October 17

Sayyor darsdan lavhalar

Iqtisodiyot va turizm fakulteti o'qituvchisi Muxamedjanova M.B. 3-1 LOG-22 guruh talabalari bilan 16 oktabr 2024 yil 1 smena 2-3 juftlikda Buxoro Davlat muzey qo'riqxonasiga "Menejment va marketing" fanidan sayyor dars mashg'uloti tashkil etildi. Talabalar Buxoroning qadimgi tarixini, uning moddiy va ma'naviy boyliklarini, avloddan - avlodga o'tib kelayotgan o'ziga xos an'analari bilan tanishishdi. Dars mashg'uloti jarayonida guruh talabalari boshqaruv jarayonining harakatlarini, boshqaruv vazifalarini hamda o'tmishda bajarilgan boshqaruv tuzilmalarining obyektlarini o'rganishdi hamda kuzatuv jarayonida qo'shimcha ma'lumotlarga ega bo'lishdi.