October 13, 2024

Sevgi tarixi

Hammaga salom. Men sizlarga sevgi haqida hikoya aytib bermoqchiman. Bu hikoyamni real hayot voqeaga asoslanib yozdim

Men bugun maktabdan keldim va dadamni sevgi hikoyasi bo'lganmi yo'qmi qiziqdim.Dadamni oldiga bordim.Dadam esa oyim bilan o'tirgandilar.

Me:dada siz maktab davringiz kimnidir sevganmisiz

Dad:ex qizim man maktabga kamdan-kam borardim va man maktabda sevmaganman.Yaxshilab o'rnashib ol man sanga aytib beraman dedi oyimga qarab

Dad:o'shanda man kambag'al bo'lgandim,uni ustiga uyim ham bo'lmagan. Man bir qizni juda yaxshi ko'rardim u xam mani yaxshi ko'rardi

Flashback:ancha yillar oldin

Dad:iltimos ona faqat bir marta ko'ring u sizga yoqib qoladi, u juda chiroyli va aqlli qiz faqat bir marta

(My grandmother_grmom)

Grmom:yaxshi faqat bir marta sen uchun

Dadam o'shanda bir qizni yaxshi ko'rgan ekan.Juda juda qattiq. Buvam esa ularnikiga sovchilikga borgan.

Grmom:men sizni uyingizga sovchilikga keldim

Qizni onasi:xush kelibsiz, xo'sh o'g'lingiz o'qiganmi

Grmom:men sizga to'g'risini aytaman o'g'lim hech qayerda o'qimagan va hozirda ijarada turamiz,agar ikki yosh bir biriga ko'ngil qo'ygan bo'lsa pulni nima keragi bor,lekin sizni qizingiz aqlliga o'xshaydi

Qizni otasi:to'g'ri agar ikki yosh bir biriga ko'ngil bergan bo'lsa baxtli bo'lishadi lekin biz qizimizni o'qigan va yaxshi uy joyi bor oilaga beramiz

Qizni onasi:sizni o'g'lingiz bizga to'g'ri kelmaydi shunday ekan ketishingiz mumkin

Grmom:ha men sizni chundim lekin qiz sevmagan insoniga turmushga chiqsa baxtli bo'la olmaydi, mayli yaxshi qoling

Buvim u yerdan chiqib to'g'ri uylariga borgan.Dadam unda shunchaki novvoy bo'lgan ekan. Buvim dadamga buni qanday aytishni bilmay turgan payt dadam novvoyxonadan 2 ta issiq non olib kelib aytibdi

Dad:ona bu issiq non siz uchun yeb ko'ring.....xo'sh ona nima bo'ldi ular rozi bo'lishdimi

Grmom:o'g'lim u qizni unut

Dad:lekin..lekin.nima bo'ldi o'zi

Grmom:ular qizimizni o'qigan va boy oilaga beramiz dedi o'g'lim sen hali undan ham yaxshisini topasan

Dad:lekin ona men u qizni yaxshi ko'rardim.......ha mayli unday bo'lsa sizni aytganingiz bo'la qolsin

Dadam shunday deb ko'chaga chiqib ketgan ekan.O'shanda dadamni yuragi judda qattiq og'rigan ekan.

Dadpov:nima uchun bunday bo'lyapti,meni aybim o'qimaganimmi yoki kambag'al ekanligimi.

Ertasi kuni dadam hammasini unutib ishga chiqib ketgan.Hamma hammasini unutgan lekin qalbini to'rida uni kulishlari uni jinniliklari haligacham saqlanib kelgan ekan biz tug'ilmagunimizcha.

Ikki kun o'tib o'sha qiz telefon qilgan ekan

Qiz:iltimos yana bir marta oyingizni jo'nating men oyim va dadamni ko'ndirdim

Dad:nima uchun a menga ayt nima uchun. Meni aybim seni sevganligimmidi yo kambag'alligim. Men senga pul bera olmasman lekin baxt bera olardimku. Sen meni sevardinku men xam seni sevardim yaxshi qol meni unut men xam seni unitaman.

Dadam o'shandan keyin pul topib Rossiyaga ketgan ekan.O'shanda u yerda ishlagan payt dadamni eng yaqin do'sti oyimni dadamga tavsiya qilgan ekan. Dadam boshida yo'q degan lekin do'sti ko'ndirgan.Shunday qilib dadam Rossiyada 1 yil ishlagan va dadam oyim bilan shu bir yil ichida telefonda gaplashgan.

Bir yil o'tgach O'zbga qaytib kelgan. Oyimni bir ko'rishda sevib qolgan va bor gapni aytgan

Dad:men oldin bir qizni juda sevardim lekin uni oilasi qizimizni aqlli o'qigan va boyroq oilaga beramiz degan....o'sha payt meni umuman pulim yo'q bo'lgan, men o'qimaganman shunda ham menga turmushga chiqasanmi

Oyim ham dadamni sevib qolgan ekan va ular bir yil gaplashishgan. Buvim ularni uyiga sovchilikga birganda huddi oldin sevgan qizni ota onasi bergan javobni bersachi deb qo'rqgan ekan lekin oyimni oyisi bunga qarshilik qilmagan va o'shanda bir birlarini sevib turmush qurishgan

Flashback tamom

Dad:shunaqa gaplar qizim man o'sha payt kambag'al bo'lganman lekin hozir o'zing ko'rib turganingdek pulimiz bor hohlagan narsalarini yeysan ex qizim

Biz hozir juda baxtlimiz dadam esa ularni esidan chiqargan, o'sha qizni.

To'g'risini aytsam buni haqiqiy hayotga moslab yozdim.Sizlarni bilmadimu lekin man yozib bo'lgunimcha yig'ladim.πŸ’‹πŸ˜˜β€οΈSiz bilan