January 20

MY DOLL

MY DOLL || PRE-FINAL

Episode -11

...Sen bilan oʻtgan har bir voqea taqdir sahifalarimdagi eng goʻzal satirlari edi. Butun bir hayotimni zulmat qoplagan boʻlsada. Sening yuragingdagi men uchun atalgan sevgi butun bir olamimni yorishtira olardi...


- Ketaman - ogʻirlik va aniq chiqgan tovushim va qarshimdagi insonning jiddiy nigohlari. Istamasamda bor haqiqatni unga aytishimga undardi.

- Nima? Yana qayerga?

- Bilmadim lekin ketishim shart! Ularning toʻyidan soʻng bu yerdan ketaman balki umuman bundan oldinroqdir. Chunki oʻgay boʻlsada u mening singlim! Uning qalbi sinishini istamayman. Taehyung keladigan boʻlsak men boʻlmasam bizning sevgimiz ham sekin soʻnib boradi. Bu yerda faqat men ortiqchaman.

- Senga tushinish juda qiyin Misora... Ikkilanib aytilgan soʻzlar va xafsalasiz ohang - Sen yana avvalgidek oʻzingni oʻylamayapsan.

- Buni kimgadir qizigʻi bor deb oʻylamayman.


Time Skip

- Jin ursin* - boyadan beri koʻylakning orqa zamogini oxirgacha surish uchun qoʻli yetmay xunob boʻlayotgan qiz nafas ostida haqoratlagancha zamogni yana bir bor qattiq tortdi. - Vanixoyat uddalaganidan yengil lekin siniq jilmaygancha ust kiyimini ustiga kiyib chiqish uchun eshik tutqichini qattiq qisdi.

Pov Misora:

Aslida bu toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligini ham bilmayman. Lekin menda boshqa iloji yoʻq. Bugun deyarli barchasi butunlay hal boʻladigan kun. Qanchalik yuragim ogʻrisada bugun buni hech kimga koʻrsatmasligim kerak. Shundan soʻng hayotimni qaytadan boshlayman. Bilaman birdaniga barchasini shunchaki hech nima boʼlmagandek boshlash qiyin lekin men kuchli boʻlishga vaʼda berganman va albatta uddalayman. Ishonchim komil hali barchasi oʻz iziga tushadi.


Time Skip || 19:35

To‘y xonasi. Juda mukammal koʻrinardi.Oq devorlar bo‘ylab oltin naqshlar jilovi inson koʻzini uza olmaydigan darajada juda goʻzal.. Shiftlardan osilgan qandillar yulduzdek mayin yonib turibdi. Oq dasturxonlar ustidagi gullar uning sevimli guli...Oq atirgullar. Men atayin hammadan kech keldim va kutilganidek hamma yigʻilgan va kelin va kiyov ham oʻz joylarida. Bir birlariga qaragan holda rohib oldida tik turishibdi. Qattiq yutungancha yanada oldimladim. Garchi istamasamda bari bir unga koʻzim tushdi. Bir lahza yuragim tubida nimadir jiz etgandek tuyuldi. Xuddi ich- ichimdan uni yoʻqatayotganimni his qilayotgandekman goʻyo. Chuqur nafas olib oʻz joyimga oʻrnashdim.

Rohibning ovozi xonada jaranglab turardi. So‘zlar aniq, ravon.. Lekin u aytayotgan jumlalar mengacha yetib kelmas, go‘yo quloqlarim eshityapti lekin qalbim buni tushunishni istamayotgandek edi. Shunchaki jim eshitardim.
Ular yonma-yon turishardi. Juda yaqin. Ularning nigohlar. Barchasi men uchun begona. Uzuk taqildi.
Xonani qarsaklar to‘ldirdi. Odamlar o‘rnidan turdi. Tabassumlar, tabriklar, quvonch… Hammasi joyida edi. Faqat men negadir qimirlay olmasdim xatto nafas ham ola olmayotgandek edim.

Birdan barcha chiroqlar oʻchdi. Odamlarning shovqini ham tingandek. Faqat mening qoʻrquvdan koʻksimda xuddi yorilib ketadigandek urayotgan yuragim tovushini eshitilayotgan edi xolos.

Birdan men turgan joy yorishdi faqat men uchun yorugʻlik tushayotgan edi. Nega nima uchun bilmayman. Endi esa butun bir xona yorishdi. Lekin barcha narsa qon. Insonlarning jasadi. Va menga qarshi tomonda Yeona. Uning yuzida xuddi psix insonlardek kulgu va qoʻllari qon bilan boʻyalgan holda turardi. Chap qoʻlidagi toʻpponcha mening vahimamning ortishiga sabab boʻldi. Men u tomon bormoqchi boʻldim lekin xuddi boyagidek qimirlay olmayotgan edim. Yana unga nigohlarimni qaratdim.

Uning yuzidagi kulgu soʻngan va alamli nigohlar kiprik qoqmay menga qadlgan holda toʻpponchani menga qaratdi.
Qattiq yutundim. Toʻpponchadan chiqgan oʻq tovushi butun bir xona aks-sado berdi. Lekin oʻq menga emas boshqa insonga tegdi. Yuragim toʻxtab qolgandek edi. Barchasi tugagandek. Jin ursin*

___

- Taehyung

Yomon tush sababli sochlarim nimiqib yuzimga yopishib qolgan holda uygʻondim. Qoʻllarimni koʻksimda hali ham tinchilana olmay qattiq urayotgan yuragimga olib bordim

Toʻgʻri bu shunchaki tush edi. Lekin juda ogʻriqli. Xuddi nimadandir darak bergandek. Sekinlik bilan qoʻl telefonimni oldim. Soat endi 13:26 ni koʻrsatayotgan edi. Jin ursin* axir u bilan bugun uchrashishga kelishgandim.Va kutilganidek men kech qolishim endi aniq.


Time Skip 14:05

Tinimsiz tomchilayotgan yomgʻirni kuzatayotgan yigit har bir daqiqada qo'lidagi soatga bir necha bor qarab qoʻyishni ham unutmayotgan edi. Uni kutirayotgan qiz ayni damda belgilangan vaqtdan ancha kechikayotgani koʻrinib turardi.

- Kuturib qoʻyganim uchun uzur. - Kutilgan sado yangraganidan yuziga kichik tabassum olib u tomonga qaragan erkak uning hijolatamus yuziga tikilgan koʻyi yanada keng jilmaydi.

- Hali ham eski odadlaring yoqolmagan - yana oʻsha jilmayish va biroz yoʻgʻon ohang.

- Bilaman. - yomgʻirdan biroz nimiqgan sochlarini ortga taragan holda erkak qarshisidagi stulga joylashdi.

- Koʻrshmaganimizga ham 3 yildan oshdi.

- Shunday - tasdiqlagan boʻldi qiz.

Ikki insoning chuqur sukunati va tashqaridagi yomgʻirning kuchli tovushi.

- Akang haqida eshitdim - Qizning sekin va zaif tovushi xuddi erkakga tasalli bermoqchidek. - Afsusdaman. U yaxshi inson edi.

- Ha - xafsalasiz tovush - Uni qasddan oʻldirishdi - biroz gʻazab bilan aytilgan soʻzlar va qaxva idishning qattiq qosilishi.

- Uni topmadingizmi? - noqulaylikni sezdirmaslikga harakat qilgan holda yana soʻroqga tutgan boʻldi qiz.

- Shuning uchun ham bu yerga qaytdim. Uni topish uchun


Ogʻir sukunat. Eski xotiralarning alamli izlari. Akasining oʻlimi Jungwon uchun katta zarba edi. Otasidan soʻng akasi u uchun barchasiga tayyor boʻlgan inson edi. Endi esa uni ham tortib olishdi. Barchasini... Qoʻlidagi surat akasining oʻlimiga va xozirgi axvolga solgan insoning rasmi. Uning butun vujudini bir xis "oʻch olish" xisi butunlay oʻrab olgan.

EPISODE -11 THE END

Reaksiya va fikr qoldirsangiz qoʻlingiz uzilib tushib qolmaydi shunday ekan hech boʻlmaganda yozuvchini qoʻllab quvvatlang.

AUTHOR - NIRE ARDENT
SHAMELESS FANFICS