Zamonaviylashgan deraza tokchalari
Derazasiz uyni hech tasavvur qilib ko’rganmisiz? Bunday joyda huddi dunyodan uzilib qolganga o’zshaysiz. Ana shundan ham ma’lumki, derazalar honadon intererining bir bo’lagi sanalarkan. Shu bois honadonimizni zamonaviy dizayn asosida bezayotganda deraza tokchalarining ham o’z o’rni va mavqei borligini unutmaslik zarur. Undan nafaqat tashqi olamni tomosha qilish uchun, balki dam olish burchagi sifatida ham foydalanish mumkin ekan.
Kitobsevarlar, tikish, to’qishni hush ko’ruvchilar,ijodiy ish bilan shug’ullanuvchilar uchun yorug’ joy – deraza oldidan yaxshi makon yo’q. buning uchun deraza oldiga qulay divan-banketka qo’yib, tokchadan unumli foydalanish mumkin. Tikish-bichish uchun kerak bo’lgan anjomlar uchun etajerka qo’yish ham maqsadga muvofiq. Deraza oldida ishlashning yana bir tomoni shundaki, ishdan toliqqanda o’tirgan joyingizdan tashqi olamni bemalol tomosha qilasiz.
Choyxo’rlini aynan ko’chada bo’layotgan voqealar guvohligida davom ettirish kimga ma’qul kelmaydi, deysiz? Bir piyola choy ustida oddiygina ob-havo to’gtisidagi suhbat ham deraza yonida kechsa, buni o’zgacha gashti bor. O’zingizga bunday sharoit yaratish uchun bor yo’gi deraza tokchasini kengaytirishingizga to’g’ri keladi. Uyingiz sharoitidan kelib chiqan holda tokchani 1 metrga kengaytiring. Uning ko’rinishi yarim oval shaklida bo’lgani maqsadga muvofiq.
Derazalarning yonidagi devorlar tor va ingichka. Bundan tashqari isitgich batareyalarining ham bu yerga joylashtirilgani doimo noqulaylik tug’diradi. Mazkur devorlardan unumli foydalanish yo’li- unga ochiq javon o’rnatish bo’sa kerak. Bu bilan siz birinchidan, joyni tejaysiz, ikkinchidan, supperrusumli honadon egasiga aylanasiz. Kichik javonni rang-barang buyumlar bilan to’ldirsa bo’ladi.
Xonadagi deraza tokchasi odatdagidan past bo’lsa, unga qo’shimcha supa qurish mumkin. Bu supada choyxo’rlik qilishingiz yoki undan deraza ostidagi keng va yorug’ yotoqxona sifatida foydalanishingiz mumkin.
Sizning ko’p qavatli uydagi xonadoningiz derazasi osma balkonchaga qaragan bo’lsa, nur ustiga a’lo nur. Chunki u yerda qishki va yozgi bog’ni yaratishingiz mumkin. Erker deya ataluvchi bu loyixa uyingizni o’ziga hos bezab, keng va yorug’ ko’rsatadi. Modomiki, derazalarni plastik rom bilan o’zgartirayotgan ekansiz qulay fursatni qo’ldan boy bermang.
bo’ladi.