January 9, 2022

Html ga kirish

HTML - HyperText Markup Language (gipermatnli belgilash tili )

HyperText - gipermatn

Markup - bilgilash

Language - til

HTML - bu veb-sahifa va uning mazmunini tuzish va ko'rsatish uchun ishlatiladigan kod. Misol uchun, kontent bir nechta paragraflar, markirovka qilingan ro'yxatlar yoki tasvirlar va ma'lumotlar jadvallari yordamida tuzilishi mumkin

HTML dasturlash tili emas bu brauzeringizga tashrif buyurgan veb-sahifalarni qanday ko'rsatishni bildirish uchun ishlatiladigan belgilash tilidir .

Veb-dizayner sayt kirinishini qanday xohlayotganiga qarab, bu murakkab yoki oddiy bo'lishi mumkin.

biz video kursimiz davomida barcha HTML elementlari bn tanishib chiqamiz Inn Shaa Alloh

Bu uchun you tobe sahifamizga murojat qilishingizni soraymiz .

https://www.youtube.com/c/WebBrainAcademy

Tarixi

HTML tili taxminan 1991—1992-yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi britaniyalik mutaxassis Tim Berners-Lee tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun hujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab boʻldi. Bundan tashqari unda hipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qoʻshimcha multimedia (tasvir, tovush, animatsiya va boshqalar) imkoniyatlari qoʻshildi.

Imkoniyatlari

  1. Matn qismining mantiqiy rolini belgilash (matn sarlavhasi, paragraf, roʻyxat va hokazo).
  2. Hipermatnlar yaratish. Bu ayniqsa juda qulay boʻlib oʻzaro bogʻlangan hujjat sahifalari orasida navigatsiya qilishni yengillashtiradi.
  3. Matnning rangi, qalinligi va boshqa shrift koʻrsatkichlarini belgilash.
  4. Maxsus belgilar qoʻyish. ASCII kodirovkasida koʻrsatilmagan belgilar HTML vositalari bilan qoʻyish mumkin. Masalan grek alfaviti belgilari α,ψ, ζ, matematik belgilar ∫, ∞, √, ½, ¼ , ¾, moliya belgilari €, £, ¥, va hokazolar.
  5. Foydalanuvchi kiritishi uchun maydonlar yaratish.
  6. Multimedia fayllarini ochish.

Versiyalari

  • RFC 1866 — HTML 2.0 standarti (22-sentabr 1995-yil).
  • HTML 3.2 — 14-yanvar 1996-yil
  • HTML 4.01 — 24-dekabr 1999-yil
  • ISO/IEC 15445:2000[sayt ishlamaydi] — 15-may 2000-yil
  • HTML 1.0 versiya rasmiy ravishda mavjud emas.

HTML dastlab nostandart turli versiyalari mavjud boʻlganligi tufayli birinchi rasmiy versiya 2.0 dan boshlangan. 1995zyil „Xalqaro Oʻrgimchak toʻri konsortsiumi“ tomonidan HTMLning 3 versiyasi taklif qilindi. Ushbu versiyada juda koʻp yangiliklar, jumladan jadvallar yasash, rasmlarni matn bilan atrofini oʻrash, matematik formulalar yaratish kiritildi, biroq u davrdagi brauzerlarda bu imkoniyatlar realizatsiya qilinmadi. 3.1 versiya hech qachon taklif qilinmagan boʻlib, darxol 3.2 versiyaga oʻtildi. Unda 3.1 versiyadagi baʼzi yangiliklar tushirib qoldirildi. Matematik formulalar boshqa MathML standartida alohida koʻrsatildi.