- Yaxshi, unda men tayyorgarlik ko‘raman, gapni ko'p cho'zmaslik uchun stolni tark etdim

Ertasi kun

-Qizlar, mashina keldi. Tezlashinglar!
Pastda Xannaning betoqat ovozi yangradi.
Misora tezda pastga tushdi. Yeona ham Misoraning yoniga o‘tirishga shaylangan edi, lekin onasi uni chiqish eshigida to'xtatdi.

Yeona)

- Yana nima, oyi?
Nigohlarini onasiga qadagancha xafsalasiz savol berdi.
- Aytganlarim esingdan chiqmadimi?
Ayol bir mashina ichidagi qizga sinchikovlik bilan qaragach nigohini yonidagi qiziga olib o'tib so'roqqa tutdi.
- Yo‘q. Hamma aytganlaringiz esimda.
Lablarini burushtirgancha sovuq ohangda javob berdi
-Unda yaxshi. Ishni yaxshi bajarsang bo‘lgani.
-Hop, hop
Yeona mashinaga chiqdi va ular Seul tomon yo‘l olishdi.
Seulga yetib kelishgach, har biri o‘z xonasiga joylashdi.

Kechki payt

Misora doimgidek o'z hayollari bilan band.Aslida o'zi ham shu uydan bir necha kunga uzoqda bo'lgisi kelayotgandi balki bu yaxshidir..
Xonani noqulay sukunat egallagan.Onda sonda kitobning varaqlagan ovozi eshitilardi.Qachonki begona inson eshikni ochib kirmagunicha.
- Eshik taqillatishni o‘rgatishmaganmi?
Kitobdan boshini ko'targancha unga nigohlarini qadadi.
- Esimdan chiqibdi.
Beparvo javob qaytargacha ko'z qirida xonani o'rganib chiqdi.
-Menda nima ishing bor edi?
Sovuqqonlik bilan javob qaytargan qiz kitobni bir chetga qo'yib,nigohini singlisiga qadadi.
-Juda zerikdim...
— Ertak o‘qib beraymi yoki raqsga tushaymi? Menga nima farqi bor? Zeriksang, kitob o‘qi yoki tashqariga chiqib aylan.
- Ko‘chaga chiqolmayman...
- Nega?
- Bu joy menga begona. Birga aylangani chiqaylik, demoqchidim.
-Yo‘q, yo‘q va yana yo‘q!men hech qayerga bormayman!
- Iltimos! Atiga Bir soat, xolos!Axir mendan kattasizku.
Misora bir necha soniya jim qoldi. So‘ng chuqur nafas olib, yelkasini qisdi.
-exx. mayli. Faqat bir soat!
-Kelishdik! -
Yeona mamnun jilmaydi.
Ular 15daqiqa o'zlariga qarab olgach tashqariga chiqishdi. Yeona Misorani notanish bir joyga boshladi...

Club.

-Meni qayerga olib kelding, Yeona?!
Atrofga alanglagancha yonida unga g'alati jilmayish bilan turgan qizga savol berdi
Yeona esa yengil kulib qo'ygacha
-Bu yer club.Haya siz bu yerlarga hech kelmagansiz-ku.
-Chunki menga sershovqin va gavjum yerlar yoqmaydi.
-Ee qo'ysangizchi undan ko'ra siz bu yerga o'tirib turing men ikkimizga biror bir ichimlik olib kelaman.
-Yo'q menga oddiy suv yetadi.
-Hop yaxshi.
Buyurtmalarni olib ketishdan avval suvga dori* solgan qiz mamnun jilmayganicha opasining yoniga qaytdi.
-Mana suvingiz.
Dori solingan idishni uzatgancha opasi uni oxirgi tomchisigacha ichguncha unda nigohini olmadi.
-Qachon ketamiz?
-O'zi endi keldik.Yana biroz o'tiraylik.
-Hop hop.
Clubning sershovqin ovozi,Misora uchun juda baland tuyular har bir soniyada u holsizlanib borardi.
-Yeona yur ketdik bold bugunga yetadi.
-Uyqingiz kelyaptimi?
-H..ha shunaday
-Unda yuring.
Yeona irjaygancha Misorani turishiga yordamlashib uni vip xonaga boshladi.
Ular bir xonaga kirishdi va Yeona Misorani sekinlik bilan yotoqga yotqizib o'zi chiqib ketdi.Misora xozir gapirishga ham holi qolmayotgan edi.
-Ish bitdi.Endi sizlarning galingiz.

Pov Misora.
Umrimda bunday clublarga kelmagandim.Doim bu yerlarni yoqtirmaganman.Menga tinch yerlar yoqadi.Insonlar ko'p bo'lmagan yerlar.Negadur hozir o'zimni juda holsiz xis qilyapman.Bilmadim nega.Yeona meni qayergadur olib kirdi. unga ishonmasligim kerak edi.Jin ursin!
Eshikdan kimdur kirdi.Yuzini aniq ko'ra olmayapman.Lekin aniq bilanman u Yeona emas.U odam menga yaqinlasha boshladi.Men harakatlana olmadim.Huddi qo'larim kishanlangadek.U birin ketin meni kiyimlarimni yechib tanamga tegina boshlganidagina anglab yetim.Bor kuchimni toplagancha undan uzoqlasha boshladim lekin yana u meni o'ziga tortib oldi.Qo'larimni harakatga keltirib nimadurni izlashga tushdim.Biror bir qattiqroq jism.
Vanixoyat qo'limga ilinga buyum bilan To'g'ri u odamning boshiga urdim.
Menimcha udaladim.Bir amalab o'rnimdan turdim.Bilaman uzoqga qocha olmayman.Ayniqsa bu axvolimda.Ayni paytda Kimdandur yordam so'rashim kerak.
Ko'zlarimning oldi xiralashib kimgadur turtilib ketdim.
-i..iltimos menga y..yordam b..bering
so'ngi so'zlarim shu boldi.Xushimni yo'qatayotganimda uning yuzini ko'rmadim lekin qonga belangan qo'llarini juda yaxshi esimda qoldi.....

1- EPISODE ,THE END