March 2

Eyes that never meet

Roze qaltiragancha orqaga tislandi. Yuragi go‘yo muzlab qolgandi.

"Bu imkonsiz..."

Ammo ko‘zgudagi qiz unga sekin qarab turardi.

Bu – Kira edi.

Lekin uning ko‘zlari endi mutlaqo qorayib ketgan, atrofidan esa g‘ira-shira qora tutun chiqardi. Uning jilmayishi qanchalik shirin bo‘lmasin, bu odatiy jilmayish emas edi.

"Sen meni unutmadin, Roze. To‘g‘rimi?"

Roze qaltirab, lablarini tishladi.

"Bu… qanday qilib?!"

Kira boshini bir oz qiyshaytirib, yana jilmaydi. Uning ovozi endi past va dag‘alroq eshitildi.

"O‘lim – bu oxir emas, Roze. Ba’zida… u boshlanish bo‘lishi ham mumkin."

Shu payt Taehyun shoshilib oldinga chiqdi.

"Bu hazil emas, Roze. Ko‘zgu ortidan kelganlar – hech qachon o‘zlari bo‘lishmaydi."

Lekin Roze uning gaplariga ahamiyat bermadi. U faqat Kiraning yuziga tikilib turardi.

Shu payt Kiraning jilmayishi asta-sekin yo‘qoldi.

"Sen menga va’da berganding…" – dedi u ohangdor tovush bilan.

Rozening nafas olishi qiyinlashdi.

"Nima?"

"Sen meni unutmasligingni aytganding."

Rozening yuragi shuv etib ketdi.

"Men unutmadim!" – deya baqirdi u.

Ammo Kiraning yuzi qattiqlashdi.

"Demak… nega meni izlamading?"

Roze chuqur nafas oldi.

"Men…"

Lekin nima deyishi mumkin edi? U Kiraning o‘lgani haqida qabul qilgan haqiqat endi sinayotganini his qilardi.

Shu payt Taehyun oldinga intildi.

"Bu yetarli! Bu sening do‘sting emas, Roze! Ko‘zgu ortidagi sharpalar odamlarni aldash uchun ular bo‘lishadi!"

Ammo Kira birdan qahqaha otib kulib yubordi.

Bu o‘ta sovuq va vahimali kulgi edi.

U sekin boshini quyi egib, so‘ng yana Roze tomon tikildi.

"Sizga hech kim ishonmaydi, to‘g‘rimi, Taehyun?"

Taehyun qotib qoldi.

Kira jilmaygancha qoshini bir oz ko‘tardi.

"Sen ham xuddi men kabi... Tashlab ketilgan bolasan."

Taehyunning qo‘llari musht bo‘lib tugildi.

"Jim bo‘l!"

Ammo Kira unga yovuzona qarab kuldi.

"Sen ham o‘z onangni ko‘zgu orqali ko‘rgan eding, esingdami?"

Roze Taehyunga qaradi.

"Bu… rostmi?"

Lekin Taehyun hech narsa demadi.

Shu payt Kiraning qo‘llari asta-sekin ko‘zgu shishasini bosib o‘tdi.

U endi ko‘zgu ortida emas edi.

U bu dunyoga o‘tib kelayotgandi.

Roze dahshatdan ortga tislandi.

"Sen… tirikmisan?"

Kiraning ko‘zlarida nimadir chaqnadi.

"Tirikmanmi?" – u sekin oldinga yurarkan jilmaydi. – "Yoki o‘likmanmi? Buni bilish sening qo‘lingda, Roze."

Shu payt shamol qattiq esib, xonadagi hamma narsa harakatga keldi.

Taehyun Rozeni orqaga tordi.

"Unga ishonma!"

Ammo Kira sekin oldinga yurishda davom etdi.

Uning qadam bosgan joylarida yerni qora iz qoplab borardi.

Bu – oddiy Kira emas edi.

Bu qasos olmoqchi bo‘lgan Kira edi.

Shu payt xonada yana bir ovoz yangradi.

"To‘xtang."

Jungkook edi.

U Kira tomon qadam tashladi.

"Sen o‘zgarib ketgansan."

Kira unga qiziqsinib tikildi.

"Jungkook… Sen hali ham bu yerda ekansanmi?"

Jungkook bir qadam oldinga tashladi.

"Ha. Men seni unutmaganman."

Kiraning jilmayishi bir lahzaga yo‘qoldi.

Ammo u yana kulimsiradi.

"Unda menga yordam ber."

Jungkook bir oz sukut saqladi.

"Nimaga?"

Kiraning yuzi qorayib borayotgan edi.

"Chunki men qasos olishim kerak."

Roze bir qadam orqaga tislandi.

"Kimdan?"

Kira asta boshini egdi.

"O‘zidan."

Shu lahzada xonadagi chiroqlar milt-milt yonib-o‘cha boshladi.

Taehyun qichqirdi: "Hamma orqaga chekin!"

Ammo kech edi.

Kira ortidan qora tuman yoyilib, butun xonani qoplab oldi.

Endi hamma narsa qorong‘ulik edi.

Faqat Kiraning shivirlagan ovozi eshitilardi.

"Men qaytdim."

"Men qaytdim."

Bu so‘zlar Rozening ongida qarsillagan chaqmoq kabi aks-sado berdi.

Uning do‘sti… haqiqatan ham qaytdimi?

Yo‘q. Nimadir noto‘g‘ri edi.

Hamma narsa qorong‘u tuman ichida yo‘qolib borayotgandi.

"Roze!" – deb qichqirdi Taehyun, lekin ovozi uzoqdan eshitilayotgandek bo‘ldi.

Roze atrofga qaradi. U yolg‘iz edi.

Qorong‘ulik uni yutib borayotgan edi.

To‘satdan…

"Men seni juda sog‘indim, Roze."

Uning yuragi bir lahzaga to‘xtab qolgandek bo‘ldi.

Bu Kiraning ovozi edi.

Ammo… bir lahzaga atrof yengilroq bo‘ldi va Roze endi Kiraning yuzini aniq ko‘rdi.

Bu uning do‘sti edi… lekin emas ham.

Kiraning yuzi oddiy edi, lekin uning ko‘zlarida qorong‘u chayqalishlar bor edi. Bu ichida nimadir buzilganidan darak berardi.

"Sen o‘zgargansan," – dedi Roze past ovozda.

Kira jilmaydi.

"O‘lim hammani o‘zgartiradi."

Roze chekinib, bosh chayqadi.

"Sen… hali ham men bilgan Kira emassan."

Shu payt Kiraning jilmayishi yo‘qoldi.

"Unda qani u?"

Roze qotib qoldi.

"Nima?"

Kiraning ko‘zlari qorayib ketdi.

"Agar men haqiqiy Kira bo‘lmasam… unda HAQIQIY KIRA QAYERDA, ROZE?!"

Tunda momaqaldiroq gumburladi.

Birdan orqa fonda buzilgan ko‘zgular yorila boshladi. Har biri ichidan bir xil ovoz eshitildi:

"Qayerda?"
"Qayerda?"
"Qayerda?"

Roze nafasini ichiga yutdi.

Bu nima degani?!

U orqaga o‘girildi. Barcha shisha bo‘laklar go‘yo osmonda suzayotgandek havoda muallaq turardi. Ularning har birida turli xil Kiraning akslari bor edi.

Biri quvnoq kulib turardi.
Biri baqirib yig‘layotgandi.
Biri esa… boshqacha jilmayayotgandi.

"Bu…" – dedi Roze shivirlab.

Shu payt Jungkookning ovozi eshitildi.

"Roze! Unga ishonma!"

Jungkook bir lahzada yonida paydo bo‘ldi. Nafasi qayta-qayta chiqardi.

"Sen uni o‘zing uchun Kira deb atayapsan, lekin u Kira emas!"

Roze uning yuziga qaradi.

"U kim unda?"

Jungkook tishlarini tishladi.

"Ko‘zgular so‘rayotgan narsa haqiqat. Agar bu haqiqiy Kira bo‘lmasa… unda HAQIQIY KIRA QAYERDA?"

Roze shok holatga tushdi.

"Men…"

Kiraning qiyofasidagi mavjudot yovuzona jilmaydi.

"Endi juda kech, Roze."

Shu payt uning qo‘llari ko‘tarildi va barcha shisha bo‘laklar o‘tkir xanjar kabi harakatlana boshladi.

"Men seni o‘zim bilan olib ketaman!"

To‘satdan hamma narsa parcha-parcha bo‘lib yorildi.

Hamma narsa titray boshladi.

Roze baqirib yubordi.


Uning ko‘zlari ochildi.

U sovuq pol ustida yotardi.

Atrof esa… butunlay o‘zgargandi.

Bu qayer?

Yog‘ingarchilik tovushi eshitildi. Atrofda eski devorlar, parchalanayotgan mebellar va chang bosgan pol bor edi.

Bu joy…

Bu Kiraning eski uyi edi.

Roze titrab, o‘rnidan turdi.

Uning yuragi go‘yo portlab ketayotgandek urardi.

"Bu qachon sodir bo‘ldi?"

U hozirgina Kira bilan to‘qnash kelgandi… lekin endi hech kim yo‘q edi.

Shu payt eshik g‘iyqillab ochildi.

Roze tezda ortiga qaradi.

Kimdir ichkariga kirayotgan edi.

Uning yuragi shuv etib ketdi.

Bu… Kira edi.

Lekin bu safar haqiqiy edi.

Ko‘zlarida qorong‘ulik yo‘q edi. Jilmayishi ham yovuz emasdi.

Bu, uning do‘sti edi.

Roze qaltiragancha oldinga qadam tashladi.

"Kira?!"

Qiz sekin boshini ko‘tardi.

Ko‘zlarida chuqur alam bor edi.

"Roze…"

Bir lahza jimlik.

Va nihoyat, haqiqiy Kira topildi.

Kira…" – shivirladi Roze.

Unga ishonch bilan bir qadam tashladi.

"Sen haqiqatdan ham shu yerdasanmi?"

Qorong‘i xona ichida Kira asta-asta oldinga yurdi. Uning yuzida hech qanday hissiyot yo‘q edi. Ko‘zlari esa hayotdan bo‘m-bo‘sh edi.

Roze yuragini siqib, unga yana yaqinlashdi.

"Men seni sog‘indim!"

Ammo… shu payt Kira to‘xtadi.

Uning lablari titradi.

"SEN MENI SOG‘INDINGMI?"

To‘satdan… xona atrofidagi eshiklar gumburlagancha yopildi.

Roze ortga tisarildi.

Kiraning nafasi og‘ir edi. Qo‘llari titrardi. U chuqur nafas olib, nihoyat o‘zining eng dahshatli so‘zlarini aytdi.

"Unda ayt, Roze… NEGA MENI UNUTDING?!"

Rozening yuragi joyidan chiqib ketgudek bo‘ldi.

"Nima?! Men seni hech qachon unutmaganman!"

Kira boshini qimirlatib, kulimsiradi. Ammo bu kulgi titragan, jarohatlangan odamning kulgisi edi.

"Ha… sen hech qachon unutmagansan. Lekin eslamading ham."

Uning ovozi qaltirardi. Ammo bu qaltirash qo‘rquvdan emas, g‘azabdan edi.

"Sen hayotingni davom ettirding.
Sen kulib yashashda davom etding.
Sen meni faqat so‘zlar bilan sog‘indim deding."

Shu payt devorlardan buzuq shisha parchalaridan iborat ko‘zlar paydo bo‘la boshladi.

Har biri Rozeni kuzatardi.

Jungkookning ovozi eshitildi.

"Roze, orqaga chekin!"

Ammo Roze harakatsiz qotib qoldi.

Kira ko‘z yoshlarini artdi va pichirladi:

"Sen faqat o‘zingni aldayapsan, Roze."

"Men esa qaytdim… HAQIQATNI SENING OLDINGGA OLIB KELISH UCHUN!"

Shu lahza barcha shisha ko‘zlar yalt etib porladi va atrofdagi hamma narsa qattiq titray boshladi.

Bu xonadan chiqishning iloji yo‘q edi.

Bu yer – haqiqat qabrxonasiga aylangan edi.


"Men seni tark etmaganman, Kira…"

"Men faqat…"

"Men faqat seni qanday topishni bilmagandim."

Rozening ovozi zaiflashib borardi.

Ammo Kira jilmaymadi. Uning yuragi allaqachon muzlagan edi.

"Kech bo‘ldi, Roze."

"Endi haqiqat bizni bog‘laydi."

"Sen tayyormisan?"

Qorong‘ulik. O‘lik sukunat.

Roze xonaga qamalib qolganini his qildi. Qayerga qaramasin, hamma yoqda oyna bo‘laklari ko‘zgu kabi ularni kuzatayotgandi.

Jungkook va Taehyun eshikni sindirishga urindi, lekin hech qanday foydasi yo‘q.

Bu xona tirik edi.

Kiraning sharpasi qadam tashlarkan, uning oyoq tovushlari bo‘shliqni teshib o‘tayotgandek eshitilardi.

"Sen tayyormisan, Roze?"

Rozening yuragi gupillab urardi. U yuragidagi qo‘rquvni bostirishga harakat qildi.

"Men haqiqatdan qochmoqchi emasman, Kira.
Men bilishni istayman!"

"Unda eshit!" – dedi Kira, uning ovozi xuddi bo‘g‘ilayotgan odamning faryodiga o‘xshardi.

"Meni kim o‘ldirdi, Roze?!"

Roze qotib qoldi.

"Sen… sen o‘lgansanmi?!"

Kira boshini burdi.

"Ha…
Va o‘ldirgan odam…"

U SENING ORTINGDA!"

Roze birdan teskari burildi.

Eshik oldida turgan Taehyun unga jim qarab turardi.

Yuragi butunlay bo‘sh edi.

Roze nafas ololmay qoldi.

"Yo‘q… bu rost bo‘lishi mumkin emas!"

Kira esa kulib yubordi. Ammo bu kulgi ich-ichidan charchagan, azoblangan odamning kulgisi edi.

"Hali ham ishonmaysanmi, Roze?
Unda eslatib qo‘yaman…"

To‘satdan xona ichidagi oyna bo‘laklari yalt etib jonlandi va ichidan manzaralar paydo bo‘ldi.

Bu esdan chiqmagan, ammo ko‘milgan xotiralar edi.


…o‘sha tun.

Yomg‘ir yog‘ayotgandi.

Kira shoshib yo‘lak bo‘ylab yugurdi. U qo‘rqqan edi.

"Bu noto‘g‘ri… Bu noto‘g‘ri…"

U yonidagi telefonni mahkam ushladi. Roze bilan gaplashayotgan edi.

"Men seni ko‘rishim kerak, Roze!
Menga yordam ber!"

Ammo…

Orqasida kimdir bor edi.

Taehyun.

Uning qo‘lida pichoq bor edi.

Kira qochishga urindi, lekin juda kech edi.

Pichoq. Qonga belangan qo‘llar.

Yomg‘irda qonga qorishgan yo‘lak.

Qichqiriq.

Keyin esa… jimlik.


Roze bu manzarani ko‘rib, titray boshladi.

"YO‘Q!" – deb baqirdi u. "BU ROST EMAS!"

Taehyun esa sokin turardi. U himoyalanib ham o‘tirmadi.

"Agar rost bo‘lmasa, unda sen hozir nega yig‘layapsan, Roze?" – shivirladi Kira.

"Chunki yuraging haqiqatni his qilyapti!"

Roze qaltirayotgan qo‘llari bilan Taehyunga tikildi.

"Bu yolg‘on…"

"MEN SENGA ISHONGANDIM, TAEHYUN!"

Taehyun esa asta kulimsiradi. Ammo bu tabassum mehribonlik belgisi emas edi.

"Ishonch?"

U qadam tashladi.

"Ishonch deb atagan narsang…
— faqat sening qo‘rquving edi, Roze."


Shamol vahshiyona esardi.

Shahar osmonida qora bulutlar suzib yurardi.

Qorong‘u kechada shahar yoritgichlari xira nur taratayotgandi. Bu tun o‘ziga xos edi. Kimdir tirik qolishi mumkin emasdi.

Roze yig‘lab, Kiraning oldiga yugurdi. U binoning eng yuqori qavatida turardi.

Kira tubsiz quyuq zulmatga tikilgancha, qo‘llarini yoydi.

"Orqamga qaramayman, Roze…"

"YO‘Q! Iltimos, tush pastga!
Balki boshqa yo‘li bordir, Kira!"

Kira orqaga o‘girildi.

Qonli ko‘z yoshlari uning yuzidan quyilayotgan yomg‘ir bilan aralashib ketgandi.

"Yo‘q, Roze…" U horg‘in jilmaydi.
"Men endi qaytolmayman.**

Meni bu dunyo allaqachon unutgan."

Roze qaltirab qolgandi.

Bu real emas!
Bu tush!

Lekin… Kiraning ortidagi tubsiz pastlik unga haqiqatni eslatardi.

"Meni qo‘lidan ushla, Kira!
Biz bu og‘riqni birga yengamiz!"

Kira jilmaydi…
Ammo bu jilmayish umidsiz edi.

Shunda u orqaga qadam tashladi.

Bir lahzaga… hamma narsa sustlashdi.

Havoga ko‘tarilgan yaproqlar…
Kiraning sochlari shamolda hilpirardi…

Uning ko‘zlari Rozeni so‘nggi bor ko‘rdi.

"Meni unutma, Roze."

Keyin u tubsiz zulmatga qulab ketdi.

Roze baqirib yubordi.

"KIIRAAA!!!"

Jungkook va Taehyun ham quyi qavatga yugurishdi.

Ammo kech edi.

Qorong‘u tunda… faqat qon…
va sirli jimlik hukmron edi.


1 YIL O‘TDI...

Shahar o‘zgarmagan, lekin Rozening ichida hamma narsa o‘zgargandi.

U hech qachon avvalgidek bo‘lolmasdi.

Bugun aynan o‘sha kun edi.

Roze Kiraning qabri oldida tiz cho‘kdi. Uning yuragi muzlab qolgandi.

"Men seni unutmadim, Kira…"

"Men unutolmadim…"

U ko‘z yoshlarini artib, osmonga qaradi.

U yulduzlar orasidan Kiraning jilmayganini tasavvur qildi.

"Biz yana uchrashamiz…"

"Bir kuni…"

"Agar taqdir ijozat bersa…"

- TUGADI -

Songi qism tugadi
Hammaga rahmat

#Kira🖤