«𝑳𝒐𝒄𝒌𝒆𝒅 𝒖𝒏𝒕𝒊𝒍 𝒀𝒐𝒖»
- Arien, bilaman, meni eshityapsan!
Deyarli yarim soatdan buyon turmush o‘rtog‘ini yotoqxona ichkarisiga kiritmayotgan qiz erining gaplaridan biroz achchiqlandi.
- Ocha qolsangchi shu la’nati eshikni! — Taehyungning ovozi bu safar balandroq chiqdi.
Qiz esa jim, go‘yoki uni eshitmayotganday atayin yigitning jigʻiga tegardi.
- Ohirgi marta ogohlantiraman! Agar ochmasang eshikni, o‘zim buzib kiraman!
Yigitning so‘nggi gaplarini eshitgan Arien tezda eshik qulfini sezdirmasdan ochib qo‘yarkan, ayyorona tabassum bilan undan biroz nariroqqa ketdi.
- Buzsang buzaver, baribir ochmayman~ — yigitni mazahlagan ko‘yi xotirjam gapiradi qiz.
- Ahh... Aslida senga nisbatan kuch ishlatish niyati yo‘q edi menda. Lekin o‘zing meni shunga majbur qilyapsan.
Erining gaplaridan kulib yubormaslik uchun ikki qo‘lini lablari ustiga qo‘yib olgan qiz tisarilib orqaga yura-yura yotoq yoniga borib qolgandi. Yotoqning chetiga o‘tirib olib, birozdan so‘ng bo‘ladigan afsonaviy yiqilishni hayoliga keltirar ekan, bu orada Taehyung allaqachon sanoqni boshlab ulgurgan edi:
- Bir... ikki... uch!
Eshik qulfi ochiqligidan behabar yigit yelkasi bilan eshikka urilar ekan, unga hech bo‘lmaganda yana qayta ikki-uch marta zarba berishni rejalagandi. Ammo uning ilk zarbidan to‘satdan ochilib ketgan eshik tufayli muvozanatini saqlab ulgurmay, gursillagancha polga yiqildi.
Taehyungning yiqilishi bilan xona, qo‘lini yostiqqa urgancha bor kuchi bilan qahqaha otayotgan qizning kulgusiga to‘ldi.
- Ko‘ngling to‘ldimi?! — soxta alam bilan mushtini polga urgan yigit qoshlarini chimirgancha o‘rnidan turdi.
- Menmi?! Senchi, sen! — qiz ham unga qosh chimirgancha qararkan, Taehyung nimanidur yodidan chiqarganini anglab, peshonasini ishqagancha eslashga urindi.
- Bilasanmi, men haligi... Bugun tushdan so‘ng muhim uchrashuvim bor edi. Senga va’da berganim yodimdan chiqibdi. Kechir, sevgilim... Balki o‘sha filmni ertaga ko‘rarmiz. — gapirish mobaynida qizga yaqinlashadi Taehyung.
- Qanday qilib buni unuta olasan?.. — qo‘llarini ko‘ksiga bog‘lab, ko‘zlarini qisgancha yigitga qaradi.
- Azizam...
- Hm... — Arien norozilik bilan labini burdi.
- Sevgilim...
- Nimaa...
Yigit qizga sekin yaqinlashib, belidan ohista quchdi-da, yelkasiga iyagini tiragancha gapira boshladi:
- Bu meni aybim, bilaman. Meni kechir. Lekin sen ham bugun yetarlicha asabimga tegding.
- Unutganingga yarasha, jazoyingni olding! — qiz ham bo‘sh kelmay javob qaytardi.
- Nima demoqchi bo‘lyapsan? Aslida men seni jazolashim kerak! — Taehyung huddi bolalarday lablarini burib gapirar ekan, uning bu qiliqlaridan Arienning ensasi qotdi.
- Nimaa?! Men jazolanishim kerak?! Qanaqasigaa~
- Shunaqasiga. — qizning burniga o‘ynoqi chertib qo‘yarkan, ko‘zlarini uni lablaridan uzmay gapini davom ettirdi yigit.
- Sen meni atayin yiqitib yubording!
- Yo, Xudoyim! Menmi?! Axir o‘zing yiqilib tushding-ku! Kim senga eshikni buzgin degandi?! — Arien qorachiqlarini ko‘z kosasi atrofida aylantirarkan, yigitning bag‘ridan chiqqancha ko‘rsatkich barmog‘ini niqtab unga yuzlandi.
- O‘zing aybdorsan!
- Sen!.. Sen meni shuni qilishimga majbur qilding! — qizning qo‘llarini birlashtirib, yuqoriga ko‘targancha devorga tirab, tanasini uning tanasiga bosdi.
- T-Taehyung...
- Nima... Seningcha, men — Kim Taehyung — buni javobsiz qoldiramanmi~
Bir deganda lablarini qizning lablariga bosarkan, tilini uning og‘iz bo‘shlig‘iga kiritgancha qizning tili bilan o‘ynasha boshladi. So‘ngra sekinlik bilan bo‘yinbog‘ini bo‘shatib, o‘zi bilan ehtiros to‘lqinlarida tebranayotgan rafiqasining qo‘llari bo‘yniga o‘ralgach, yotoq tomon harakatlanish barobarida ikkisining ham kiyimlaridan halos qilgancha qizning tanasida o‘pichlar qoldira boshladi.
- Mmm... seni sog‘indim...
Qulog‘iga issiq nafas bilan aralash urilgan so‘zlar ortidan ichiga kirgan og‘riq o‘rnini astalik bilan rohat egallay boshlagan qiz, yigitning sochlari bilan o‘ynay boshladi. Va shu tariqa, bir-biriga mushtoq ko‘ngillar yana qayta birlashgancha xonani o‘zining lablar tutashuvi, yurak urishlari va bo‘g‘iq nafaslar shovqiniga to‘ldirib, sevishganlar ruhiga ruh bag‘ishlardi.
Mana men sizga vaʼda qilgan reaksiya lekin unchalik yaxshi chiqmadi negadur umuman koʻnglim toʻlmadi🥲 sizga sal boʻlsa ham yoqadi deb umid qilaman albatta men sizchalik yaxshi yozolmayman ammo men harakat qildim va qoʻlimdan kelgani shu eʼtiboringiz uchun rahmat🫂❤️