July 29, 2023

Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga hujjat topshirish 1-avgustdan boshlanadi

Qabul boshlanishiga 3 kun qoldi.
Ma’lumot uchun:

✅ Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga 2023/2024 oʻquv yili uchun abituriyentlarning hujjatlari 2023-yil 1-avgustdan 20-avgustgacha (20-avgust kuni ham) davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti orqali qabul qilinadi.

⚠️ Yuridik texnikumlarga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish boʻyicha qabul parametrlari bilan yuqoridagi jadval orqali tanishishingiz mumkin.