July 31, 2023

Josuslik nima va unda qanaqa javobgarlik bor?         

Bu savolga huquqshunos Muhammadali Muyassarov javob beradi

💼 Jinoyat kodeksining 160-moddasiga ko'ra:

Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning davlat siri hisoblangan ma’lumotlarni chet el davlati, chet el tashkiloti yoki ularning agenturasiga yetkazishi, xuddi shuningdek yetkazish maqsadida qo‘lga kiritishi, yig‘ishi yoki saqlashi, shuningdek chet el razvedkasining topshirig‘i bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga zarar yetkazishda foydalanish uchun boshqa ma’lumotlarni yetkazishi yoki yig‘ishi — o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Chet el razvedkasi bilan hamkorlik qilishga jalb qilingan shaxs, basharti, o‘ziga yuklatilgan topshiriqni bajarish yuzasidan hech qanday harakat sodir etmasdan, bu haqda o‘z ixtiyori bilan hokimiyat organlariga xabar bersa, javobgarlikdan ozod qilinadi.

O‘zining jinoiy faoliyatini ixtiyoriy ravishda to‘xtatgan va qilmishi to‘g‘risida hokimiyat organlariga ma’lum qilib, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan shaxs, basharti, davlat uchun kelib chiqishi mumkin bo‘lgan og‘ir oqibatlarning oldi olingan bo‘lsa, jazodan ozod qilinadi.