Performance-marketing: Haqiqiy samaradorlik yoki shunchaki reklama?
Bu postni o‘qish uchun o‘rtacha 2 daqiqa 11 soniya vaqt ketadi (225 so‘z/daqiqada o‘qish tezligi bo‘yicha).
Performance haqida juda ko‘plab gaplar eshitdim. Nimamush, u sotuv qilib berarmish, ya’ni sotuv bo‘limi bilan marketing bo‘limi olib foydaga o‘tirarkan. Rostan shunaqami? Albatta yo‘q.
Sotuv bo‘limi alohida bo‘lim bo‘lib, unda РОП – Руководитель отдела продаж qaraydi siz emas.
Marketing bo‘limiga kelsak, unda butun boshli jamoa ishlaydi, uning tuzilmasi murakkab, va marketing vazifalarining taqsimoti boshqacha va Marketing bo;limini to'laqonli bir kishi hech qachon eplay olmaydi.
Performance-marketing esa alohida marketing yo‘nalishimi? Qisman ha, ammo xalqaro standartlarga ko‘ra, men katta kompaniyalarda bu pozitsiya uchun vakansiya ko‘rmadim bunaqa soha yo’nalishi ham Asosan Rossiyada Performance-marketing degan Mutaxasislar keng tarqalgan.
Performance ma’nosi – samaradorlik degani.
Xo‘sh, unda hamma nega bu haqda boshqacha gapiryapti?
Ayrimlar "Men Performance-marketing xizmatlarini ko‘rsataman" deb kontent qilib beradi va SMM qilib beradi. Balki shu Performance-marketingdir? Bazilar shunchaki Target yoqib berib “ Performance da ishlayman” deyapti , Balki Targetolog bo’lsa bo’ldi u Performance qilayotgan bo’lar ? Albatta yo’q!
Ho’p aslida Performance-marketing nima?
Performance-marketing — bu aniq o‘lchanadigan natijalar va moliyaviy ko‘rsatkichlarga erishishga qaratilgan marketing strategiyasi.
Diqqat: bu marketing strategiyasi deb atalayapti.
Performance-marketing – bu digital instrumentlarni ishlatgan holda, asosan sotuvlarga qaratilgan marketing strategiyasi.
Xo‘sh, unda Lead Generation bilan farqi nimada?
Hammasi oddiy. Lead generation asosan murojaatlar (lead) va trafficga javobgar bo‘ladi, xolos. U sotuvgacha bo‘lgan jarayonda javobgarlik olmaydi.
"Mana shuncha lead yoki traffic olib keldim, bo‘ldi, sog‘ bo‘lasiz deydi xolos " Hamda ular faqat lead va traffic sifatiga qarashadi Marketing strategiya,Product va Tadqiqot va boshqa ishlar qilmaydi faqat texnik ishlar va reklama kreativlarga qilib beradi xolos Bilamizki Targeting mutaxasisi javobgarligi juda qisqa va biznesni Maqsadiga to’laqonli yetkaza olmaydi.
Performance-marketing esa biznesga foyda manbai sifatida qarashga yordam beradi. Bu yondashuv marketingning samaradorligini pul ko‘rinishida baholaydi va ko‘proq daromad olish haqida o‘ylaydi.
Agar ko‘rsatkich pul bilan bog‘liq bo‘lsa (sotish, mijozlarni to‘lash, chek hajmi), u Performance-marketing yondashuviga mos keladi.
Performance-marketing kuchi nimada?
- Barcha ko‘rsatkichlar miqdoriy va o‘lchanadi.
- Haqiqiy sotish orqali barcha jarayonlar aniq o‘lchab boriladi.
- Har bir reklama kanali biznesga qancha pul keltirganini osongina aniqlash mumkin.
- Natijada faqat maksimal foyda keltiradigan kanallarga sarmoya kiritiladi.
Performance-marketingning asosiy vazifasi – mijozlarni jalb qilishning eng samarali kanallarini aniqlash. Qaysi vositalar biznes uchun real vaqtda samarali ekanligini tushunish haqida o‘ylaydi.
Bunda mutaxassislar matematik yondashuvdan foydalanadilar:
- Aniq o‘lchanadigan maqsadlarni belgilashadi.
- Haqiqiy raqamlarni o‘rganadilar.
- Natijalarni taqqoslaydilar va tahlil qiladilar.
Shuning uchun Performance-marketingning eng yaqin sinonimi – natijaviy marketing.
Performance-marketing alohida yo‘nalish bo‘la oladimi?
Ha, bo‘la oladi! Marketing bu yangi fan bo‘lib, doim sohalar va tendensiyalar o‘zgarib boradi – bu tabiiy jarayon.
Shu sababli, bemalol aytish mumkin:
Performance-marketing alohida yo‘nalish bo‘lishga ulgurdi.
An’anaviy marketing bilimlarini va Digital Marketing ichidagi instrumentlarni birlashtirdi. ular endi shunchaki Texnik ish qilib qolmay balki Marketing bilimlarini chuqur o’zlashtirib Biznesga qo’llashni boshladilar
Va eng muhimi – marketingning samaradorligini pul ko‘rinishida baholash va biznesga ko‘proq daromad olib kelish vazifasini o‘z ichiga oldi.
Performance-marketingning xususiyatlari
Performance Marketing – bu reklama va marketing strategiyasi bo‘lib, unda faqat kutilgan natijalar (masalan, kliklar, sotuvlar, harakatlar) uchun to‘lanadi.
Biznes egasi tez natijaga erishish va aniq o‘lchanadigan (raqamli) natijalar uchun pul to‘laydi.
Bu esa marketing xarajatlarini optimallashtirishga va samaradorlikni oshirishga yordam beradi.
Performance-marketing xususiyatlari:
✔ O‘lchanish imkoniyati – Har bir kanalning samaradorligi aniq biznes ko‘rsatkichlariga bog‘lanadi.
✔ Hozirjavoblik – Strategiyalar real vaqtda tuzatiladi, iqtisodiy vaziyat, raqobatchilar harakati ham baholanadi.
✔ Aniq maqsadlar – Har bir maqsad o‘lchovchan, erishish mumkin bo‘lgan va vaqt bo‘yicha cheklangan bo‘ladi.
✔ Texnologiyalar – Reklama samaradorligini baholash uchun zamonaviy tahlil tizimlari ishlatiladi (Google Data Studio, Tableau, Power BI va boshqalar).
Mijozlarga keng qamrovli xizmatlar ko‘rsatadigan Performance-marketing agentliklari odatda aniq KPI (asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari) qo‘yadilar va erishilgan natija uchun haq oladilar.
Ammo ba'zi kompaniyalar "Performance-marketing" kontseptsiyasini noto‘g‘ri talqin qilishadi. Ular ushbu atamadan o‘z xizmatlari narxini sun’iy ravishda oshirish uchun foydalanadilar.
"Mening xizmatim narxi $5,000 - 10,000, chunki men sizga Performance-marketing qilaman, shu uchun to‘laysiz."
Bu sun’iy narx oshirish taktikasi.
Aslida esa Performance-marketing bozorida aniq ish hajmi va natijalarga qarab belgilangan narxlar mavjud:
- $1,000 – 10,000 (bajariladigan ish hajmi va Biznes vazifaga qarab).
- Sotuvdan 0.05% – 20% gacha ulush olish (biznesning holati va hajmiga qarab).
- Mutaxassis biznesga sherik bo‘lmaydi, lekin foyda bo‘yicha sherik bo‘lishi mumkin.
Bu modelni USA va rivojlangan davlatlarda "Growth Partner" biznes modeli deb atashadi.
Lekin endi siz firibgarlarni taniy olasiz! 😁
Performance-marketing uchun foydalaniladigan kanallar
Performance-marketing Digital (Paid Media) reklama kanallaridan foydalanadi.
Reklama kampaniyalari doimiy ravishda KPI bo‘yicha sozlanadi va tahlil qilinadi.
Paid Media tarkibiga nimalar kiradi?
- Search Ads (Google, Yandex)
- Display Ads (Banner reklamalar)
- Native Ads
- Meta, TikTok, LinkedIn, X (Twitter), Snapchat, Telegram Ads
- Email & SMS marketing
- Retargeting & Remarketing
- Influencer va Affiliate Marketing
Performance-marketing samaradorligini o‘lchash ko‘rsatkichlarini bazilarini keltiraman aslida Ko'plab metrikalari mavjud
- CPA (Cost per Action) – kerakli harakat (zvonok, sotib olish, obuna) uchun sarflangan mablag‘.
- AOV (Average Order Value) – o‘rtacha chek, ya’ni ma’lum davr ichida tushgan umumiy tushum mijozlar soniga bo‘linadi.
- ROI (Return on Investment) – investitsiya qaytarilishi, ya’ni foyda va xarajatlarning foizdagi nisbatidir.
- LTV (Lifetime Value) – mijozning butun hayoti davomida kompaniyaga keltirgan daromadi.
- CAC (Customer Acquisition Cost) – bitta mijozni jalb qilish narxi.
- va boshqa
Performance-marketing strategiyasi qanday qilinadi? mavzusida bo’ladi
Kuzatishda davom eting! Foydali bo‘lsa, olov qo‘ying! 🔥
https://t.me/muslim_ansoriy - Obuna bo'ling!