IT dagi birinchi daromad va ish
Assalomu alaykum ushbu postni o'qiyotgan har bir inson shaxsiy fikrlarim asosida o'zimdagi tajribadan kelib chiqish asosida yozyapman.
Hozirgi kunda O'zbekiston bozorida IT sohasida dasturchilarga talab oshmoqda buni yangi kompaniyalar va chet el kompaniyalarining kirib kelish natijasida bo'lmoqda. Lekin shunga qaramasdan o'rganuvchilar va ishga topshiruvchilar ham juda ko'p. Aksariyat holatda ishga topshiruvchilarda to'g'ri resume va portfolio yaxshi holatda emasligi mavjud.
IT dagi birinchi ishni qanday topish mumkin?
To'g'ri resume tayyorlagan va portfolio mavjudligi sizni ishga topshirayotkanda suhbatga chaqirish imkonini oshiradi. To'g'ri bu gapni hamma ham aytadi lekin hamma ham amal qilmaydi. O'zimdagi shaxsiy tajribadan kelib chiqsam yangi boshlaganimda menda ham resume juda dabdala edi desam bo'ladi, hozir o'sha resumeni ko'rsam kulgim keladi. Agarda sizning tanishingiz sizning sohangizda bo'lsa u bilan yaxshi muloqotni yo'lga qo'yishni tavsiya qilaman. Atrofingizdagi yaqinlaringiz bilan ham yaxshi networking qilish bu ishga kirish imkoniyatingizni bir muncha oshiradi.
HR ga yozganimda xabarimga javob bermadi yoki o'qimadi ham?
Buni hamma boshdan o'tkazgan vaqti kelsa o'zimda ham hozir shunday bo'ladi. Bunga o'zimdagi yechimni taklif qilaman bu orqali oz bo'lsa-da javob olish imkoniyati oshadi.
Siz yuborayotkan resumening nomi shunday ko'rinishda bo'lgani ma'qul sababi siz topshirayotkan kompaniya bir vaqtning o'zida 3-4 xil yo'nalishdagi vakansiya e'lon qilgan bo'lishi mumkin va bu orqali siz HR ga tushunarli qilasiz va o'zingizni hurmat qilish darajangizni ham belgilab beradi bunday kichik ish.
Shunga o'xshash ko'rinishda HR ga habar yuborgan yaxshi, juda ko'pchilik ishga topshirganida HR ga shunchaki resume o'zini yuboradi hech qanday "Salom" ham yozmaydi, bunday inson albatta javob olmaydi.
IT va umuman boshqa sohalarda birinchi ishni topish uchun shularga amal qilinsa suhbat uchun imkon topiladi. Suhbatdagi holat esa u kandinantning tajribasiga bog'liq vaziyat.
Agarda siz ingliz tili yoki rus tili bilsangiz freelance saytlar orqali ish olib daromad qila olasiz. Freelance saytlardan kwork.ru va upwork.com shu saytlar orqali ish olib daromad qilsa bo'ladi. O'zbekistonda freelance asosida ishlaydigan tanishlariz bo'lsa ular bilan birgalikda ishlab tajriba orttirib olsa ham bo'ladi. Birinchi ishga joylashish va daromad qilish uchun albatta tajriba juda muhim.
Hozirda Datagaze LLC kompaniyasida Frontend (Reactjs, Nextjs) dasturchi sifatida ishlab kelmoqdaman. Umumiy tajribam davomida freelance asosida 30 ga yaqin loyihada ishlaganman va ularning barchasi o'z egalariga topshirilgan. Hozirda ham freelance asosida o'zim loyiha olib ishlab kelaman. Shu bilan ushbu postni yakunlamoqchiman.
E'tiboringiz uchun rahmat!
Xato va kamchiliklar bo'lsa uzr so'rayman va forward qilinganida iltimos mualliflik huquqiga amal qilinsin.
Telegram blog manzili: Muhammadislom_Dev