December 7, 2020
Oʻzavtosanoat
🔥 “O‘zavtosanoat” aksionerlik jamiyati Buyuk Britaniyaning “Bentley” kompaniyasi bilan hamkorlikda 2021 yildan boshlab yangi elektromobillarni ishlab chiqarish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Maʼlumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston bozoriga 2 xil elektr tarmoq orqali quvvatlantiriladigan gibrid avtomobillar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. 2025 yilga kelib ushbu brend ostida 6 xil gibrid elektromobillar ishlab chikarilishi kutilmoqda.
Rossiyada 8 oktyabr kuni “Bentley” kompaniyasi yangilangan “Bentayga” avtomobilining taqdimotini o‘tkazib, keng ommaga elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.