Eyes that never meet
Bu so‘zlar Rozening xayolidan ketmasdi.
"Sen bilgan haqiqat yolg‘on bo‘lishi mumkin."
Bu nimani anglatadi? Kim yolg‘on gapiryapti?
Jungkook yo‘qoldi. Kira esa g‘alati xabarlar yozmoqda. Endi esa… bu sirli Taehyun.
Roze ertalab uyg‘onib, telefonini qo‘liga oldi. Xabarlar yo‘q edi. Faqat bitta noma’lum raqamdan ovozli xabar kelgan edi.
Roze barmoqlari titrab, uni bosdi.
Sokin, vahimali ovoz eshitildi:
"Roze… seni kuzatyapman. Haqiqat yaqin. Lekin unga yetolmasliging mumkin."
Roze shoshib orqaga tisarildi. Yuragi do‘p-do‘p urayotgan edi.
Bu safar uning yuzi jiddiy edi. Ko‘zlari sovuq.
"Ichkariga kirishim mumkinmi?"
Roze ich-ichida qarshilik his qilgandek bo‘ldi. Ammo bilardi: bu yigit unga bir narsa aytmoqchi.
U indamay orqaga yurdi. Taehyun esa ichkariga kirdi.
U xona ichida bir muddat jim turdi. Keyin Rozening ko‘zlariga qattiq tikildi.
"Sen haqiqatni bilishga tayyormisan?"
Taehyun kulimsiradi. Ammo bu kulgi sovuq edi.
"Senga bitta savol: senga kim yolg‘on gapiryapti deb o‘ylaysan?"
Kira? Jungkook? Balki, Taehyunning o‘zi?
Lekin… yuragi shuni bilar edi.
Taehyun jilmaydi. Bu safar iliq.
"Demak, biz boshlashimiz mumkin."
Qorong‘ulik ichida Taehyunning ovozi jarangladi.
"Endi hech narsa avvalgidek bo‘lmaydi, Roze."
Qorong‘ulik. Jimlik. Faqat yurak urishi eshitiladi.
Roze atrofga qaradi. Nafas olish qiyin edi. Qorong‘ulik uni o‘z domiga tortayotgandek tuyuldi.
"Bu – haqiqatning ichki qismi."
Roze ortga tisarildi. Bu Taehyunning ovozi edi. Lekin u ko‘rinmasdi.
Birdan… chaqmoq chaqdi. Yorug‘lik xonani yoritdi.
Roze sharpalarni ko‘rdi. O‘tmishdan parchalar.
U devorga suyanib turgancha hansirar, qo‘llari titrardi. Kimdir unga yaqinlashayotgan edi.
Lekin u mehribon Jungkook emas edi. Uning ko‘zlarida g‘azab, ichki og‘riq bor edi.
"Sen meni tashlab ketolmaysan, Kira." – dedi u sovuq ovozda.
"Men sening soyang emasman, Jungkook!"
Roze yuragi g‘ash bo‘lib, Taehyunni qidirdi.
Birdan kimdir qo‘lidan ushladi.
"Demak, Jungkook… Kira… ular…"
"Kira hech qachon yo‘qolmagan, Roze. Uni… o‘ldirishgan."
Roze nafasi tiqilib qoldi. Buni eshitishni xohlamagandi.
Lekin yuragining tubida… u buni bilardi.
Roze ich-ichidan larzaga tushdi.
Taehyun ohista, lekin qattiq ovozda so‘z qildi:
Birdan xonaning devorlari parchalanib ketdi.
Kira polga yiqilgan, yuragi urmayotgan edi.
Yoningda… Jungkook turgan edi.
Qo‘llari qonga belangan. Yuzida esa hech qanday his-tuyg‘u yo‘q edi.
Lekin Taehyun shunchaki past ovozda so‘z qildi:
"Endi sen bilasan. Endi sen ham o‘zingni himoya qilishing kerak."
Roze ko‘zlarini yumdi. U tushungan edi.