TOP-20 SPORT turlari Abdulboriy
1 Basketbol (inglizcha: basket; soʻzidan olingan boʻlib, basket — savat, 'ball' — toʻp) har birida beshtadan oʻyinchi ishtirok etadigan jamoaviy sport turidir. Oʻyindan asosiy maqsad — toʻpni qoʻl bilan oʻynagan holda 3.05 m balandlikdagi shitga mustahkamlangan savatga tushirib, imkon qadar koʻproq ochko olish. Jahondagi eng kuchli basketbol ligasi ham Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi (MBA) dir. Liganing nomdor professional basketbolchilari 1992-yilgi Olimpiadadan boshlab AQSH terma jamoasi sharafini yirik musobaqalarda ham himoya qilib kelmoqda. Olimpiada oʻyinlari basketbol turnirida eng koʻp AQSH terma jamoasi gʻolib chiqqan — 12-marta, faqatgina SSSR 2-marta (1972, 1988), Yugoslaviya (1980) va Argentina (2004) Olimpiada chempioni nomini tortib olgan.
2 Futbol (inglizcha: football; foot — „oyoq“, ball — „toʻp“) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad-toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.
Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi .
3 Suvda suzish, sportcha suzish — sport turi, rasmiy belgilangan masofaga muayyan usulda sportcha suzish (erkin tarzda, brass, batterflay usulida, orqa bilan), shuningdek, suv ostida, amaliy, sinxron (badiiy) suzishni oʻz ichiga oladi. Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tasnifiga kura, Suvda suzishga suvga sakrash va suv polosoʻ ham kiradi, Suvda suzish zamonaviy 5 kurashning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Suvda suzish tarixi 15—16-asrlarga toʻgʻri keladi. Suzuvchilarning dastlabki sport musobaqalari 1515-yil Venetsiyada oʻtkazilgan. Ilk suzish maktablari 18-asrning 2-yarmi — 19-asrning boshlarida Germaniya, Avstriya, Fransiyada ochilgan. 19-asr oxirida sunʼiy suv havzalari kurila boshlagach, sportcha suzish ommalashib ketdi. 1890-yil Suvda suzish boʻyicha 1Yevropa chempiona™ oʻtkazildi. Suvda suzish 1896-yildan Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi (ayollar 1912-yildan qatnashadi). Xalqaro havaskorlar suzish federatsiyasi (FINA, 1908-yil asos solingan)ga 130 dan ortiq mamlakat milliy federatsiyalari aʼzo.
4 Karate (空手) (/kəˈrɑːti/; Japanese pronunciation: [kaɾate] ⓘ; Okinawan pronunciation: [kaɽati]), also karate-do (空手道, Karate-dō), is a martial art developed in the Ryukyu Kingdom. It developed from the indigenous Ryukyuan martial arts (called te (手), "hand"; tī in Okinawan) under the influence of Chinese martial arts.[1][2] While modern karate is primarily a striking art that uses punches and kicks, traditional karate training also employs throwing and joint locking techniques.[3] A karate practitioner is called a karate-ka (空手家).
Beginning in the 1300s, early Chinese martial artists brought their techniques to Okinawa. Despite the Ryukyu Kingdom being turned into a puppet state by Japanese samurai in 1609, after the Invasion of Ryukyu, its cultural ties to China remained strong.[4] Since Okinawans were banned from carrying swords under samurai rule, groups of young aristocrats created unarmed combat methods as a form of resistance, combining Chinese and local styles of martial arts.[4] Training emphasized self-discipline.[4] This blend of martial arts became known as kara-te 唐手, which translates to "Chinese hand." Initially, there were no uniforms, colored belts, ranking systems, or standardized styles.[4] Many elements essential to modern karate were actually incorporated a century ago.[4]
5 Xokkey (inglizcha: hockey) — sport oʻyini. Darvozalar oʻrnatilgan maxsus maydoncha (sahn)da klyushka va toʻp (shayba) bilan jamoa boʻlib oʻynaladi. Oʻyinchilar tomonidan raqib darvozasiga koʻproq toʻp (shayba) kiritish maqsad qilib qoʻyiladi. Xokkeyning 3 ta asosiy turi bor: chim ustida Xokkey, muz ustida oʻynaladigan toʻpli Xokkey, shaybali Xokkey
Chim ustida Xokkey maydonining oʻlchami 91,4x55 m, klyushkasining ogirligi 652—794 g, toʻpining ogʻirligi 156—163 g, oʻyin vaqti 90 min. (45 min.dan 2 boʻlim). Musobaqalashayotgan 2 jamoada 11 tadan oʻyinchi qatnashadi. Chim ustida Xokkeyga oʻxshash oʻyinlar mil.dan 2 ming yil avval ham Misr, Yunoniston, Oʻrta Osiyo va boshqa joylarda mavjud boʻlgan. Oʻrta Osiyoda chorvadorlar oʻrtasida avval tosh bilan oʻynaladigan podachi, keyinroq ot minib oʻynaladigan chavgon ommalashgan. Chavgon Boburiylar saltanati davrida Hindistonda keng tarqalgan. 19-asr ning 2-yarmida Buyuk Britaniyada chim ustida Xokkey klublari tuzildi. 1875 yilda London Xokkey uyushmasi tomonidan chim ustida Xokkeyning zamonaviy oʻyin qoidalari ishlab chiqildi. Bu qoida 1907 yilda tasdiklandi. Chim ustida Xokkeyning erkaklar musobaqasi 1908 yildan, ayollar musobaqasi 1920 yildan olimpiada dasturiga kiritilgan. 1924 yilda Xalqaro Xokkey federatsiyasi (FIH) tashkil etilgan, unga 120 davlat aʼzo (2003). Bu federatsiya 1970 yildan erkaklar oʻrtasida, 1973 yildan ayollar oʻrtasida jahon chempionatlari oʻtkazadi. Chim ustida Xokkey Hindiston, Pokiston, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gollandiyada rivojlangan.
6 Bowling is a target sport and recreational activity in which a player rolls a ball toward pins (in pin bowling) or another target (in target bowling). The term bowling usually refers to pin bowling, most commonly ten-pin bowling, though in the United Kingdom and Commonwealth countries, bowling may also refer to target bowling, such as lawn bowls. Bowling is played by 120 million people in more than 90 countries, including 70 million people in the United States alone.[1]
In pin bowling, the goal is to knock over pins on a long playing surface known as a lane. Lanes have a wood or synthetic surface onto which protective lubricating oil is applied in different specified oil patterns that affect ball motion. A strike is achieved when all the pins are knocked down on the first roll, and a spare is achieved if all the pins are knocked over on a second roll. Common types of pin bowling include ten-pin, candlepin, duckpin, nine-pin, and five-pin. The historical game skittles is the forerunner of modern pin bowling.
In target bowling, the aim is usually to get the ball as close to a mark as possible. The surface in target bowling may be grass, gravel, or synthetic.[2] Lawn bowls, bocce, carpet bowls, pétanque, and boules may have both indoor and outdoor varieties. Curling is also related to bowling.
7 Regbi (Angliyaning Regbi shaharchasi nomidan) — sport oʻyini. Ikki jamoa (har biri 15 kishidan) uzunligi 27—29 sm boʻlgan tuxumsimon shakldagi toʻp bilan Nsimon darvozali maxsus maydonchada (kattaligi 95—100x65—68 m) oʻynaydi. Oʻyin (40 daqiqadan 2 taym davom etadi)dan maqsad — toʻpni bir-biriga qoʻlda (orqaga) yoki oyoqda (xohlagan yoʻnalishda) oshirib, uni raqib maydonidagi darvoza chizigʻi orqasiga tushirish yoki darvozaga kiritishdan iborat. Raqibni ushlab yoki yelka bilan turtib yiqitib, unga xalaqit berish mumkin. Oʻyin qoidasi buzilganda „olishuv“ — toʻp talashish belgilanadi. Koʻp ochko toʻplagan jamoa (toʻpni yerga tegizish — 4 ochko, toʻpni darvozaga kiritish — 3 yoki 2 ochko) yutgan hisoblanadi. Bu oʻyin Qad. Xitoy va Qadimgi Rimda tarqalgan. Zamonaviy regbi oʻyini 1823-yilda Angliyada paydo boʻldi. 1888-yilda regbi boʻyicha xalqaro musobaqa oʻtkazildi. 1900, 1908, 1920, 1924-yilda regbi Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi. Regbi Xalqaro havaskorlar federatsiyasi FLRA (1934-yil tuzilgan) ga 40 dan ortiq mamlakat aʼzo. 1960-yildan FLRA Kubogi (norasmiy jahon chempionati) oʻtkaziladi.
8 Boks (ingl. boxing, box — «urish» soʻzidan) sportning yakkakurash turlaridan biridir.
Boks (ing. box — mushtlash, zarb) — sport turi, ikki raqibning sirti charm, ichi yumshoq qoplamali qoʻlqoplarda qoida asosida yakkamayakka mushtlashish musobaqasi. boks tarixi miloddan avvalgi davrda Misr va Bobilda uyushtirilgan yakkamayakka mushtlashish musobaqalariga borib taqaladi. Yunoniston qad. Olimpiya oʻyinlari dasturida ham shunday musobaqalar boʻlgan. Zamonaviy boks vatani Angliyadir (XVI-XVII asrlar). boksning dastlabki qoidalari shu mamlakatda qabul qilingan (1867). Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasiga (AIBA; 1946-yil asos solingan) 160 mamlakat aʼzo (1999). boks 1904-yildan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan, 1974-yildan jahon chempionati, 1979-yildan Jahon kubogi musobaqalari oʻtkazib kelinadi.
boks musobaqasi arqonlar bilan oʻralgan 6x6 m oʻlchamli ring (supa)da oʻtkaziladi. bokschilar ogʻirligi 270 g (10 unsiya) qoʻlqoplardan foydalanishadi. Musobaqa 2 min. (daqiqa)dan 4 raund (boʻlim) davom etadi. Raundlar orasida 1 daqiqadan tanaffus beriladi. Musobaqa vaqtida raqib yiqilganda, hakam kurashni toʻxtatgandan keyin, shuningdek beldan pastga, bosh tananing orqa qismiga zarb berish mumkin emas. Ringdagi hakam (referi) musobaqani boshqaradi, ring atrofidagi 5 nafar hakam berilgan aniq zarblarni hisoblab boradi. Natijada koʻp ochko (xol) toʻplagan bokschi gʻolib deb topiladi. Zarb taʼsirida garangsiragan (nokdaun) holatga tushgan bokschining oʻziga kelishi uchun referi kurashni vaqtincha toʻxtatadi va hisob ochadi. 10 srch. (soniya) vaqt ichida u kurashga tayyor ekanini bildirmasa referi uni nokaut boʻlgan (yengilgan) deb hisoblaydi. Tomonlardan biri raqibini nokaut qilsa, ochkolar farqini 15 taga yetkazsa, shuningdek bir tomon yengil ganini tan olsa (murabbiyi arqonga sochiqtashlasa), referi tomonidan chetlatilsa, zarb taʼsirida tanasining jarohatlangan joyidan qon oqishi kamaymasa (tibbiyot xodimi xulosasiga koʻra) kurash muddatidan oddin toʻxtatiladi va ikkinchi tomon gʻolib sanaladi.
9 Stol tennisi yoki Ping-pong – kichik koptok va raketkalar bilan stolda oʻynaladigan sport oʻyini. Sharqiy Osiyoda paydo boʻlgan. 20-asrning 20y.laridan koʻp mamlakatlarga tarqalgan. Dastlab „pingpong“ (fransuzcha: pingpong— koptokning raketka va stolga urilishida chiqadigan ovoz) deb atalgan. Stol tennisi uchun, odatda, stol oʻlchami 152,5x274,3 sm; balandligi. 76 sm; to'ri 183x 15,25 sm boʻladi. Yogʻoch raketkaning yuziga rezina plastina qoplanadi. Koptok oq plastikadan yasaladi, diametri 37,2—38,2 mm, ogʻirligi 2,4—2,53 g. Oʻyin maydonchasining oʻlchami 6—7 x 12–14 m. Rasmiy musobaqalar sport zallarida oʻtkaziladi: erkaklar va ayollar – jamoa boʻlib, yakka holda va juftlikda hamda aralash juftlikda musobaqalashadilar. Oʻyin 3 yoki 5 partiyadan oʻynaladi. Oʻyinchilardan biri 11 ochko toʻplasa, u gʻolib hisoblanadi. Agar hisob 10:10 boʻlib qolsa, unda oʻyinchilardan biri 2 ochko ortiq toʻplaguncha oʻyin davom ettiriladi. Stol tennisi Xalqaro federatsiyasi (ITTF, 1926-yil tashkil etilgan) 130 dan ortiq milliy federatsiyani birlashtiradi. 1926-yildan har 2 yilda jahon birinchiligi oʻtkaziladi, 1988-yildan Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan[1]
Oʻzbekistonda Stol tennisi keng ommalashgan. Oʻzbekiston chempionati va kubogi musobaqalari muntazam oʻtkazib turiladi. Oʻzbekiston Stol tennisi federatsiyasi 1993-yil ITTFga aʼzo boʻlib kirgan. Oʻzbekistonlik Manzura Inoyatova, Saida Burhonxoʻjayeva, Svetlana Geta jahon chempionatida (Doxa sh., Qatar, 2004-yil mart) 1oʻrinni olib, oltin medallar bilan taqdirlanishdi. Ular bilan birga Nodira Burhonxoʻjayeva, Madina Ayupova ham bir qancha xalqaro turnirlarda gʻolib boʻlishgan.
10 Velosiped, shuningdek, velosiped yoki velosiped deb ataladigan ikki gʻildirakli velosipedda yurish, transport, dam olish, mashq qilish yoki sport uchun velosipedlardan foydalanishdir[1]. Velosiped haydash bilan shugʻullanadigan odamlar „velosipedchilar“[2] deb nomlanadi[3]. Ikki gʻildirakli velosipedlardan tashqari, „velosiped“ bir gʻildirakli velosiped, uch gʻildirakli velosiped, kvadrisikl, yotgan va shunga oʻxshash odam boshqaradigan transport vositalarini (HPVs) haydashni ham oʻz ichiga oladi.
Velosipedlar 19-asrda paydo boʻlgan va hozirda ularning soni butun dunyo boʻylab bir milliardga yaqin[4]. Ular dunyoning koʻp joylarida, ayniqsa, aholi zich joylashgan Yevropa shaharlarida asosiy transport vositasidir[5].
Velosport keng tarqalgan samarali va samarali transport usuli[6][7]. qisqa va oʻrtacha masofalar uchun optimal hisoblanadi.
Velosipedlar avtotransport vositalariga nisbatan koʻplab mumkin boʻlgan afzalliklarni beradi, shu jumladan velosiped haydash bilan bogʻliq doimiy jismoniy mashqlar, qulayroq toʻxtash, manevr qobiliyatini oshirish, yoʻllarga, velosiped yoʻllariga va qishloq yoʻllariga kirish. Velosiped, shuningdek, qazib olinadigan yoqilg'i sarfini kamaytiradi, havo va shovqinni kamroq ifloslantiradi, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytiradi[8]. va tirbandlikni sezilarli darajada kamaytiradi[9]. Ular foydalanuvchilar uchun ham, umuman jamiyat uchun ham kamroq moliyaviy xarajatlarga ega (yoʻllarga arzimas zarar, kamroq yoʻl maydoni talab qilinadi). Avtobuslarning old qismiga velosiped tokchalarini oʻrnatish orqali tranzit agentliklari xizmat koʻrsatish joylarini sezilarli darajada oshirishlari mumkin[10].
11 Kurash – oʻzbek milliy sport turi. Belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kurash, ayniqsa, Yunonistonda keng tarqalib, qadimgi olimpiyada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan. Milliy kurashning xilma-xil koʻrinishlari Gretsiya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Eron, Afgʻoniston, Rossiya, Oʻzbekiston, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozogʻiston va boshqa mamlakatlarda mavjud. Zamonaviy sport kurashining asosiy qoidalari XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida Yevropaning bir necha mamlakatlarida ishlab chiqildi. 1912-yil Xalqaro havaskorlar kurash federatsiyasi (FILA) tuzildi (hozir unga 144 mamlakat, Oʻzbekiston 1993-yildan aʼzo). Xalqaro maydonda sport kurashining yunon-rum kurashi, erkin kurash, dzyudo, sambo va boshqa turlari keng tarqalgan. Keyingi yillarda oʻzbek kurashi ham alohida kurash turi sifatida dunyo miqyosida tan olina boshlandi. Kurash insonni kuchli, epchil, chidamli va irodali qilib tarbiyalash vositalaridan biri hisoblanadi. Shifokorlar nazorati ostida 12 yoshdan kurash bilan shugʻullanishga ruxsat etiladi. Kurash azaldan oʻzbek turmush tarzining uzviy qismi boʻlganligini arxeologik topilmalar, tarixiy qoʻlyozmalar tasdiqlaydi. Qadimgi Baqtriya (Oʻzbekiston janubi) hududidan topilgan jez davriga oid silindrsimon sopol idishda ikki polvon va ulardan biri ikkinchisini chalayotgani tasvirlangan. Shu davrga mansub boshqa arxeologik topilmada esa polvonlarning Kurash usullarini namoyish qilayotgani aks ettirilgan. Bu noyob topilmalar miloddan 1,5 ming yil ilgari ham kurash ajdodlarimiz turmush tarzining bir qismi boʻlganidan dalolat beradi.
12 Serfing is a surface water sport in which an individual, a surfer (or two in tandem surfing), uses a board to ride on the forward section, or face, of a moving wave of water, which usually carries the surfer towards the shore. Waves suitable for surfing are primarily found on ocean shores, but can also be found as standing waves in the open ocean, in lakes, in rivers in the form of a tidal bore, or wave pools.
The term surfing refers to a person riding a wave using a board, regardless of the stance. There are several types of boards. The Moche of Peru would often surf on reed craft, while the native peoples of the Pacific surfed waves on alaia, paipo, and other such water craft. Ancient cultures often surfed on their belly and knees, while the modern-day definition of surfing most often refers to a surfer riding a wave standing on a surfboard; this is also referred to as stand-up surfing.
13 Changʻi sporti — qishki sport turi. Unga changʻi poygasi, tramplindan sakrash, ikki kurash (poyga va sakrash), togʻ changʻi sporti va biatlon kiradi. Changʻi sporti Norvegiyada sport turi sifatida shakllandi. 1767-yilda shu mamlakatda harbiy xizmatchilar oʻrtasida ilk musobaqa oʻtkazildi, 1843-yildan esa ommaviy musobaqalar tashkil qilina boshladi. Keyinroq changʻi sporti Yevropaning boshqa davlatlarida ham ommalashdi. 1910-yilda Xalqaro changʻi sporti komissiyasi tuzildi va changʻi sportining qoidalari tasdiqlandi. Bu komissiya 1924-yilda Xalqaro Changʻi sporti federatsiyasi (FlS)ra aylantirildi. Hozirgi kunda bu federatsiyaga 100 dan ziyod davlat (Oʻzbekiston 1993-yildan) aʼzo (2004). Changʻi sporti 1924-yildan olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi, 1925-yildan (1937-yildan ikki yilda bir marta) jahon chempionati oʻtkaziladi. Oʻzbekistonda XX-asrning 70-yillaridan boshlab Changʻi sportining, asosan, togʻ sporti turini rivojlantirishga kirishildi. Respublikada 300 dan ziyod kishi Changʻi sporti bilan shugullanadi. 2 ta changʻi sportiga ixtisoslashgan sport maktabida 17 murabbiy 196 nafar bolalaroʻsmirlarga changʻi sportidan saboq berishadi (2004). Aka-singil Komil va Elmira Oʻrinboyevalar, Vladimir Yunusov kabi yetakchi changʻichilar nufuzli musobaqalarning ishtirokchilaridir.
14 Kriket boʻyicha Jahon kubogi bir kunlik xalqaro kriket boʻyicha xalqaro chempionatdir. Tadbir sportning boshqaruv organi, Xalqaro Kriket Kengashi tomonidan har toʻrt yilda bir marta, final turnirigacha boʻlgan dastlabki saralash bosqichlari bilan tashkil etiladi. Turnir dunyodagi eng koʻp tomosha qilingan sport tadbirlaridan biri boʻlib, Xalqaro Kriket Kengashi tomonidan „Xalqaro Kriket taqvimining eng muhim voqeasi“ deb sanaladi.
Birinchi Jahon kubogi 1975-yil iyun oyida Angliyada tashkil etilgan, birinchi Xalqaro Kriket Kengashi kriket oʻyinini toʻrt yil oldin oʻtkazilgan, biroq birinchi erkaklar turniridan ikki yil oldin ayollar oʻrtasidagi kriket boʻyicha alohida Jahon kubogi oʻtkazilgan va bir nechta xalqaro jamoalar ishtirokidagi turnir 1912-yilda Avstraliya, Angliya va Janubiy Afrika oʻrtasida sinov oʻyinlari boʻyicha uchburchak turniri sifatida oʻtkazilgan. Dastlabki uchta jahon chempionati Angliyada boʻlib oʻtdi. 1987-yildan boshlab, mezbonlik norasmiy rotatsiya tizimi boʻyicha mamlakatlar oʻrtasida taqsimlandi, oʻn toʻrt Xalqaro Kriket Kengashi aʼzolari turnirda kamida bitta oʻyin tashkil qilgan.
Joriy format saralash bosqichini oʻz ichiga oladi, qaysi jamoalar turnir bosqichiga saralanishini aniqlash uchun uch yil davomida saralash boʻladi. Turnir bosqichida 10 ta jamoa, shu jumladan, avtomatik saralash, taxminan bir oy davomida, mezbon mamlakat ichidagi maydonlarda chempionlik uchun kurashadi. 2027-yilgi nashrda format kengaytirilgan 14 jamoali final musobaqasini hisobga olish uchun oʻzgartirilishi mumkin.
15 Formula Bir (koʻroq Formula 1 yoki F1 nomi bilan tanilgan) – Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) tomonidan ruxsat etilgan ochiq, bir oʻrindiqli poyga avtomobillari uchun xalqaro poygalarning eng yuqori sinfi. FIA Formula 1 boʻyicha jahon chempionati 1950 yilda boshlangan mavsumdan buyon butun dunyo boʻylab poyganing asosiy turlaridan biri boʻlib kelgan. Nomdagi formula soʻzi barcha ishtirokchilarning avtomobillari mos kelishi kerak boʻlgan qoidalar toʻplamini anglatadi[1]. Formula 1 mavsumi Grand Pri deb nomlanuvchi bir qator poygalardan iborat. Gran-prilar dunyoning koʻplab mamlakatlari va qitʼalarida maxsus qurilgan yoʻllarda yoki yopiq jamoat yoʻllarida boʻlib oʻtadi.
Yillik ikki jahon chempionatlarini aniqlash uchun Gran-prida ball tizimi qoʻllanadi: biri haydovchilar uchun, ikkinchisi esa konstruktorlar uchun . Har bir haydovchida haqiqiy Super Litsenziya boʻlishi kerak, bu FIA tomonidan berilgan eng yuqori poyga litsenziyasi [2] va poygalar FIA tomonidan treklar uchun berilgan eng yuqori reyting boʻlgan „1“ treklarda oʻtkazilishi kerak.
Suvga choʻkish — baxtsiz hodisa. Bunda nafas yoʻllari suyuklik (odatda, suv) yoki suyuq massalar (balchiq, loy) bilan toʻlishi natijasida nafas va yurak faoliyati qattiq buziladi. Suvga choʻkish, odatda, katta suv havzalarida choʻmilganda yoki biror sababga koʻra sodir boʻladi.
Yaxshi suzadigan odam ham (suvda choʻmilish qoidalariga rioya qilmasa va ehtiyot choralarini koʻrmasa) choʻkib ketishi mumkin. Uzoq masofaga suzib charchash, shuningdek, kalla tashlaganda shikastlanish (boshning toshga yoki biror qattiq narsaga urilib ketishi) Suvga choʻkishga sabab boʻladi. Kalla tashlagan odam (kalla tashlash texnikasini bilmasa) suv yuzasiga urilib ketishi tufayli boʻyin, koʻz, biqin sohasiga zarb yetkazadi, bu esa hushdan ketishga olib keladi. Boshning havza tubiga urilishi boʻyin umurtqalarining sinib ketishi xavfini tugʻdiradi. Mastlik ham Suvga choʻkishga sabab boʻlishi mumkin, mayet odam oʻzini idora qilolmay, choʻmilish qoidasini buzadi. Bundan tashqari, u sovuqni yomon sezganligi uchun sovqotib, hushdan ketishi mumkin. Oftobda qizib turib, birdan suvga tushish natijasida harorat keskin oʻzgarganda, meʼda ovqatga toʻlib ketib, ovqat hazm boʻlishi tezlashganda, suvga birdan tushib qoʻrqqanda ham kishining hushdan ketishi kuzatiladi.
Beysbol (inglizcha: baseball, base - "baza", ball - "toʻp") bita va beysbol toʻpi bilan jamoa boʻlib oʻynaladigan sport turidir. Oʻyindan maqsad raqib jamoa oʻyinchisi (pitcher) uloqtirgan koptokni bita bilan urib qaytarish va koptok raqib jamoa qoʻliga tushguncha 4 ta bazaga tegib, 90 fut (27,4 metr) masofani aylanib chiqishdir.
Beysbol (inglizcha baseball) — koptok va tayoqcha bilan oʻynaladigan sport oʻyini, chillak oʻyinini eslatadi. Har biri 9 (Shimoliy Amerika beysbolida) yoki I (Uels beysbolida) kishidan iborat 2 jamoa 175 x 125 m kattaliqdagi maydonda koptokni chillak bilan oʻynab, ustunlikka eri-shishga harakat etadi. Beysbol vatani — Angliya boʻlib, hozirgi oʻyin qoidalari 1845-yildan beri amal qiladi. Xalqaro Beysbol Federatsiyasi 1921-yilda tashkil etilgan, unga 71 mamlakat aʼzo (1991). Beysbol boʻyicha jahon chempionligi musobaqalari 1938-yildan buyon oʻtkaziladi, 1992-yildan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kirdi[1].
18 MMA („aralash jang sanʼati“ yoki "aralash yakkakurash"), turli jang saʼnati texnikalarini oʻz ichiga umumlashtirgan sport turi hisoblanadi. Boshqa jang sanʼatlaridan farqli oʻlaroq, MMAda jang qoidalari qoʻl va oyoq zarbalari, kurash va ogʻritish usularini oʻz ichiga oladi. MMAda janglar odatda 3-5 raundlar orasida 1 daqiqa tanaffus bilan, va har bir raund 5 daqiqa davom etadi. MMA atamasi ilk bor aralash sport turlari hakami, sobiq politsiya hodimi boʻlgan Jon Makkarti tomonidan qoʻllangan[1] va keyinchalik UFC, PRIDE va boshqa MMA tashkilotlari tomonidan qoʻllanish boshlangan.
19 Amerika futboli (AQSh va Kanadada gridiron nomi bilan tanilgan), jamoalar yassi to‘p bilan o‘ynaydigan sport turi. Regbiga o‘xshaydi. Dastlabki musobaqa Amerika Qoʻshma Shtatlarida 1874-yilda o‘tkazilgan. O‘yinchilar yuziga niqob tutib, yelka, ko‘krak va butun gavdani himoya qiluvchi moslamalar kiyib harakat qiladilar. Raqibni to‘xtatish, uni chim ustiga bosib, yo‘lini to‘sish uchun deyarli barcha usullarni qo‘llashga ruxsat beriladi.
20 Badminton (Angliyaning Badminton shahri nomidan) — patli koptok (volan)ni raketka bilan urib oʻynaladigan tennisga oʻxshash sport oʻyini. Oʻyin toʻrtburchakli maydonchada (yakkama-yakka uchrashuvlarda maydoncha oʻlchovi 13,4x5,2 m va juftli oʻyinlarda 13,4x6,1 m) 1,55 m balandlikda tortilgan toʻrda oʻtkaziladi. Oʻyinda raqib urgan koptokchani yerga tushirmay unga qaytarish muhimdir. 15 xol (ayollar va bolalar 11 xol) gacha sanaladi. 3 yoki 5 qur oʻynaladi. Xol 0 va juft boʻlganda koptokcha oʻngdan, toq boʻlganda chapdan uriladi. Juftli oʻyinlarda oʻng tomondan boshlanib, har xoldan keyin oʻyinchilar sherigi bilan oʻrin almashtiradi. B. qadimgi Malayyada vujudga kelgan, keyinchalik Osiyodagi boshqa mamlakatlarga tarqalgan. 19-asr 70-yillarida Angliyada rasm boʻlib, oʻyin qoidalari ishlab chiqilgach Yevropaning boshqa mamlakatlariga ham yoyildi. Xalqaro badminton federatsiyasi (IBF) 1934-yil tashkil topdi, unga 80 dan ortiq mamlakat aʼzo (1991). 1977-yildan jahon birinchiligi oʻtkazib kelinadi. 1992-yildan Olimpiya oʻyinlari dasturidan joy oldi. Erkaklar uchun Tomas kubogi (1947-yildan), ayollar uchun Uber kubogi (1955-yildan) eng yirik xalqaro musobaqalar, Angliyaning ochiq birinchiligi (Uimbldon turniri) esa norasmiy jahon chempionata hisoblanadi. B. Oʻzbekistonda 50-yillardan rivojlana boshladi.