TOP 20 SPORT TURLARI (SARVINOZ 9-A)
Malumot: Ko'p turdagi to'lqinlar va bemaqsadlar mavjud. To'lqinlar turli yo'nalishlarda va turli xil sabablarga ko'ra turli yo'nalishlarda sinadi. Shamol va shamol yo'nalishi hamda quyi kontur barcha o'zgaruvchanlikni sfera to'lqini bo'lgan murakkablikka teng bo'lgan nuanced formula bilan ta'minlaydi.
Okeanning katta sirt maydoniga (yoki katta hajmdagi suvga) zarba beradigan shamollar suvni kichik kontsentrlangan doiralarda suyuqlikka solib, suvga shikast etkazadi.
Bu shtammlar shamolni katta va katta qilib olgani uchun, ular shiddat bilan ko'proq yuguradigan kichik suzib yurishadi. Shamol esib o'tadigan maydonning davomiyligi, tezligi va kattaligi to'lqinlarning murakkab tuzilish jarayonini hosil qiladi, lekin ular qirg'oqqa yaqinlashganda, narsalar bundan ham qiziqroq bo'ladi.
Malumot:Qishki sport turi. Unga chang'i poygasi, tramplindan sakrash, ikki kurash (poyga va sakrash), togʻ changʻi sporti va biatlon kiradi. Changʻi sporti Norvegiyada sport turi sifatida shakllandi. 1767-yilda shu mamlakatda harbiy xizmatchilar oʻrtasida ilk musobaqa oʻtkazildi, 1843-yildan esa ommaviy musobaqalar tashkil qilina boshladi. Keyinroq changʻi sporti Yevropaning boshqa davlatlarida ham ommalashdi. 1910-yilda Xalqaro changʻi sporti komissiyasi tuzildi va changʻi sportining qoidalari tasdiqlandi. Bu komissiya 1924-yilda Xalqaro Changʻi sporti federatsiyasi (FlS)ra aylantirildi. Hozirgi kunda bu federatsiyaga 100 dan ziyod davlat (Oʻzbekiston 1993-yildan) aʼzo (2004). Changʻi sporti 1924-yildan olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi, 1925-yildan (1937-yildan ikki yilda bir marta) jahon chempionati oʻtkaziladi. Oʻzbekistonda XX-asrning 70-yillaridan boshlab Changʻi sportining, asosan, togʻ sporti turini rivojlantirishga kirishildi. Respublikada 300 dan ziyod kishi Changʻi sporti bilan shugullanadi. 2 ta changʻi sportiga ixtisoslashgan sport maktabida 17 murabbiy 196 nafar bolalaroʻsmirlarga changʻi sportidan saboq berishadi (2004). Aka-singil Komil va Elmira Oʻrinboyevalar, Vladimir Yunusov kabi yetakchi changʻichilar nufuzli musobaqalarning ishtirokchilaridir.
Malumot:Erkin kurash - (inglizcha: freestyle wrestling, fransuzcha: lutte libre) yakkakurash sport turlaridan biri. Ikki sportchining bir nechta sport usullari orqali bajaradigan harakatlari orqali bahslashiladi. Yunon-rum kurashidan farqli oʻlaroq bu sport turida sportchini oyoqlaridan ushlab usul qoʻllash mumkin. Erkin kurash zamonaviy Olimpiada Oʻyinlari start olgan 1896-yildan buyon dasturda boʻlib kelgan. Erkin kurash — sport turi, ikki kishi (sportchi)ning belgilangan qoidalar asosida gʻoliblik uchun olishuvi. Erkin kurash musobaqalari diametri 9 m (yoki oʻlchami 12x12 m) sport maydonida oʻtkaziladi. Erkaklar 55, 60, 66, 74, 85, 97 va 120 kg, ayollar 48, 52, 57, 63, 70, 78 va 78 kg dan ziyod vazn toifalarida kurashadilar. Musobaqalashish vaqti 2 minutdan 3 davra, davralar orasidagi tanaffus 30 sekunddan. Erkin kurashda siltab tortish, qayirib va aylantirib tashlashga, oyoq qismidan ushlab usullar bajarishga ruxsat etiladi. Bajarilgan usullar 5 (sof gʻalaba), 4 (texnik ustunlik yoki chetlatish), 3, 1 ochko bilan baholanadi. Gʻolib toʻplagan ochkolariga koʻra aniqlanadi.