October 17
Iqtisodiyot va turizm fakulteti Marketing va menejment kafedrasi o'qituvchisi Muxamedjanova M.B. hamda 3-1 LOG-22 guruh talabalari bilan Buxoro Davlat muzey qo'riqxonasida sayyor dars mashg'uloti.
Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Marketing va menejment kafedrasi o'qituvchisi Muxamedjanova M.B. hamda 3-1 LOG-22 guruh talabalari bilan 15 oktabr 2024 yil 2-3 juftlik "Menejment va marketing" fanining seminar mashg'ulotida Buxoro Davlat muzey qo'riqxonasiga sayyor dars mashg'uloti tashkil etildi. Talabalar Buxoroning qadimgi tarixini, uning moddiy va ma'naviy boyliklarini, avloddan - avlodga o'tib kelayotgan o'ziga xos an'analari bilan tanishishdi. Kuzatuv jarayonida guruh talabalari boshqaruv jarayonining o'tmishdagi harakatlarini hamda boshqaruv tuzilmalarining tarixiy obyektlarini o'rganishdi.