March 5

O'zbekistonni tarixiy obidalari

Xiva minoralari – 1968-yildan boshlab shahar qoʻriqxonasining bir qismiga aylangan tarixiy meʼmoriy obidalar yigʻindisi. Xiva ichida qurilgan Ichan qal’a majmuasi 1990-yilda UNESCO tomonidan 543-raqamli Butunjahon yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan. Minoralar shahar chiroyining ramzi sanaladi

Ichan-qal’a (oʻzbekcha: Ichan Qa'la) – Oʻzbekistonning tarixiy oʻzbek shahri Xivaning mustahkam devor bilan oʻralgan ichki shahri boʻlib, Markaziy Osiyodagi birinchi Jahon meʼrosi ob’ektiga aylandi. Asrlar davomida qad rostlagan (eng qadimiy meʼmoriy yodgorliklar XIV asrga toʻgʻri keladi), istehkom, saroylar, masjid, madrasalar, maqbara, minoralar, karvonsaroy va hammomlar Ichan qalʼani oʻziga xos yodgorlik shahriga aylantirdi. Koʻhna Xiva 1968-yilda rasman qoʻriqxona maqomini oldi

Samarqandda 73 ta yirik tarixiy meʼmoriy yodgorlik: Registon ansambli, Shohizinda ansambli, Amir Temur maqbarasi, Ulugʻbek rasadxonasi, Bibixonim jome masjidi, Ruhobod maqbarasi, Abdidarun majmuasi, Xoja Ahror masjidi, Hazrati Xizr masjidi va boshqa saqlangan.

Toshmasjid majmuasiOʻzbekistonning Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Vangʻozi shaharchasidagi yodgorlik (XVI asr) Koʻp ustunli yirik xonadan iborat yagona jome masjiddir. 2 ta yirik va 16 ta bir xildagi mayda gumbazlar bilan yopilgan. Turli kattalikdagi gumbazlardan tashkil topgan ustun-gumbazli konstruksiyalari oʻziga xos. Bosh tarzi sharqqa qaragan masjid oldida qad koʻtargan minora (balandligi 24 metr) Oʻrta Osiyoda saqlanib qolgan XVI asrga oid shu turdagi inshootlarning eng baland va nafisi sanaladi. Baʼzi tadqiqotchilar Toshmasjidni XVI asrda Abdullaxon II tomonidan qurdirilgan deyilsa, boshqalari majmuadagi minora XVIII asrga oid degan fikr bildiradi.

Urganch (1929-yilgacha Yangi Urganch) — Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagi shahar, viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Amudaryoning quyi oqimi chap sohilida. Shovot kanali shahar oʻrtasidan oʻtib, Urganchni shimoliy va janubiy qismlarga ajratgan. Shimoliy qismida, asosan, turar joy binolari, ilmiy va madaniy maorif muassasalari, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, janubiy qismida esa i.ch. korxonalari joylashgan. Har ikkala sohil bir-biri bilan koʻpriklar orqali bogʻlangan. Aholisi 200 ming kishi (2020).