Konstruktivizm
Konstruktivizm tarixi:
Sodda//Funksional//Tushunarli kabi jihatlarni o’z ichiga olgan stil. Ushbu yo’nalish 20 asrni boshlarida Rossiya va Germaniya tomonlarda arxitektura va san’atda ishlatilingan.
Vladimir Mayakovskiyni ko'pincha konstruktivizm asoschisi deb atashadi. U o’zining «в окнах роста» asarida omma uchun targ'ibot san'atini yaratishni boshlagan. Chizmaning soddaligi va uning birinchi asarlarining primitivligi konstruktivizmning qisqalik va tushunarlilik jihatlarini oldindan belgilab bergan.
Ushbu yo’nalishni rivojlanishiga hissa qo’shgan dizayner va arxitektorlar ro’yhati: Aleksandr Rodchenko, Lazar (El) Lisitkskiy, Gustav Klutsis, Solomon Telingater, Aleksey Gan.
Konstruktivizmning grafik dizayndagi asosiy jihatlari:
Soddalilik va minimalizm. Kostruktivizm keraksiz detallarni kamaytirishga va shakllarni soddalashtirshga intiladi. U ko'pincha toza chiziqlar, geometrik shakllar va oddiy rang palitralaridan foydalanadi.
Funktsionallik. Dizayn funktsional va informativ bo'lishi kerak. Konstruktivistlar ma'lumotni aniq tarzda yetkazishga harakat qilishadi, ko'pincha matn va grafikani ixcham kombinatsiyada ishlatishadi.
Fotomontajdan foydalanish. Konstruktivistlar ko'pincha vizual effektlarni yaratish va dizayndagi turli elementlarni birlashtirish uchun fotomontaj va kollajlardan foydalanadilar.
Shriftlar. Konstruktivizmda to'rtburchak shaklga ega, qo'pol shriftlar ishlatilinadi, ulardan eng mashxurlaridan biri Rodchenko (https://fonts.adobe.com/fonts/rodchenko#fonts-section).
Siyosiy va ijtimoiy yo'nalish. Ko'plab konstruktivizm stilida tayyorlangan ishlar siyosiy va ijtimoiy xabarlarni yetkazish maqsadida yaratilgan va ular ko'pincha propaganda qiluvchi elementlarni o'z ichiga olgan.
Ranglar. Konstruktivizmda oq, qora va qizil, ba'zilarida esa ko'k rang kombinatsiyalaridan tashkil topgan. Bunga sabab esa bundan bitta oldingi punktda yozib o'tilgan.
Referenslar:
Stilioteka jamoasi Figma file va o'zlarini telegram kanallarida har hafta referenslar bilan bo'lishib borishadi.
Ushbu stil va boshqa stillar bo'yicha ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz, bizni telegram kanalimizga obuna bo'lib qo'ying: https://t.me/stilioteka