August 22, 2023

Volontyorlik faoliyatiga davlat e'tibor qaratmoqda

❗️Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik faoliyati sohasida maxsus vakolatli organ etib belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–863-son, 18.08.2023-y.) bilan “Volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

🏢 Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

🔰 Agentlik, jumladan:

▫️sohada davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
▫️normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
▫️qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi.

➡️ Qonun bilan Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining volontyorlik faoliyati sohasidagi vakolatlari belgilandi.

❕Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga sohada normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish boʻyicha vakolatlar berildi.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.❗️Qonunni to'liq matni bilan quyida tanishing

✍️ Telegram | Instagram | Youtube | Facebook | Threads