April 12, 2025

Sameness

"Same lips, same voice… but never the same love."

(Passage/2) 2-qism

~
Voz kechishni o‘rganganingda insonlar senga hayrat bilan boqadi, "Qanday qilib bu qadar osonlik bilan hayotingdan chiqarasan" deya... Ishoning, bu siz o‘ylagandek oson bo‘lmagan... Ammo "Sendan voz kechmayman" deganlarning bir onda yangi bir hayotga qadam qo‘yganlarini ko‘rgandan so‘ng boshqa yo‘l ham qolmadi menda...
Ha men voz kechdim.. voz kechishni o‘rgandim men ham!
~

♡

~
Qish...
Qishni "ayriliq fasli", derlar,
Qish—bahor bo'la olmaydimi?!
Sen qishda kelgan bahorim eding...
Aslo tark etmas qalbim bahori~
Afsonaga aylangan bahor.
Sen deya qaxratonni ham sevaman!
Qishni "ayriliq fasli" derlar,
Sen-la har qish uchrashaveraman...
(Zero, shundoq ham ko'zlarimda yashaysan)
~

Turgan joyida qotib qoldi qiz, qordan sirgʻalib oqib kelayotgan qip qizil suyuqlikni koʻrayotgan koʻzlariga ishonmay, ularni qattiq ishqalagancha yaqinroqqa kelib engashdi. Qaradi-yu hayratgan koʻzlari kattarib ketti, koʻz oʻngida butun boshli, bir butun inson oʻz qoniga belangancha titrab yotardi.

..)

Yoonji erkakga yaqinroq keldi, choʻkkalagancha koʻrsatgich barmogʻini uning burni ostiga tutarkan, barmogʻiga kelib urilgan kuchsiz nafas sabab ohista hoʻrsinib erkakni turtdi.
-heey~ koʻzingizni ocha olasizmi?

oʻziga kelib urilgan ketma-ket yengil turtishlardan soʻng erkak asta qoʻzgʻalib ko‘zlarini ochdi. Qahvarang koʻzlari hira tortib, unga tikilgancha sovuqdan qaltirab turgan qizni ko‘rdi u. Tun qorongʻusida ham uning chehrasi mayin nur taratayotgandek tuyulib ketdi. Hushi oʻzida emasdi, bir zum tikilib turgach qizning qoʻllarini maxkam ushladi.

..)

Ogʻriqdan kuchsizlanib borayotgan tana tobora boʻshashib ketayotgan bir paytda erkak qizning bilagidan tutib turardi. Qattiq.. shundayin qattiq tutayotgandiki goʻyo yoʻqotib qoʻyishdan qoʻrqayotganday. Sovuqdan quruqshab ketgan kuchsiz lablari orasidan nimadur deyishga urinardi u ammo bari befoyda.. chiqarayotgan soʻzlari pichirlashdan nariga oʻtmas, oʻtgan taqdirda ham tushunib boʻlmasdi.
-N. Ee.. gg..a Sss... uu....y.i..ii..

Bilagini tutgan sovuq qoʻllardan halos boʻlish niyatida, qafasda qamalgan yovvoyi qushday tinmay pitirlayotgan qizning urinishlari besamar ketib, mastlik tufayli oʻzi ham erkakning ustiga quladi. Birozdan soʻng oʻzini oʻnglab tizzasiga tayangancha boshini koʻtargan qiz erkakga boqdi, u zoʻrgʻa nafas olardi, erkakning sovuqdan oqargan yuziga qarab Yoonji ham chuqur nafas chiqardi
-Siz kimsiz oʻzi?.. bu yerda nima qilyapsiz? kim bunday qildi sizga? Va Nega..
Atrof sukunat deb atalmish ummon qariga choʻkib borarkan, qiz qoʻlini yerda bazoʻr nafas olayotgan erkakning yuzi tomon harakatlantirish barobarida ohista pichirlab savol berardi. U erkakning yanogʻigacha tushib turgan sochlarini olib, uning qahvarang koʻzlariga boqdi. Negadur bu koʻzlar tanish.. qiz bu koʻzlarni endi koʻrayotgani yoʻq, ammo uni tanimaydiku.. katta katta ochilgan koʻzlar, hansirab zoʻrgʻa olinayotgan nafas, savol berilgani sayin chimirilayotgan qoshlar va tobora qisilib borayotgan qizning bilagi, ikkisining oʻrtasidagi sassiz ziddiyat toʻsatgan kelgan notanish ovoz sabab tezda buzulib, nigohlar baravariga ovoz sohibi tomon burildi.
-Tushunmadim?!
Pov/Yoonji: Atrofimda nimalar boʻlayotganiga tushunmay boshim qotib turgan bir paytda toʻsatdan kelgan ovoz sabab men va yonimda yotgan kimsa bir varakayiga ovoz kelgan tomonga qaradik. Qarshimda boʻylari uzun, qop-qora kiyingan, yoshi chamasi 27lar atrofidagi bir kelishgan yigit turardi.

..)

Uning nigohi oʻtkir, koʻz qorachiqlari bilan odamni teshib yuborgiday shunday qarardiki hatto men bundan oʻzimni yomon his qila boshladim
-Halaqit bermayapmanmi?!
Yigit qoshlarini chimirib bir menga bir ogʻriqdan hirillab zoʻrgʻa nafas olayotgan boʻlsa ham yonimdagi bilagimni hali hamon qoʻyib yuborish niyati boʻlmagan notanish kimsaga qarab gapirar ekan, uning ortidan yetib kelgan yana bir nechta qora kostyum shimlilarni koʻrib hayratimni yashirolmadim toʻgʻrisi
Yoonji: N..nima! kimsizlar oʻzi? tushunmayapman..
Bir on nimalar boʻlayotganini anglayolmay qoldim, hammasi shu qadar tezlashib kettiki hech narsaga ulgurolmadim, oʻsha qurollilar orasidan yigitning bir ishorasi bilan darrov oldimga yetib kelgan kostyumli erkak kostyumi choʻntagidan qandaydur kichik shisha idish chiqarib uni roʻmolchasiga toʻkkancha burnim aralash ogʻzimga bosdi, nafas ololmay qoldim.. pitirlagancha, havo yetishmaganligi sabab noiloj oʻsha gʻalati isdan hidladim. Koʻz oʻngim qorongʻulashib borarkan ohirgi koʻrgan narsam hiralikda aylanayotgan boyagi yigit yaralangan erkakni yelkasidan tutib mashinasiga joylayotgan sahnasi boʻldi...
~

Hushidan ketishidan oldin)

Tonggi soat 8:15
-Chuncheongnamdo, Nonsan shaxri Konyang universiteti-

~
Quyosh ayni koʻkga chiqib, sovuq havoda oppoq qorlarni yaltiratgan payt Universitet binosi oldiga sariq tusli mashina kelib toʻxtadi, uning ichidan viqor bilan bir qiz tushib kelardi sochlari uzun, yuzi qorongʻu tunni yoritgan oyni eslatuvchi, qaddi qomati raso...

Han Seulgi..)

Pov/qiz:Oʻz hayollarim bilan oʻralashib universitetga yaqinlashib qolganimni ham sezmay qolibman taxi haydovchisiga toʻxtashini aytib, pulni uzatgancha mashinadan tushar ekanman birdan qarshimdan chiqqan yigitni koʻrib hafsalam pir boʻlgancha qoshlarimni chimirdim, qoʻllarim bilan qora sochlarimni ortga taradimda uni mensimagan koʻyi universitet ichkarisi tomon qadam tashladim. Ichkariga dadil qadamlar bilan odimlar ekanman birdan bilagimda begona qoʻllar taftini sezdim, tushunqiramay yelkam uzra boshimni ortga qaratarkanman bir juft tanish koʻzlarga toʻqnash keldim oʻsha nigoh, oʻsha moviy koʻzlar.. soniyalar ichida meni devorga mixlagan yigit jovdiragancha mening koʻzlarimga tikildi

Oʻsha yigit🌚..)

-Nima qilyapsan!? Qoʻyib yubor!
-Seulgi.. iltimos gaplashib olaylik
Seulgi: Sen bilan gaplashadigan gapim yoʻq meni! QOʻYIB YUBOR!
-Biroz tinchlanib olsang yaxshi boʻlardi..
Tinmay tipirchilayotgan qizni yelkalaridan tutib silkitgancha gapiradi yigit
-kanfetini olib qoʻyishgan yosh boladay ish tutyapsan kel yaxshisi kattalarday gaplashib olamiz!
Seulgi: Nima qilishni sendan soʻrar ekanmanmi?!
-Han Seulgi!
Seulgi: Aslo! Aslo bu harom tillaringda meni ismimni tilga ola koʻrma! Seni ortiq koʻrishni istamayman ham!
-Seulgi.. Lekin.. nega?! Nega bunday qilyapsan!? tushunmayapman buni biror bir sababi.. bormi?
Seulgi: Sababi?! Axax sababimi?..Chunki men shuni istayman! tugadi Lee Felix, sen bilan hammasi tugadi!
Qiz jahl bilan achchiq kularkan yigitning koʻzlariga qattiq tikildi goʻyo haqiqatni tan olishni istamayotgan kimsadan qasd olmoqchiday
Yigitim.. yaʼni "sobiq" yigitimning menga umid bilan boqib turgan koʻzlariga qarab biroz tikilib qoldim ammo avvalgiday emas, ularni endi avvalgidek koʻra olmayman hatto oʻzim juda istasamda buni qilolmayman, ortiq bir soʻz demadim, gapirishni istamadim ham, meni tutib turgan qoʻllarni siltab, sobiq yigitimni koʻksidan itargancha chiqib oldim. Ortimga ham qaramay qora jeketimni toʻgʻirlab, zoʻrgʻa chiqay deb turgan koʻz yoshlarimni siqib chiqargancha yuzimni artdim, koʻz yoshlar men uchun emas. Ichkariga kirdimda bu ahvolda darsga kira olmasligimni oʻylagan boʻldim, qadamlarimni toʻgʻri yuvinish xonasi tomon toʻgʻrilagancha ichkariga kirgan zahotim devordagi koʻzguda oʻz aksimga duch keldim. Qanday ojiz~ nafratlanaman! Kichik sumkamni titkilagancha pardoz vositalarimni qidirishga tushib ketdim, koʻz yoshlar sabab shishgan koʻzlarimni yashirish, ular ostida chaplangan qora izlar, qizargan yanogʻimni oʻziga keltirish.. ah shibal* qandaydur ablax tufayli yarim soatlik qilgan pardozim buzildi axir, endi buni boshidan qilishim kerak. Bugun yana bir bor oyimning gaplari mutlaqo toʻgʻriligiga guvoh boʻlib turibman "Sevgi bu ojizlik, sevmoq esa ahmoqning ishi" oʻtmishga nazar soladigan boʻlsam gʻirt ahmoq boʻlgan ekanman..
~

Oynadan tushib turgan quyosh nurlari sabab qisman yorugʻ boʻlgan xonada tinmay asabiylashib aylanayotgan yigitning yuzi biroz yorishganday boʻldi yigit oʻylangancha uyoqdan buyoqqa yurarkan nimanidur kutayotgani yaqqol sezilib turardi, telefonning birgina qoʻngʻirogʻi uning butun hayollarini tarqatib yuborishga sabab boʻloldi, tezlikda stol ustida yotgan telefon tepasida paydo boʻlarkan goʻshakni koʻtargancha ikkinchi tomondan javobni kutib qoshlari chimirildi

Yigit..)

📞-Janob Jeon!
chuqur nafas chiqargancha telefonni qattiq siqqan yigitning tobora asab tolalari bardosh bermay qoʻllarini qirsillatishda davom etardi..
📞-eshitaman gapir
-J..janob.. haligi., bir muammo chiqib qoldi., So Junte... U yoʻq.. uni tekshirish uchun tushgandim, topa olmadim hammayerni qidirdik ammo..
📞-F*ck! Laʼnati senlarga bir ishni ham ishonib boʻlmaydi! men bilmayman! darhol uni topasanlar, yerni tagidan boʻlsa ham qidirib top!
📞-Hoʻp boʻladi janob!...
Bir qoʻlini sochlari orasidan oʻtkazgan Jungkookning ikkinchi qoʻli musht boʻlib tugilarkan vishillab, soʻkingancha yana soʻzini davom ettirdi
📞-Hoziroq bugungi barcha uchrashuvlarni bekor qil!
📞- lekin janob... haligi bugun, muhim uchrashuvingiz bor., janob Prezident bugungi oqshomni siz uchun band qilishimni tayinlagandi..
📞-Gaplarimni behostan eshitmay qolding deb hisoblayman, qanday uchrashuv boʻlishidan qaʼtiy nazar~ men bekor qil dedimmi bekor qilasan! Uqdingmi!?
📞-Ha..a hoʻp boʻladi Janob..
Qoʻngʻiroq yakunlandi*
Asabiy lablari orasidan soʻkingan yigit telefonni qoʻyarkan katta qadamlar bilan xonani tark etdi.
~

-"Kim"lar xonadoni-
Ertalabgi nonushtadan soʻng Yerin xonim idish tovoqlarni yuvarkan yuziga yopishgan koʻpikni bilagi bilan artgancha noliy boshladi
-uff oʻzi birgina shu yetmay turgandi ahvolingga qara Yerin~ xizmatchilar ishini ham oʻzing qilyapsan, qilmagan ishing shu qolgandi oʻzi..

Maybe tasavvur uygʻotadi..)

Peshtaxta ustida jiringlagan telefon uning hayolini boʻldi, qoʻlini yuvib sochiqqa artgach, tomogʻini qirgancha goʻshakni oldi
-Hayrli tong xonim yaxshimisiz~ ahvollaringiz yaxshimiii?
mulozamat bilan murojaat qiladi Yerin)
-rahmat Yerin, oʻzingizchi?
-men ham yaxshiman rahmat..
Ayolni nima sababdan qoʻngʻiroq qilayotganini tushungan Yerin kalovlangancha nima deb javob berish haqida oʻylanib qoldi
-Yerin qizingiz bilan gaplashdingizmi?Rozi boʻlmadimi?
-Men. men haligi... Ha gaplashdim u.. U rozi! Ha u rozi boʻldi.
-Rostdanmi? Bu juda yaxshi habarku~
Goʻshak ortidan ayolning shodlikka toʻla vazmin ovozi yangragach unga nima deb qoʻyganini oʻzi ham bilmay qolgan Yerin xonim pastki labini tishlagan koʻyi ichida oʻzini koyishga tushdi
Pov/Yerin: nima deyishim kerak edi ahir~ boshqa ilojim yoʻq edi meni! Ahh nimalar qilib qoʻyding Yerin~ endi buni nima qilasan..
-Unda u bilan qachon koʻrishib, gaplashib olsak boʻladi?
Toʻsatdan goʻshak ortida berilgan savoldan esankiragan Yerin chuqur nafas rostlagancha javob qaytardi
-Xonim biz.. men qizim bilan bu haqida bafurja gaplashib olganimdan soʻng sizga oʻzim xabar qilaman maylimi? Ohirgi paytlarda u biroz band edi..
-Mayli, Yerin unda menga xabar qilishni unutmang!
-hoʻp, yaxshi xonim..
Qoʻngʻiroq yakunlandi*
peshtaxtaga suyangach chuqur nafas chiqargan Yerin oʻzini boʻsh qoʻygancha boʻlib oʻtgan ishlar haqida oʻylay boshladi.

Kim Yerin)

>FLASHBACK< (2 kun oldin)

"Kim"lar xonadonida yana bir oddiy boʻlgan kunlardan biri, ohirgi paytlarda hammasi bir xil tus olayotgandi, uyni koʻrish uchun kelganlar uning yuqori narxi sabab qaytib ketardi, yana bir haridor keldi ammo u begona emas, kutilgan haridor. Aftidan ular Yerin xonim bilan tanish, uyni aytilgan narxida sotib olib tanishiga yordam koʻrsatishga qaror qilgan ayol, uyga kirishi bilanoq uni sinchiklab oʻrgana boshladi. Yerin uni qahva bilan siylab, mehmonxonaga taklif qildi. Suhbat davomida ayol uy buyumlariga ham alohida eʼtibor qaratar ekan koʻzi mehmonxona javoni ustidagi oilaviy suratlar orasida koʻrimsizgina boʻlib turgan kichik ramkaga va undagi oʻziga tanish boʻlgan suratdagi chehraga tushdi. Ayol entikib oʻrnidan turarkan suratni qoʻliga olgach kattalashgan koʻzlarida hayrat va savolli nigohlari bilan Yeringa qaradi. U oʻziga tanish boʻlgan chehrani koʻrsatgich barmogʻi bilan koʻrsatgancha Yerinni soʻroqqa tuta boshladi. Yerin ham esankirab qoldi ayolning savollariga birma bir javob berarkan sababini tushunolmay xunob boʻlardi

Ayol..)

-Bu Kim? bu qiz sizga kim boʻladi? Yerin javob bering!?
("Yerin javob bering" zoʻr chiqarkana😂😁)
-U.. umuman olganda u turmush oʻrtogʻimning qizi..
Yerin gaplarini tugatib ulgurmay ich ichidan asabi buzila boshladi, u qizni yoqtirmasdi shu sababdan qiz haqida gapirishni ham oʻziga ep koʻrmasdi. Turmush oʻrtoʻgʻi boʻlmish janob Kim esa qizining ham uyda hech boʻlmasa bitta surati boʻlishini hohlardi shuning uchun uni mehmonxona javoni ustiga qoʻydirib qoʻygandi. Yerin atayin suratni koʻrimsiz joyga joylashtirgan boʻlsada u ayolning oʻtkir nigohlaridan chetda qolmagandi.
-Yerin men sizga savol berdim!
Ayolning jahl aralash chiqqan baland ovozi sabab Yerinning hayoli hayotga qaytdi.
-Aaa men aytmoqchimanki u qiz..
Ayol Yerinni soʻzlarini kesib tashladi-da oʻzini qiziqtirgan savolni berdi
-U hozir qayerda shu yerda, uydami?
-Yoʻq, yoʻq! U biz bilan yashamaydi dugonalari bilan birga turadi..
Bosh chayqab qoʻygach biroz jim qolgan ayolning keyingi gaplari Yerinni ham hayratga soldi
-U menga kerak! Topib bera olasizmi? Hoziroq.
-Aaa Nima sizga kerak?! ammo nima uchun?
Hoʻrsingancha ayol Yeringa barcha sabablarni tushuntira boshladi
...

...
-Demak hammasi...
-Ha hammasi yolgʻizgina nabiram uchun! u onasini juda sogʻingan.
Yerin tushunganday bosh chayqab qoʻygach ayolning birdan mayus tortgan koʻzlariga boqdi
-Agar uni koʻndirolsangiz...U bir zum oʻylanib qolgach soʻng gapini davom ettirdi) uyingizni sotishga majbur boʻlmaysiz! musodara qilingan barcha mol mulklaringizni ham kompaniyadagi sotilib ketgan aksiyalaringizni ham oʻzingizga qaytaraman.
Uning qatʼiyat bilan aytilgan jiddiy gaplaridan biroz hayratga tushgan Yerin oʻzini tutishga harakat qilib tomoq qirgancha ayol bilan borayotgan suhbatni davom ettirdi.
>COMEBACK< (hozirgi vaqt)
~

Hozirgina odamlaridan ijobiy xabar eshitgan yigit kontaktidagi oʻziga tanish boʻlgan ism ustiga bosgancha kuta boshladi va goʻshak ortidan tanish ovoz ohanggi yangragach hotirjam tortgancha oyoqlarini chalishtirib divanga joylashdi
📞-Eshitaman Jeon

📞-hoʻsh, janobi oliylari ahvollaringiz qalay~
📞-Yaxshi desa ham boʻladi, yomonmas
Yigitning masxaromus ohanggiga nisbatan ancha jiddiy gapirgan boʻldi
📞-Kechagina oʻq yegan inson sifatida shunday gapirolsang demak yaxshisan!
📞-ha shunday!
📞-bundan hursandman
📞-Men ham.
📞- Ha aytgancha Hyung, yaxshi boʻlib qolgan ekansan, senga syurpriz tayyorlab qoʻyganman bir kelib ketsang boʻlarmidi.. mm nima deysan
Goʻshak ortidan tirjayib qoshlarini uchiradi yigit
📞-Qanday syurpriz?..
📞-Kelsang bilasan!
📞-Hooy aytaqolsangchi endi Jungkook!
📞-Syurpriz oʻz nomi bilan syurpriz~ agar qiziq boʻlsa doimgi joyda koʻrishamiz!
📞-Hooy men bunday ishlar bilan shugʻullanmay qoʻyganman bilasanku
📞- Menga baribir kelsang kel, boʻlmasa oʻzim hal qilaman
📞-Hoy bola..
Qoʻngʻiroq yakunlandi*
Sochlarini qoʻllari bilan toʻzgʻitgancha baland ovozda kulgan Jungkookning kayfiyati koʻtarildi, oʻrnidan turgancha kostyumini toʻgʻirlab aytilgan manzil tomon yoʻlga tushib ketdi...

...
2-qism yakuni
Mana goʻzallar ikkinchi qismni ham kutib oling😆uzoq kuttirganim uchun uzur soʻrayman avvalambor🤧 yana bir gap men shaxsan bu qismni umuman yoqtirmadim menga bu qism unchalik yoqmadi qandaydur koʻnglim toʻlmadida nu ha mayli xatolarimga koʻz yumib ketarsizlar🙂‍↕️ sizchalarni yaxshi koʻraman ✨

Kayfiyatni tushirmang sizlar bil
an men Mandarinka boʻldim🙂‍↔️💗..
"Yeongwonhi hamkke halgeyo🫰🏻"

🫴✨💔=❤️‍🩹
Author-Mandarinka (김 윤지)🍃