Samsung
Samsung'ning elektronika sohasiga kirib kelishi 1970-yilgi oq-qora televizor bilan bo‘ldi.
Samsung yaratgan ilk elektron qurilma bu 1970-yilgi rangsiz televizor edi. Keyingi on yillik ichida esa kompaniya sezilarli darajada kengayib, o‘zining 1986-yilgi avtomobilga o‘rnatiluvchi telefoni bilan mobil olamga qadam tashladi. Kompaniyaning dastlabki oynai jahon qurilmalarini iste’molchilar iliq kutib oldi, biroq telefon apparati esa tijoriy jihatdan muvaffaqqiyatsiz bo‘ldi.
Samsung'ning logotipi atigi 3 marta o‘zgartirilgan
Kompaniya logotipi 70 yillardan oldin bir necha marta o‘zgartirilgan bo‘lsa-da, bu davrdan so‘ng, ancha barqaror bo‘lib keldi. 1993-yilda hozirgi logotip yaratilgan, shu bilan Samsung o‘z logotipini 3 marta o‘zgartirgan, xolos.
Ilk CDMA telefon
1996-yilda Samsung CDMA texnologiyasidan foydalanuvchi dunyodagi birinchi SCH-100 telefon modelini yaratdi. Foydalanuvchiga unchalik ham ko‘p qulaylik yaratmaydigan, GSMdek darajada emas, deb baholangan bo‘lsa-da, o‘sha davr uchun yangi standart bo‘lgan CDMAning GSMdan ba’zi afzalliklari bor edi.
Samsung'ning eng ko‘p sotilgan smartfoni— Galaxy S4
Samsung ishlab chiqargan ikkinchi eng muvaffaqiyatli telefon bu butun dunyoda xaridlar soni bo‘yicha 14-o‘rinda turuvchi – Galaxy S4'dir. Smartfonni 80 mln foydalanuvchi xarid qilgan, bu ko‘rsatkich bilan esa u Samsung'ning smartfon sohasidagi o‘z rekordi bo‘ldi. Ta’kidlash kerakki, aqlli telefonlar savdosida hozirgacha S4 eng ko‘p sotilganlik reytingida iPhone 6, iPhone 6 Plus va Symbian OTida ishlovchi Nokia 5230 dan keyingi 3-o‘rinni egallab kelmoqda.
Samsung Android'ni sotib olishi mumkin edi, lekin. .
Android fonlar haqida gapirar ekanmiz, bir jihat e’tiborga molikdir: Samsung'da Android startapini sotib olish imkoni bor edi, biroq buni qo‘ldan boy bergan.
O‘zining «Dahanaki jang: Apple va Google'ning janjallashishi va revolyusiya boshlashi» nomli kitobida Fred Vogelshteyn (Fred Vogelstein) 2004-yilda Android startapi ustida ishlayotgan jamoaning loyihani davom ettirish uchun mablag‘ qidirgan paytlari haqida so‘z borgan. Loyihaning 8 nafar barcha a’zosi Janubiy Koreyaga Samsung'ning 20 nafar ijrochi direktori bilan uchrshishga boradi. Jamoa direktorlar kengashiga o‘zining mobil telefonlar uchun operatsion tizim ishlab chiqish g‘oyasini ma’lum qiladi.
Biroq Android yaratuvchilaridan biri Endi Rubin (Andy Rubin)ning so‘zlariga ko‘ra, taqdimotdan so‘ng Samsung'dagilar bir og‘iz ham gapirmagan. Direktorlar bunday kichik startap bilan operatsion tizim yaratish mumkinligiga ishonchsizlik bilan qarashgan.
Ikki haftadan so‘ng esa jamoadagilar ayni taklifni Google'ga kiritadi va shunday qilib Google startapni 50 mln dollarga xarid qiladi. Keyingi yillar davomida Android jamoasi va Google hamkorlikda ishlab, OTni yaratdi. 2008-yil oktabr oyida tizim butun dunyoga namoyish qilindi. Samsung o‘sha paytda Android'ni sotib olganda qanday o‘zgarishlar yuz bergan bo‘lishini bir o‘ylab ko‘rish kerak. Lekin bir narsa aniqki, agar xarid amalga oshirilganida, Android'ni hozir Google emas, balki Samsung boshqarayotgan bo‘lardi.
Samsung'ning ishchilari soni 489 mingdan ziyod
Balkim, bundan xabardorsiz, balkim yo‘q, lekin koreys korporatsiyasi faqatgina elektronika yoki mobil qurilmalar bilan cheklanib qolgan emas. Samsung Group'ga qarashli listingi o‘tkazilmagan 59 ta va listing qilingan 19 ta kompaniya mavjud bo‘lib, ularning hammasi, asosan, Koreya fond birjasida savdo qiladi. Bular qatoriga qurilishdan tortib, moliya, kemasozlik va hattoki tibbiyot sohasiga ixtisoslashgan kompaniyalar ham kiradi. Yuqoridagi tarmoq korxonalari ishchilarining umumiy soni 80 ta mamlakat bo‘ylab 489,000 dan ortiq xodimlarni tashkil etadi.
Samsung haqida yana bir jihat ahamiyatlidir: Dubayda qad rostlagan dunyodagi eng baland bino sanaluvchi Burj Xalifa osmono‘pari aynan Samsung'ning qurilish bilan shug‘ullanuvchi "qizaloq kompaniya"si tomonidan qurilgan.
Samsung kompaniyasi tarixi haqida nimalarni bilasiz? Biz izlanishlarimiz oqibatida dunyoning eng yirik kompaniyalaridan biri bo‘lgan Samsung haqida 10 ta faktni yig‘dik va uni iszning hukmingizga xavola qilishni joiz deb topdik.
1. “Samsung” so‘zi koreys tilida «uch yulduz» degan ma’noni anglatadi.
2. Kompaniyaga bunday nom berilishi uning asoschisi Li Byon Chxolning uch nafar o‘g‘il ko‘rgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Hozir konsernni asoschining kenja o‘g‘li Li Gon Xi (1987 yildan) boshqardi.
3. 1930-yillari koreyalik ishbilarmon Li Byon Chxol guruch uni ishlab chiqarish ishiga kirishadi. Tegu shahrida uncha katta bo‘lmagan ombor quradi. Ana shu ombor “Samsung” kompaniyasiga tamal toshi bo‘ladi.
4. Kompaniya 1938-yilda “Samsung Trading Company” savdo belgisi bilan ro‘yhatdan o‘tdi.
5. Kompaniya rahbari Li Byon Chxol olamdan o‘tganidan ikki hafta keyin – 1987 yil 1 dekabrda konsern boshqaruvini uning kenja o‘g‘li Li Gon Xi qo‘lga oldi va keng miqyosda islohotlar o‘tkazdi. Konsern marketingi butunlay qayta tashkil etildi, kompaniya nishoni yangilandi.
6. Samsung 1983 yildan shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarila boshlandi.
7. 1991 – 1992 yillarda shaxsiy mobil vositalar va mobil telefonlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
8. 1999 yili konsern elektron maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha «Forbes Global» jurnalining mukofotiga sazovor bo‘ldi.
9. Konsernga tegishli LCD monitorlari va televizorlar ishlab chiqaradigan zavodlar Janubiy Koreya – Suvon shahri (1981), Vengriya (1990), Malayziya (1995), Buyuk Britaniya (1995), Meksika (1998), Xitoy (1998), Braziliya (1998), Slovakiya (2002), Hindiston (2001), Vetnam (2001), Tailand (2001) va Ispaniyada (2001) faoliyat yuritadi. Bu tarmoq kompaniyaga yiliga 5 mlrd. AQSh dollari olib keladi.
10. “Interbrand” konsalting kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, “Samsung” kompaniyasi savdo belgisining qiymati bo‘yicha dunyoda 21-o‘rinda turadi. Uning asosiy raqobatchisi “Sony” esa 25-o‘rinda.