January 25, 2019
Bitiruvchilar bo’lajak kasbiga sayohat qildi
2019 yil 25-yanvar kuni Ahmad Farg’oniy nomidagi Farg’ona viloyat axborot-kutubxona markazida Marg’ilon pedagogika kolleji axborotlashtirish va kutubxonashunoslik yo’nalishi uchinchi bosqich o’quvchilari uchun ekskursiya tashkil qilindi.
Ekskursiya davomida o’quvchilar Farg’ona viloyat axborot-kutubxona markazi tashkil etilishi tarixi, bo’limlar ish jarayoni, kutubxona qoidalari, o’lkashunoslik muzeyi bilan yaqindan tanishishdi.
Shuningdek, ularga axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, tashkil etilayotgan yangi loyihalar, chet tillarida olib boriladigan klublar faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.