May 29, 2022

Xorazmdagi Liderlar maktabi

28.05.2022

Joriy yil 28-may kuni "Kelajak liderlari" klubi koordinatori va a'zolari tomonidan viloyatning Hazorasp tumani chekka hududida joylashgan 29-son maktabida klub a'zosi tashabbusi bilan tashkil qilingan "Liderar maktabi" bilan yaqindan tanishildi.

Uchrashuv oldidan yosh liderlarga Xorazm viloyati "Kelajak liderlari" klubi a'zolari faoliyati, o'tgan davr mobaynida amalga oshirilgan loyihalar, erishgan yutuqlari qamrab olingan videorolik namoyish qilindi.

Uchrashuv davomida klubimiz a'zolari yosh liderlarga o'z tajribalari, bilimlari bilan o'rtoqlashishdi. Yoshlarga lider bo'lishning xususiyatlari, liderlikni afzallik taraflari, taym menejment, kitobxonlikni targ'ib qilish orqali ularning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiluvchi tushunchalarini shakllantirish orqali ajoyib suhbat tarzida o'tkazildi.

Shuningdek, klubimiz a'zolari tomonidan tayyorlab kelingan viktorina savollari orqali ularning bilimlari sinovdan o'tkazildi, shuningdek, yangi ma'lumotlar egallashdi.

Maktab maqsadi faol o'quvchilarni haqiqiy lider qilib tarbiyalash, kelajakgiga befarq bo'lmagan, bilimli va aqlli yoshlar safini ko'paytirish bo'lib, bunday sharoitlarni yaratib bergan maktab direktori va klub a'zosi tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Shuningdek, maktab o'quvchilariga ularning tarbiyasiga ijobiy ta'sir qiladigan kitoblar, shaxmat va stol tennisi anjomlari sovg'a qilindi.

Tadbir davomida yoshlar o'zlarini taklif va rejalari bilan o'rtoqlashishdi.

Liderlar maktabiga omadlar tilaymiz!