computed
Computed properties — bu data properties'ga o'xshash, lekin boshqa xususiyatlarga bog'liq bo'lgan maxsus xususiyatlar. Ular method kabi yoziladi, lekin hech qanday argument qabul qilmaydi. Dependency (bog'liqlik) o'zgarganda avtomatik yangilanadi.
Vue.js'dagi computed properties — bu boshqa ma'lumotlarga bog'liq holda avtomatik hisoblanadigan xususiyatlar.
Template ichida murakkab hisob-kitob yozish kodni chalkashtirib yuboradi. Shu murakkab mantiqni computed ichiga olib chiqish kodni toza va o'qilishi oson qiladi.
Computed natijani keshlaydi — ya'ni bog'liq data o'zgarmaguncha qayta hisoblamaydi, shunchaki oldingi javobni qaytaradi. Method esa har safar chaqirilganda qaytadan ishlaydi. Shuning uchun katta hisob-kitoblarda computed ancha samarali.
Qoida: Computed faqat qiymat hisoblashi kerak, data o'zgartirish yoki boshqa yon ta'sirlar (side effects) bo'lmasligi lozim. Agar holat o'zgartirish kerak bo'lsa — method ishlatiladi.
Computed ichida = belgisi bilan biror narsaga qiymat berish ko'rsangiz — bu xavfli signal. Computed faqat return qilishi kerak, boshqa hech narsa.
qisqa xulosa : computed - qiyin logikalarni hisoblash uchun kerak. methoddan farqi computedda faqat hisoblanadi biror narsaga tenglashtirilmaydi. ustunlik tomoni qiymatni keshlaydi