May 30, 2025

π‘‚π‘’π‘Ÿ πΉπ‘Žπ‘‘π‘’

1 ep
2020 yil.
Koreya, Seoul

* *
Lily o'z xonasida kiyinayotganida Xizmatchi xonim xonasiga kirdi
-- Kichik xonim, sizni nonushtaga dadangiz chaqiryaptilar.
Lily - 17 yosh, xali ham maktabga boradi. Janob Lee ning yagona erkatoy farzandi. Lily ning onasi bir necha yillar avval vafot etgan. Shundan beri Lily dadasi bilan birga qolgan.
-- Dadam bugun ishga bormadilarmi?
--Yo'q. Taehyung bilan qandaydir ishlari bor ekan.
Taehyung - 25 yosh. Janob Lee ni o'ng qo'li. Janob Lee uni o'g'lidek ko'radi. Taehyung hech qachon pand bermagan chunki uni ham otasi yo'q faqat onasi bilan kichikroq uyda yashaydi.
*Lily pastga tushdi keyin Janob Lee va Taehyung bir nimalarni hal qilishayotgandi. Lily Janob Lee ni oldiga borib uni quchoqladi*
--Xayrli tong, dadalarning dadasi.
--Oho bizning uyqudagi malika uyg'nibdilarku.
--Dadaaa!
Janob Lee uning erkaligidan kuldi
--Bugun ishga bormadingizmi?
--Yo'q. Biz Taehyung bilan hal qiladigan ishlarimiz bor. Sen uyda o'tir. Hech qayerga chiqma. Biz tez kelamiz.
*Shunday deb Janob Lee va Taehyung eshikdan chiqib ketishdi.*

Korea, Seoul kasalxona
Soat 13:45
* *

*Janob Lee ni axvoli o'g'irlashgach Taehyung Janob Lee ni kasalxonaga olib keldi. Doktor xonaga mayus yuz bilan kirdi.*
--Janob Lee, Tadhxislaringizni tekshirdim.
--Hosh nima bolibdi...
--Janob Lee? Juda kech qolibsizlar. Kasallik ancha yil oldin boshlangan lekin o'z tasirini hozir ko'rsatyapti. O'ylaymankiv biz dorilar...
--Gapni cho'zma. Qancha vaqtim bor?
--Aniq aytolmayman. Balkim 2 kun, 2 hafta, 2 oy. Ungacha siz kasalxonada qolishingizga to'g'ri keladi.
*Janob Lee Taehyung ga qaradi.*
--Taehyung, o'g'lim buyerda qolishimga to'g'ri keladi shekilli.
--Janob Lee, lekin kichik xonimga nima deb aytaman?
--Uni ertaga o'zing bilan olib kel. Taehyung, sen bilasan Lily judayam yosh va juda ishonuvchan meni o'limimdan keyin unga uylanib meni boyligimga ega chiqmoqchi bo'lishligi aniq. Meni qanchalik xurmat qilasan?
--Janob Lee bilasiz meni otam yo'q edi sizni uchratmagunimgacha. Siz menga o'z otamdan ham ko'proq mehr berdingiz, sizdan o'lgunimgacha qarzdorman
--Sen ham menga o'z og'limdeksan. Agar men o'lsam meni oxirgi xoxishimni qilasanmi?
--Albatta. Qanday xoxish?
--Men o'lganimdan keyin Lily ga uylan. Shunda kompaniyamni sen boshqara olasan. Shuni bajarsang meni xotirjam ketardim
--M-men? Lekin Janob...
--Iltimos. Uni ximoya qiluvchi odam kerak.

*Ertangi kun. Lily oshxonada ovqat yeyotgandi eshikdan Taehyung kirib keldi.*
--Kichik xonim, Dadangiz sizni chaqiryaptilar. Xaligi... Axvollari og'irlashdi.
*Lily tezda tipirchilab paltosini kiyib birga Taehyung bilan kasalxonaga uning mashinasida keldi. Lily tezda otasi yotgan xonaga kirdi. Katta bir yotoqda uskunlar ulangan xolda Janob Lee yotardi. Lily tezda otasini qo'larini ushlab yig'lashni boshladi*

--Dadajon... oyim tashlab ketgani kam endimi? Siz ham meni tashlab ketyapsiz... Meni tashlab ketmang... Bir o'zim qolamanmi?
--Lily... Yig'lama. Meni eshit... Men seni ishonchli odamga qoldirib ketyapman. Taehyung. Men ketgandan keyin unga turmushga chiq. Agar meni xurmat qilsang, uni gaplarini ikki qilmasdan bajarasan. U seni himoya qiladi.

*Lily ko'z yoshini artib otasiga qaradi*

--T-taehyung? Lekin men uni o'z akamdek ko'ramanku.
--Meni aytganimni qil...

*Lily boshini 'xop' deganday qimirlatdi*

* *
*Oradan 2 oy o'tdi. Janob Lee o'limidan 2 kun o'tib, Taehyung ularni uyiga keldi.*
--Kichik xonim,
*Lily uni yoniga keldi. Lily hali ham qora kiyimda va ko'zlari yig'laganidan ishib, qizarib ketgan xolda edi. Taehyung gapirishni boshladi.*
--Kichik xonim, agar narsalringizni yig'sangiz sizni uyimga olib bormoqchi edim. Buyerda bir o'zingiz qolishingiz xavsiz emas.
-- ...