Osmonda quyosh tik turgan vaqtda bulutlar uni toʻsishga urinar edi. Bazan salqin va bazan yana iliq havo koʻchani egallagan edi. Parklar oilasining uyini yonidan qushlar,shamolni deb shitirlayotgan daraxt barglari va ketmonning yerni chopayotgan tovushi kelib turar edi. Ikki ayol savat koʻtarib gaplashib ketayotganida janob Park va uning yonidagi uch yigitchalarni koʻrib gapirmay oʻta olishmadi.
Ayol: Xormanglar, dastyorlar bilan erta tong mehnat qilay debsizlarda.
J.p: ha shunday
Janob Park ketmonni yerga qoʻyib ikki ayol bilan samimiy gaplasha ketdi,ortidagi uch yigit esa ish qilishni toʻxtatishmagan edi. Jimin shirin uyqusidan vos kechib erta tongdan ish qilayotgani va toʻsatdan kelgan ayollarni gap soʻzlari ensasini qotirar edi,qolaversa kecha qoʻlidan kelmagan rejasi hafsalasini pir qilgan edi. Bu yerda esa Taehyung,avvaliga biroz yer chopishga qiynalgan ammo keyinchalik bu qiziqarli ish ekanligini sezib ishini ishtiyoq bilan qilar,kecha tundagi voqea esa umuman hayoliga kelmas edi. Chunki bolalar juda tez chalgʻuvchan boʻladi. Nima qiziq boʻlsa oʻshanga bor etibor qaratilinadi. Bu yerda esa amakisini ruhsati bilan yerga табуретка qoʻyib keraksiz oʻtlarni yulib oʻtirgan Jungkook ortidagi tushunarsiz ogʻriq va kecha tundagi voqealarni hayol surib shunchaki jim edi. U hamon shu ishni qila olganiga ishonolmayabdi.
Jkpov: men buni shunchaki his qilib koʻrmoqchi edim,har tomonlama,ham dominant ham passiv holatda....menga yoqdimi? Balki,ammo men hech qachon dominant rolda boʻlmaganman,tushunishim boʻyicha men bu maqomga ega boʻlish uchun avval turmush qurishim kerak. Nega men bu ishni qilmadim? Shoshildimmi? Shunchalar sabirsizmanmi? Yoki Taehyungning nimasidir meni oʻziga qattiq tortdimi? Menga yigitlar yoqmaydi...yoʻq men unday yigit emasman,lekin gap Taehyung haqida ketsa bu boshqa masala. Agarda men yigitlarni yoqtirganimda shu vaqtgacha qanchadan qancha chiroyli yigit/erkaklarni koʻrganman. Ularga nisbatan hech qachon shahvoniy tuygʻu mavjud boʻlmagan. Hatto Taehyungdan keyin ham boshqa erkaklar menga yoqishiga shubha qilaman. Lekin oʻzimni hudbindek his qilyabman. Jieunga boʻlgan hislarim va Taehyungga nisbatan hislarim negadir meni oʻylantirib qoʻyyabdi. Jieun Taehyung kelishidan avval ham bor edi. Uni men qattiq sevar edim.....yani nega ikkilanyabman? Hamon sevaman. Ammo nega Jieun va Taehyungni birga yaqin koʻrganimda aynan Jieunni emas Taehyungni rashk qildim? Ahir....ahir bu...men tushunmayabman. Nima istayabman? Nima qilmoqchiman? Umuman tushunmayabman.
Park xonim qoʻlida qoʻshimcha paket va plastik idishda suv koʻtargancha chiqdi.
P.x: gʻiybatchi xotinlar kabi hech qanday ishi yoʻq odamdek gap sotib turishingizni qarang.
Park xonimni gapini eshitgan eri biroz ikki ayol oldida hijolat tortdi va ulardan mazur tutib ishini davom ettirishini aytdi.
P.x: ertalabdan olma mavsumiga chiqdingizmi? Meni ham aytmaysizlar-a?
Park xonim ikki ayol bilan jilmayib gaplashar ekan paketlarni Jungkookga berdi. Ikki ayolni ich ichidan ensasi qotsa ham jilmayib javob berdilar.
2Ayol: bugun oilangizni band kuni ekanini koʻrgan edik,hoynahoy yoʻlboshchisi oʻzingiz boʻlsa kerak deb oʻylab sizni bezovta qilmaylik deb turgan edik.
P.x: ha,ammo erimni bezovta qilishni davom ettiryabsizlar. Tushundim.
Ayolpov: sening shu harakteringni bilganim uchun ham hech qachon sen bilan biron joyga borishni istamayman.
Ayol: voy,qoʻysangchi,shunchaki hol ahvol soʻrayotgan edim.
2Ayol: muhimi sizlarga xalaqit bermaylik,olmalarni yaxshilarini olishni rejalashtirgan edik,biz ketaqolamiz.
Ikki ayol javobni kutmay ketib qoldi. Park xonim oʻzidan magʻrurlanib qoʻlidagi suvni eriga tutqazdi. Eri esa unga biroz qovogʻini solib qaragan edi,xotini gapni uzib oldi.
P.x: xotinlarni ishiga aralashmay oʻz ishingizni bilib bilib qiling.
J.p: barbir ularga bunday muomala qilishing kerak emas edi. Qoʻshnichilik degan narsa bor...
P.x: aqil oʻrgatmang,qoʻyib bersa hohlaganingizcha gap sotar edingiz oʻsha "ikki ayol" bilan.
Jungkook oʻrnidan zoʻrgʻa turib belini choʻzdi. Koʻp egilib oʻtiravergani va kechagi ogʻriqdan beli ogʻrib ketgani edi.
Jk: men tugatdim
Yerdagi keraksiz yulingan oʻtlarni egilib paketga solar ekan ogʻriqdan biroz ingrar edi. Bunda hammani eʼtiborini oʻziga allaqachon qaratib boʻlgan edi. Ammo hamma uni koʻp egilib ish qilgani uchun beli ogʻriyabdi deb oʻyladi,hatto Taehyung ham.
P.x: Jimin,xonangni tozaladim,u yerdan "baʼzi bir" narsalarni topib axlat qutisiga tashlab yubordim. Endi xonang axlat xonaga oʻxshamaydi.
Jiminni koʻzlari qinidan chiqib ketgudek katta katta ochildi va ketmon qoʻlidan qanday tushib ketganini bilmay qoldi.
Sochi jigarrang
Jm: N...nima dedingiz?
Park xonim oddiy qilib gapirar ekan nimadir shubhali ekanligi sezilar edi, Jungkook va Taehyung ham Jiminni holatini oʻylab hozir nima boʻlishiga qattiq qiziqdilar.
P.x: eshitganig.
Jimin hech kimga etibor bermay yugurib axlat qutisi tomon ketdi. Park xonim hayron ham qolmadi. Sababi esa....
Jm: e xudoyim,E XUDOYIM men yuragimni deyarli his qilmay qolgan edim. E xudoyim, seni sevaman,sen meni yana bir bor saqlab qolding.
Jimin baʼzi bir jurnallarni koʻtargancha orqaga qaytdi. Axlat qutisi ichida faqat tokchasida ilvisib yotgan har hil daftar va jurnallarini koʻrdi. Xonasiga ham kirishga ulgurdi, yaxshiyamki onasi uning yashirin joyini hatto sezmagan ham.
P.x: nima uchun axlatlarni qayta koʻtarib kelyabsan? Men ularni tashlab yuborgan edim.
Jm: oyii,men bularni hamon ishlataman. Mendan soʻramasdan narsalarimni tashlab yubormang~
Ohirgi gapini biroz erkalik bilan gapirdi. Huddi tantiq bolalar kabi. Bundan jaxli chiqqan Park xonim Jiminni qoʻlidan bir jurnalni sapchib yulib oldi va buklab Jiminni ura boshladi. Jimin esa tomorqa atrofida toʻxtamay yugura boshladi. Yana bir drama. Park xonim qoʻlidagi qogʻozga qarab gapirayotganida (yani "senga shu axlatni nima keragi bor" deyayotganida) koʻzi tanish narsaga tushib qoldi. Joyida toʻxtab qoʻlidagi jurnalni ochib koʻrgan narsasini yaxshiroq koʻra boshladi. Jimin onasini orqasida koʻrmay toʻxtab qoldi. Onasi jurnalga jiddiy qarayotgan edi. Keyin birdan ikki koʻzi Taehyungga qarab qoldi. Uning nigohlari juda shubhali ediki, Taehyung negadir oʻzini xavfli insondek his qila boshladi.
...................................................................... J.p: demak hatto raisga ham yolgʻon gapirgansizlar. Bu ishda esa Soonja xolani hissasi katta. Qoyil,men qoyil qoldim.
Janob Park ohirgi soʻzini kinoya bilan gapirdi. Ohirgi yarm soatdan beri ularni bari uy ichida gaplashib oʻtirishar edi, Taehyung boshini egib olgan edi,huddi biron bir aytib ish qilgandek. Jungkook juda jim edi. Yuzida ham ortiqcha ifoda yoʻq edi.
Jk: shunchaki buvim va...men uni ketishini istamagan edik...
Albatta bu gapdan keyin Janob Parkini hafsalasi pir boʻldi.
J.p: Jungkook,bunday paytda odam hislariga tayanib ish qiladigan vaziyat emas. Sizlar hech biringiz Taehyungni tanish odami emassizlar. U shahardagi mashxur odamlardan,tabiyki agar bu yolgʻoningizni tezda aniqlashsa yomon oqibatlarga olib keladi.
Jk: ammo amaki,jurnalda uni oʻldi deb oʻylashayotganini aytilgan. Uni hech kim qidirmaydi....
J.p: sen shunday deb oʻylashing mumkin, Jungkook qachon katta boʻlasan? Sen allaqachon 18 yoshdasan,uyingda umuman begona qolaversa Seuldagi mashxur biznesmenni yashirin oʻtirishing uchun jinoiy javobgarlikka tortilishingni va oʻzing bilan Soonja xolani tortib ketishingni oʻylayabsanmi? Ular barbir Taehyungni topishadi. Va uni yoʻqolishida va uyingda yashirib oʻtirganing uchun seni ayiblashadi. Hamma shubhali narsalar faqat sen va Soonja xolaga qaratilinadi. Hozir eng havfli vaziyatda ekaningizni bilyabsizlarmi?
Janob Park asabiylashib gapirdi. Taehyungga qaradi,lablari titrayotgan edi. Boshi hamon egilgan,qoʻllari bilan kiymini etagini qattiq gʻijimlab turardi.
J.p: va yana Taehyungning hotirasini yoʻqotishini ham inobatga olishadi,ular bu hotira yoʻqotganidan foydalanglikda ayiblashadi. Jungkook yosh boshingga shuncha ayblovlar kerakmi? Meni tushunyabsanmi?
Jungkook polga koʻz tikib boshini silkitib qoʻydi. Xonada boyadan beri yoʻq ovoz eshitildi.
V: men...men ularni himoya qilaman
Birdan hammalari Taehyungga qarashdi. Taehyung qizargan koʻzlar bilan endi janob Parkga qarab turar edi.
V: ular bunday qilmaganliklari haqida aytaman,ularni politsiya olib ketmaydi.
Janob Park vosminlik bilan tushuntirishga urindi.
J.p: oʻgʻlim,seni himmatingni tushunyabman ammo vaziyat seni gaplaring bilan yengillashmaydi. Seni sogʻligʻingdagi muammoni deb seni soʻzlaringni katta ehtimol bilan inobatga olishmaydi.
Taehyung yoshlanayotgan koʻzyoshlarini yengil artib yana gapirdi.
V: sogʻligʻim?....agar...agar muammo sogʻligʻimda boʻlsa men davolanishga tayyorman. Hatto уколdan ham qoʻrqsam ham,men tuzalaman...shunda meni gaplarimni inobatga olishadimi? Men Jungkookni tashlab ketishni istamayman amaki.
Aqli noqis boʻlsa ham uning fikrlari toʻgʻri edi. Balki katta yechim shundadir. Jungkook shu fikrda oʻylanib qoldi. Amakisiga qarab gapirdi.
Jk: uni rostan ham davolasak keyin barchasi yaxshilansachi? U yana biz bilan yashaydi,bizga qarshi davo ochmaydi va...
J.p: Jungkook,sen oʻylayabsanmi? Agar u davolanib hotirasini qaytarsa yana qaytib sen bilan yashaydi deb oʻylayabsanmi? U biznesmen Jungkook,u katta odam.
Jk: ammo amaki.... iltimos....ozgina boʻlsa ham umid qilaylik,har holda....uning davolanishi vaziyatni yanada yengillashtirishi mumkin. Iltimos...
Jungkook huddi yalingandek katta koʻzlar bilan amakisiga qaradi. Janob Park jim turar ekan koʻp oʻylanib qoldi. Bu narsadan biron bir ish chiqadimi yoʻqmi bilmaydi.
J.p: yaxshi,uni davolash kerak....ammo bu qishloqda hech qanday yaxshi doktor yoʻq. Aynan Taehyungni holatida unga kuchli doktorni yordami kerak boʻladi. Undaylar esa faqat shaharda boʻladi. Shahardagi doktorlar esa juda qimmat boʻladi. Bizni bunga pulimiz yetadi deb oʻylamayman...
Jm: dada,meni eshiting,jurnalda eng ohirida yozilishi boʻyicha agarda Kim Taehyungdan biron bir habar boʻlsa shu raqamga qoʻngʻiroq qiling,bu Kim Taehyungning ishonchli insonini raqamlari deb yozilgan. Agar unga qoʻngʻiroq qilib Taehyung haqida aytib davolanishiga pul soʻrasakchi?
Janob Park bu yaxshi fikr ekanligini oʻylab bosh irgʻadi. Tezda Jimin uy telefonidan shu raqamlarga qoʻngʻiroq qildi. Unga esa butun oila qarab turar edi. Jungkook sekin Taehyungni qoʻlidan ushlab olgan edi. Bu qandaydir daldadek. Biroz oʻtib goʻshakni narigi tomonidan ovoz keldi.
X: eshitaman.
Jm: um,haligi Salom Janob. Men bir masalada sizga qoʻngʻiroq qilayotgan edim.
X: xoʻsh.
Jm: siz Kim Taehyung ismli insonni taniysizmi?
Goʻshakda birdan sukunat paydo boʻldi. Jimin hayron boʻlib gapirdi.
Jm: janob shu yerdamisiz?
X: oh,ha uzr,men Taehyungni ismini eshitib biroz...nima desam ekan,mayli unuting,u haqida nima demoqchi edingiz? Taziyalar hamon tugamagan,tajubdaman.
Jm: yoʻq men taʼziya bildirgani qoʻngʻiroq qilayotgan emasdim,siz uni yaqin insoni ekansiz shu rostmi?
X: men uni eng yaqin doʻstiman. Siz yangiliklardagi telefon raqami orqali qoʻngʻiroq qilyabsiz shundaymi?
Jm: ha...aynan,...men shunchaki ishonch hosil qilmoqchi edim.
X: nima uchun?
Jm: shunchaki...Kim Taehyung haqida,u biz bilan,shu yerda
Yana sukut. Jimin goʻshak ortida yana ovoz eshitmay qoldi. Endi gapiraman deganida ovoz eshitildi.
X: jasadi topildimi?
Bu safar erkakni ovozi juda tushkun edi,biroz hirillash ham mavjud. Jimin u tirik ekanini bilsa juda xursand boʻlishini tasavvur qilib bu gapni aytishga shoshildi.
Jm: yoʻq janob,u tirik...ammo sogʻligʻida muammo bor....biz uni shaharga olib borib davolamoqchi edik ammo bizda uni davolashga yetarli mablagʻimiz yetarli emas. Shu sabab siz bilan bogʻlandik...
Goʻshak ortidan tushunarsiz tovushlar eshitila boshladi,bu huddi yegʻlash yoki kulishga oʻxshar edi. Bazan odamlar yegʻlasa yoki kulsa juda bir hil tovush chiqaradi.
X: iltimos,shaharga uni olib kelinglar,har qanday davolanish boʻlsa buni oʻzim toʻlayman,men doʻstim nihoyat tirik ekanidan hursandman. Men manzilni aytaman, kelinglar yoki oʻzim boraymi?
Jm: YOʻQ...yani yoʻq oʻzimiz olib boramiz,raxmat janob...
X: sizlarga raxmat,manzil....
Jimin manzilni yozib oldi va keyin samimiy hayrlashib goʻshakni qoʻydi. Boyadan beri unga tikilib turgan oilasiga qarab jilmaydi.
Jm: ishonchli odam ekan,gaplaridan sezdim. U bizga Seoulga Taehyungni olib kelishimizni aytdi,hamma harajatlarni oʻzi koʻtarar ekan.
Jungkook Taehyungni qoʻlini qattiq siqib xursand boʻldi, Taehyung ham baxtdan porladi. Albatta keyinini bilishmasdan.
J.p: bu yaxshi yangilik,ammo unchalik ham koʻp pul yoʻq bizda. Deylik uch kishiga yetadi zoʻrgʻa. Shaharga hammamiz bora olmaymiz, men va Soonja xola yoki onang borishi mumkin.
Jk: amaki men ham borishni istayman,men Taehyungni yolgʻiz qoldirishni istamayman... iltimos
J.p: yaxshi unda men va Jungkook shaharga Taehyungni olib boramiz...
P.x: daladagi soʻngi ishingiz nima boʻladi? Allaqachon kunlar soviy boshlayabdi,yerlar hali agʻdarilmagan. Kech qoldirib boʻlmaydi.
Janob Park oʻylanib qoldi. Jimin paytdan foydalanib tezda gapirdi.
Jm: dada,men boraman, Jungkook men va Taehyung shaharga boramiz.
J.p: hechamda,bu qishloq qolib Seoulni portlatib yubormoqchimisizlar?
Jm: yoʻq dada unday boʻlmaydi...ahir iltimos dada,sizlarga katta yordamni men qildimku, iltimos dadaaa,qolaversa goʻshakdagi odam men haqimda biladi sizni emas,meni soʻraydi, iltimos ruxsat bering, iltimos, iltimos
Jimin uzoq yalindi. Janob Parkning esa boshi ogʻrib ketdi. Istamayabdi ammo boshqa iloji yoʻq.
P.j: yaxshi,uchalangiz borasizlar.
Jm: YESSSSS SEOULGA BORAMAN!!!
Jimin butun xonada jar solar ekan Janob Park Jungkookga yuzlandi.
J.p: Soonja xolani ham habardor qilinglar. Tezroq yoʻlga tushinglar.
Jungkook bosh irgʻadi. Janob Park esa yegʻib qoʻygan pullarini olib Jungkookga tutqazdi. Ular avtobusda ketishadi. Oʻsha kuniyoq Jungkookni uyiga ketishdi. Jimin oʻzining allambalo kiyimlaridan olib olgan edi. Onasining nasihatlarini juda koʻp eshitib ketgan edi. 20 yoshda boʻlsa ham baribir bola. U shunchaki Seoulga borishga va balki oʻsha hot ovozli Taehyungni doʻstiga qiziqgani uchun xursand edi. Shunchaki ularni nimalar kutayotganini bilmay yoʻlga chiqishgan edi.
12-qism tugadi. Toʻgʻrisi voqealarni tezlashtirib yuborishni istagandim bu qism qanchalar yaxshi chiqdi bilmiman,ayniqsa ohiriga tuzukroq fikrlar ham kelmadi. Xoʻsh, barbir,keyingi qismlarda bizni nima kutayotgan boʻlishi mumkin? Va savol,X kim? 150 reaksiya va 150 koment!