Yesterday

O'zgaruvchilar: ref va reactive

Oddiy JSda o'zgaruvchilar let, var, const bilan e'lon qilinadi. Vueda ular ishlatiladi, lekin UI ni yangilash kerak bo'lsa — ref yoki reactive kerak bo'ladi.

ref

ref — Vuedagi asosiy reaktiv o'zgaruvchi. Qiymat o'zgarganda UI avtomatik yangilanadi.

script ichida .value bilan chaqiriladi. template ichida esa .value shart emas — Vue o'zi hal qiladi.

reactive

ref dan tashqari reactive ham bor. U faqat object qabul qiladi va .value shart emas.

!!Cheklovlar

Qayta tayinlab bo'lmaydi. reactive o'zgaruvchisini butunlay almashtirsa — reaktivlik yo'qoladi.

Murakkabroq.

reactive ob'ektni destrukturizatsiya qilsangiz ham reaktivlik yo'qoladi:

const { ism } = foydalanuvchi  // ism endi reaktiv emas

ref vs reactive — qisqa taqqoslash

Xulosa: tinchgina ref ishlatavering)