February 19

✨Sen meni onamsan ✨

4-qism

Kim Ha-jun Doktor Suzy oldida Jungkookning tizzasida o‘tirardi va uni mahkam quchoqlab olgan edi. Taehyung esa Jungkookning yonida o‘tirardi.
Juni bilan Jungkook yig‘lab tinchgandan keyin, Jin ularga birga kasalxonaga borishni maslahat berdi. Chunki Juni Jungkookni qo‘yib yuborish niyatida emas edi. Jungkook esa bu yumshoq bolajon bilan yana ko‘proq vaqt o‘tkazishdan xursand edi. Yig‘idan keyin Juni jim bo‘lib qolgan, hatto dadasiga bir marta ham qaramayotgandi — undan xafa ekanini ko‘rsatardi. Taehyungning yuragi qon bo‘layotgandek edi.
“Juni, shirinim, og‘zingni och,” dedi doktor.
Lekin Juni unga qaramadi ham, mummasini mahkam quchoqladi. Doktor Jungkookka yordam so‘rab qaradi.
“Jonim,” dedi Jungkook.
Juni shishgan ko‘zlari bilan unga qaradi. Jungkookning yuragi ezildi.
“Juni, sen mening yaxshi bolamisan?” dedi u yonoqlarini silab.
Juni sekin bosh irg‘adi.
“Unda gapimga quloq sol, og‘zingni och, gulcham. Doktor seni davolasin,” dedi Jungkook mayin ovozda.
Juni bosh chayqadi.
“Og‘riydi…” dedi bir so‘z bilan.
“Yo‘q, jonim, og‘rimaydi. Mumma shu yerda, Juni ni himoya qiladi,” dedi Jungkook orqasini silab.
“Mumma… himoya… Juni?” dedi u begunoh ko‘zlar bilan.
Jungkookning yuragi erib ketdi.
“Sen—” dedi Taehyung, lekin Jungkook uni to‘xtatdi.
“Ha, bolajonim, mumma Juni ni himoya qiladi,” dedi u yonoqlarini silab, o‘pib.
Juni doktorga qaradi. Jungkook doktorga davom etishni aytdi.
Juni og‘zini ochdi. Doktor Jungkookdan Juni boshini bir holatda ushlab turishni so‘radi. U shunday qildi. Doktor laringoskopni uning og‘ziga qo‘ydi. Juni butun vaqt davomida Jungkookning qo‘llarini kichkina mushtlari bilan mahkam ushlab turdi.
Doktor tomog‘ini tekshirdi, keyin asbobni oldi.
“Qarang, qanday kuchli bolam bor, haqiqiy superqahramon,” dedi Jungkook.
Juni kulib yubordi.
Taehyung indamay kuzatardi. Bu kulgilar qulog‘iga mo‘jizadek eshitildi.
“Xavotirga o‘rin yo‘q, janob Kim,” dedi doktor.
“Vokal bog‘lamlari joyida. Faqat yozib berayotgan dorilarni ichsa bo‘ldi,” dedi u.
Keyin Jungkookka qaradi.
“Bu siroplarni kuniga ikki mahal — ertalab va kechqurun ovqatdan keyin bering, Kim xonim,” dedi retseptni uzatib.
Jungkook ham, Taehyung ham shok bo‘ldi.
“Emm aslida—” dedi Jungkook, lekin doktorning telefoni jiringlab, gapi bo‘lindi.
“Xo‘p, janob va xonim Kim, men operatsiyaga borishim kerak. Qachon dori berishni tushundingizmi?” dedi u shoshilib.
Ikkalasi ham qotib qolgancha bosh irg‘adi.
Jungkook tomog‘ini qirib:
“Umid qilamanki, siroplar achchiq emasdir?” dedi.
“Yo‘q, qulupnay ta’mli yozdim, Kim xonm,” dedi doktor yana.
“Aslida—” dedi ikkalasi bir paytning o‘zida, lekin doktor yana qo‘ng‘iroq bilan chalg‘idi.
“Ha, kelyapman,” dedi va tez chiqib ketdi.
Xonada noqulay sukunat qoldi.
“Mumma… mus..kaymoyk…” dedi Juni, Jungkookning yuzini ushlab.
Jungkook jilmaydi.
“Ha, bugun juda kuchli bo‘lgan Juni muzqaymoqqa loyiq,” dedi va yonoqlaridan o‘pdi.
Taehyung o‘zini go‘yo ko‘rinmas odamdek his qildi. O‘g‘li uni butunlay e’tiborsiz qoldirgan, Jungkook ham unga deyarli qaramayotgandi.
“Ahem,” deb tomog‘ini qirib, o‘zini eslatdi. Lekin ikkalasi ham e’tibor bermadi.
“Qaysi ta’mni yoqtiradi mening bolam?” dedi Jungkook.
Juni qovog‘ini solib o‘yladi va dadasiga qaradi.
“Qaysi taʼmf, dada?” dedi bolalarcha.
Taehyung ko‘zlarini qisdi.
“Demak, kimdadir dadasi borligi esiga tushibdi,” dedi u hazil ohangida.
Juni kulib yubordi. Jungkook esa ota-bola o‘rtasidagi suhbatga qarab jilmaydi.
🍼🍼🍼🍼🍼🍼🍼🍼