Eyes that never meet
"Bu rost emas…" – deya pichirladi Roze.
"Shunday bo‘lishini istarding, lekin bu haqiqat."
Shu payt… orqadan shovqin eshitildi.
Tepa qavatdan qadam tovushlari eshitilardi.
Roze hayratdan ko‘zlarini katta ochdi.
U asta pastga tushdi. Uning yuzi avvalgidek jozibali edi, ammo ko‘zlari… Ular sovuq va vahimali edi.
"Siz meni chaqirdingizmi?" – dedi u mayin ovozda.
Lekin bu ovozning tagida bir narsa bor edi. Xavf.
Taehyun bir qadam oldinga yurdi. Uning yuzi ham xuddi toshdek qotgan edi.
"Biz faqat suhbatlashmoqchi edik, Jungkook."
"Suhbatlashish? Qiziq… Endi haqiqatni bilib oldingmi, Roze?"
Roze yuragini bosib oldi. Qo‘rquvni yutdi.
Xona ichiga og‘ir jimlik cho‘kdi.
Jungkook o‘z barmoqlarini siqib, birdan kulib yubordi.
"Shuning uchun mendan uzoqlashdingmi? Endi mendan qo‘rqyapsanmi?"
"Men senga hech qachon zarar yetkazmagan bo‘lardim, Roze."
U endi juda yaqin edi. Shu qadar yaqin-ki, uning nafasi Rozening yuziga urilardi.
"Men faqat Kirani sevmasligingni xohlardim."
"Demak, sen uni shunchaki yo‘q qilding?!"
"Ba’zan sevgi uchun qurbonlik qilish kerak."
Roze yuragini siqib ushladi. Bu odam aqldan ozgan edi.
Lekin shunda… Taehyun harakat qildi.
U Rozeni tortib oldi va Jungkookga kuchli zarba berdi.
Jungkook orqaga tislandi. Uning lab burchagidan qon sizib chiqdi.
"Hali ham shu yerdasan, Taehyun?" – u kulib qo‘ydi. – "Sen o‘ylaganingdek kuchli emassan."
Roze va Taehyun ortga tisarildi.
Jungkook esa… U barmoqlarini qonini artdi va jilmayib qo‘ydi.
"Hali hamma narsa tugagani yo‘q."
U oxirgi marta Rozening ko‘zlariga tikildi.
"Sen meni sevishing kerak edi, Roze."
Shu so‘zlar bilan u qorong‘ulik ichiga g‘oyib bo‘ldi.
Roze hansiragancha Taehyunga qaradi.
"Bu safar biz tayyor turamiz."
Lekin yuraklarida bitta savol qoldi:
Jungkook yana qaytganda, ular tirik qolishadimi?
Roze va Taehyun xonaga qaytishgach, jim o‘tirishdi. Ikkining ham qo‘llari titrardi. Jungkook g‘oyib bo‘lgandi, lekin u qaytardi. Bu aniq edi.
"Endi nima qilamiz?" – Roze Taehyunga qaradi.
Uning ko‘zlarida qo‘rquv va savollar bor edi.
"Biz tayyor bo‘lishimiz kerak." – Taehyun sekin gapirdi. – "Bu safar hamma narsa boshqacha bo‘ladi."
Roze og‘ir nafas oldi. Yuragida qandaydir bosim bor edi.
Bu faqat Jungkook emasdi. Xonadagi energiya o‘zgargan edi.
Bu xabar edi. No‘malum raqamdan.
Qo‘llari titrab, ekranga qaradi.
Xabarda atigi uchta so‘z bor edi:
Rozening yuragi to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Qo‘llari muzlab ketdi.
U barmoqlarini qaltiratgancha javob yozdi:
"Bu qanday hazil?! Kira o‘lgan!"
"Hazil emas. Seni sog‘indim, Roze."
Roze nafas ololmay qoldi. Tomog‘iga nimadir tiqilgandek edi. Bu bo‘lishi mumkin emas!
Shu payt Taehyun Rozening yelkasiga qo‘l qo‘ydi.
Roze boshini sekin ko‘tardi. Uning lablari titrardi. U telefonga ishora qildi.
Taehyun ekranga tikildi va… ko‘zlari kengayib ketdi.
"Bu…" – uning ovozi shivirlashga o‘xshadi. – "Kira?!"
Roze boshini irg‘adi. U hozircha ishonolmasdi.
U butun vujudida qandaydir sovuqlik sezdi. Bu qo‘rquv emas edi. Bu… nimadir g‘ayritabiiy narsa edi.
"Men seni ko‘rishni istayman."
So‘nggi xabar ekranda paydo bo‘ldi.
Roze telefonni mahkam ushladi. Yuragi qattiq urardi.
Kira tirikmi? Yo‘q, bu imkonsiz… Lekin…
Agar u haqiqatdan ham qaytgan bo‘lsa-chi?
Roze qo‘llarini muzdek sezdi. Yuragi shunchalik tez urayotgan ediki, go‘yo ko‘kragidan chiqib ketayotgandek.
"Men seni ko‘rishni istayman."
Kiraning xabari ekranda yaltirab turardi.
Bu haqiqatmi? Yoki kimdir shunchaki Roze bilan o‘ynayaptimi?
Taehyun asta telefonga qaradi. Uning yuzi jiddiy edi.
"Agar bu kimningdir o‘yini bo‘lsa, ular juda uzoqqa ketishyapti."
Lekin Roze telefon ekranidan ko‘z uzolmadi. Chunki yuragi unga yolg‘on gapirmasdi.
Hatto ekran ortidan ham u o‘sha energiyani sezardi. Haqiqiy Kiraning og‘riqli so‘zlari.
Nimadir sodir bo‘lgan. Kira o‘lmagan.
Shu payt yana bir xabar keldi.
"Agar sen menga ishonmasang, ertaga kechasi ko‘zguga qaragin."
Taehyun ham xabarga tikilib qoldi.
"Roze… bu yaxshi narsa emas. Ko‘zgu – eng xavfli portal."
"Ko‘zgular – faqat aks ettiradigan shisha emas. Ayrim ko‘zgular sirli. Ular ortida… boshqa haqiqat bor."
Roze bu gaplardan yuragi g‘alati bo‘lib ketganini his qildi.
Taehyun bir lahzaga jim qoldi. Keyin esa sekin gapirdi.
"Chunki men ham bir marta ko‘zgu orqali kimnidir ko‘rganman."
Roze dahshatga tushgancha unga tikildi.
Rozening yuragi shuv etib ketdi. Bu – hazil emas edi.
Shu payt xona birdan muzlab ketgandek bo‘ldi.
Lekin Roze tanasida qandaydir sovuq his qildi.
Shu payt Taehyunning nigohi Rozening ortidagi ko‘zgu tomon o‘zgardi.
"Roze…" – uning ovozi past eshitildi. – "Sekin-asta aylan… lekin ortingga qarama."
Rozening ichidan nimadir uzildi.
Va Taehyun unga qattiq tikilib turardi.
Roze nafasi ichiga tiqilib qoldi. Yuragi do‘mboqqina boladek gup-gup urar, har tomondan dahshat uni siqib kelardi.
Taehyun sekin-sekin o‘rnidan turdi.
"Bu yerda bizdan boshqa kimdir bor."
Roze beixtiyor boshini o‘girdi.
Ko‘zguda o‘zidan tashqari yana kimdir borligini ko‘rdi.
Lekin uning ko‘zlari qora edi.
Roze qichqirmoqchi bo‘ldi, lekin ovozi chiqmadi.
Ko‘zgudagi Kira sekin jilmaydi.
"Sen meni unutmading, to‘g‘rimi, Roze?"
Roze bo‘shashgancha orqaga tislandi.
Bu… qanaqadir tush bo‘lishi kerak!
Ammo yuragi unga boshqa narsani aytardi.