Top 20-sport mashg'ulotlari
20-beysbol
Beysbol (inglizcha baseball) — koptok va tayoqcha bilan oʻynaladigan sport oʻyini, chillak oʻyinini eslatadi. Har biri 9 (Shimoliy Amerika beysbolida) yoki I (Uels beysbolida) kishidan iborat 2 jamoa 175 x 125 m kattaliqdagi maydonda koptokni chillak bilan oʻynab, ustunlikka eri-shishga harakat etadi.
19-Serfing
Syorfing – suv sport turlaridan biri boʻlib, unda bir kishi, syorfchi syorfing taxtasida suv toʻlqini boʻylab oldinga yoki yuzasiga qarab tik oyoqda harakatlanib boradi. Odatda syorfing uchun toʻlqinlar hajmi va yoʻnalishiga koʻra, syorfing taxtalari esa shakli va oʻlchamiga koʻra bir necha turga ajratiladi. Bugungi kunga kelib, syorfing bilan shugʻullanish uchun nafaqat dengiz qirgʻoqlaridagi tabiiy toʻlqinlardan, balki yopiq, sunʼiy havzalardan ham foydalanish mumkin.
18-Chang'i
Changʻi sporti — qishki sport turi. Unga changʻi poygasi, tramplindan sakrash, ikki kurash (poyga va sakrash), togʻ changʻi sporti va biatlon kiradi. Changʻi sporti Norvegiyada sport turi sifatida shakllandi. 1767-yilda shu mamlakatda harbiy xizmatchilar oʻrtasida ilk musobaqa oʻtkazildi, 1843-yildan esa ommaviy musobaqalar tashkil qilina boshladi. Keyinroq changʻi sporti Yevropaning boshqa davlatlarida ham ommalashdi. 1910-yilda Xalqaro changʻi sporti komissiyasi tuzildi va changʻi sportining qoidalari tasdiqlandi. Bu komissiya 1924-yilda Xalqaro Changʻi sporti federatsiyasi (FlS)ra aylantirildi.
17-Kurash
Kurash – oʻzbek milliy sport turi. Belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum.
16-MMA (Aralash jang san'ati)
MMA („aralash jang sanʼati“ yoki "aralash yakkakurash"), turli jang saʼnati texnikalarini oʻz ichiga umumlashtirgan sport turi hisoblanadi. Boshqa jang sanʼatlaridan farqli oʻlaroq, MMAda jang qoidalari qoʻl va oyoq zarbalari, kurash va ogʻritish usularini oʻz ichiga oladi.
15-Velosiped
Velosiped, shuningdek, velosiped yoki velosiped deb ataladigan ikki gʻildirakli velosipedda yurish, transport, dam olish, mashq qilish yoki sport uchun velosipedlardan foydalanishdir[1]. Velosiped haydash bilan shugʻullanadigan odamlar „velosipedchilar“[2] deb nomlanadi[3]. Ikki gʻildirakli velosipedlardan tashqari, „velosiped“ bir gʻildirakli velosiped, uch gʻildirakli velosiped, kvadrisikl, yotgan va shunga oʻxshash odam boshqaradigan transport vositalarini (HPVs) haydashni ham oʻz ichiga oladi.
14-Formula 1
Formula Bir (koʻroq Formula 1 yoki F1 nomi bilan tanilgan) – Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) tomonidan ruxsat etilgan ochiq, bir oʻrindiqli poyga avtomobillari uchun xalqaro poygalarning eng yuqori sinfi. FIA Formula 1 boʻyicha jahon chempionati 1950 yilda boshlangan mavsumdan buyon butun dunyo boʻylab poyganing asosiy turlaridan biri boʻlib kelgan. Nomdagi formula soʻzi barcha ishtirokchilarning avtomobillari mos kelishi kerak boʻlgan qoidalar toʻplamini anglatadi[1]. Formula 1 mavsumi Grand Pri deb nomlanuvchi bir qator poygalardan iborat. Gran-prilar dunyoning koʻplab mamlakatlari va qitʼalarida maxsus qurilgan yoʻllarda yoki yopiq jamoat yoʻllarida boʻlib oʻtadi.
13-Suvga cho'kish
Suvga choʻkish — baxtsiz hodisa. Bunda nafas yoʻllari suyuklik (odatda, suv) yoki suyuq massalar (balchiq, loy) bilan toʻlishi natijasida nafas va yurak faoliyati qattiq buziladi. Suvga choʻkish, odatda, katta suv havzalarida choʻmilganda yoki biror sababga koʻra sodir boʻladi.
12-Xokkey
Xokkey (inglizcha: hockey) — sport oʻyini. Darvozalar oʻrnatilgan maxsus maydoncha (sahn)da klyushka va toʻp (shayba) bilan jamoa boʻlib oʻynaladi. Oʻyinchilar tomonidan raqib darvozasiga koʻproq toʻp (shayba) kiritish maqsad qilib qoʻyiladi. Xokkeyning 3 ta asosiy turi bor: chim ustida Xokkey, muz ustida oʻynaladigan toʻpli Xokkey, shaybali Xokkey
11-Amerikan futboli
Amerika futboli (AQSh va Kanadada gridiron nomi bilan tanilgan), jamoalar yassi to'p bilan o'ynaydigan sport turi. Regbiga o'xshaydi. Dastlabki musobaqa Amerika Qoʻshma Shtatlarida 1874-yilda o'tkazilgan. O'yinchilar yuziga niqob tutib, yelka, ko'krak va butun gavdani himoya qiluvchi moslamalar kiyib harakat qiladilar.
10-Badmintoon
Badminton (Angliyaning Badminton shahri nomidan) — patli koptok (volan)ni raketka bilan urib oʻynaladigan tennisga oʻxshash sport oʻyini. Oʻyin toʻrtburchakli maydonchada (yakkama-yakka uchrashuvlarda maydoncha oʻlchovi 13,4x5,2 m va juftli oʻyinlarda 13,4x6,1 m) 1,55 m balandlikda tortilgan toʻrda oʻtkaziladi. Oʻyinda raqib urgan koptokchani yerga tushirmay unga qaytarish muhimdir. 15 xol (ayollar va bolalar 11 xol) gacha sanaladi. 3 yoki 5 qur oʻynaladi. Xol 0 va juft boʻlganda koptokcha oʻngdan, toq boʻlganda chapdan uriladi. Juftli oʻyinlarda oʻng tomondan boshlanib, har xoldan keyin oʻyinchilar sherigi bilan oʻrin almashtiradi. B. qadimgi Malayyada vujudga kelgan, keyinchalik Osiyodagi boshqa mamlakatlarga tarqalgan. 19-asr 70-yillarida Angliyada rasm boʻlib, oʻyin qoidalari ishlab chiqilgach Yevropaning boshqa mamlakatlariga ham yoyildi. Xalqaro badminton federatsiyasi (IBF) 1934-yil tashkil topdi, unga 80 dan ortiq mamlakat aʼzo (1991). 1977-yildan jahon birinchiligi oʻtkazib kelinadi.
9-Golf
Golf (ing.golf) — sport turi. Toʻp va chavgonlar bilan ochiq maydonda oʻynaladi. Bunda 50 mingdan 200 ming m2gacha sahnaga ega boʻlgan past-balandligi oʻrtacha tabiiy maydon (qir-adir, istiroxat bogʻi, oʻrmon chekkasi) kerak, unda tabiiy holatida qoldirilgan 9 yoki 18 ta yoʻlak-trassa belgilanadi; har qaysi yoʻlakning uz. 150 dan 470 m gacha, kengligi 30–40 m. Birinchi yoʻlak boshlanishida taxminan 4 m2 kattalikdagi maydoncha tayyorlanadi, har bir yoʻlakning oxirida oʻrtasida oʻyiq-chuqurcha (chuqurligi 11 sm va diametri 10 sm)li taxminan 20 m2 keladigan maydoncha boʻladi. Oʻyinchilar joy relyefi va toʻpni yoʻnaltirish kerak boʻlgan masofa qandayligiga qarab kattaligi, yoʻgʻonligi, uchining shakli birmuncha farqlanadigan, uz. 85—110 sm chavgon (kleb)lardan foydalanadilar.
8-Boks
Boks (ing. box — mushtlash, zarb) — sport turi, ikki raqibning sirti charm, ichi yumshoq qoplamali qoʻlqoplarda qoida asosida yakkamayakka mushtlashish musobaqasi. boks tarixi miloddan avvalgi davrda Misr va Bobilda uyushtirilgan yakkamayakka mushtlashish musobaqalariga borib taqaladi.
7-Stol tennisi
Tennis, launtennis (inglizcha: lawn — „oʻtloq“, „maysazor“; tennis terminining kelib chiqishi toʻgʻrisida bir necha taxmin bor: fransuzcha: tenez — „mana, ol“; inglizcha: tens — „oʻnlik“, chunki oʻrta asrlarda tennisga oʻxshash oʻyinni besh kishidan, jami oʻn kishi oʻynagan; inglizcha: tenia — „rishta“; toʻpni tortilgan ipdan oshirib oʻynalgani uchun)
6-Ragbi
Regbi (Angliyaning Regbi shaharchasi nomidan) — sport oʻyini. Ikki jamoa (har biri 15 kishidan) uzunligi 27—29 sm boʻlgan tuxumsimon shakldagi toʻp bilan Nsimon darvozali maxsus maydonchada (kattaligi 95—100x65—68 m) oʻynaydi. Oʻyin (40 daqiqadan 2 taym davom etadi)dan maqsad — toʻpni bir-biriga qoʻlda (orqaga) yoki oyoqda (xohlagan yoʻnalishda) oshirib, uni raqib maydonidagi darvoza chizigʻi orqasiga tushirish yoki darvozaga kiritishdan iborat.
5-Volebol
Voleybol (inglizcha: volleyball volley – „urib qaytarmoq“ va ball – „toʻp“) toʻpli sport oʻyini boʻlib, har biri 6 kishidan iborat ikki jamoa bilan oʻrtasidan toʻr tortilgan maydonchada oʻynaladi
4-Tennis
Tennis, launtennis (inglizcha: lawn — „oʻtloq“, „maysazor“; tennis terminining kelib chiqishi toʻgʻrisida bir necha taxmin bor: fransuzcha: tenez — „mana, ol“; inglizcha: tens — „oʻnlik“, chunki oʻrta asrlarda tennisga oʻxshash oʻyinni besh kishidan, jami oʻn kishi oʻynagan; inglizcha: tenia — „rishta“; toʻpni tortilgan ipdan oshirib oʻynalgani uchun) — ikki kishi yoki ikki kishilik ikki guruh orasida oʻynaladigan sport oʻyinidir. Koptokning diametri 6,35—6,67 sm, ogʻirligi 56,7 g. Yogʻoch, yengil metall yoki plastmassadan har xil oʻlchamda tayyorlangan raketkalar ogʻirligi 255—400 g. Oʻyin kortning orqa chizigʻidan raqibning toʻrga yaqin maydonchasiga koptokni xatosiz uzatish bilan boshlanadi.
3-Kriket
Kriket o'yini XV asrda Angliyada paydo boʻlgan deb hisoblanadi. Har holda shu yerda oʻynalgani aniq. Kriket oʻyini haqidagi eʼlonlar gazetalarda XVIII asrning boshida joylashtirila boshlangan. Graflikning roʻyxatdan oʻtkazilgan birinchi kriket chempionati 1719-yilda boʻlib oʻtgan.
2-Basketbol
Basketbol (inglizcha: basket; soʻzidan olingan boʻlib, basket — savat, 'ball' — toʻp) har birida beshtadan oʻyinchi ishtirok etadigan jamoaviy sport turidir. Oʻyindan asosiy maqsad — toʻpni qoʻl bilan oʻynagan holda 3.05 m balandlikdagi shitga mustahkamlangan savatga tushirib, imkon qadar koʻproq ochko olish.
1-Futbol
Futbol (inglizcha: football; foot — „oyoq“, ball — „toʻp“) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad-toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.
Husniddinov Sunnatilla "9"A