December 21, 2025

MY DOLL

MY DOLL - EPISODE -9

"Hamma narsa unutiladi.Bizga aytilgan yaxshi - yomon gaplar ham, sevgi toʻla nigohlar ham, doʻstlar ham, xatto biz xis qilgan, chidab kelgan ogʻriqlar ham. Lekin sen menga xis qildirgan bu ogʻriq hech qachon unutmayman.Xatto oʻlsam ham! "

Pov Taehyung:

Ochiq derazadan kirayotgan yengil shabada yuzimni silab oʻtgancha, xayollarimdan chalgʻitishga urunayotgandek edi goʻyo.Uning koʻzlaridagi yosh..men buni hohlamagandim.Jin ursin* hech qachon yuragim bunchalik qattiq ogʻrimagandi.Ha men uni xuddi telbalardek sevib qoldim.Lekin bu ancha oldin sodir boʻlib boʻlgandi.Misorani... ilk uchratgan kunimda.Uni unutishga koʻp harakat qildim.Deyarli uddalagan edim ham.Lekin uni yana qayta uchratish ichimda yashiringan bu sevgini yana uygʻotgandi.U paytda u juda yosh edi...juda.

FLASHBACK

Mashina shinasining asfaltga ishqalangan tovushi va nihoyat kutilgan insonlarning kelganidan darak berardi.Mashina eshigi ochilib chamasi 19 yoshni qarshi olgan yigit va yoshi undan anchagina katta boʻlgan inson tushishdi.Ularni kutib olishga chiqgan uy sohiblari ularni keng tabassum bilan kutib olishib uy ichkarisi tomon harakatlanishdi.Yosh yigitning koʻzlari uzoqda hayollar ogʻushiga choʻmgan kichik qizga qaratildi.

Kuning issiq nurlari ostida maysalar ustida jajji qoʻllari bilan gulning yaproqlarini birin ketin uzib nimalarnidir pichirlayotgan qiz, oʻzi bilan oʻzi ovora edi.Xatto kelgan mehmonlardan biri uni kuzatayotganini ham payqamagandi.

Qizdan deyarli 5 daqiqadan beri koʻzini uzmay tikilib turgan yigitning hayollarini undan ancha oldinlab ketgan otasining ovozi buzgan chogʻi hayollarni yigʻib uy tomon ildamladi.Uy ichi oʻz uyidan biroz kichik boʻlgan lekin jihozlari va mebellar juda didli ekanligi eʼtiborini chetda qoldirmadi.Kiraverishdan chapga burilgandagi mexmonxonaga kirib oʻsha yerdagi divanga joylashishdi.Otasi va ular bilan xozirda shartnoma imzolayotgan kishining suxbati yigit uchun juda zerikarli tuyulardi.Oʻzi ular bilan bir yerda oʻtirganiga qaramay xayollari butunlay boshqa joyda.Oʻsha qiz..juda kichik boʻlishiga qaramay nimasi bilandir oʻziga juda tortuvchan."Jozibali" hayolidan oʻtkazdi yigit.Oʻzining bunchalik qizga qiziqib qolganini tushunmay lab uchida jilmayib qoʻydi.

Shu payt eshikdan yoshbolalarcha sakrab kirib kelgan qiz.. u oʻsha edi.Yigitning qarshisida joylashgan erkak uning otasi tomoq qirgancha unga yuzlandi.

- Misora mexmonlar uchun qahva olib kela olasanmi.

Qiz bosh chayqagancha boshqa xona tomon yugurib ketarkan ikki erkak boshqa xonaga alohida masalani koʻrib chiqish uchun yuqori qavatga chiqishdi.Yolgʻiz qolgan yigit qoʻl telefonini olgancha undan nimadirni titkilashni boshladi.

Boshlarkan orqasidan eshitilgan mayin tovush uni telefondan uzilib u tomon qarashiga majbur qildi.Yuzida keng tabassum bilan turgan qiz va ustidagi binafsha rangdagi kiyimi.Juda chiroyli.Yigit nima deyishni bilmay turganda qiz yana boyagi jumlalarni takrorladi.

- Shu yerga qoʻysam maylimi?
yigit oʻzini noqulay sezgancha bosh irgʻab qoʻya qoldi.Qiz sekinlik bilan yigitni cheklab oʻtgancha qoʻldagilarni dasturxon ustiga qoʻyib qaytib oʻtib ketayotganda oyogʻining nimadirga ilinishi muvozanatini yoʻqotishga olib keldi.Buni sezgan yigit ham tezlikda qizni belidan qoʻllarini oʻrab olgancha ushlab oʻziga tortdi.Endi ularning yuzlari juda yaqin.Ikki jins vakillarining iliq nafaslari bir birlariga urilib begona hislarni uygʻatmoqda. Nigohlar uzilishni istamaydi.Lablar juda yaqin masofada...

Comeback

Bularni eslashni hohlamayman aslida...Chuqur nafas oldim.Uni yana uchratish yana eski tuygʻular.Oʻsha barda uni shuncha yildan keyin yana uchrataman deb oʻylamagan edim.U meni oldimga kelib yordam soʻraganida men shunchaki uni nafsim* uchun ishlatib keyin tashlab ketishni oʻylagandim.Lekin uni tanigan onim butun oʻtmish ongimda gavdalandi.U bilan birinchi tun* men bunday oʻtishini istamagan edim.Lekin u koʻrishi mumkin boʻlmaganlarni koʻrgandi.Bu uchun boshqa inson boʻlganida oʻsha ondayoq oʻlgan boʻlardi.Lekin men uni boshqa yoʻl bilan oʻldirgan edim.Bokiralik* ah bu juda ajoyib edi.U bilan boʻlmaganimga 2 haftadan oshdi.Uni juda sogʻindim.Iforini nim pushti boʻlgan lablarni, men uchun yaralgan tanani.U juda jozibali.3 kundan soʻng boshqa bilan nikoh quraman.Eng alamlisi uning singlisi bilan.Buni men hohlamaganman! Jin urgur* shartnoma tufayli.

Uning bugungi ishi..- lablariga qoʻlini olib borgancha tishlangan yeringa sekin qoʻl yurgʻuzdi. - Lekin Misora ishon tez orada yana birga boʻlamiz.Jin ursin* unga boʻlgan xohishim ortib boryapti.

***
Time Skip

Kechki osmon shuʼlasi derazadan kirgancha xonani xira nurlari bilan yoritib turibdi.Yotoqda esa boyadan beri uyqu keta olmayotgan qiz xayollar girdobiga choʻmgan.Koʻzlarining tagi qizarganidan maʼlumki yigʻlaganligi koʻrinib turibdi.

Pov Misora

Uxlashga xarakat qilyapman lekin boʻlmayapti .Bugungi boʻlgan barcha voqealar boshimdan chiqarib yubora olmayapman.Hammasi juda chalkash.Axiyri koʻzlarimni yumdim.Huddi shunday qilsam barchasi unatiladigandek.Oʻzimni boʻsh qoʻydim.
Derazaning ochilib yopilgan ovozi eshitilmagunicha.Sekin ortimga oʻgirilayotgan paytimda belimdan oʻralgan qoʻllar bunga toʻsqinlik qildi..

9 - qism tugadi.