February 18

Eyes that never meet

Roze telefoniga tikilgancha yana bir bor Kiraning so‘nggi xabarini o‘qidi:

"Chunki ba’zan odamlar ko‘rinmasdan ham yo‘qolib ketishadi, Roze…"

Nega bunday yozdi? Nega u uzoqlashyapti? Nima bo‘lyapti?!

Roze yuragidagi bezovtalikni bostirishga harakat qildi. Ekranga qaradi. "So‘nggi marta onlayn..."
Bir soat oldin.

U Kiraning profili orqali eski suhbatlarini qayta o‘qiy boshladi. Har bir xabar, har bir kulgu, har bir yurakdan yozilgan jumlalar endi g‘alati tuyulardi. Xuddi boshqa bir dunyo qoldig‘i kabi…

Shu payt telefon vibratsiya qildi.

Jungkook: "Roze, Kira bilan gaplashdingmi? U mendan ham uzoqlashyapti…"

Roze cho‘chib ketdi. Jungkook?! Kira unga ham yozganmi?!

Roze: "Ha, lekin u so‘nggi vaqtlarda g‘alati. Menga nimadir yashiryapti…"

Jungkook: "Men ham shunday o‘ylayapman. U doim ochiq gaplashardi. Endi esa..."

Roze: "Nima bo‘lyapti, Jungkook? Kira... u bizdan uzoqlashyapti."

Jungkook biroz kutib turdi. Keyin yozdi:

"Men Kira kimligini bilaman."

Roze ko‘zlarini katta ochdi.

Roze: "Nima?! Sen uni real hayotda taniysanmi?!"

Jungkook: "Ha… lekin sen tayyormisan? Haqiqatni bilishga?"

Roze yurak urishini his qilib, ekranga tikildi.

Roze: "Agar bu unga yordam bera olsa... ha, tayyorman."

Jungkookning javobi kelmadi.

Oradan o‘n daqiqa o‘tdi. Yarim soat. Soatlab kutish...

Shu payt...

Kiraning profili yo‘q bo‘ldi.

Roze qotib qoldi. Bu... qanday mumkin?!

U shoshib Jungkookga yozdi: "Jungkook! Kiraning akkaunti yo‘q! U profilini o‘chiribdi!!!"

Lekin Jungkook ham javob bermadi.

Roze telefonga tikilib qoldi. Xuddi hech narsa anglamayotgandek. Yuragi tez urardi.

Kira qayerga g‘oyib bo‘ldi?!

Jungkook qayerga ketdi?!

Ular… shunchaki yo‘qoldimi?!

Roze chuqur nafas oldi. Ich-ichidan nimadir ezilayotgandi.

Shu payt xonasidagi deraza sekin ochildi…

Va qora qog‘ozga o‘ralgan kichkina konvert ichkariga tushdi.

Roze asta oldi.

U qog‘ozni ochdi.

Ichida atigi bitta jumla bor edi.

"Kech bo‘lishidan oldin, haqiqatni top."

Roze shoshib atrofga qaradi. Yuragi gupillab urardi.

Bu nimani anglatadi?!

Kim bu xatni tashladi?!

Va Kira… u qayerda?!

Roze qog‘ozni mahkam ushlab, titray boshladi. “Kech bo‘lishidan oldin, haqiqatni top.”

Bu nimani anglatadi?!

Kim tashladi bu xatni?

U derazadan tashqariga qaradi. Ko‘cha tinch. Atrofda hech kim yo‘q. Faqat shamol asta yelpirayapti.

Roze chuqur nafas oldi va telefonini oldi. Jungkook hali ham javob bermagan edi.

Lekin…

Kira online edi.

Roze ko‘zlarini katta ochdi.

Qanday qilib?!

U shoshib yozdi:

Roze: “Kira!!! Qayerdasan? Nega profilingni o‘chirding?!”

Javob yo‘q.

Roze yana yozdi:

Roze: “Iltimos, menga gapir, Kira. Men juda ham xavotirdaman!”

Shu payt…

“Typing…”

Roze ekranga mixlanib qoldi.

Nihoyat, Kira yozmoqda!

Javob keldi.

Kira: “Men seni unutmayman, Roze.”

Roze: “Bu nimani anglatadi? Nega hamma narsa g‘alati bo‘lib qoldi?!”

Kira: “Ba’zida haqiqat juda og‘ir bo‘ladi. Ayrim sirlarni ochish mumkin emas, Roze.”

Roze: “Lekin nega?! Sen menga ishonishing kerak!”

Kira jim bo‘lib qoldi.

Roze titrab yana bir narsa yozmoqchi bo‘ldi, lekin shu payt ekran o‘chdi.

Telefon o‘zi o‘chdi.

Batareya bormi? Ha. Lekin u o‘chdi.

Roze beixtiyor xonani aylanib, kompyuteriga o‘tirdi. Tezda forumga kirdi. Kiraning eski postlarini qidirishni boshladi.

Lekin…

Ularning hammasi o‘chirib tashlangan edi.

Xuddi Kira hech qachon mavjud bo‘lmagandek.

Roze nafasi ichiga tushib ketdi.

Bu qanday bo‘lishi mumkin?!

U qidiruvga Kiraning ismini yozdi.

Lekin javob faqat bitta bo‘ldi.

"Bu foydalanuvchi mavjud emas."

Roze stuldan turib ketdi. Yuragi g‘alati urayotganini his qildi. Hamma narsa tushunarsiz edi.

Shu payt eshik ortidan tovush eshitildi.

"Taq-taq."

Roze cho‘chib ortga tisarildi.

Kimdir eshikni taqillatmoqda.

Soatga qaradi. Tunda, soat 02:47.

Hech kim kelmasligi kerak.

Lekin kimdir tashqarida turibdi.

Roze asta oldinga yurdi. Nafas olishga ham qo‘rqayotgandi. Qo‘llari titray boshladi.

U eshik oldiga keldi va sekin karavot tagidan beysbol tayog‘ini oldi.

Yana "taq-taq."

Roze chuqur nafas olib, eshikni sekin ochdi.

Tashqarida hech kim yo‘q edi.

Fakat...

Eshik oldida qora konvert turardi.

Roze bir lahza nafasini ushlab turdi. Keyin sekin egilib, uni oldi. Yuragi juda tez urardi.

Konvert ustida faqat bitta so‘z yozilgandi:

“Jungkook”

Roze dahshat ichida uni ochdi va ichidan kichkina qog‘oz chiqdi.

"Men haqiqatni bildim. Lekin endi orqaga yo‘l yo‘q, Roze."

Roze qog‘ozni mahkam ushlab qoldi. Ko‘zlari katta ochildi.

Jungkook yo‘qolgan.

Roze qog‘ozni qo‘lida mahkam ushlab, beixtiyor orqaga tisarildi.

"Men haqiqatni bildim. Lekin endi orqaga yo‘l yo‘q, Roze."

Bu nimani anglatadi?! Jungkook qayerda?!

Telefonini yana yoqishga harakat qildi, lekin u yana ishlamadi. Kompyuterga o‘tib, forumni tekshirdi.

Lekin hech narsa topolmadi.

Shu payt…

"Typing…"

Roze yuragini ushlab qoldi.

Kira yana onlayn edi!

Bu mumkin emas!

Roze titrab yozdi:

Roze: “Kira! Jungkook qayerda? Nima bo‘lyapti?!”

Javob darhol keldi.

Kira: “Orqaga yo‘l yo‘q, Roze. U haqiqatga juda yaqin kelib qoldi.”

Roze: “Sen nima deyapsan?! Uni qaerga yo‘qotding?!”

Kira: “Ba’zan odamlar yo‘q bo‘lishga majbur, Roze.”

Roze nafasini ichiga yutdi. Bu… tahdidmi?!

Shu payt u kompyuterni o‘chirib, eshik oldiga yugurdi. Yuragi shunday tez urayotgandiki, xuddi yorilib ketadigandek edi.

Eshik oldida… boshqa konvert bor edi.

U asta egilib, uni oldi. Bu safar ichida kichik bir qog‘oz bor edi.

Unda faqat bitta ism yozilgandi.

“Taehyun.”

Roze ko‘zlarini katta ochdi. Taehyun kim edi? U bu ismdan shubhalanayotgandi, lekin hech qachon u haqida o‘ylamagandi.

Shu payt telefon nihoyat yondi.

Xabar keldi.

Noma’lum raqam: “Men seni kuzatayapman, Roze.”

Roze titray boshladi.

Keyin yana bir xabar keldi.

Noma’lum raqam: “Jungkookni topmoqchisanmi?”

Roze darhol yozdi:

Roze: “Ha! Sen uni qayerdan bilasan?! Kim bo‘lsang ham, iltimos, menga haqiqatni ayt!”

Uzoq jimlik.

So‘ng…

"Meni izla. Kiraning ortidan emas. Haqiqiy yo‘lni tanla."

Shu payt eshik orqasidan qadam tovushlari eshitildi.

Roze yuragini ushlab oldi.

U asta eshikka qaradi. Nafasini ichiga yutdi.

Shu payt…

Eshik ortidan sokin, lekin qorong‘u ovoz keldi.

"Seni kutyapman, Roze."

Va…

Shamol esib, chiroqlar o‘chdi.

2 qism tugadi

#Kira🖤