March 20

Raqamli Iqtisodiyotni nimalarda ko'ramiz

Kalit so'zlar: Raqamli marketing, Raqamli iqtisodiyot, Raqamli menejment, Ekotizim,

" Raqamli Iqtisodiyot hozirgi kunda hayotimizning qaysi jabhalarida aks etayapti?", - degan savolga javob berishdan avval , keling birgalikda " Raqamli Iqtisodiyot " aslida  nima ekanliginini ko'rib chiqamiz.. Bu jumlani shunchaki qisqacha qilib ta'riflaydigan bo'lsak, eskilik sarqiti hisoblanib qolgan ancha-muncha an'anaviy munosabatlarimizni (ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va shu kabilar) aqlli texnologiyalar yordamida zamonaviylashtirish ba'zi sohalarda esa judayam aniqliklar kiritish hisoblanadi. Raqamlashtirish degan tushuncha O'zbekistonda 2019-yildan boshlab avj ola boshladi va hozirga kelib ommalashdi. 2019-yilgacha biz qanday yashardik? Umumiy marketing sohasini asosi " Word" dasturi hisoblanardi. Unda judayam oddiy formatda e'lon yozilib, tagiga esa 1 ta nomerni 10ta copy qilib qo'shib, har birini alohida kesib qo'yilardi odamlar olib telefon  orqali bog'lanishi uchun. Ularni namoyishona harakatlari esa elektr tarmoq ustunlari (xalq tili bilan esa stolbalar), davlat idora organlari kirish yo'lagi, maktablar va shu kabi joylarda ustma-ust yopishtirilgan "E'lonlar taxtasi"da aks etardi. Dars jadvallari holati esa undan ham ajoyibroq, ya'ni 6 ta listni bir-biriga yopishtirish orqali xatolarga to'la jadvalni shtrixlangan joylari bilan Maktabni 3 ta joyida osig'liq turishi edi. Xaql xashari " Shanbaliklar" televizorlar orqali e'lon qilinardi(asosan reklamada otaxonlar bo'lardi, lekin bizda bu mas'uliyatni maktab bolalari o'z zimmasiga olib qilishardi). Bu davrlarda va undan sal oldinroq ism qo'yish ham ajoyib edi (Eshmat, Toshmat, Bo'riboy, Pardaxol va turli xil yangicha so'zlarga - bek yoki   - jon qo'shimchalarini qo'shib ism yasashardi . Lof bo'lmasa gap bo'lmaydi deyishganidek umum xalq ta'lim vakillari, hokim va uning o'rin bosarlar jamoasi, prokuratura, MFY (Mahalla Fuqarolar Yig'ini), shu kabi tashkilot va davlat organlari hisobotlari Prezidentgacha juda katta o'zgarishlar bilan yetib borardi. (Gilam nomli qo'lro'molcha).

Biz raqamlashgan iqtisodiyot qura olyapmizmi..? Menimcha hali qura olmayapmiz chunki bizni darajamizni boshlang'ich hisoblayman. Biz axborotlashgan jamiyat qurish bosqichidamiz. Hozirgi kunda hayotimiz  2019-yildan olib qarasak o‘sgandek lekin boshqalarning rjvojlanish tezligiga yuzlansak biz go‘yoki,  o‘rnimizdan qimirlay olmayapmiz.. Online marketing sababli stolbalar va turli xil e'lonlar peshtaxtasi vanihoyat erkinlikda. Biz e'lonlar va reklamalarni turli xil web saytlar, instagram, telegram, facebook kabilar orqali reklama qilish ommaviy rivojlandi. Bu bizda raqobat, takliflar ko‘payishi va iste'molchilarga judayam ko‘p takliflarni oshirishga yordam bermoqda. Online ta'lim jarayonlari, har xil video darsliklar, kitoblar, online doskalar  shular jumlasidandir.
Raqamlashtirish bizga online kiyim-kechak, ovqatlar va turli xil xizmat turlarini uyda turgan holatda ko'zdan kechirishimiz va undan buyurtma qilishimiz  mumkin. Raqamlashtirishni bizga kiritib kelgan eng yaxshi xizmat turlaridan biri IT sohasi, dostavka xizmatlari, kiberxavfsizlik, video kameralar tizimini  ham aytishimiz mumkin.  Bularning barchasi bizlarga elektr energiyasi orqali, azot qatlamini yemirilishini qisman to'xtatishga, qog'ozbozlikni yo'qotishga, uyda turib ish faoliyat yuritishga, jamiyatni tartibga solishga ham yordam berishini kuzatishimiz mumkin.

Raqamlashtirish bu ilmlar talabi yuqorilashgan davr... Axborotlar poydevoridir...