June 29, 2025

𝑀𝑒

~𝑂'π‘§π‘–π‘š β„Žπ‘Žπ‘žπ‘–π‘šπ‘‘π‘Ž π‘”π‘Žπ‘π‘–π‘Ÿπ‘–π‘ π‘π‘’π‘Ÿπ‘šπ‘œπ‘žπ‘β„Žπ‘–π‘šπ‘Žπ‘›. π»π‘œβ„Žπ‘™π‘Žπ‘ π‘Žπ‘›π‘”π‘–π‘§ 𝑏𝑒𝑛𝑖 π‘œβ„Žπ‘–π‘Ÿπ‘–π‘”π‘Žπ‘β„Žπ‘Ž π‘œ'π‘žπ‘–π‘›π‘”. π»π‘œβ„Žπ‘™π‘Žπ‘šπ‘Žπ‘ π‘Žπ‘›π‘”π‘–π‘§ π‘šπ‘Žπ‘—π‘π‘’π‘Ÿπ‘™π‘Žπ‘šπ‘Žπ‘¦π‘šπ‘Žπ‘›. 𝐡𝑒 π‘˜π‘œ'π‘β„Žπ‘Ž π‘‘π‘–π‘™π‘‘π‘Ž π‘¦π‘œπ‘§π‘–π‘™π‘”π‘Žπ‘›π‘šπ‘Žπ‘›π‘– π‘π‘Žπ‘‘π‘–π‘–π‘¦π‘šπ‘– 𝑏𝑒 π‘šπ‘’π‘›π‘– β„Žπ‘œβ„Žπ‘–π‘ β„Žπ‘–π‘š. π‘„π‘–π‘§π‘–π‘ž π‘π‘œ'π‘™π‘ π‘Ž π‘šπ‘Žπ‘Ÿπ‘₯π‘Žπ‘šπ‘Žπ‘‘~

Bir boshidan gapirib beraman.
Yoshligimda mahallamizda ko'p dugonalarim bo'lardi. Hammasi bilan ahil va inoq edim. Bir kuni mahallamizga yangi qiz keldi uni singlisi ham bor edi. Biz ular bilan har doim urshardik. Men ular bilan o'ynashni hohlamasdim. Menda qanaqadir tuygu bor edi. Yangi kelgan qizni yoqturmas edim. Ammo birga o'ynardik har doim. Yoshligim ajoyib o'tkan hich kimdan kam bo'masdan o'sdim. Aytganim aytgan deganim degan edi. Istagan narsamga erishardim. Hozirgi kungacha ham bor bu narsa.
1-sinfga bordim. Mening eng yaqin dugonalarim ham men bilan birga bir maktabda o'qishar edi. Mening ikkita eng yaqin dugonam bor edi. Bittasi bilan bir sinfda o'qiganman. Ikkinchisi esa boshqa sinfda o'qigan. Kechki vaht hammamiz yana ko'chaga chiqardik, birgalashib o'ynardik. Kunlar shu tariqa o'tgan. Yoshligimda kunlar huddiki sekin o'tganday tuyulgan balki shunday bo'gandir.

Men bu mahallaga 1 yarim 2 yoshimda ko'chib kelganmiz. Boshida ular bilan chiqisha olmas edim. Men uyda o'zimni eng yaxshi ko'rgan kanalimda multfilim tomosha qilar edim. Bu kanal haligacha yoqadi. Ammo hozir ko'ra olmayman. U kanal o'chib ketgan. "Disney" bolaligimni eng ajoyib damlari shu kanal bilan birga o'tgan. Bu kanalda turli xil o'yinchoqlarni reklama qilar edi. Men ularni ko'rib onamga menga ham olib berishini aytardim. Onam hΓ²p deb qo'yardi. Hozir eslasam qanday begubor bolgan ekanman hamda kulgili. Asta sekin katta bo'lib bu narsalar mutloqo yodimdan ham ko'tarilibdi. Ajoyib.

Sekin asta katta bo'ldim. Maktabda ham dugonalarim bo'lar edi. Haligacha bor. Ular boshida 2ta edi. Keyinchalik 3ta bo'ldi. Biz katta bo'ldik 5-sinfga ham o'tdik ular bilan ajralmasdan. Hayolimda biz endi katta qiz bo'lib qolgandik. Maktabda yuqori sinfda ko'p odamlarni ko'rdim. Xar hil voqelar bo'ldi.
Birinchi marta sevgi ishor qilishdi deymanu lekin adashman. 5-sinfimda shunaqangi ko'p bolalar gapirishgan o'zimdan 1,2 yosh katta bo'lsa ham mayli edi... 6 yosh katta edi hammasi. (Hozir bu narsalar men uchun shunchaki kulgili) Esimda qogan sevgi ishorlar: 1- to'garagimda bo'gan edi adashmasam. 2- maktabimni oldida bo'gan. 3- uyga qaytayotganimda.
Esimda borlari.
Oldinlari qanday krinj bo'ganimni eslab kulayapman. Rasmlarimni topib olib rosa kuldim. Mayli mavzudan chetlashmaymiz.
5-sinfim aynan mana shunday bo'lgan. 6-sinfga ham eson omon o'tib olganman. Mahallamda hamma dugonalarim tushdan keyin o'qishardi. Bitta dugonam rus maktabga otib ketgandi. U bilan juda ham yaqin edim. Maktabda bogan hamma voqealarni aytib berardim. Boshida hammasi yaxshi edi... Biroz vaht o'tgan keyin esa bilib qoldim u yolgonchi ekan. Bu narsalar meni galati axvolga soldi. Maktabdagi dugonam ham huddi shunday bolib chiqdi. Men ulardan uzoqlshdim. Salom alik qilar edim. Ammo oldingiday emas. Maktabga bitta ozim ketgim kelmasdi. Γ’sha boshida yoqtirmagan qiz dugonam bilan ketardim. U gapirib ketardi men ham gapirar edim.
2ta dugonam yolgonchi ekan buni bildim. 3-dugonam bilan juda ham yaqin bo'ldim hich kim ajrata olmas edi. U bilan 6-sinf ohirida yaqin bo'ldik. Yoki undan ham oldin. Ammo u hich qysi bir dugonam qilmagan ishni qilib ketdi. Men shunchaki sindim qattiq sindim. Bu ogriq berar edi menga.
Maktabga birga ketadigan dugonam bilan yaqin bo'lishni boshladim. Ammo men qorqar edim bu dugonam ham shunday bolsachi deb. Tavakkal qilishga togri keldi. Bu dugonam bilan yaqin boldik juda ham yaqin. U bilan bir mahallada bitta padezda turar edik. Yoz faslida bir birimizni uyimizga chiqar edik. 7-sinfim ogir Γ²tdi. Hamma yomon kunlarimda Γ²sha dugonam oldimda turdi dalda bΓ²ldi. Men bundan hursand edim. Men 8-sinf bΓ²ldim u esa 9. Bazida birga qaytar edik. Bir kuni birga qaytayotganimizda bir birimizga hazl qib keldik. Hazlning orqasidan bir gap chiqib keldi. Men u gapni eshtib shokka tushdim. Ichimda naxitki yana shunday boldi der edim. Γ’shandan keyin qiz bola qiz bolaga dost bolmasligini tushundim

Ha bu gaplar menga og'ir. Har doim men sodiq bΓ²lman rostgoy bΓ²laman shuni orqasidan esa men qadrli insonlarimni yΓ²qotaman.

7-sinfimda bir bola bilan dostlashdim. U bilan odiy dostlar edik. Meni Γ²sha bir mahallada yashagan dugonam dostlashtirib qoygan edi. Oradan bir ikki oy otgach men uni sevib qoldim. Unga aytdim. Gaz qiz bΓ²ldimda. U parvoyiga ham ilmadi. Biz sevishib gaplashdik men ichinga sigmidigan darajada hursand edim. U bilan hammasi yaxshi ketdi bir ikki haftacha gplashdik. U bur kun dost bob qolishimizni sΓ²radi. Men rozi bΓ²ldim. Lekin ich ichimdan yana singan edim. Hayot ustindan hohlaganicha kular edi. U bilan dost bΓ²lib qoldik. Dekabr oyi ham kelgan edi. U yana gaplashish taklifini berdi. Men boshida yΓ²q, yΓ²q deb inkor qildim. U vada berdi boshqa tashlab ketmayman deb. Men esa ishondim va yana gaplashdim. Bu kunlar hali hamon yodimda. U bilan aylanishga chiqdim 27-dekabr kuni. U bilan aylandim. Bir skameykaga otirdik. Skameykani orqasi ham bor edi. Skameykani suyanadigan joyiga boshimni qoydim va osmonga qarab yotdim. Hayotdan tΓ²ygan odamlarday. U qΓ²lini qΓ²ydi meni boshim ogrimasligi uchun men uni qΓ²liga yotdim. Men osmonva tikilib yotardim u esa menga tikilib qarab turar edi. Biz birga qaytdik u bilan bir domda turar edim. U bilan qaytayotganimda undan arazlab qoldim uyga keguncha unga gapirmadim uyimga kirib telefonimni ochdim. U yozgan edi. Meni sevib qolganini yozgan edi. Men boshida hayron boldim. Hayolimda ming hil savol bor edi. Mayli dedim. Oldin sevmaganini tushundim. U bilan 1-yangi yilimni birga kutib olmoqchi edi. Uni ishlari chiqib qoldi. Mayli dedim. Parvo qilmadim hammada bΓ²b turadi dedim. U bilan sekin sekin yaqin bΓ²ldik. Men baxtli edim. Bazida qattiq hafa bΓ²lar edim. Baxor ham keldi. U bilan har kuni kΓ²rishar edim. U meni har kimim edi. Bazida dugona, mativator, qΓ²shiqchim, hursand qiluvchim, har kimim edi u meni. U korishganimizda meni qatiq bagriga bosar edi. Γ’zimni yengil his qilar edim. Huddiki Γ²z uyimdagiday. Bir ikki marta peshonamdan ham yengilgina Γ²pgan. U men bilan yomon manoda gaplashmasligini har safar aytardi. Bu gaplar rost edi. Uni Γ²sha 3-dugonam bilan tanishtirdim. Boshida yozishmasdi keyinchalik yozishishdi. Men bularga jimgina qarab turar edim. BΓ²layotgan narsalarga biron nima ham deya olmas edim. Men u bola bilan har kuni urshar edim. U bola meni barcha dugonalarimni blokladi. Men sal Γ²zimga keldim. Yoz ham keldi. Yozda biz u bilan ajraldik. Telefonim buzilgani uchun. Ammo u bilan qatiiq urshar edim. Har safar shunday urushganimda mazam bΓ²lmasdi. Nafas ololmadim. Yuragim ogrir edi. U buni bilmas edi. Bu narsalarga etibor bermasdim bosib energetik ichardim balki shunga yuragim ogrigandir. U bilan ora orada gaplashar edim. 8-sinfga ham Γ²tdim. U bilan bir maktabda Γ²qir edik. Biron nima kerak bolib qosa uni oldiga borar edim. Hattoki Γ²rtoqlari bilan turgan bΓ²lsa ham. U bilan bir kuni kΓ²rishib qoldim u menga bir gap aytdi: " Boshqalardan eshtib yomon hayolga borma deb Γ²zim aytayapman. Men bitta qizga gaplashish taklifini verdim u yΓ²q dedi. Biz ikki kun birga qaytdik. Biron kimdan eshtib hafa bΓ²ma deb aytayapman. Men seni sevaman. Γ’rtoqlarim aytgani uchun qigandim"
Men nima qilishni bilmas edim na yiglashni na kulishni. Ichimda dunyolar quladi. Haqiqatdan singan edim. Hich kim qutqara olmas edi bu holatdan men hΓ²p mayli dedim. Meni sevar ekan dedim. Oktyabr keldi. Aniq eskayman men 5-oktyabr kuni socimni kesgan edim. Uzun sochimni. U biron nima dermikan bu holatni korib deb oylagandim. Afsus hech nima demadi. Undan boshqa hamma meni urushdi nega sochingni kesding deb. Ammo bilisaydiki menga farqi yΓ²q ekanligini. Kunlar Γ²tardi u bola menga Γ²shqa qizni ismini aytmagan edi. Faqatgina bizni mahhalladan Γ²tishini aytardi men u qizni topdim ismini aytdim ammo bilmas edimki Γ²zimni Γ²zim tutib bergandim. U bola hattoki u qizni ismini ham bilmagan men Γ²zimni tamon qilgan edim. Hayotimda bu narsalar bilan olishib turganimda maktab ham tugadi kanikul boshlandi.

Kanikulda hayolimda faqatgina bir narsa keldi "otam Γ²lib qosaya yΓ²ge nima diyapman bu narsani hayolingdan chiqaz" yuragim sezgan ekan 8-noyabr kuni otam olamdan Γ²tdi hayotimdagi eng ogriqli kun edi. Bu gapni eshtib rasa yigladim. Biz otamning uyiga bordik janaza kΓ²nglimga hich nima sigmas edi faqat yiglardim. Yaqin dugonamga bu narsani aytdim u menga dalda bΓ²ldi. Dugonam u bolaga bu narsani aytibdi. U bolani yozishini shunaqangi kutdim afsus yozmadi ogir kunimda yonimda bΓ²lmadi. Bunga ham kΓ²nikdim. Sekin sekin axvolim yaxshilndi. U bolnai tugilgan kuni 10-noyabrda edi. Men uni tabrikladim. U shunchaki hammani boshida bor bu kunlar siqilma dedi. Endi nima foydasi bor edi bu gaplarni. Bu orada telefonli bΓ²ldim. Otamni 40 ham chiqdi. Osha kuni yorda bordim yordam berib uyga qaytdim. Sekin sekin unitishni boshladim axvolim yaxshilanardi. 31-dekabr ham keldi. Men yangi yilni u bola bilan kutib olgim kelgandi. Dugonam bilan 23:30 larda chiqdik kΓ²chaga u bolaga Γ²sha vahtdan qilishni boshladim. Soat 23:59gacha tinmasdan qildin afsus u kΓ²tarmadi. Bunga ham kΓ²z yumdim. Yanvar Γ²tdi,fevral Γ²tdi. Martda yana biz birga bΓ²ldik yana hursand bΓ²ldim. Bu hursandchilik uzoqqa chΓ²zilmadi. Biz u bilan yana ajraldik. Meni kerak emas bunday sevgi deganim uchun. Har doim ajralsak men aybdorman bu safar ham huddi shunday bΓ²ldi. Aprel, may men unga bemalol yozardim hohlaganimcha. Iyunda unday bΓ²lmadi. Oldin unga yozishdan qΓ²rqmas edim ammo hozir qΓ²rqaman . Negaligini esa Γ²zim bilmayman. Bularni hammasi 2023 dan boshlanib 2025 yil Γ²z yakuniga yetdi. Taqdir yana uchrashtirsa yana gaplasharmiz.

– Ular birga β€” ammo faqat vaqtinchalik, chunki nur qorongβ€˜ilikda uzoq yashay olmaydi...

Bu gap huddi bizga aytilganday.

Men iyunda juda ham asabiy yomon axvolga keb qoldim. Psixologik test qildirdim va bildimki men depressiyada ekanman. Taxminiy hisob 2-3 oy balki undan ham kΓ²p. Bu narsalar Γ²tib ketadi.

Men otamni juda ham qattiq yaxshi kΓ²rar edim. Yoshligimni kΓ²p qismi ularni uyida Γ²tganigami bilmadim. Men ularni Γ²lganiga haligacha ishona olmayman. Men boshida bu habarni eshtib ular menga hazl qiliayapdi deb Γ²ylaganman. Tushlarimga kirsa Γ²zimga Γ²zim " Bu hafta kΓ²rishga boramiz." Der edim afsus boshqa kora olmayman ularni.

Shu bilan hikoyam hozircha tugadi. Men his qilgan tuyguni hattoki dushmanimga ham ravo kΓ²rmayman ammo bu hisob kitob dunyo. Meni boshimga nima tushsa 3-dugamni boshiga ham tushdi. Yani uni yigiti bilan bir qiz yozishibdi uning yaqin dugonasi. Men bu narsalarni unga ravo kormas edim. Hech kimga ravo kΓ²rmayman.

The end
Davomi albatta bΓ²ladi