Classic Architecture
Arxitektura har bir dasturchi loyihani boshlayotkanida muhim omil hisoblanadi. Bu albatta loyihani boshqa dasturchilar tomonidan davom ettirilganida qulay va oson bo'lishini ta'minlab beradi. Arxitekturalarni bir necha xil turlari bor masalan, Simple Modular Architecture, Classic Architecture va hk.
Bu maqola orqali Classic Architecture haqida yozmoqchiman. Bu arxitektura orqali o'zim qilgan va qilmoqchi bo'lgan barcha loyihalarimda foydalanaman. Ixtiyoriy Frameworkda foydalanish mumkin, React yoki Vue orqali bemalol foydalanishingiz mumkin.
Classic Architecture hali ham eng ko‘p qo‘llaniladigan va ishonchli yondashuvlardan biri hisoblanadi. Ushbu arxitektura yondashuvi loyihani ishlab chiqishda sodda va tartibli tuzilmani ta'minlaydi. Chunki bunday arxitektura odatda barcha komponentlarni bir joyda birlashtirishga asoslangan. Ko‘pchiligimiz ushbu yondashuv asosidagi loyihalarda ishlaganmiz.
Asosiy Afzalliklari
- Sodda va tushunarli tuzilma
Classic Architecture odatda oddiy loyiha tuzilishiga ega bo‘lib, yangi boshlovchilar va kichik jamoalar uchun tez o‘zlashtirilishi mumkin. Bu arxitektura kodni boshqarish va tushunishni osonlashtiradi. - Tezroq ishlab chiqish
Barcha komponentlar bir joyda bo‘lganligi sababli, dasturiy ta'minotni ishlab chiqish jarayoni tezlashadi. Ayniqsa, kichik hajmdagi loyihalarda bu juda samarali. - Tezkor o‘zgarishlar
Classic Architecture'da o‘zgarishlar kiritish oson, chunki barcha komponentlar bir-biriga yaqin bog‘langan.
Rasmda ko'rib turganizdek o'zim tuzgan real loyihaning arxitekturasi. Loyiha TypeScriptda qilinganligi sabab qo'shimcha folderlar qo'shish talab qilingan, loyihaning katta kichikligiga qarab, loyihadagi o'zgaruvchilarni saqlash va fakeDatalar uchun ham alohida folder ochilgan.
/assets bu qismida loyihadagi /icons, /fonts, /images folderlari tashkil qilingan.
/components bu folderda barcha o'zgaruvchi componentlar joylashgan.
/constants loyihadagi o'zgaruvchilarni shu yerda saqlab olingan. Masalan API uchun url, key, pagination_size, pagination_count va boshqa o'zgaruvchilarni shunday folder ichida saqlash mumkin.
/hooks har bir loyihada API bilan ishlaganida dasturchi tomonidan ko'p joylarda foydalanadigan funksiyalarni hook sifatida qilib olinadi. Menda ushbu folderda CRUD uchun ishlab chiqilgan funksiyalar mavjud.
/pages bu folderda loyihaning barcha sahifalar jamlanmasi.
/router public va private routelar joylashgan.
/types loyiha TypeScriptda qilinganligi sabab typelar uchun bu folder tashkil qilingan.
Men qilgan real projectdagi arxitektura shunday ko'rinishda, bu arxitekturada hamma components ishlab chiqilgan va ularni props shaklida boshqarish mumkin. Odatda yangi boshlagan dasturchilar folderlar joylashuvini qilishda qiynalishadi, shaxsan o'zimda bunday holat bo'lgan.