Today

✨Sen meni onamsan✨

8-qism

Jungkook Taehyungning mashinasida old o‘rindiqda o‘tirardi, Juni esa uning tizzasida. Chunki Jungkookning mashinasi uyda qolgan edi.
Taehyung “ona-bola” duetini bog‘chaga olib keldi.

Juni Jungkookning quchog‘ida turib dadasiga qo‘l silkitdi.

— Xayl-xayl, dada!

— Voy, sho‘x bolam, dadasini ishga juda tez jo‘natmoqchisanmi? — dedi Taehyung uning yonoqlarini cho‘zib, o‘pib.
So‘ng Jungkookka yaqinlashib:

— Mummani juda bezovta qilma, xo‘pmi?

U bu gapni aytganda Jungkookning oyoqlari go‘yo bo‘shashib ketdi. Taehyung juda yaqin turgan, uning atiri esa Jungkookning butun hushini egallab olgandi. Tik turish ham qiyin edi.

— Otay, dada, — dedi Juni va dadasining yuzidan o‘pdi. Hatto yuzida tupuk izi ham qoldi. Taehyung kulib yubordi.

Keyin Juni Jungkookka qaradi:

— Mumma?

— Ha, jonim?

— Dadaga xayl-xayl oʻpiychini kil.

Bu gapni shunchalik beg‘ubor aytdiki, Taehyung ham, Jungkook ham bir zumda dovdirab qolishdi.

— Xayr, janob Jeon, — dedi Taehyung shoshilib va tezda mashinaga o‘tirib ketdi.

Taehyung mashinani haydab ketdi, lekin 10 daqiqadan keyin yo‘l chetiga to‘xtadi. Yuragi tez urayotgandi. O‘g‘li uni shunchalik noqulay ahvolga solgandiki, yer yorilsa-yu kirib ketsa degan darajada edi.
U rulga boshini qo‘yib ko‘zlarini yumdi. Ammo ko‘z oldiga faqat Jungkookning beg‘ubor yuzi kelardi. Darrov ko‘zini ochdi.

— Juni, men senga nima qildim o‘zi? Nega mendan o‘ch olyapsan? — deb o‘zicha g‘udrandi. — Men va Jungkook… Yo‘q, Taehyung, o‘zingni qo‘lga ol! Nimalarni o‘ylayapsan?
Suv ichib, o‘zini tinchlantirib, ofisga yo‘l oldi.

Bu paytda Jungkookning yuragi ham juda tez urayotgandi.

— Dada keytti… — dedi Juni xafa bo‘lib.

— Oʻpiychsiz keytti…

— Bolajonim, dadangning ofisda muhim ishlari bor, shuning uchun ketdi, — dedi Jungkook bahona qilib.

Aslida esa Taehyungning qochib ketganini yaxshi bilardi. Ichida esa shukr qildi.

— Joon amayki ham baynt, yekin Jini amaykiga oʻpiych kiladi. Meying dadam mummaga yaxsi muyosabat qiymayapti, — dedi Juni jahl bilan.

Jungkook hayratda qoldi. Uch yoshli bola bunday gaplarni qayerdan o‘rgandi?

— Kim aytdi buni?

— Yoony amayki. U jeytl-meyn hakida aytdi. Suning utun men xoytinimga yaxsi muyosabat qiyaman.

Demak, qaysidir “amaki” Juni ga maslahatlar berib yuribdi. Jungkook ichida kulib qo‘ydi.

— Bolajonim, dada mumma ga yaxshi munosabat qiladi. U juda yaxshi inson. U meni o‘pmadi, chunki seni nonushta qilayotganimda allaqachon o‘pgan edi, — dedi Jungkook yolg‘on gapirib. U Juni dadasi haqida yomon o‘ylashini istamasdi.

— Lostanmi? — dedi Juni ko‘zlari chaqnab.

— Ha, jonim.

— Dada eng yaxsisi!

— Albatta, — dedi Jungkook va uning yonoqlaridan o‘pdi.

So‘ng u qo‘lini musht qilib:

— Qani…

Juni ham takrorladi.

— Boshladik! — deb ikkalasi ham quvonch bilan mushtlarini ko‘tardilar va sinfga kirishdi.

Juni yangi do‘sti Soobin bilan birga o‘tirishga rozi bo‘ldi. Endi u o‘zini xavfsiz his qilardi. Axir mumma va’da bergan.
Jungkook Juni o‘ynayotgan videolarni olib, Taehyungga yubormoqchi bo‘ldi. Ammo uning raqami yo‘q edi. Shuning uchun videolarni Jin ga yubordi. Jin esa javoban Taehyungning raqamini jo‘natdi.
Jungkook biroz qizarib, yuborish-yubormaslikni o‘yladi. Oxiri baribir yubordi.
Taehyung ish bilan band edi. Telefonidan “ding” ovozi eshitildi. U ijtimoiy tarmoqlarda faol emasdi, shuning uchun hayron bo‘ldi. Noma’lum raqamdan xabar kelgandi.
Videoni ochdi.
Ekranda o‘g‘lining kulgisi va yana kimningdir chiroyli kulgisi eshitildi.

— Bolajon, sekinroq, yiqilib ketma, qovoqcham, — degan ovoz yangradi.

Taehyungning lablarida tabassum paydo bo‘ldi. U beshta videoning barchasini ko‘rib chiqdi. Jungkookning ovozini yana eshitishni xohladi, lekin faqat bittasida gapirgan, qolganlarida faqat kulgisi eshitilardi.
Taehyung raqamni saqlab qo‘ydi.
So‘ng yuragi tez urgan holda yozdi:

— Janob Jeon, Juni va o‘zingizga yaxshi qarang.

Jungkook xabarni oldi, lekin darrov ochmadi. Go‘yoki kutib o‘tirgandek ko‘rinishni istamadi. Ammo 3 daqiqadan keyin chiday olmadi.
Xabarni qayta-qayta o‘qidi. Qornida kapalaklar uchayotgandek bo‘ldi. Quloqlarining uchi qizarib ketdi.
Sinfda Juni rasm chizayotgandi.

— Meying mummam chiloyli, meying mummam chiloyli, meying mummam — meying mummam, — deb kuylardi.

Jungkookni direktor ish bilan chaqirib qoldi. U qisqa muddatga chiqib ketdi.

— Juni, Teacher Koo sening mummangmi? — deb so‘radi Soobin.

— Ha, ha, ha! — dedi Juni faxr bilan.

— Yo‘q, u emas, — dedi Yeri jahli chiqib.

— U meying mummam! — dedi Juni ko‘ziga yosh kelib.

— U sening mummang emas. U dadang bilan turmush qurmagan.

— Tulmus yima?

— Televizorda ko‘rganmisan? Ota-ona oq kiyim kiyib cherkovga borib o‘pishadi.

Juni o‘ylab qoldi.

— Turmush qurmagan bo‘lsa, u sening mummang emas. Sen ham uning qornidan chiqmagansan.
Juni ko‘zlariga yosh to‘lib, tez-tez nafas ola boshladi.

— Mummaaa! — deb yig‘ladi.

Soobin yugurib direktor xonasiga ketdi.
Jungkook shoshilib keldi. Juni qattiq yig‘layotgandi.

— Mumma meying mumma… Men uying o‘g‘yiman…

Jungkook uni bag‘riga bosdi.

— Bolajonim, mumma shu yerda. Nega yig‘lading?

U Juni ni bog‘ga olib chiqdi.

— Nega yig‘ladi mening qovoqcham?

— Yeli aytti siz meying mummam emayssis. Men mummaning qoynidan chikmaganman deydi…

Jungkookning yuragi og‘ridi. Ko‘zlariga yosh keldi.

— Sen mening yuragimdan chiqqansan, — dedi u chin dildan. Uning bo‘ynidan, yonoqlaridan, ko‘zlaridan o‘pdi.

— Men sening mummangman. Sen mening o‘g‘limsan. Bo‘ldi. Boshqalarga quloq solma.

Juni bir zum jim turdi.

So‘ng:

— Mumma dada biyan tuymus quy.!

Jungkook qotib qoldi.

...................

Sizningcha Taehyung va Jungkook bir-birini kontakga qanaqa saxranit qilgan?